7-sinf adabiyot test



Download 19,72 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,72 Kb.
#219449
Bog'liq
7-sinf adabiyot test 1


7-sinf adabiyot test

1. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’r kim tomonidan va nima munosabat bilan aytilgan? A) hazrati Odam (a.s.) tomonidan o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan B) Momo Havo tomonidan qizi Abudoning o‘ldirilishi munosabati bilan C) Momo Havo tomonidan o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan D) hazrati Odam (a.s.) tomonidan o‘g‘li Qobilning o‘ldirilishi munosabati bilan

2. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi nimada? A) ilmiy haqiqatlarni ifoda etishida B) ma’naviy haqiqatlarni aks ettirishida C) tarixni aks ettirishida D) go‘zallikni tasvirlashida 8. Ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri nima deyiladi? A) peyzaj B) pafos C) badiiy obraz D) xarakter

3. To‘qmullin Hamzaning necha sahifadan ortiqroq hajmdagi ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat beradi? A) 100 sahifadan ortiq B) 120 sahifadan ortiq C) 125 sahifadan ortiq D) 150 sahifadan ortiq

4. Hamzaning maktablari qaysi jihati bilan el orasida tez mashhur bo‘lib ketadi? A) savod tez chiqarilgani bilan B) dunyoviy fanlarning puxta o‘rgatilganligi bilan C) diniy darslarning puxta o‘rgatilganligi bilan D) chet tillarini oson o‘rgatishi bilan

5. Hamzaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratgan darsliklarini toping. A) «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» B) «Qiroat kitobi», «Yangi adabiyot» C) «Yangi adabiyot», «Hikmatlar» D) «Chor kitob», «Hikmatlar»

6. «Dardiga darmon istamas» she’rining har bandi necha misradan tashkil topgan? A) uch B) to‘rt C) besh D) olti

7. Hamza ijodida qaysi janrlarning dastlabki na’munalari uchraydi? A) balet va operaning B) roman va operaning C) pyesa va romanning D) felyeton va essening

8. «So‘yi samo» so‘zining ma’nosini toping. A) yorug‘ oy, to‘lin oy B) osmon taraflari, osmon tomonlari C) butun olam, koinot D) moviy osmon

9. Hamza o‘z tarjimayi holida o‘n yoshida qaysi tillarga tom savodli bo‘lganligini yodga oladi? A) arabcha va forschaga B) o‘zbekcha va forschaga C) o‘zbekcha va arabchaga D) o‘zbekcha va hindchaga

10. Hamza Abdulla To‘qmullin degan tatar ma’rifatchisi bilan qayerda tanishadi? A) Toshkenda B) Qo‘qonda C) Namanganda D) Xivada

11. Qayerda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi? A) Namanganda B) Toshkentda C) Qo‘qonda D) Buxoroda

12. «Dardiga darmon istamas» she’ri qachon yozilgan? A) 1914-yilda B) 1915-yilda C) 1916-yilda D) 1917-yilda

13. To‘g‘ri hukmlarni toping. 1) Saida Zunnunovaning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari nashr etilgan. 2) Saida Zunnunovaning ilk she’ri Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. 3) Akademik shoir G‘. G‘ulom S. Zunnovaning birinchi to‘plamiga «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib bergan. 4) S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlarni Said Ahmad aytgan: «U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi». 5) Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida ulg‘aygan. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4

14. S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? «Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi.U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi». A) G‘afur G‘ulom B) Said Ahmad C) Abdulla Qahhor D) Oybek

15. Saida Zunnunovaning she’riy to‘plamlarini toping. 1) «Yangi she’rlar»; 2) «Gullar vodiysi»; 3) «Qizlarjon»; 4) «She’rlar»; 5) «Bir yil o‘ylari»; 6) «Nilufar»; 7) «Sodiq va Anor»; 8) «Xayrixon»; 9) «Surat bilan suhbat». A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6, 8, 9

16. Saida Zunnunovaning dostonlarini toping. 1) «Gullar vodiysi»; 2) «Qizlarjon»; 3) «Bir yil o‘ylari»; 4) «Sodiq va Anor»; 5) «Xayrixon»; 6) «Surat bilan suhbat»; 7) «Qo‘shnilarim». A) 1, 2, 6, 7 B) 4, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6

17. Saida Zunnunovaning qaysi asarini «Iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya», – deyish mumkin? A) «Surat bilan suhbat» B) «Qo‘shnilarim» C) «Bir yil o‘ylari» D) «Sodiq va Anor»

18. S. Zunnunovaning hikoya va qissalari o‘rin olgan kitoblarni toping.

A) «Ona», «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «San’atkor», «Qanot», «Ko‘zlar»

B) «Do‘stlik», «Qanot», «Olov», «Qo‘shnilarim», «Ko‘zlar», «Povest va hikoyalar», «Gulxan» C) «Ko‘chalar charog‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay», «Kamalak», «Ona»

D) «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «Do‘stlik», «Qanot», «Olov», «Ko‘chalar charog‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay»

19. S. Zunnunova qaysi she’rida: «Insoniylik hurmati ichaman qasam», – degan so‘zlarni keltiradi? A) «Salom senga» B) «Buvilar duoga qo‘llarin ochib» C) «Qizimga» D) «Mening Vatanim»

20. Shuhratning «Orzu va qasos» asarining janrini toping. A) roman B) doston C) qissa D) ertak-doston

21. Shuhratning qaysi kitoblarida urushda qatnashgan odamning tuyg‘ulari, urushning vayronagarchiliklariga nisbatan nafrati ta’sirli aks ettiriladi? 1) «Shinelli yillar daftari»; 2) «Farzand»; 3) «So‘lmas chechaklar»; 4) «Guldursun»; 5) «Uch qiz afsonasi». A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 5

22. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro yerlarida bo‘lgan urush voqeasi aks etgan? A) «Jamila» B) «Raymonda» C) «Ona va farzand» D) «Farzand»

23. Shuhratning qaysi balladasida Vetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etilgan? A) «Ona va farzand» B) «Raymonda» C) «Mardlik afsonasi» D) «So‘lmas chechaklar»

24. Shuhratning qaysi asarida sho‘ro tuzumining eng adolatsiz, eng chirkin bosqichi bo‘lmish qatag‘on davri mahorat bilan aks ettirilgan, adib asarda aks etgan voqealarni o‘z boshidan o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va ulkan muvaffaqiyat qozongan? A) «Oltin zanglamas» romanida B) «Shinelli yillar» romanida C) «Jannat qidirganlar» romanida D) «So‘lmas chechaklar» dostonida

25. Shuhrat qaysi romanidagi qahramonlar haqida: «Ular men bilan bo‘lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida bo‘lganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam, ko‘nglim o‘rniga tushmas edi», – deb yozadi? A) «Oltin zanglamas» romanidagi B) «Shinelli yillar» romanidagi C) «Jannat qidirganlar» romanidagi D) «So‘lmas chechaklar» dostonidagi

26. «Ballada» so‘zi qaysi tilga xos va qanday ma’noni bildiradi? A) inglizcha «echki qo‘shig‘i» B) italyancha «she’riyat» C) fransuzcha «raqs qo‘shig‘i» D) nemischa «raqsga tushmoq»

27. Rasul Hamzatovning she’riy kitoblarini toping. 1) «Tog‘ qo‘shig‘i»; 2) «Mardlik afsonasi»; 3) «Tog‘ qizi»; 4) «Dog‘istonim»; 5) «Yuksak yulduzlar»; 6) «Tug‘ilgan kunim»; 7) «Tog‘likning vatani»; 8) «Ovuldan xat»; 9) «Mening qalbim tog‘larda»; 10) «So‘nmas yulduzlar». A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9

28. Rasul Hamzatovning tush manzarasi bilan boshlanadigan she’rini toping. A) «Tog‘ qo‘shig‘i» B) «Dog‘istonim» C) «Yuksak yulduzlar» D) «Ona tilim»



29. Rasul Hamzatovning qaysi she’rida urushda ikki akasini yo‘qotgan shoir iztiroblari aks etgan? A) «Tog‘likning vatani» B) «Kenja nevaram Shahrizodga» C) «Ona tilim» D) «Ovuldan xat»

30. Rasul Hamzatovni ijodga jiddiy qarashga, hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga kim o‘rgatgan? A) onasi B) otasi C) ustozi D) bobosi
Download 19,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish