Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

ish beruvchining 
asosiy huquqlari quyidagilardan 
iborat: 

korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar 
qabul qilish; 

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartno-
malarini tuzish va bekor qilish; 

mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada 
bajarishni xodimdan talab qilish; 

o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan 
birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish. 
42


Endi xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi haqida to‘xtalamiz. 
Mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi ham bevosita, ham 
bilvosita munosabatlarga kirishishlari mumkin. Bevosita munosabatlar 
xodimlar va ish beruvchilarning o‘zlari, bilvosita munosabatlar ularning 
vakillari, vakillik organlari orqali amalga oshiriladi. Mehnat huquqi 
subyektlarining huquqlari va majburiyatlarining o‘zlari vakolat bergan 
maxsus shaxslar yoki organlar tomonidan amalga oshirilishi mehnat 
munosabatlarida vakillik deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 21-moddasida meh-
natga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil 
bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonalardagi kasaba uyush-
malari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan 
saylanadigan boshqa organlarning amalga oshirishi mumkinligi qayd 
etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi «Kasaba uyush-
malari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi 
qonunining 1-moddasida ta’kidlanganidek, «kasaba uyushmasi ko‘ngilli 
jamoat tashkiloti bo‘lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish 
sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak 
manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi». Korxonada 
kasaba uyushmasining xodim nomidan vakillik qilishi, uning huquqlari va 
manfaatlarini himoya etish usullari hamda shakllari yuqorida tilga olingan 
qonun, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Kasaba uyushmalarining mehnat huquqi subyekti sifatidagi yuridik 
maqomini belgilashda ular qandaydir davlat yoki jamoat organlaridan 
mustaqil, o‘z faoliyatini faqat xodimlar manfaatlariga mos ravishda 
amalga oshiruvchi organlar ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Korxonalarda kasaba uyushmalarini tuzish, ularning doimiy ish olib 
boruvchi organlarini tashkil etish (saylash), bu organlar vakolatlari 
doirasini belgilash ushbu korxonada mehnat qilayotgan mehnat jamoasi 
tomonidan bevosita amalga oshiriladi. 
Kasaba uyushmalarining xodimlar vakillik organi sifatidagi fa-
oliyatining shakllari xilma-xil bo‘lib, ular qonunlarda belgilab qo‘yilgan. 
Bunday shakllar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
mehnat va ijtimoiy himoyalash masalalariga oid qonunlarning 
ishlab chiqilishida ishtirok etish, shu sohada qonunlar va boshqa me’yoriy 
hujjatlar qabul qilinishida takliflarini bildirish; 
43


2)
xodimlarning mehnat huquqlarini ish beruvchilar, davlat organlari 
oldida, shu jumladan sud yo‘li bilan himoya qilish; 
3)
ish beruvchilar, ularning vakolatli organlari, davlat bilan xo-
dimlarning mehnat sharoitlarini belgilash, o‘zgartirish masalalari 
yuzasidan muzokaralar olib borish; 
4)
mehnat va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlarga ish be-
ruvchilar, ularning vakillik organlarining rioya etishlari ustidan nazoratni 
amalga oshirish; 
5)
qonunda belgilangan hollarda mehnat sharoitini belgilash yoki 
o‘zgartirishga oid mehnat nizolarini ko‘rib, hal etish; 
6)
jamoa kelishuvlari va shartnomalari shartlari to‘liq bajarilishini 
kuzatib borish. 
Kasaba uyushmalarining xodimlar vakillik organi sifatidagi huquqlari 
har tomonlama kafolatlanadi. Xodimlar vakillik organining yana biri 
mehnat jamoasidir. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi 
«O‘zbekistondagi korxonalar to‘g‘risida»gi qonunining 28-moddasida 
aytilishicha: «O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi 
(bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat 
munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi 
barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar». 
Mehnat jamoasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlari, korxonani barpo etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari, korxona 
ustavi, korxona ma’muriyati (mol-mulk egasi) va mehnat jamoasi o‘rtasida 
tuzilgan shartnomada belgilanadi. Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini 
amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilish (konferensiya)dir. 
Yuqorida tilga olingan qonunning 29-moddasida mehnat jamoasining 
umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning vakolatlari aks etgan bo‘lib, uning 
mohiyati jamoa a’zolari nomidan vakillik qilish, ularning huquq hamda 
manfaatlarini himoyalashdir. Korxonaning boshqaruv organlarida mehnat 
jamoasi saylagan vakillar ishtirok etadilar.
Korxonalarda kasaba uyushmalari va mehnat jamoasidan xodim-
larning boshqa vakillik organlari ham tashkil etilishi mumkin, ular doimiy 
yoki vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘ladi. Ish beruvchilar korxonalarda 
xodimlar vakillik organlarining faoliyat yuritishlari uchun barcha zarur 
sharoitlarni yaratib berishlari, faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi, ularning 
qonuniy talablarini so‘zsiz bajarishlari shart. 
Mehnat qonunlarida xodimlar vakillik organlarida asosiy mehnat 
vazifasidan ozod etilgan yoki kundalik mehnat vazifalarini bajarishdan 
ozod etilmagan tarzda ish olib boruvchi xodimlar uchun qo‘shimcha 
44


huquqiy kafolatlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 25-moddasida aytilishicha: «Xodimlarning vakillik organlari 
a’zolariga o‘zlarining vakillik faoliyatlarini amalga oshirishlari munosabati 
bilan ish beruvchi tomonidan biron-bir shakldagi ta’qib qilinishdan himoya 
etish kafolatlanadi. Vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab 
chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, 
ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan 
bekor qilishga, mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib 
bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Vakillik organlariga saylangan xodimlarning ushbu organlardagi 
vakolat muddatlari tugaganidan keyin, ikki yil muddat davomida mahalliy 
mehnat organlarining oldindan roziligi olinmasdan turib, ish beruvchining 
tashabbusi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas. Vakillik organiga 
saylangan xodimning vakolat muddati tamom bo‘lganidan keyin, ish 
beruvchi unga avvalgi lavozimini berishi, buning iloji bo‘lmasa, o‘sha 
lavozimga teng keluvchi boshqa vazifa berishi shart. Bunday kafolatlar 
kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari 
to‘g‘risidagi qonunning 17–20-moddalarida belgilab qo‘yilgan. 
Ish beruvchilar ham xodimlar bilan bir qatorda mehnat huquqiy 
munosabatlarida o‘z vakillik organlari orqali ishtirok etishlari mumkin. 
MKning 28-moddasida aytilganidek, «ish beruvchilar uyushmalarga, 
assotsiatsiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga birlashishga haqlidir». 
Hozirgi paytda respublikamizda xalq xo‘jaligi tarmoqlari, iqtisodiy 
korxonalarni birlashtiruvchi ko‘plab assosiasiyalar, korporatsiyalar, 
uyushmalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda (masalan, Yengil sanoat 
assotsiatsiyasi, O‘zbeksavdo korporatsiyasi, Dehqon (fermer) xo‘jaliklari 
ittifoqi va boshqalar). 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish