Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Guvohlarning ko‘rsatuvlari



Download 1,29 Mb.
bet52/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Guvohlarning ko‘rsatuvlari. Ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi.
Fuqarolik protsessida guvoh sifatida ishtirok etish uchun qonun bir qator talablarni ilgari suradi: guvoh bo‘ladigan fuqaro ro‘y bergan hodisalarni o‘zlashtirishga, yodida saqlashga va so‘ngra ular to‘g‘risida ma’lumotlar berishga qobiliyatli bo‘lishi kerak. Biron bir faktni, ish holatini to‘g‘ri qabul qilish, yodda saqlash va bu to‘g‘rida sudda to‘g‘ri ma’lumotlar berish uchun guvohning sezgi organlari normal bo‘lishi kerak. Ammo bu organlardan birida nuqson bo‘lishi, hodisani o‘zlashtirishga yaroqsiz bo‘lishi, uning boshqa sezgi organlari bilan qabul qilingan faktlar to‘g‘risida ma’lumot berishga to‘sqinlik qilmaydi. Masalan, ko‘zi ojiz fuqaro qulog‘i bilan eshitganlari to‘g‘risida guvohlik berishi mumkin.
Fuqarolik protsessual kodeksida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) vakil yoki himoyachi vazifalarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachilar;
2) jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga layoqatsiz shaxslar (FPKning 56-moddasi).
Guvoh chaqirish haqida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan qanday holatlarni tasdiqlay olishini ko‘rsatishi, ismi, otasining ismi va familiyasini hamda yashash yoki ishlash joyini sudga ma’lum qilishi shart.
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruviga binoan kelmasa, ko‘rsatuvlar berishdan bo‘yin tovlasa, u FPKning
146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Yozma dalillar sifatida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan hujjatlar, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalar ya’ni, rasmiy yoki shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan xatlar e’tirof etiladi.

Yozma dalillarni taqdim etuvchi shaxs, birinchidan, ushbu dalil yordamida ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ko‘rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini, ikkinchidan yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ko‘rsatishi shart (FPKning 85-moddasi).




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish