Ўзбекистон иқтисодиётида темир йўлларнинг ўрни


Temir yo`lni murakkab tabiiy sharoitlarda trassalash xususiyatlari



Download 2,04 Mb.
bet14/37
Sana24.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#238510
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
TIQ

Temir yo`lni murakkab tabiiy sharoitlarda trassalash xususiyatlari

Tog`li hududlar. Tog`li hududlarda suv ayirgichdan pastlashib kelishda trassani kurumlar va o`pirilib tushgan tog` jinslari uchraydigan joylardan o`tkazish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Kurumlar – qoya-toshli jins parchalarining aralash-quralash uyumlari bo`lib, ular omonat muvozanatda, yoki tog` yonbag`ridan asta-sekin (yiliga bir necha santimetr) sirg`alib tushayotgan bo`lishi mumkin. Yemirilmalar – toshlar to`plami bo`lib, ular alohida tosh parchalarining tezkor ko`chishi tufayli harakatlanishi ham mumkin.
Trassani qurumlar va tog` jinslarining o`pirilishidan hosil bo`lgan uyumlar bo`lgan joydan aylantirib o`tish maqsadga muvofiq. Bunday uchastkalarni trassa yunalishi kesib o`tishi muqarrar bo`lgan holda, qoidaga binoan, trassani tosh tezligi kichikroq bo`lgan nisbatan kichik qiyaliklarda loyihalashtirish lozim. Tepa qiyaligi 10°... 12° dan katta bo`lganida tuproq ko`tarma tepalik tarafga I..2 m kengaytirilib, o`yiqlarda esa tepalikka tomondan tutib qoladigan handaq yoki tutib qoladigan tirgovuch-devorlar quriladi. Qiyaligi 25° dan katta bo`lgan yonbag`irlarda estakada yoki tonnel qurish variantlarini ko`rib chiqish lozim. Tonnelli variantlarni tub jinslar massivi tubida, keyinchalik mahalliy tuproq bilan qurumning ustki qismigacha ko`mib tashlab, ochiq usulda ishlov berish bilan amalga oshirish mumkin.
Ko`chki – bu katta miqdordagi tog` jinslarining uzilib, pastga tushishi. Ko`chki uchrashi mumkin bo`lgan uchastkalarni imkon qadar trassa yo`nalishi bilan aylanib o`tish yoki barqaror tog` jinslarida tonnellar qurish kerak bo`ladi. Alohida omonat (bo`sh) xarsanglar portlatilib, yorig`i tuproq ko`tarma tomon yo`nalgan qiyaliklar esa quyuq sement qorishmasi bilan suvalishi, muhofaza devorlari bilan mustahkamlanishi shart. Shu bilan birga tutib qoladigan inshootlar, to`siq to`rlari kabi qurilmalar ko`zda tutilishi lozim.
O`pirilma deb tuproq massasining qiyalik bo`ylab pastga, og`irlik kuchi ta`sirida siljishiga (sirpanishiga) aytiladi. Qidiruv loyiha ishlari jarayonida qiyaliklardagi o`pirilish alomatlari aniqlanib, sinchiklab tadqiq etiladi. Trassa yotqizishda iloji boricha o`pirilish qiyaliklarini aylanib o`tish kerak. Agar trassaning bunday qiyalikda joylashishi muqarrar bo`lsa, u holda qiyalikni qatlamlab qirqib olishga yo`l qo`yilmaydi. Shuning uchun o`yiq o`pirilishning past qismidagi keng tekis yerda joylashtirilmaydi. Asosan tuproq ko`tarma qiyalik etagida qurilib, bu yerda u qo`shimcha yuk vazifasini bajaradi va o`pirilish jarayoni turg`unligi uchun imkon tug`diradi, ya`ni osonlashtiradi. Trassa yotqizilishi kerak bo`lsa, tuproq ko`tarma pastroq balandlikda, eng yuqori otmetka o`rnida yoki nolga barobar joy ko`rinishida, qiyalikning yuqori qismida esa – yuzaki o`yiq loyihalanadi.
Loyihada o`pirilishni turg`unlashtirish (mustahkamlash) bo`yicha chora-tadbirlar ko`zda tutiladi: gidromelioratsiya – yuza suvlarini yig`ish va boshqa tomonga burib yuborish, yer osti suvi darajasini pasaytirish yoki ushlab qolish; agroo`rmonmelioratsiya – maydondagi o`t-o`lan bilan qoplangan joylar, butazor va ekilgan ko`chatlarni (o`rmonni) yaratish va saqlash; tuproq massasining o`pirilishini mexanizmlar yordamida tutib qolish ishlari, ya`ni kontrbanketlar, tirgovuch devorlar va kontrfors qurilmalarini qurish.
Sel – bu tog`da yomg`ir yog`ishi natijasida yuzaga kelgan, katta miqdordagi qattiq jinslar bilan qo`shilgan suv-loy oqimi. Sel oqimlari yuz beradigan tumanlarda, trassa yo`nalishi bo`yicha, dastavval, sel oqimi o`zanini aylanib o`tish varianti ko`rilishi lozim. Agar buning imkoni bo`lmasa, u holda sel oqimi o`tadigan soyning eng tor joyidan (o`zan barqaror qirg`oqlar bilan mustahkamlangan joyda) suv o`tish oralig`i 4 m dan kam bo`lmagan bir prolyotli ko`prik orqali kesib o`tiladi. Agarda bunday variantni qo`llash murakkab bo`lsa, u holda imkon boricha sel oqimi o`zanini qiyalik etagidan, yoki sel oqimini yo`l ustidan o`tgan sel o`tkazish inshooti (akveduk tipidagi inshoot) yordamida kesib o`tish.
Temir yo`lni qor ko`chkilari tez-tez yuz beradigan hududlarda loyihalashda, agar ko`chki xavfi bo`lgan uchastkani aylanib o`tishning imkoni bo`lmasa, temir yo`l izlarini ko`chkidan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko`zda tutish shart. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: daraxt ekish, qiyaliklarda terrasalar jihozlash, qorni tutib qoladigan devorlar, qoziqoyoqlar tiklash. Katta qor yig`ish havzalari va ko`chki tushish kanallari tor bo`lganida ko`chkiga qarshi galereyalar, temir yo`l ustidan ko`chki o`tkazish qurilmalari kabi eng qimmat inshootlar yaxshi samara berishi mumkin.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish