Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги


Dostonda sinov motivlari poetikasi



Download 67,95 Kb.
bet12/14
Sana17.07.2022
Hajmi67,95 Kb.
#811087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
malaka ishi

Dostonda sinov motivlari poetikasi
Xalq og‘zaki ijodi namunalarining syujet qurilishini o‘rganishda motivlar kompleksi doirasida tadqiqot olib borish samarali yo‘l hisoblanadi. Tarixiy poetika nazariyotchisi A.N.Veselovskiy motivga estetik idrok materiali sifatida yondashadi va uni ma’lum bir harakatdan tug‘ilgan takroriy, yorqin taassurotni ifodalovchi formula asosida tushuntiradi. Olim fikricha, motivga xos belgi bir hadli sxematizmdir va bunday ajralmas butunlik mifologiya hamda ertakning eng kichik elementidir. Deylik, yovuz jodugar go‘zal qizga halokatga olib boruvchi topshiriqlar beradi. Bu shartlar bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Xuddi shu holatda shart motivi syujet darajasida o‘sib boradi.1 B.Tomashevskiy
motivlarning zanjir holatda namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratadi. 2 V.Ya.Propp: “Motivni faqat syujet tizimida o‘rganish mumkin, syujetni bo‘lsa syujetlar qiyosida tadqiq etish mumkin”, – degan fikrni ilgari suradi.3 Folklorshunos H.Zarif syujet tizimi va transformatsiyaga uchragan epik motivlar masalasini eposni o‘rganishdagi muhim tadqiqiy bosqich sifatida ko‘rsatib o‘tgan edi.4 Epik janrlar, xususan, doston va ertaklarda tug‘i lish, tush, sinov, safar, qaytish motivlari keng uchraydi. Bu motivlar matnlarda kelish tartibiga ko‘ra turlicha bo‘lsa-da, birlashib zanjir holatida syujetni hosil qiladi. Sinov motivlari va ularning syujet strukturasidagi o‘rni masalasi ko‘plab tadqiqotlarda asosiy muammoning kichik bir bo‘g‘ini sifatida ko‘rib o‘tiladi. H.Zarif sinov motivlarining “Alpomish” dostoni variantlari tizimida o‘zgarishga uchrashi hodisasiga diqqat qaratgan bo‘lsa 5V.Jirmunskiy “Bamsi-Beyrek” va “Alpomish” dostonlaridagi sinov motivlarini qiyosan tekshiradi.6 Oxirgi yillarda e’lon qilingan tadqiqotlarda doston janrida uchrovchi sinov motivlarining shomonlik marosimlariga, shuningdek, alplik tizimiga aloqador jihatlari o‘rganildi.7 Ammo sinov motivlari murakkab strukturasi va semantikasiga qaramasdan, biror alohida janr misolida leytmotiv sifatida maxsus tadqiq etilmagan.
Sinov motivlari epik asarlar tarkibida uch yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: 1)taqiqlarga rioya qilish orqali sinalish; 2) shartlarni o‘tash orqali sinalish;
3) shart lashish shartlarini bajarish orqali sinalish. Shu jihatdan sinovni taqiq, shart, shartlashishdan iborat motivlar kompleksi deya baholash mumkin. Taqiq, asosan, antropologiya va etnografiya doirasida kengroq o‘rganilgan. Taqiq – urug‘, sulolani omon saqlab qolish, yot kuchlardan to‘silish, kuch manbai bo‘lgan
urug‘, sulola sirini boy berib qo‘ymaslik uchun o‘rnatilgan reglamentdir. Taqiq hech qachon e’lon qilinmaydi, unga doimiy qat’iy amal qilinadi. Taqiq himoyalovchi doira bo‘lib, doiraning ichida nima borligini faqat xos kishilargina biladilar, ularning bilimi bo‘lsa qo‘rquv, xavotir va xavfdan saqlanishga asoslanadi. Qo‘rquv – magik kuchni boy berib qo‘yishdan iborat. Taqiqning buzilishi ulkan xavfni boshlab keladi, deb tushuniladi. Taqiqni buzuvchining jazolanishi to‘liq magik kuchlar ixtiyorida bo‘ladi, deya tasavvur qilinadi. Biz keltirgan mulohazalar taqiq ning sotsiologik talqini bo‘lib, u badiiy matnda ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi. Xususan, taqiqlar ommaviy e’lon qilinishi ham mumkin.
Mif va marosim doirasida qolgan taqiqlardan farqli, badiiy-estetik hodisaga aylangan taqiq syujetning kichik halqasi sifatida epik mazmunni ifodalashga xizmat qiladi. Syujetning turli nuqtalarida joylashadi, uning belgilab berilishi ham, buzilishi ham badiiy mantiq talabiga bo‘ysundiriladi. Uning eng muhim poetik
xossasi shundaki, taqiqqa rioya qilmaslik badiiy matnda voqealar rivojini yuzaga keltiradi. Folklor matnlarda taqiqlar ikki xilda keladi: a) sof taqiqlar; b) shartli taqiqlar. Sof taqiqlar o‘rnatilgan epik makonda qahramonning erkin harakati to‘la cheklanadi. Dostonlarda uchrovchi sof taqiqlarni umumiy mazmunga ko‘ra bir necha turlarga bo‘lish mumkin: 1) nikoh bilan bog‘liq taqiqlar; 2) sotsial
mazmundagi tabaqaviy taqiqlar; 3) hudud (maydon) bilan bog‘liq taqiqlar; 4)irimlar bilan bog‘liq taqiqlar; 5) so‘z magiyasiga aloqador taqiqlar.
Nikoh va sotsial mazmundagi sof taqiqlar bir-biriga juda yaqin turadi. Bu nikohning ijtimoiy ahamiyati bilan belgilanadi. “Kuntug‘mish” dostonida ayni taqiq mavjud. Podsho ko‘cha, guzarlarga jarchi qo‘yib: “Har kim Xolbeka deb aytsa, olti oy zindonda boqtiraman, suyagini toshga chaqtiraman, tiriklay terisini shildiraman, ichiga somon tiqdiraman, ikki ko‘zini o‘yaman, tepasiga moyni quyaman!” deb qichqirta berdi.8 Shu dostonning o‘zidan yana bir misol keltiramiz. Podsho shahriga jarchi qo‘yib qichqirtgan edi: “Har kim podshoning nog‘orasini eshitmay, podsho nog‘oraxonadan tushmay uyidan chiqmasin!” Har vaqt podsho pastga qaytar bo‘lsa, nog‘orani urib qaytar edi. Shahar aholisi aniq eshitar edi. Undan ilgari hech kim uyidan chiqolmas edi. Amri podsho shu ediki: “Har kim tomga chiqsa, eshikdan qarasa, teshikdan qarasa – boshi o‘limda, moli talonda”
9. Har ikkala taqiqda hukmron sulolaning omma nazaridan to‘silishi, magik kuch – urug‘ sirini saqlab qolishga urinishida ko‘rinadi, bu muammo badiiy matnda ham sotsial, marosimiy mazmunga egaligicha qoladi. Hudud (maydon) cheklovi bilan bog‘liq taqiqlar qahramonning harakat doirasi chizig‘idir. Bu chiziqdan tashqarida bo‘lish man etiladi. “Xushkeldi” dostonida hukmron urug‘ yetakchisi bo‘lgan Go‘ro‘g‘li tomonidan Avazning erkin harakat hududi va taqiqlangan hudud xaritasi aniq chizib beriladi: Zinhor ayting Yomon-jardan o‘tmasin / Zinhor ayting, Sho‘rbuloqda yotmasin.
10 Hudud (maydon) bilan bog‘liq taqiqlar voqealar kechadigan xronotopni odatiy ko‘rinish va o‘lchovda saqlab turishga qaratilgan bo‘ladi. Ammo bu taqiq buziladi, syujetning keyingi halqalari makon hamda zamonning yangi maydoniga kirib boradi. Irimlar bilan bog‘liq taqiqlar dostonlar syujetida alohida motiv yoki epizod holatida emas, balki qaysidir qahramon tilida aytilgan eslatma, harakatni cheklashda asos bo‘luvchi dalil tarzida keladi: Kuntug‘mishni o‘ldirmasliklari uchun Xolbeka tomonidan eslatiladi:
Merganlar irim qib otmas yolg‘izni”11. “Malika ayyor” do- stonida taqiq nasihat shaklida qahramonga uqtiriladi: Bu so‘zni Soqibulbul eshitib aytdi: “Go‘ro‘g‘libek! Bu oyni nima oy deydi, safar oyi deydi. Ilgari o‘tgan azizlar safar oyida safar qilib, omon kelmagan ekan; ular omon kelmaganda sening haddingmi bu safarda safar qilib omon kelmak?!”12 Irimlarga aloqador taqiqlar avvaldan ma’lum, ammo muayyan vaziyatda unutilgan va yodga solinayotgan reglamentdir.
So‘z magiyasiga aloqador taqiqlar afsun elementiga ega bo‘ladi. Sirni o‘zida saqlovchi taqiqlangan so‘zning oshkor qilinishi qahramonning transfigurasiya holati bilan yakunlanadi. Taqiqning jazo qismi ayni vaqtda taqiqning afsun qismi hisoblanadi, taqiq buzilgani zahoti u kuchga kiradi. “Baloning qadami yetsa-yetsin, Shoqalandarning qadami yetmasin, har kim bu so‘zni aytsa tosh bo‘lib qolsin!”13 Taqiqning bu turi boshqa taqiq xillaridan keskin farq qiladi. Nikoh, sotsial qatlam, hudud (maydon) bog‘liq taqiqlar qahramon hayotini saqlab qolishga qaratilgan bo‘lsa, bu taqiqda yuz beradigan o‘lim va unga kafil bo‘lish talab
qilinadi.
Doston va ertaklarda keluvchi sof taqiqlarga xos umumiy xususiyat shundaki, u haqda qahramonlar oldindan muayayn bilimga, uning oqibati haqidagi axborotga ega bo‘ladi. Badiiy mantiq talabiga ko‘ra ular yana bir bor eslatiladi, shunga qaramasdan bu taqiqlar buziladi va voqealarning yangi oqimi yuzaga keladi.
Shartli taqiqlarda harakatni shartli cheklash mavjud. Harakatda va tanlovda ehtimollik bor. “Bulbuligo‘yo” ertagidan misol keltiramiz: Maymun: “...Sen avval qutini ochib qara, malikaning ko‘zi ochiq bo‘lsa, uni ol, ko‘zi yopiq bo‘lsa, tegma”, – debdi.14 Bu matndagi shartli taqiq shartli belgiga (ko‘zning qanday holatda ekanligi)ga ko‘ra o‘rnatiladi. Biz o‘rgangan xalq dostonlarida shartli taqiqlar uchramaydi, balki shartlashish shaklida aniq namoyon bo‘ladi.
Taqiqning har ikki xili ham sinov motivining an’anaviy shakliga tegishli bo‘lib, ularda taqiqning an’anaviy uch unsuri kuzatiladi: o‘rnatilgan taqiq, taqiqning
buzilishi, taqiq buzilgani uchun jazolanish. Epik makondagi taqiq epik xarakter kasb etadi, poetik mazmunni ifodalaydi, janrlar tabiatiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ishqiy-romantik dostonlarda va sehrli fantastik ertaklarda janr xususiyatini belgilovchi unsurga aylanadi.
Shart maydonda, ommaviy sahnada e’lon qilinadigan, bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqdir. Shart motive ko‘pincha syujetning boshlanish hamda asosiy qismida keladi va safar, uylanish, qaytish motivlari zanjiriga boshchilik qiladi. Shart qo‘yilishi bilan voqealarning yangi oqimi harakatga tushadi, xarakterlar to‘la shakllana boshlaydi.
Kurash, poyga, nishonga urish kabi jismoniy kuch sinaladigan shartlarda tomoshaboplik elementi yetakchi bo‘lib,bu shartning ommaviylik xossasi bilan bog‘liq jihatdir.
Epik asarlarda keluvchi shart motivlarining an’anaviy shakli uch asosiy qismdan iborat: o‘taladigan shart, o‘talgan shart evaziga beriladigan mukofot, o‘talmagan shart sabab buyuriladigan jazo. “Intizor” dostonidan misol keltiramiz: Ashirbek sardor aytdi: “Qariya shoh degan podshosi – buni ko‘nglini bilmay, bunga e’tiqod qilmanglar, bekoriga pul bermanglar, butga sajda qilsa xo‘p yaxshi, e’tiqod qilinglar, agar bo‘lmasa, o‘ldiringlar!” dedi15. Shart qahramonlik, ishqiy-romantik turdagi dostonlarga xos motivdir. Dostonlarda keluvchi marosimga tutash shartlar syujetni yuzaga keltiruvchi g‘oyaviy asoslardan biriga aylanadi va badiiy funksiyani bajaradi. Kitobiy dostonlarda bo‘lsa shart motivi keng uchramaydi, mavjudlariga ham tomoshaboplik darajasida badiiy ishlov berilmagan.
Shart motivlarining asosiy qismi ertak janri matnida kuzatiladi, ko‘pincha motivning shart – mukofot // jazo qismlari to‘la saqlanadi. Dostonlarda va ertaklarda uchrovchi shart motivi janrlar tabiatiga ko‘ra farqli xusuiyatlarga ega. Ertaklar matnidagi bunday motivlarning mif hamda marosimga tutash nuqtalari ramz holatida bo‘lib, bu ramziylik mif – marosim – folklor uzviyligini to‘liqroq namoyon etadi. Ammo hayotiy ertak larda shartlar o‘ta maishiy mazmun kasb etadi, genetik jihatdan mif va marosim qatlamiga deyarli tutashmaydi. Taqiq va shart motivlarini tadqiq etish barobarida shunday vaziyatga duch keldikki, bu holatlarni “shartlashish” deb atashni lozim topdik. Chunki bu motiv mantig‘iga ko‘ra taqiq ham, shart ham emas, balki kelishuv yetakchi mavqega ega bo‘ladi, u aynan shu xossasi bilan sinov motivlari majmuiga tegishlidir.

Taqiq, shart, shartlashish farqlidir. Ammo taqiqni buzgan ham, shartni bajara olmagan ham, shartlashishda majburiyatni o‘tay olmagan ham sinovdan o‘tmagan


hisoblanadi; ular sinov motivlari doirasida birlashadi, syujetni shakllantirishda ishtirok eta boshlaydi. Bu ishtirok maqol, naqldagi kichik epizodik tasvirdan
to dostonlar siklini harakatga keltirish jarayonigacha kengayib boradi. Har bir janrda sinov motivlari kompleksi janr badiiyatiga ko‘ra namoyon bo‘ladi va ayni vaqtda uning poetik unsurlaridan biriga aylanadi. Shu jihatdan sinov motivlarining o‘rganilishi ko‘plab nazariy muammolar tadqiqida muhim bosqich hisoblanadi.

Download 67,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish