‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Limon o ‘stirish agrotexnikasi



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

Limon o ‘stirish agrotexnikasi. 
0 ‘zbekistonning sug'oriladigan 
tuproqlarida vegetatsiya davm ing uzun va samarali haroratning 
yuqori bo‘lishi limon o ‘simligini ekib o'stirish va undan sifatli va 
yuqori hosil yetishtirish imkonini beradi. Limonni issiqxona va tran- 
sheyalarda o'stirish mumkin. Issiqxonada o'sim lik qisqa muddatda


o'sadi va rivojlanadi, uni parvarish qilish ycngilln.shudi, hosildorligi 
ham yuqori bo'ladi.
Agar transheyada limon daraxti o'stirilsu, hit (a daraxtdan 
o'rtacha 200-250 donagacha meva olinadi, issiqxonada rsa yaxshi 
rivojlangan daraxtdan 400-500 donagacha limon olish mumkin. 
0 ‘rtacha harorat +10°S va undan yuqori bo‘lganda limon novdaluri 
o ‘sa boshlaydi. Sutkalik o ‘rtacha harorat +16- +18°S ga yctganda 
limon g ‘unchalaydi, +18- +22°S da yalpi gullaydi. Limon barglari 
2-3 yil yashaydi va asta-sekin to ‘kilib, yangi barg bilan almashinadi. 
Limon o ‘z-o‘zidan hamda chetdan asalarilar tomonidan changlana- 
di. Bu meva tugunchalami ko‘proq hosil bo‘lishiga yordam beradi. 
0 ‘sish va shakllanish davrida (aprel-may) harorat +20- +22°S va 
havoning nisbiy namligi 70-80% b o ‘lganda uning foydali gullashi 
22-25 % ga etadi. Limon sovuqqa chidamli o ‘simlik. Minus 2-2,5°S 
sovuqda mevalari,-3-4°S da barglari va bir yillik novdalarini zarar- 
lanishi kuzatiladi.
Limonning yaxshi o ‘sishi va rivojlanishi uehun unumdor tuproq- 
lar ajratiladi. Sizot suvlari yaqin va sho‘rlangan yerlarda limon o ‘sa 
olmaydi. Limon ekiladigan yerlarni yaxshi tekislab, gektar hisobiga 
50 -601organik o 'g 'itlar, 120 kg superfosfat, va 50-60 kgkaliy o ‘g ‘iti 
solib 50-60 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Issiqxonada limon 3x4 
metr sxemada, transhcyalarda esa bir qator qilib bir-biridan 3 metr 
oraliqda o'tqaziladi. Ko‘chatlarni o ‘tqazishdan oldin har bir chuqur- 
chaga 10 kg dan organik o ‘g ‘it, 80-100 g superfosfat va 50 g kaliyli 
o ‘g ‘itlami tuproqqa aralashtirib solinadi.
Issiqxonalarga ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bir yoshli va ikki 
yoshli limon ko'chatlar bahorda yoki kuzda o ‘tqaziladi. Kuzda limon 
ko‘chati ildizigayopishgan tuprog‘i b ilan o ‘tqaziladi. Ko‘ehatlaming 
ildiz b o ‘yini tuproq sathidan 2-3 sm yuqori bo‘lishi kerak. Ko‘chat 
ekilgandan keyin uning atrofi zichlanadi va bir chelakdan suv qu- 
yiladi. So‘ngra har bir qatoming ikkala tomonidan 25-30 sm maso- 
fada olingan egatlar bo‘ylab sug‘oriladi. Transheyalarga k o ‘chat 
aprel oyida sovuq kunlar o ‘tgandan keyin o ‘tqaziladi. Ekiladigan li­
mon ko‘chatlari 15-20 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali tuproq 
qatlami 40-50 santimetrgacha namlanguncha ariqchalardan jildi-


ratib sug‘oriladi. Vegetatsiya davomida tuproq doimo nam holatda 
saqlanishi lozim.
Limonni bo ‘lib-bo‘lib sug‘orish kerak. Vegetatsiya davomida 
ob-havo sharoiti va o ‘simlik holatiga qarab 20-25 marta sug‘orishni 
o ‘tkazish kerak. Yoz oyining issiq kunlarida kechqurun va erta tong- 
da sug‘oriladi. Har bir sug‘orishdan keyin tuproq 10-15 sm gacha 
chopiq qilinadi, yumshatiladi. Limon hosil bera boshlashi bilan har 
bir sug‘orish orasida luproq yumshatilishi mumkin. Bahorda va yoz- 
da issiqxonada havo harorati keskin oshib ketganda uni shamollatib 
turish kerak.
Qishda tuproqqa 25-30 sm chuqurlikka ishlov berish bilan orga­
nik va superfosfat o ‘g ‘iti solinadi. Keyinchalik o ‘simlikning holatiga 
qarab uni o 'g 'itlab turish kerak va o ‘simlikni ildizi ga shikast etkaz- 
maslik uchun agrotexnik parvarishlashni ehtiyotlik bilan o ‘tkazish 
kerak. 0 ‘simlikni kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish va 
begona o ‘tlardan tozalab turish kerak.
Tuproqni o ‘g ‘itlash k o ‘chat o ‘tqazilgandan keyin, ikkinchi yil- 
dan boshlab har yili qish oldidan ishlov berishda organik o ‘g ‘it va 
superfosfat solinadi. M eva beruvchi o'sim liklar tupiga esa 20-25 kg 
organik o ‘g ‘it, 80-120 g azot, fosfor va 40-50 g dan kaliy o ‘g ‘iti 
beriladi. Bunda mineral o ‘g ‘itlar 2 muddatda - yarmisi fevralda va 
qolgani inay va iyun oylarida, meva tugunaklari shakllanganidan 
keyin solinadi.
Limondan yuqori va barqaror hosil yetishtirish uchun uni faqat bir 
m e’yorda oziqlantirish, o\sish va rivojlanishi bilan kifoyalanmaslik 
kerak. 0 ‘sib ketgan va shakllangan novdalam i daraxt yoshiga mu- 
nosib ravishda siyraklash, chilpish va butash y o ‘li bilan muntazam 
ravishda parvarish ishlarini amalga oshirish kerak. Bundan tupning 
o ‘sishi, rivojlanishi va meva berishi yaxshilanadi. Meva yig‘ib teril- 
gandan keyin, qishda, daraxt o ‘smasdan asosiy butash o ‘tkaziladi. 
Shoxlaming hamma qurigan, shikastlangan va qarigan qismlari olib 
tashlanadi. Yozda chang qoplangan barglami vaqti-vaqti bilan erta- 
lab yuvib turish lozim.
Limon daraxti issiqxonada k o ‘pincha yumshoq soxta qalqondor, 
o ‘simlik bitlari, kanalari, kalmaraz, antraknoz va bakterial nekroz


kabi zararkunanda va kasalliklari bilan /ararlaniulilat I Ишцн (|arshi 
mis kuporosi va 0,3% li fuzalon critmasi bilan vcgctalNlyu davri- 
da purkab turiladi. Qora kuyasimon zam buruglaiga I"» li bonlo 
suyuqligi critmasi yoki 0,5% li mis xlor oksidi eritmasmi putkash 
lozim.
0 ‘rgimchak kanaga qarshi 0,2% li keleton eritmasini puiknsh 
yaxshi natija beradi. Limon mevalarini y ig ‘ish oktabr oyining ox- 
irida p o ‘chogi yarim sarg‘ayganda amalga oshiriladi.

Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish