Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Reja: 1.Nuh alayhissalom va suv toshqini



Download 1,97 Mb.
bet15/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Reja:

1.Nuh alayhissalom va suv toshqini.

2. Hayvonlarning kelib chiqishi.

3.Hud alayhissalom

Tayanch so‘z va iboralar: Xil al-Fudul, Ibn Hishom, Buhayro, Ernest Renan, “Sira”, “Fil voqeasi”
Odatda u yoki bu samoviy dinning paydo bo‘lishi masalasida so‘z yuritilganda ikki xil – keng va tor ma’noda yondashiladi. Masalan, xristian dini genezisini keng miqyosda tadqiq qilishda miylod boshida Falastinda va umuman Rim imperiyasida kechgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va hokazo jarayonlarni chuqur tahlil qilish lozim bo‘ladi. Tor ma’noda esa xristian dinining asoschisi Iisus Xristosning hayoti va faoliyatini tiklash talab qilinadi. Aytish joizki, bu borada xar ikkala planda ham ma’lumotlar etarli emas, borlari mavhum, bir – biriga zid.

Islom dini masalasida ahvol batamom boshqacha, ya’ni ikkala xil yondashuv uchun ham aniq va etarli ma’lumotlar bor. Balki mashhur fransuz adibi Ernest Renan “islom ta’limoti tarixning yorqin sahifalarida vujudga kelgan” deganda shuni ko‘zda tutgandir. Islom ta’limoti asoschisi Muhammad (sav) ning hayot yo‘lini Qur’on, Hadis, o‘rta asr tarixiy adabiyoti asosida to‘liq tasavvur qilish mumkin. Ibn Hishomning “Sira”si, at – Tabariyning “Tarix”i, Ibn Sa’dning “Taboqot”i kabi asl manbalardan tashqari juda ko‘p miqdorda hozirgi zamon shaklidagi biografik asarlar mavjud.

Ta’kidlash joizki, har qanday buyuk shaxs kabi Payg‘ambar haqida ham juda ko‘p rivoiy va haqiqiy-tarixiy ma’lumotlar uchraydi. Biz ko‘proq manbalar bilan tasdiqlangan tarixiy ma’lumotlarga tayanib fikr yuritishga harakat qilamiz.

Avvalo Muhammad (sav) har bir inson boshidan kechirishi lozim bo‘lgan takomul bosqichlarini bosib o‘tdi. Ko‘pchilik manbalarda keltirilishicha, u 29 avgust 570 yilda uncha boy bo‘lmagan, ammo Makkaning mashhur Hoshimiylar urug‘iga mansub oilada tug‘ildi. G‘arb va rus olimlari ko‘pincha Payg‘ambarning tavallud sanalari xususida turli, odamni chalkashtiruvchi raqamlarni keltirishadi: 547, 569, 571 yillar va hokazo. Buning hech keragi yo‘q: Qur’onda o‘z ifodasini topgan (Fil surasi), Makka ahli uchun juda katta ahamiyat kasb qilgan “Fil voqeasi” 570 yilda sodir bo‘lgani, aniq. SHu voqeadan 50 yoki 70 kun keyin Makkaning eng obro‘li kishilaridan bo‘lgan Abdul Muttalib xonadonida nevara tug‘ilgani, unga bobolari tomonidan Muhammad deb o‘sha muhit uchun g‘ayritabiiy ism berilganiga shubha qilmasa bo‘ladi. Darvoqe, Abdul Muttalibning o‘zi ham o‘g‘li Abdullohni uylantirish bilan barobar kelini Ominaning qarindoshini o‘z nikohiga olgan va undan deyarli Muhammad bilan bir vaqtda Hamza tug‘ilgandi. O‘sha davr taomuliga ko‘ra, Abdulloh kelinning uyida uch kun turgan, o‘z manzillariga ko‘chib o‘tishgach, ko‘p o‘tmay, Omina homilalik holida Makkadan har yili SHomga yo‘l oladigan savdo karvoniga qo‘shilib ketgandi. Qaytishda Abdulloh Madinada ona avlod qarindoshlarinikida biroz to‘xtab, kasallanadi va Makka karvonidan qolib ketadi. Buni eshitgan Abdulmuttalib to‘ng‘ich o‘g‘li Horisni zudlik bilan Madinaga jo‘natadi, ammo u ukasi vafot qilgani va o‘sha erda dafn qilingani xabarini eshitadi. Abdullohdan 5 tuya, 5-6 qo‘y-echki va keyinchalik yosh Muhammadga enagalik qilgan qul xotin Umm Ayman meros qolgandi. Bu o‘sha davr uchun aytarlik boylik hisoblanmasada, yosh go‘dakning bobosi hayot bo‘lgani bois holatni achinarli deb bo‘lmasdi.

Abdul Muttalib nevara tug‘ilishi munosabati bilan ehson ziyofati berdi, ammo Muhammadning otalari Abdulloh bu tadbirda ishtirok etmadilar, zero u kishi bir necha oy avval, yuqorida aytilganidek, SHomga savdo ishlari bilan ketib, qaytishda Madina shahrida vafot qilgan edilar. Demak, bo‘lg‘usi Payg‘ambar ona qornidayoq etim qolgandi. Bahorgacha Muhammad mehribon onalari Ominaning qaramog‘ida bo‘ldi. Makkaning havosi og‘ir bo‘lgani uchun g‘alati bir odat bor edi: yilda ikki marta bahor va kuzda qo‘shni badaviy qabilalardan bir guruh yangi ko‘zi yorigan ayollar kelib, yosh go‘daklarni o‘z tarbiyalariga olib ketardilar. SHu tarzda 6 oylik Muhammadni Sa’d qabilasidan Halima ismli ayol o‘z tarbiyasiga oldi. Aytishlaricha, hozir ham Makkaning o‘ziga to‘q oilalarida shu odat muayyan tarzda davom etib kelarkan: ular chillasi chiqqan go‘dakni to 8-10 yoshga etgunicha sahro sharoitida katta qilarkanlar. Halimaning Horis ismli eri, ikki qizi va Muhammad bilan emakdosh bo‘lgan o‘g‘li bor edi. YOsh Muhammad bu oilada hamma qatori kamchiliksiz hayot kechirdi. Bahorda qishki yomg‘irlardan so‘ng dasht bir necha oy muddatga ko‘m-ko‘k maysa bilan qoplanar, ammo yoz keldi deguncha, yana hamma yoq qupquruq bo‘lar, deyarli yarim yil Sa’d qabilasi tog‘ yonlaridagi vodiylarga ko‘chib, bir amallab vaqtni o‘tkazardi. Muhammad yashagan oila yil davomida ikki qismdan iborat chodirda istiqomat qilar, bir qismi bolalar va ayollar uchun, ikkinchi qism esa erkaklar uchun edi. Asosiy oziq-ovqat tuya va echki suti hamda undan tayyorlagan mahsulotlarni tashkil qilardi. Bolalar biroz ozg‘in, ammo baquvvat va sarviqomat bo‘lib o‘sardilar. CHamasi, yosh Muhammad Halimanikida yomon yashamagan, chunki keyinchalik doimo uni iliq so‘zlar bilan eslardi. Taxminan 4 yoshga etganda Muhammad bilan bir g‘aroyib voqea sodir bo‘ldiki, shundan so‘ng zudlik bilan bolani o‘z onasiga qaytarishga qaror qilindi.

Rivoyatga ko‘ra, kuppa-kunduz kuni Halima eri bilan chodirda uy ishlari bilan mashg‘ul, bolalar esa uncha uzoq bo‘lmagan joyda o‘ynab yurgandilar. To‘satdan bolalar oldiga oppoq kiyingan, birining qo‘lida ko‘zni qamashtiradigan oq qorga to‘la oltin jom ushlagan ikki kishi keldi. Ular Muhammadni chalqancha yotqizib, ko‘krak qafasini ochdilar va yuragini chiqarib oldilar. Undan qora bir parchani uzib erga uloqtirdilarda, qor bilan ichki a’zolarni tozalab, yurakni o‘z joyiga qo‘ydilar va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Muhammadning emakdosh birodari chinqirgancha chodirga chopdi va ota-onasiga bo‘lgan voqeani aytib berdi. Qo‘rqib ketgan Halima va uning eri chodirdan chopa chiqib, hech qanday shikast emagan, ammo biroz rangi oqargan Muhammadni ko‘rdilar. Halimaning savollariga u ham xuddi birodari aytgandek javob berdi. SHundan so‘ng qattiq xavotirga tushgan Halima bolani o‘z onasiga eltib berdi. Bu rivoyat zaminida haqiqatan bola o‘z ko‘rgan tushi haqida qilgan hikoya yotgan bo‘lsa, ehtimol. Nima bo‘lganda ham u Qur’onda o‘z ifodasini topgan: “Biz Sizning ko‘ksingizni ochmadikmi?” ( A lam nashrah sadraka ; 94:1).

Makkaga qaytgach, Muhammad taxminan ikki yilcha onasi Omina bilan yashadi. 6 yoshga to‘lganda Omina uni o‘zi bilan Madinaga qarindosh-urug‘larini ko‘rib kelish uchun olib ketdi. U erda Omina Abdullohning qabrini ziyorat qildi va yosh Muhammadning zehnida ona chekkan qayg‘u-iztirob muxrlanib qoldiki, bu keyinchalik hadislarda esga olingan. Makkaga qaytishda betob bo‘lib qolgan Omina yo‘lda vafot qildi va Abva degan joyda dafn qilindi.

Butunlay etim bo‘lib qolgan bolani xizmatkor xotin Umm Ayman Makkada bobosi Abdul Muttalib ixtiyoriga topshirdi. Hoshimiylar xonadonining rahnamosi Abdul Muttalib bu paytda ancha keksayib qolgan bo‘lsada, Ka’baning kaliti uning tasarrufida edi. SHundoqqina Ka’ba yonida uning supasi bo‘lar va yosh Muhammad boshqa ko‘p sonli nevara-evaralar ichida hech kimda bo‘lmagan imtiyoz – bobo yonida o‘tirish sharafiga ega edi. Uzoq vaqt bobo yonida bo‘lish yosh bolaga Ka’ba oldida sodir bo‘ladigan ko‘p diniy marosimlarni kuzatish, ularning mazmun-mohiyatini bobodan aniqlab olish imkoniyatini berdi. Bu urf-odatlar turli-tuman va o‘ziga xos edi. Odamlar turlicha ibodat qilayotgani, Ka’bada qo‘yilgan ba’zi xudolarni tan olib, boshqalarini inkor qilayotganini ko‘rgan yosh Muhammadda o‘sha paytdayoq but-sanamlarga nisbatan ishonchsizlik (skeptitsizm) kayfiyati paydo bo‘lgani, tabiiy. Ka’ba hayoti bilan yaqindan tanishish, albatta, bolada diniy masalalarga qiziqishning erta uyg‘onishiga sabab bo‘lgan, ammo bu narsa o‘zgacha taammul qilish va bu borada izlanish imkoniyatlarini yopib qo‘ymadi.

Afsuski, bobo mehridan foydalanish ham uzoqqa bormadi; taxminan 80 yoshlarda Abdul Muttalib olamdan o‘tdi. Vafoti oldidan bobo o‘z huzuriga to‘ng‘ich o‘g‘li, Muhammadning amakisi Abu Tolibni chaqirib, unga urug‘ rahnamoligi va bolaga homiylikni topshirdi. Abu Tolib juda ham oliyjanob, hurmatga sazovor, ammo biroz kambag‘allashib qolgan va katta oilaning otasi edi. SHunday bo‘lsada, u jiyaniga homiylik masalasini a’lo darajada bajardi. O‘sha davr taomuliga ko‘ra bunday homiylik yuridik maqom(status)ga ega bo‘lib, zarur paytda u butun hoshimiylar xonadonining himoyasini ta’minlardi.

Bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish, so‘ng ulg‘ayish davri amakisi tufayli Muhammadda qiyinchiliksiz, tabiiy kechdi va u mustaqil hayotga tayyor bo‘lib bordi. Payg‘ambar poda boqish bilan juda erta mehnat faoliyatini boshladi. Bu kamtarinlikka va har qanday mehnatni qadrlashga o‘rgatdi. 9-10 yoshlarida u nafaqat Makka atrofi, balki uzoqroq o‘tloqlarda ham poda boqdi. “Barcha payg‘ambarlar bolaligida poda boqqanlar”, degan hadis bor. Qur’onda ham bu xususda so‘z yuritiladi (ad-Duxo, 6-8 )

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 yoshda Muhammad amakisi Abu Tolib bilan uzoq davom etgan SHom savdo safariga borgan. Safar chog‘ida yosh Muhammad ko‘z o‘ngidan quduqdan-quduqqa, vohada-vohaga ko‘plab qabilalar hududidan Arabiston – ona vatanning erlari o‘tdi: arablar uchun bu erlar go‘zaldir. Hatto hozirgi kunda shaharning qulay sharoitlarida yashayotgan arab boylari uchun ham jonajon tog‘ va dashtlaridan go‘zal joy yo‘q dunyoda va ular u erlarda orom olishni xush ko‘radilar! Arab karvoni etib kelgan Suriyaning janubida Arabiston tugar va Vizantiya boshlanardi. 6-asrning oxirida bu erda xristianlikning grek-pravoslavie mazhabi to‘la hukmron edi. Nabotiylarning eng yirik shahri Busro yaqinida Abu Tolib va uning hamrohlari Buhayro ismli bir monax bilan uchrashdilar. Karvon monastirga yaqinlashayotganda Buhayro Muhammadning qoq ustida unga soya berib, oq bulut suzib kelayotganiga e’tibor berdi. Karvon katta bir daraxt ostida to‘xtaganida mo‘jiza yuz berdi: xaligi bulut daraxt ustida to‘xtadi va shoxlar bir-biri bilan chirmashib, Muhammadga yanada quyuq soya berdi. Bu manzarani kuzatarkan, Buhayro uning ro‘parasida bo‘lg‘usi payg‘ambar turganini tushundi. Ovqat tanovul qilinayotgan paytda Buhayro ehtiyotkorlik bilan Muhammaddan hayoti, qanday tushlar ko‘rishi haqida so‘rab, fikriga ishonchi komil bo‘ldi. Muhammadning tana tuzulishiga qarab, payg‘ambarlar haqida sirli kitoblarda berilagan vasflar aynan oldida turgan o‘spiringa o‘xshashligini ko‘rdi. SHundan so‘ng Buhayro Abu Tolibga safarni davom ettirmaslik, tezroq Makkaga qaytish, bolani katta kelajak kutayotgani va uni ehtiyot qilish zarurligini aytdi.

Muhammad 15 yoshga to‘lganida Fijor urushi yuz berdi. Bu urush o‘sha davr qoidasiga xilof ravishda muqaddas oyda bo‘lgandi. Qurayshiylarning ittifoqchisi Kenana qabilasi YAmandan Eronga Makkani chekkalab o‘tayotgan karvonga hujum qildi. Toif yaqinida sodir bo‘lgan jangda Muhammad ham amakilari bilan bir safda qatnashdi va tegishli harbiy ko‘nikmaga ega bo‘ldi, odamlar xavfli damlarda o‘zini qanday tutayotganini ko‘rdi, urush axloq-adobini o‘zlashtirdi. Makkaliklar bu jangda g‘alaba qozondilar, Eron bilan savdoda monopoliyaga ega bo‘ldilar, ammo bu ichki ziddiyatlarning oldini olaolmadi, balki ularni yanada keskinlashtirdi. YAman karvonlarining Makkaga kelishi batamom to‘xtab qoldi. Ziyon ko‘rganlar orasida Hoshimiylar urug‘i ham bor edi. Makka boylarining qabila hamkorligi bilan hisoblashmasligiga qarshi birnecha urug‘ SHartnoma imzoladi va u “Hilf al-Fudul” – Fozillar ittifoqi nomini oldi. Muhammad Abdulloh ibn Jud’onning uyida bu hujjat tayyorlanayotganining guvohi bo‘ldi va o‘ziga xos siyosiy kurash tajribasiga ega bo‘ldi.

Taxminan 20 yoshlarida Muhammad butunlay amakilaridan mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi. U savdo va karvonni boshqarishga usta bo‘lib etishgandi, ammo katta hajmda tijorat qilish uchun unda mablag‘ etishmasdi. SHu boisdan u nufuzli savdogarlarning vakili (agenti) bo‘lib ishlardi. Uning xizmatlaridan nafaqat amakilari va Hoshimiylar xonadoni, balki boshqa urug‘lar boylari ham foydalanishardi. 4 yilcha shu zaylda faoliyat ko‘rsatgach, 595 yilda unga Makkaning boy va barcha uchun hurmatli bo‘lgan savdogar ayollaridan Xadicha e’tibor berdi. O‘zining xizmatkori Maysara orqali Muhammadga murojaat qilib, Suriyaga uning mollarini olib borish, sotish va evaziga YUnon va Eron mollaridan Makkaga keltirishni taklif qildi. Abu Tolib bilan maslahatlashgach, Muhammad Xadichaning taklifini qabul qildi va hayotida ikkinchi marta SHomga safar qildi.

Suriyagacha ortiqcha qiyinchiliklarsiz etib bordilar. U erda Muhammad bafurja bozorni o‘rgandi, ishonchli odamlardan narh-navoni bildi, olib borgan mollarini yaxshi pulladi va tushgan pulga Makkada durust o‘tadigan yunon mollarini xarid qildi. Suriyada o‘tgan bir oy mobaynida Muhammad vizantiyaliklar va ularning e’tiqodlari haqida ko‘p narsa bilib oldi. Nihoyat, Makkaga qaytgach, olingan barcha mollarni bekami-ko‘st Xadichaga topshirdi. Daromad kutilganidan ancha yuqori bo‘lgani bois, Xadicha Muhammadga yangi-yangi savdo topshiriqlarini bera boshladi. Muhammadga esa, “amin”- halol, to‘g‘riso‘z, va’daga vafodor ma’nosidagi so‘zni qo‘shib chaqiragan bo‘ldilar.

Avval aytilganidek, Xadicha boy, oqila va harakatchan ayol edi. Ikki marta turmush qilgan va beva qolgan 39 yoshli bu ko‘rkam ayol boshqa turmush qilishni istamas, ammo moli-dunyosi, uyi, qolaversa, o‘zini nafaqat begonalardan, balki eng yaqin qarindoshlaridan ham himoya qila oladigan sherikka muhtoj edi. Makkaning mana-man degan boylari uning qo‘lini so‘ragan, ammo u rad javobini bergan edi. Muhammad o‘zining vazminligi, to‘g‘riso‘zligi va qat’iyligi bilan Xadichada juda yaxshi taassurot qoldirgan, SHom safarida hamroh bo‘lgan Maysara Muhammad to‘g‘risida katta hurmat bilan gapirib bergandi. Xadichaning Nufaysa bint Munya ismli sirdosh dugonasi bir kun Muhammaddan: “Sening uylanishingga nima monelik qiladi?”- deb so‘rabdi. Muhammad:”Nimamga uylanaman?”- deb javob beribdi. Nufaysaning:”Agar moli, jamoli, sharafi bor bir ayol seni ixtiyor qilsa, nima derding?”-degan savoliga, Muhammad :”Kim ekan, u?”- deb so‘rabdi. Nufaysa bir so‘z bilan:”Xadicha”,- deb javob beribdi. O‘z navbatida Xadichada ko‘ngli bo‘lgan, ammo buni aytishga botinaolmagan Muhammad:”Xo‘p, buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi”,- degan ekan, Nufaysa:”Bu masalani menga qo‘yib ber”,-debdi. Xullas, Xadicha onaning tashabbusi bilan ular nikoh qurdilar. YOshlarida farq bo‘lishiga qaramay, nikoh barakotli bo‘ldi: ular 2 o‘g‘il va 4 qiz ko‘rdilar.

Birinchi o‘g‘il farzandga al-Qosim deb ism qo‘ydilar. Taomulga ko‘ra, shundan so‘ng Muhammadni Abul Qosim deya chaqira boshladilar. Ammo hursandchilik uzoqqa bormadi: salkam ikki yoshda al-Qosim, ota-onani chuqur qayg‘uga solib, olamdan o‘tdi. Ketma-ket 4 qiz dunyoga kelgandan so‘ng yana bir o‘g‘il tug‘ildi. Unga Abdulloh deb ism berishdi, ammo u ham go‘dakligida nobud bo‘ldi. Qizlar ota-onaning beqiyos mehri ostida yaxshi tarbiya ko‘rdilar, soliha ayollar bo‘lib etishdilar. Zaynabni Xadichaning jiyani, Abd SHams urug‘idan o‘ziga to‘q savdogar Abul Osga turmushga berdilar. Ruqayyo va Umm Kulsumlarni o‘sha davr odatiga ko‘ra Muhammadning amakisi Abdul Uzzaning ikki egizak o‘g‘illari – Ataba va Utaybalarga turmushga chiqardilar. Ammo ikkalovlarining ham turmushi yaxshi bo‘lmadi: sababi – Abdul Uzzaning xotini va qizlarning qayin onasi umaviylar va umuman Makkaning rahnamosi Abu Sufyonning singlisi bo‘lmish Umm Jamil edi. Oxir-oqibat Umm Jamil ikki kelinini ham chiqishtirmay, taloq qildirib yubordi. SHunday qilib, Muhammadning amakisi Abdul Uzza bilan munosabatlaridagi taranglik vahiydan ancha oldin boshlangan edi. Kenja qizlari Fotimani u balog‘otga etgach, Muhammad o‘z qo‘llarida tarbiya ko‘rgan Ali ibn Abu Tolibga nikohlab berdilar. SHuni ta’kidlash joizki, Xadicha onaning hayotlik paytlarida, o‘sha paytda poligamiya(ko‘pxotinlilik) hukm surgan bo‘lsada, Muhammad biron marta ikkinchi xotinni nikohga olish to‘g‘risida o‘ylamaganlar, zero oxirgi lahzalargacha jufti-halollariga sodiq va g‘oyatda mehribon bo‘lganlar. Aytishlaricha, keyinchalik Oysha ona Payg‘ambarning nikohlarida bo‘lgan ayollarning birontasiga o‘tib ketganiga ancha bo‘lgan Xadicha onagachalik rashk qilmagan ekan.

605 yilda, ya’ni Muhammad (sav) 35 yoshga to‘lganlarida, Makkada muhim voqea yuz berdi; qurayshiylar Ka’bani qayta qurish va uni tom bilan yopishga qaror qildilar. SHu kunlarda Qizil dengiz qirg‘og‘ida, Jiddaga yaqin joyda Boxum ismli bir vizantiyalik tijoratchining kemasi halokatga uchragan va uning yog‘ochlarini sotib olib, Ka’bani ta’mirlashga ishlatishga kelishildi. Kemachining o‘zi ham yaxshigina duradgor ekan, yana bir qibtiy usta bilan birga ular bu ishda ishtirok etdilar. Ta’mirchilar to‘rt devorni o‘zaro bo‘lib olib, to‘rt guruhni tashkil qildilar. Xarob holga kelib qolgan Ka’bani tagi bilan buzib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan toshlarni terib. xuddi avvalgi tarhda tiklay boshladilar. Buzayotganda Qora toshni omonat joyga olib qo‘yishgandi, ammo uni ayni o‘z o‘rniga qo‘yish(Ka’baning janubi-sharqiy burchagida maxsus tayyorlangan, erdan taxminan 1,5 metr balandlikdagi tokchaga) paytida janjal chiqdi: hech bir urug‘ boshqa urug‘ vakili buni amalga oshirishiga rozi emasdi. Hal qilib bo‘lmaydigan tang holat yuzaga kelgandi. SHunda ishtirokchilarning eng yoshi ulug‘i, chamasi, Abu Umayya ibn al-Mug‘ira al-Maxzumiy, jumboqning xolis echimini shu lahzada Ka’baga birinchi kirib keladigan shaxsga topshirishni taklif qildi. Tasodifan, bu shaxs halol va to‘g‘riso‘zligi tufayli barchaning hurmatini qozongan kishi bo‘lib chiqdiki, “ana, Muhammad Amin kelyapti”, deb odamlar g‘oyat hursand bo‘lib ketishdi. Nizolashayotgan tomonlarning so‘zlarini diqqat bilan eshitgach, Muhammad eng sodda va oqilona qaror qabul qildi: katta bir mato yoyilib, Muhammad uning o‘rtasiga Qora toshni qo‘yadi, so‘ngra barcha urug‘ vakillari matoni kerakli darajada ko‘taradilar, Muhammad esa Qora toshni uning uchun maxsus tayyorlangan tokchaga joylashtiradi. SHunday qilindi ham. Balki ayni shu damda, Ka’ba - “Baytulloh”- Allohning uyi emasmi, Muhammad Unga juda yaqin turganini his qilgandir. Aytish mumkinki, harqalay, shu voqeadan so‘ng u kishining shaxsiy hayotlarida keskin o‘zgarish yuz berdi. Qabiladoshlarining e’tiqodi noto‘g‘ri yo‘lda ekaniga ishonchlari komil holda bobokalonlari Ibrohim alayhissalom yo‘li (tavhid)ni qayta tiklash tadorikini o‘ylay boshladilar.

Mazkur voqeadan biroz vaqt o‘tgach, Makka va uning atrofida qaqshatkich qurg‘oqchilik yuz berdi va ocharchilik boshlandi. Muhammad va Xadicha ona oldindan boyliklarini qimmatbaho buyumlarga o‘tkazganlari uchun katta ziyon ko‘rmadilar, ammo ko‘pgina kichik savdogarlar, shu jumladan, Abu Tolib ham nochor ahvolga tushib qoldilar. Muhammad amakisining biron farzandini o‘z qaramog‘iga olishga qaror qildi va Abbos amakisini ham shunday qilishga ko‘ndirdi. Abbos Abu Tolibning ikkinchi o‘g‘li Ja’farni, Muhammad esa endigina 7 yoshga to‘lgan kenja o‘g‘il Alini o‘z oilasiga oldi. U Alini o‘g‘il qilib boqib olmagan bo‘lsada, unga o‘z o‘g‘lidek mehr qo‘ydi. O‘z navbatida Ali ham Muhammadni otadek ko‘rdi. Keyinchalik Ali Abu Tolib oilasiga qaytishni istamaydi va Muhammad unga kenja qizi Fotimani nikohlab beradi. YOshligida uni emizgan Halimaning Sa’d qabilasida ham ochlik kuchli bo‘ldi; uning bir qizi qullikka tushib qoldi. Muhammad Halimaga bir amallab ochlikdan chiqishga yordam berdi, qizini esa evaz to‘lab, qullikdan ozod etdi. Ayni shu kunlarda u yosh badaviy arab Zaydni ham qullikdan ozod etib, o‘g‘illikka oldi. Ali va Zayd, qaysidir ma’noda, yo‘qotilgan ikki o‘g‘ilning o‘rnini bosdilar.

SHu zaylda Muhammad 38 yoshga to‘ldi. Katta boylikka umidni tark qilishga to‘g‘ri keldi. Sekin-asta Muhammadda umuman boylikka munosabat o‘zgardi: endi u yaxshi narsadan ma’naviy kamolotga erishishga to‘siq bo‘ladigan yomon narsaga aylandi. Muhammadda borgan sari, yashash tarzida mo‘‘tadillik afzalroq, degan mayl ustunlik qila boshladi. U “ortiqcha eyish-ichish qalbni so‘ndiradi”, deb hisoblardi. Kichik savdo bilan shug‘ullanish bora-bora uni kam qiziqtiradigan bo‘ldi, u faqat mehnat faoliyati sifatida ramziy ma’no kasb qilardi, xolos. Muhammadning fikricha, kishi doimo bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i, tanballik bilan yashamasligi darkor. U anglardiki, buyuk va ilhombahsh maqsadsiz yashalgan hayot bir kun tugaydi. Sekin-asta u oila qurgandan so‘ng biroz to‘xtab qolgan diniy-ruhiy izlanishlariga yana qaytdi. Bu safar diniy-e’tiqodiy masalalarga e’tibor tubdan bo‘lib, qolgan umrining asosiy vazifasiga aylandi.

Muhammad yashagan asr go‘yo qotib qolgan, o‘zgarmas vaqt kabi edi. Odamlar kelajakka hechqanday umid qilmasdilar. YAngilik va yaxshilik bir-birini inkor qiluvchi tushunchalar sifatida qabul qilinardi. Faqat eskilik, eskilik bo‘lganda ham qadimgi, deyarli unutilgan, asotiriy eskilik yaxshi hisoblanardi. SHuning uchun barcha yirik islohotchilar yangilikni qadimgi g‘ilofga o‘rardilar; xuddi arab haniflari “haniflik”ni, deyarli unut bo‘lib ketgan qadimgi Ibrohim (as) e’tiqodini, Qur’on iborasi bilan aytganda, “millata Ibrohim hanifo”ni qidirayotganlari kabi. Fan o‘ta primitiv (sodda) holda, undan biron natija kutish befoyda edi. Xudo-Allohga ishonuvchilar uchun birdan-bir imkoniyat – g‘ayb olamidan bilim olish edi. Faqat shu yo‘l bilan borliqning asosiy tamoyillarini kashf qilish, barcha asrlar va xalqlar uchun adolatli va mukammal jamiyatni tuzish, erda saodatga erishishni yaqinlashtirish mumkin. Mavjud tuzum illatlariga butunlay barham berishga qodir emasliklarini his qilgan arab haniflari faoliyatining oxirgi natijasi – ular yaqin fursatda erda adolat o‘rnatishga qodir bo‘lgan Payg‘ambar kelajagini bashorat qila boshladilar. Dastlab Muhammad ham o‘z diniy izlanishlarini “haniflar” kabi haqiqatga etishish uchun xilvatda, o‘z xalqiga xayr-hikmat so‘rab, Allohga iltijo qilish bilan boshladi. Xo‘sh, haqiqat o‘zi qaerda? Qabiladoshlari hechqanday naf keltirmaydigan sanamlarga sig‘inib, zalolatga ketganlari, aniq. YAhudiylar va nasroniylarning e’tiqodi haqiqatga yaqin, ammo unda ham butparastlikning qisman ko‘rinishlari mavjud. Mutlaq haqiqat bu – Alloh, borliqning YAratuvchisi, olamlarning rabbi, ar-Rahmon, ar-Rahim, insonlarning qilmishiga yarasha ajrlarini berguvchi. Jannat – haqq, do‘zah – haqq. Allohdan boshqaga sig‘inuvchilarning joyi – jahannam. Ana shunday o‘y-taammulotlar Muhammadning zehnidan uzzu-kun o‘tar, hatto chin ro‘yo bo‘lib ko‘rinaboshlagandi. Payg‘ambarning buyuk xizmati shunda bo‘ldiki, haniflardan farqli o‘laroq, u yanada mukammalroq yo‘lni tanladi, eski, botil aqidalardan voz kechish bilan chegaralanmay, xalqning mardonavor ma’rifatchisi sifatida maydonga chiqdi. Demak, Muhammad (sav)ning din-e’tiqodga munosabatida o‘ziga xos mantiq bor edi. U, albatta, o‘z davri jamiyatida qoniqarsizlik kayfiyati mavjudligi, yangi, yanada mukammal dinga ehtiyoj borligi, katta o‘zgarishlar kutilayotganini his qilardi.

Ta’kidlash joizki, yakka-yu yagona Xudo g‘oyasiga Muhammad (sav) uylanmasdan ancha oldin etib kelgan, qabiladoshlarining sanamlarga sig‘inishi xato va yagona Xudo oldida gunoh ekanini juda erta anglagandi. Oliy, g‘ayb olami bilan muloqotga qat’iy ahd qilgach, Muhammad o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha poklanish usullarini qo‘llay boshladi. Bu usullar ruh, fikr, so‘z, amallar harakatini poklash va, albatta, Alloh haqida, uning mohiyati haqida chuqur taammul qilishni o‘z ichiga olardi.

Muhammadning ibodat va taammul qiladigan sevimli joyi Makkadan birnecha soatlik masofada bo‘lgan Hiro tog‘i edi. O‘zi bilan bir mesh suv va egulik olib, u birnecha kunga shu erga kelar va tanholikda poklanish bilan shug‘ullanardi. Tog‘ yonbag‘rida u meditatsiya, ya’ni bir nuqtaga tikilib, uzoq o‘y surish mashqini ham bajarardi. Qurayshiylar va ko‘pchilik arablar uchun ro‘za oyi hisoblangan Ramazonda ham Hiroda chilla tutardi. Kunma-kun, oyma-oy Muhammad o‘ziga ma’lum bo‘lgan poklanish amallarini bajardi. Ruhiy tushkinlik paytlarida doimo unga hamdard va uning diniy izlanishlariga ishtiyoqmand bo‘lgan Xadicha ona yordamga etib kelardi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish