Ko‘ryapmizki, hikoyaning maqsadi kimnidir qoralash
yoxud fosh etish emas ekan. Muallifning asl niyati –
turli sabablar jamuljam bo‘lib yuzaga kelgan murakkab
vaziyatga tushib qolgan odamlar va ... hayvonlarning
nozik kechinmalarini Siz-u bizga yuqtirishdir.
Biz bekorga hayvonlarga nisbatan ham «nozik kechinmalar»
degan iborani ishlatganimiz yo‘q. Chunki asarda, asosan,
Baxshilla boshidan o‘tgan hodisalar hikoya etilayotgandek
tuyulsa-da, xuddi shunday holatga do‘nan ot ham to‘la-to‘kis
duchor bo‘lganini his qilish qiyin emas. Buni otning, xuddi
egasi Baxshillaga o‘xshab, «ko‘zi bor» mehmonni o‘ziga yaqin
yo‘latmay «menga tegma, nari tur» degandek chiyirilib yer
tepinib turishidan, yot xonadonda hech ovqat yemagani, suv
ichmagani, nuqul kishnayvergani, oxir-oqibat ozib, qovurg‘alari
sanalib qolganidan ham bilsak bo‘ladi. Birgina farqi – agar
Baxshilla bir kecha-yu bir kunduz yig‘lagan bo‘lsa, Do‘nan
tinimsiz kishnaydi. Uning bu kishnashi jonivorning achchiq
yig‘isi edi, desak to‘g‘ri bo‘lar harqalay.
«Do‘nan» asari, yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘pni ko‘rgan
qariya Baxshilla maxsum tilidan hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra,
yozuvchi qahramonining yoshi, tajribasi, o‘ziga xos gapirish
uslubiga mos so‘zlar, iboralar tanlaydi, gaplarni og‘zaki nutqqa
mos tarzda tuzadi. Buni birgina quyida keltirilgan parchada ham
yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
«Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi.
Go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshini
qo‘yib yubordim. O‘zim g‘aram soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada
mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman. Bir mahal
uyg‘onsam, oftob og‘ib qolgan, Do‘nanboy, mashoq qayoqda,
o‘sha turgan joyida hali ham bir xil holatda turipti».
Agar shu parchani adabiy tilning qoidalariga moslab tuzadi-
gan bo‘lsak, mutlaqo boshqacha holat yuzaga kelishini Siz
yaxshi bilasiz. Bunda, garchi, adabiy til qoidalari go‘yo to‘g‘ri-
lansa-da, badiiy asar juda katta narsani yo‘qotishini ham sezib
turibsiz. Chunki badiiy til har doim ham adabiy tilga to‘liq mos
tushavermaydi. Ayniqsa, badiiy asar qahramoni tili, yuqorida
ta’kidlanganidek, uning yashagan zamoni, yoshi, tajribasi, bi-
limi, kasbi, jinsi, dunyoqarashi va yana boshqa o‘nlab xu-
susiyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Buni teran his etgan
yozuvchi o‘z asarida har bir qahramonning nafaqat tashqi
ko‘rinishida, balki tili va gapirish uslubida ham o‘ziga xoslikni
ta’minlashning uddasidan chiqqan.
Xulosa qilib aytganda, iste’dodli adib Turob To‘laning «Yetti
zog‘ora qissasi» va undan joy olgan «Do‘nan» hikoyasi Siz-u
bizning dunyoqarashimiz, didimiz, insoniy tuyg‘ularimiz bo-
yishiga kuchli ta’sir qilishi bilan qadrlidir.
1. Turob To‘laning hayotiy va ijodiy faoliyati to‘g‘risida gapirib
bering.
2. Ota-onangizdan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ha-
qida so‘rang va bilib olganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib
bering.
3. «Do‘nan» asarida Sizga eng kuchli ta’sir qilgan epizod qaysi
bo‘ldi? Buni izohlab berishga harakat qiling-chi.
4. Odam va otning bir-biriga bu qadar mehr qo‘yishining bosh
sababi nimada deb bildingiz?
5. «Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan» Fayzi dastur-
xonchi, Sizning nazaringizda, qanday odam?
6. Bolaning otasi mehmondan otni qaytarib olib kelmaganini
qanday baholaysiz? U to‘g‘ri qildimi yoki aksincha?
7. Hikoyachining tili va gap ohangidan uning xarakterini ko‘rsa-
tadigan o‘rinlarni topib, izohlab bering.
8. Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» kitobini topib, to‘liq
o‘qib chiqishga harakat qiling.
“Do’nan”hikoyasini o`tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari
“Do’nan” hiyosidagi ismlar tarixi
“Toifalash jadvali”
Do'stlaringiz bilan baham: |