Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari deganda



Download 1,29 Mb.
bet51/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari deganda, Fuqarolik protsessual kodeksi mazmunidan kelib chiqqan holda, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sudga xabar qilishi nazarda tutiladi.
Isbotlash predmetlarining faktlari va fuqarolik ishini to‘g‘ri hal qilishda ahamiyatli bo‘lgan boshqa faktlar da’vogar, javobgar, shuningdek da’vo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi yoki arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning va ularning qonu-niy vakillari bergan tushuntirishlar asosida aniqlanishi mumkin.
Qonun ish holatlarini aniqlashda yordam beradigan isbotlash vositalari ichida taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari birinchi navbatga qo‘yadi. Ular boshqa dalillar bilan uyg‘unlikda tekshirilishi, o‘rganilishi va baholanishi zarur. Tushuntirishlar og‘zaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin. Taraflarning ish bo‘yicha tushuntirish berish huquqi qonun bo‘yicha kafolatlanadi va himoyalanadi. Masalan, agar ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilmagan shaxslardan birortasining yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa chiqarilgan sud qarori apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilinishiga asos bo‘ladi (FPKning 377-moddasi).
Taraflarning tushuntirishlari yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Da’vogarning ishning holati to‘g‘risidagi da’vosi da’vo arizasida aks etadi. Qonunga ko‘ra da’vogar o‘zining talablarini asoslab berishi va da’vo arizasida asoslangan holatni ko‘rsatib berishi kerak. Bu faktlar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumot. Agar javobgar yozma e’tirozni da’voga qarshi bersa, unda ham ma’lum faktlarga ko‘ra tushuntirishlar berilishi kerak. Sud majlisida taraflarning tushuntirishi og‘zaki beriladi. Sud ularni ma’ruzadan keyin darhol eshitadi. Agar yozma tushuntirishlar bo‘lsa, sud ularni o‘qib eshittiradi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish