IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Darsning mavzusi: “Alpomish” dostonining yaratilish tarixi.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilardan dostonning yaratilish tarixi
va uning boshqa janrlardan farqli belgilari haqida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilar qalbiga insoniy fazilatlar va
ajdodlar ruhiga hurmat tuyg‘ularini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, o‘z fi krini erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.
Dars shakli: suhbat, savoljavob, guruhlarda ishlash.
Darsda foydalaniladigan
usullar: “Muloqot”, “Aqliy hujum”, “BBB” texnologiyasi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
darslik, “Manas”, “Mahabharata”, “Ramayana”, “Alpo mish”,
“Alpomis”, “Alpa mis batir”, “Alip-Manash”, “Alpash sha”, “Alpamish va Barsin hiluu” kitob lari, doston asosida ishlangan rasmlar, tarqatma mate riallar, elektron darslik, kompyuter, videoproyektor, jadval, xarita, rag‘bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashilib, navbatchi axboroti tinglanadi. So‘ng sinf o‘quvchilari uch guruhga ajratilib, “Muloqot” texnologiyasidan
foydalangan holda hafta davomida respublikamiz va dunyoda ro‘y bergan muhim voqealar xususida quyidagi savollar asosida qisqacha muloqot uyushtiriladi.
* Respublikamiz va Yer kurrasida bugun qanday voqealar yuz bermoqda?
* Buyuk ajdodlarimizning hayotiga oid qanday qiziqarli ma’lumotlarni bilasiz?
* Ajdodlarga munosib avlod bo‘lishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak
O‘quvchilarning savollar yuzasidan bergan javoblari umumlashtiriladi va darsning keyingi bosqichiga o‘tiladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Bunda o‘quvchilarga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan test savollari tarqatiladi, o‘quvchilar yakka tartibda ishlaydilar. Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. “Tong o‘rniga qayg‘ular otar Kimni?” ushbu she’riy qator muallifini ko‘rsating.
A) Mirtemir
B) Usmon Nosir
C) Faxriyor
D) To‘ra Sulaymon
2. Qadimgi rivoyatlarda birinchi she’r kim tomonidan aytilganligi e’tirof etiladi?
A) Momo Havo tomonidan
B) Odam Ato tomonidan
C) Muso tomonidan
D) Ibrohim tomonidan
3. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan nimasi bilan ajralib turadi?
A) kengligi va aralash (sinktretik)ligi bilan
B) ta’sirchanligi va go‘zalligi bilan
C) uzoq o‘tmishga borib taqalishi va kengligi bilan
D) moddiy emasligi va ta’sirchanligi bilan
4. Badiiy asarlar nimasiga ko‘ra lirik, epik va dramatic turlarga bo‘linadi?
A) janrlarning o‘zaro bo‘linishiga qarab
B) qanday maqsadda yaratilishi va nimani ifodalashiga ko‘ra
C) fikrni qanday bayon etishi va ifodalashiga ko‘ra
D) sahnaga mo‘ljallanganligiga qarab
5. Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli?
A) epik asarlar
B) lirika
C) folklor
D) drama
Do'stlaringiz bilan baham: |