Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyektlari



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

3. Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyektlari 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamoat birlashmalari 
to‘g‘risidagi alohida bobning kiritilishi fuqarolarning jamoat birlashmalari 
tuzish erkinligi qonuniy asosga egaligi va kafolatlanishining yorqin 
dalilidir (Konstitutsiyaning XIII bob, 56–62-moddalari). 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respub-
likasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, jamoat 
birlashmalari deb, o‘z huquqlari, erkinliklari hamda siyosat, iqtisodiyot, 
ijtimoiy rivojlanish, fan-madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa 
sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun 
45


birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida 
vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi. 
Jamoat birlashmalarining ko‘pgina turlari mavjud. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga muvofiq, qonunda 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar 
tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning 
boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Jamoat 
birlashmalari fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquq va 
erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, himoya qilish, ularni davlat va jamoat 
ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash kabi maqsadlarda 
tuziladi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga, mulklariga ega bo‘ladilar. 
Jamoat birlashmalari deb e’tirof etilgan kasaba uyushmalari haqida shuni 
aytish kerakki, 
kasaba uyushmalari 
– ko‘ngilli jamoat tashkiloti bo‘lib, 
ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, 
o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda man-
faatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan 
mehnatkashlarni birlashtiradi. Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatlarida 
davlat boshqaruv va xo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa jamoat 
tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomo-
nidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki 
shu huquqlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladigan tarzdagi har 
qanday aralashuv man etiladi.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab chiqa-
dilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar organlarini 
saylaydilar, o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, 
plenumlar, qurultoylar o‘tkazadilar. Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida 
belgilangan maqsadlar va vazifalarga muvofiq ravishda, boshqa 
mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga 
ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalarining birlashmalari va tash-
kilotlariga kirish huquqiga egadirlar. 
Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya 
etadilar, aholini ish bilan ta’minlash borasida davlat siyosatining ishlab 
chiqilishida qatnashadilar. Kasaba uyushmalari aholini ish bilan ta’min-
lashning ahvoli va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib 
boradi. Kasaba uyushmalarining mehnat sharoiti va mehnatga haq to‘lash, 
mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash, 
46


mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ijtimoiy sug‘urtaga, ularning 
sog‘liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini himoya qilish, 
pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 
tegishli qonunlari bilan tartibga solinadi. 
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z 
vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish 
tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlari, narx-
navo indeksining o‘zgarishiga qarab tovon to‘lash miqdorini aniqlashda 
qatnashadilar, qonunda belgilab qo‘yilgan pensiyalar, stipendiyalar va 
nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar. 
Davlat va xo‘jalik organlarining ma’muriyati, jamoat tashkilotlari, 
mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlardan foydalanish va 
erkin faoliyat yuritishlariga ko‘maklashishlari shart. Bu organlar va 
shaxslar kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning 
qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan 
tartibda javobgar bo‘ladilar. 
Kasaba uyushma organlaridagi lavozimlarga saylanganligi tufayli 
ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari tugaganidan so‘ng, 
avvalgi o‘z ishlari (lavozimlari) beriladi, bunday ishlar (lavozimlar) 
bo‘lmagan taqdirda, o‘sha korxonada yoki xodimning roziligi bilan boshqa 
korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish (lavozim) beriladi. 
Tegishli ish berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, oldingi ish joyidagi 
korxona ma’muriyati, korxona tugatilgan taqdirda esa, kasaba uyushmasi 
xodimning ishga joylashish davrida uning o‘rtacha ish haqini saqlab 
qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi kerak. Malakasini o‘zgar-
tirish uchun o‘qish chog‘ida esa bir yil muddatgacha o‘rtacha ish haqi saq-
lab turiladi. Hatto ikki yil davomida ma’muriyat tashabbusi bilan 
xodimning ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kasaba uyushmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 1992 
yil 2 iyuldagi «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining 
kafolati to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Bu qonun 3 bob, 22 
moddadan iborat bo‘lib, 1-bob – «Umumiy qoidalar (1–6-moddalar)»; 2-
bob – «Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari (7–17-moddalar)»; 3-
bob – «Kasaba uyushmalarining asosiy kafolatlari (18–22-moddalar)»ni 
o‘z ichiga oladi. 
47



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish