Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet49/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

4.7. Dalillarning tasnifi
Dalillar haqida chuqur bilimga ega bo‘lish maqsadida ular tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi).
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida dalillarning ikkita umum e’tirof etilgan tasnifi mavjud:



Dalilni dastlabki va hosila turlariga bo‘lish shu va boshqa dalillarning shakllanish jarayoniga asoslangan. Dastlabki dalil bevosita birinchi manbadan olingan dalil bo‘ladi. Dastlabki dalil o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning ko‘rsatmasi bo‘ladi, boshqa shaxsdan faktlar to‘g‘risida bilib olgan guvohning ko‘rsatmasi hosila dalil bo‘ladi. Hujjatning asl nusxasi (masalan, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma) – dastlabki dalil; undan olingan nusxa – hosila. Hodisa joyida qolgan izlar yoki qandaydir predmetda qolgan izlar dastlabki dalil; izlardan olingan nusxa, qayta ishlangan barmoq izlari plenkalari – hosila dalil hisoblanadi.


Hosila dalillar dastlabki dalilning mazmunini aks ettiradi, ular ko‘pincha, dastlabki dalilga ko‘ra chalkashroq, yanglishroq bo‘la-di. Shuning uchun sud bevositalik prinsipiga muvofiq, dastlabki manba bo‘yicha ish holatini tekshirishi kerak, hosila dalillarni esa dastlabki manbani topish uchun qo‘llash kerak.
Dalilning to‘g‘ri va egriga bo‘linishi dalilning noma’lum fakt to‘g‘risida bitta ma’lum xulosani berish imkoniyatiga – uning borligi yoki yo‘qligi yoki tasodifiy xulosaning bir nechtaligiga asoslangan. Hattoki alohida olingan, to‘g‘ri dalil deb, noma’lum fakt bo‘yicha bitta ma’lum xulosani olishga imkon beradigan faktga aytiladi.
Alohida olingan egri dalil noma’lum faktga nisbatan bir nechta fikrlar, taxmin qilingan xulosalarga asos bo‘ladi. Shuning uchun bitta egri dalil noma’lum fakt bo‘yicha xulosa chiqarish uchun yetarli emas. Agar egri dalil alohida emas, boshqa ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan olinsa, unda ularni taqqoslab turib, asoslanmagan fikrlarni chiqarib yuborish kerak va bitta xulosaga kelish kerak.
Masalan, javobgar da’vogardan qarzga pul so‘rayotgan xatning sudga taqdim etilishi, taraflar o‘rtasidagi qarz shartnomasining kelishuvi egri hisoblanadi. U albatta, javobgar so‘ragan pulni da’vogar bergan taxminni beradi, biroq boshqa taxmin ham bundan mustasno emas – ya’ni, ushbu xatga rad javobi berish. Agar javobgar olgan pulni belgilangan muddat ichida topshira olmasligini va da’vogarni kelib turishini so‘rasa, endi bu egri hisoblanmaydi, balki qarz shartnomasi bo‘yicha to‘g‘ri dalil bo‘ladi, chunki boshqa hech qanday fikrlar (taxminlar) uchun asos qolmaydi.
Egri dalillar fuqarolik ishi bo‘yicha to‘g‘ri dalillar yo‘q bo‘lganda ishlatiladi. Ayniqsa, to‘g‘ri dalillar yolg‘on ma’lumotlarga ega bo‘lgan kategoriyadagi ishlarda ko‘pincha egri dalillarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Mulkni hisobga olishdan ozod qilish to‘g‘risidagi ishlarda mulkning xaqiqatan tegishli ekanligini aniqlash uchun ko‘pincha egri dalillarga murojjat qilishga to‘g‘ri keladi.
Egri dalillardan foydalanish to‘g‘ri dalillarga qaraganda qiyinroq. To‘g‘ri dalilga nisbatan sudning asosiy vazifasi ularning xaqiqiyligini aniqlash; agar xaqiqiyligi aniqlansa, unda to‘g‘ri dalildan keyinchalik foydalanish qiyinchilik to‘g‘dirmaydi, chunki noma’lum faktlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlanadi va rad etiladi. Egri dalilning haqiqiyligini tekshirib bo‘lgandan keyin, barcha fikrlarni, taxmin qilingan barcha takliflarni tekshirish vazifasi paydo bo‘ladi. Buning uchun vaziyatning holatini tiklovchi barcha faktlarni bir tizimga solish uchun yoki egri dalilning chigal zanjirini yechish uchun egri dalilli ish bo‘yicha barcha dalillarning majmuasi va holatlarini tekshirish kerak. Bu suddan barcha ish materiallarini sinchiklab tekshirishni talab qiladi.
Odatda, olingan manbasi bo‘yicha dalillar ikki turga bo‘linadi – shaxsiy va ashyoviy.
Shaxsiy dalillarga taraflar va uchinchi shaxslarning tilxati, guvohlarning ko‘rsatmasi, ekspertlarning xulosasi; ashyoviy dalillarga: turli shakldagi buyumlar kiradi.
Yozma dalilga kelsak, ayrim mualliflar ularni shaxsiy dalilga kiritadi, chunki ular inson tomonidan tuziladi. Boshqalar esa, hujjatlar keng ma’noda buyumlar, moddiy dunyoning obyekti hisoblanar ekan, demak ularni ashyoviy dalillarga kiritish mumkin.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish