Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Reja: 1.Yoqub alayhissalom va yahudiylarning 12 avlodi



Download 1,97 Mb.
bet17/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Reja:

1.Yoqub alayhissalom va yahudiylarning 12 avlodi.

2.Muso alayhissalom va Firavn.

3.Shuayb alayhissalom
Tayanch so‘z va iboralar: vahiy, Abu Lahab, Abu Sufyon, Abu Jahl, al-Valid ibn Mug‘ira, Safo, Hiro, “vahdoniyat”, Usmon ibn al-Affon, az-Zubayr ibn al-Avvom, Abd ar-Rahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Talha ibn Ubaydulloh, Abu Ubayda ibn Jarroh
610 milodiy yilning Ramazon oyida 40 yoshga yaqinlashib qolgan Muhammad (sav) tanholikni ixtiyor qilib, odatdagidek Hiro tog‘idagi g‘orda chilla tutdilar. Goho-goho suv va ovqat olib kelish uchun Makkaga tushib turardilar. Nihoyat, tinimsiz diniy izlanishlarning natijasi o‘laroq g‘ayb olamiga tuynuk ochildi va shu oyning 17 kuni Jabroil alayhissalom orqali Allohdan “Alaq” surasining besh oyati u kishiga birinchi vahiy bo‘lib keldi. Bu voqea Ibn Hishomning “Sira”sida Payg‘ambar nomidan quyidagicha hikoya qilinadi. “U mening oldimga uxlab yotganimda keldi,- deya hikoya qilgandi, Muhammad (sav). Qo‘lida qandaydir yozuvlari mavjud yaltiroq o‘ram bor edi. U menga:”O‘qi!”,-dedi. Men: “O‘qishni bilmayman”,-dedim. SHunda u ko‘kragimga o‘ramni qo‘ygandi, nazarimda tog‘dek yuk bosgandek bo‘ldi, nafasim qaytib ketayozdi. So‘ngra u o‘ramni ko‘tarib, yana: ”O‘qi!”,- dedi. Men takroran: ”O‘qishni bilmayman”,-dedim. Bunga javoban u ko‘kragimni shunday bosdiki, men ajalim etdi, deb o‘yladim va uchinchi bor:”O‘qi!”,- deb buyurdi. Azbaroyi azobdan qutulish uchun men bu safar: ”Nimani o‘qiy!”, dedim. Kelgan Zot dedi: “O‘qing (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi.” Alaq surasi, 1-5 oyatlar). Men uning ketidan bu so‘zlarni qaytardim va u Zot g‘oyib bo‘ldi. Uyqudan uyg‘onganimda bu so‘zlar xuddi qalbimda yozilgandek his qildim.”

Bu hikoyani matnga keltirish chog‘ida Muhammad (sav)ning biograflari turli talqinlarga duch keldilar: Oysha ona bunday rivoyat qilgan bo‘lsa, Ubayda boshqacha. Ammo asosiy masalada farq yo‘q, ya’ni Ramazon oyining tunlaridan birida Hiro tog‘ida 40 yoshli Muhammad huzuriga bir Zot qo‘lida qandaydir yozuvlar mavjud o‘ram bilan kelib, uni o‘qishni buyuradi. Muhammad (sav) o‘qimagach, o‘zi 5 qatorni o‘qiydi va qaytarishni talab qiladi; bu satrlar Muhammad (sav)ning qalbida muxrlanib qoladi.

Muhammad (sav)ga birinchi vahy samodan shu tarzda tushdi va u o‘zi bilmagan holda, beixtiyor payg‘ambar, Allohning elchisiga aylanib qoldi. U qo‘rqib ketgan va voqeadan qattiq ta’sirlangan holda Xadicha ona oldiga tushib keldi. O‘z navbatida uning ko‘rinishidan xavotirga tushgan sodiq rafiqasi qo‘lidan kelganicha tinchlantirishga harakat qildi. Tez orada bu voqea muhokamasiga Xadicha onaning amakivachchasi Varaqa ibn Navfalni ham jalb qilishdi. Varaqa biroz keksaygan, ko‘zdan qolgan, ayni vaqtda Tavrotning Muso (as) haqidagi qissasini oromiychadan arabchaga tarjima qilayotgan edi. U to‘la ishonch bilan: “Muhammadga Muso (as)ga “Nomus” (kitob) tushgani kabi vahy kelibdi, demak u bizning payg‘ambarimiz”,- deydi. Ammo Muhammad og‘ir iztirob holatiga tushgan, Xadicha ona uni qancha ma’naviy qo‘llamasin, bu holatdan chiqish qiyin edi. Birnecha bor uning hayoliga baland cho‘qqidan o‘zni tashlab, bu iztirobdan qutulish fikri keldi. Faqat uzliksiz ibodat va diniy taammulotlar tufayli farishta unga ro‘yo bo‘lib kelayotgani, uning aytayotgan so‘zlari aynan unga, Muhammadga qaratilgan Allohning so‘zlari, degan xulosaga keldi. Bu fikr batamom qaror topishida, bir tomondan, vahylarning ketma-ket kelaboshlagani, ikkinchi tomondan, Payg‘ambar uchun eng og‘ir lahzalarda o‘sha farishta 3-4 marta odam qiyofasida zohir bo‘lib: “Ey, Muhammad! Siz – Allohning rasuli va men – Jabroilman”, deya bir iborani takrorlagani sabab bo‘ldi. Har safar Jabroil (as) ko‘ringanda Muhammad (sav)ni qo‘rquv bosar, balki shu boisdan keyinchalik ko‘p hollarda vahylar ro‘yosiz kelaboshladi.

SHu erda bir nuqtaga e’tiborni qaratish zarur. Islomiy adabiyotga ko‘ra, Qur’onning nozil bo‘lishi va Payg‘ambarga birinchi vahiy kelishi bir narsa emas, balki boshqa – boshqa narsa. Qur’onning “Inna anzalnahu fiy laylatil qadr” (97, Qadr surasi, 1) oyatiga ko‘ra, Qur’on bir varakayiga Allohning o‘zi tomonidan ettinchi osmondan birinchi (dunyo) osmoniga “laylatul qadr” kechasi, ya’ni Ramazon oyining 26 dan 27 ga o‘tar kechasi nozil qilingan. SHuning uchun biz - musulmonlar bu kechani qadrlaymiz, e’zozlaymiz, ming oyga teng, deb bilamiz. Birinchi vahiy esa, Qur’onning boshqa oyatiga ko‘ra “Va ma anzalna ala abdina Yavmal Furqon yavma iltaqa al - jam’on” (8, al-Anfol, 41), ya’ni Furqon kuni (yaxshilik – yomonlikni ajratadigan kun), ikki jamoa to‘qnashgan kuni (Badr jangi yuz bergan kunga ishora; bu - 17 Ramazon kuniga to‘g‘ri keladi) sodir bo‘lgan. Payg‘ambarga vahiylarning kelishi 23 yil davom etgan: 13 yil Makkada va 10 yil Madinada. Qur’on ana shu vahiylarning bir kitobga to‘plangan shaklidir. Vahiy hodisasi (fenomeni)ni ratsional uslub vositasida tushuntirish amri – mahol narsa, zero ta’kidlanishicha, barcha vahiylar Jabroil (a.s) orqali kelgan, Jabroil alayhissalomni esa faqat Payg‘ambar ko‘rgan va eshitgan. Hatto Xadicha ona ham qanchalik urinmasin biron marta ko‘rishga muyassar bo‘lmagan. Aytishlaricha, bir kuni Jabroil (as) Payg‘ambarga ko‘ringan chog‘da, Xadicha ona uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida, Rasulullohni bir chap soni, bir o‘ng soni, so‘ng tizzasiga o‘tqazib, yonlaridan nazar solishga qanchalik urinmasin, Farishta Rasulullohga ko‘rinar, Xadicha onaga esa ko‘rinmasdi. SHunda Xadicha ona hasratdan ro‘molini erga uloqtirgan ediki, Jabroil (as) Muhammad (sav)ning nazaridan ham yo‘qoldi. SHu ondan e’tiboran Xadicha onada Rasulullohga kelayotgan Zot shayton emas, haqiqiy Farishta ekaniga zarracha shubha qolmadi, zero boshi ochiq ayol qarshisida Farishta turmasligi ayon edi.

Oysha ona aytishlaricha, Muhammadning payg‘ambarlik faoliyati birinchi bor erta tong yog‘dusiga o‘xshash ro‘yadan boshlangan. Buning ma’nosi-uning ichki dunyosi tashqi (zohir) hayotining davomi bo‘lib qoldi, degani, ya’ni uning zehni o‘ngida ham, tushida ham bir narsa: o‘zi qabul etishga va boshqalarga etkazishga tayyor bo‘lgan e’tiqod bilan band bo‘ldi. Manbalarda ta’kidlanishicha, ilk bor vahiy kelgan kunlardan birida, Rasululloh Ka’bani tavof qilayotgan kezda, Varaqa ibn Navfalni uchratibdilar. Payg‘ambar qissasini eshitgan Varaqa:”Siz bu millatning nabiysisiz! Sizga Muso (as)ga kelgani kabi “Nomus Akbar” nozil bo‘libdi. Sizni yolg‘onchiga chiqarishadi, azob berishadi, vatandan badarg‘a etishadi, Siz bilan jang qilishadi. Qani, endi, shu kunlarga etsam, yoningizda turib berardim”,-deya, u kishiga yaqinlashib peshonalaridan o‘pgan ekan. Haqiqatan ham keksayib qolgan Varaqa biroz vaqtdan so‘ng olamdan o‘tgan ekan. Aytishlaricha, birmuncha muddat vahiy kelishi uzilib qolgan, Rasululloh xavotirga tushib, nahotki, Alloh mendan voz kechdi yoki yomon ko‘rib qoldi, degan xayolga borganlar, hatto ziqlikdan baland qoyadan o‘zni tashlab, bu holatdan chiqishni o‘ylaganlar ham. SHunda Zuho surasining quyidagi 3 va 5- oyatlari nozil bo‘lgan:”(Ey, Muhammad) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q! ...YAqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne’matlarni) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo‘lursiz!”

SHuni ta’kidlash joizki, Payg‘ambarning Makkadagi hayoti davrida boshlangan islomga da’vat arablar uchun batamom yangi, ularga avvallari noma’lum bo‘lgan yoki ular ishonmaydigan ba’zi tushunchalarni olib keldi. Ularning birinchisi va eng muhimi – “vahdoniyat” – yakkaxudolikning yangicha talqini, ikkinchisi - oxirat, qiyomat kuni hisob berish va u bilan bog‘liq narsalar, nihoyat, uchinchisi - payg‘ambarga Allohdan vahiy bo‘lib tushgan kitobdir.

Ma’lumki, samoviy dinlar, ayniqsa, ularning marosimchilik jihati bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oya va tushunchalarning murakkab tizimini o‘z ichiga oladi. Bunday tizimning zaminida Xudo haqidagi tushuncha yotadi va harqanday dinning muhim jihatlari aynan Xudo zotiga munosabat bilan belgilanadi. Agar Iso (as) Xudoning muayyan qabila yoki millatga mansubligi haqidagi tasavvurlarga batamom barham bergan, Uni umuminsoniy, baynalmilal darajaga ko‘targan bo‘lsa, Muhammad payg‘ambar yakkaxudolik g‘oyasini nazariy intihosiga, Mutlaq-Absolyut darajaga etkazdiki, undan keyin biron zot bundan yuqori g‘oyani targ‘ib qilgani yo‘q va, aniqki, qila olmaydi ham.

Ushbu yangi tushunchalarni kiritish bilan barobar Payg‘ambar batamom yangicha axloq tarbiyachisi sifatida maydonga chiqdi. U qadimgi razil odatlarni rad etib, keyinchalik islom axloqi yoki Payg‘ambar sunnati nomini olgan maslakni targ‘ib qildi. Payg‘ambarning da’vati johiliya arablari uchun shunchalik yangilik ediki, hatto ular, Qur’on ta’biri bilan aytganda, «oldin o‘tgan bobolarimizdan bularni eshitmagandik», «bu haqda boshqa millatda (dinda) ham eshitmagandik», derdilar. Demak, bular umuman arab jamiyati uchun ham va xususan arablar orasidagi boshqa millat (din) vakillari (yahudiylar, xristianlar) uchun ham yangilik edi.

Payg‘ambar vahiylar kela boshlagach, ularni Allohning amri (buyrug‘i) sifatida qabul qilib, darhol yangi diniy ta’limot targ‘ibotini boshlab yubordi. Dastlab bu ish maxfiy tusda, yaqin va ishonchli kishilar orasida olib borildi. Birinchi bo‘lib uning ta’limotini Xadicha ona va oila a’zolari Ali va Zaydlar qabul qildilar. Qurayshiylardan birinchilar qatorida Taym urug‘ining nufuzli vakili, kiyim bilan savdo qiluvchi Abu Bakr islomga kirdi. Uning sa’y-harakati bilan Usmon ibn al-Affon, az-Zubayr ibn al-Avvom, Abd ar-Rahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Talha ibn Ubaydulloh va Abu Ubayda ibn Jarroh kabi turli urug‘ning taniqli vakillari ta’limotga qo‘shildilar. Ammo tarafdorlar soni juda sustlik bilan ortmoqda edi. Targ‘ibot shahardan tashqarida joylashgan al-Arqam ismli yosh bir a’zo uyida olib borilar, uch yilga cho‘zilgan maxfiy faoliyat davomida yangi ta’limot tarafdorlarining soni atigi 40-50 kishini tashkil qilgandi. Ilk musulmonlar ro‘yxatiga nazar tashlansa, ularning aksariyati o‘ziga to‘q oilalardan bo‘lgan, lekin Makka boylarining qarshiligi tufayli yaxshi natijalarga erisha olmayotgan yoshlardan iborat edi. Nima bo‘lganda ham uch yillik ko‘rsatkich qoniqarli emas, faoliyatning yangi shakllarini izlash talab etilardi.

Bu narsa Muhammad (sav)ning ruhiy holatiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Ruhiy tushkunlik qancha davom etganini bilmaymiz, ammo bir kuni Payg‘ambar o‘zlari hikoya qilishlaricha, Makka atrofidagi tog‘larda tanho kezib yurganlarida o‘sha Xiro g‘orida huzurlariga kelgan farishtani yana ko‘radilar va birdan ko‘zni qamashtirib, osmoni-falak yorishib ketadi. Boshlari aylangan holda Rasululloh Xadicha onaning oldiga tusharkanlar, “Zammiluniy”, ya’ni “Meni o‘ranglar”, deb xitob qiladilar. SHu onda al-Mudassir surasining dastlabki 7 oyati vahy bo‘lib keldi: “Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi (Muhammad)! Turig-da, (insonlarni oxirat to‘g‘risida) ogohlantiring, Rabbingizni ulug‘lang, liboslaringizni poklang, butlardan yiroq bo‘ling, (berayotgan narsangizni) ko‘p sanagan holingizda ehson qilmang, Rabbingiz uchungina sabr qiling!”). E’tibor berilsa, bu oyatlarning barchasi grammatik jihatdan buyruq maylida kelyapti, ya’ni Alloh o‘z rasuliga buyruq beryapti, boshqacha qilib aytganda, bu endi yangi ta’limotni oshkora targ‘ib qilishga da’vat edi.

Nafsilamrini aytganda, albatta, uch yil davom etgan yashirin faoliyat Makka ahli uchun tom ma’noda sir emasdi. Kichik bir shaharchada bir toifaning muntazam yig‘ilib turishini sezmaslik mumkin emasdi. Ammo bu davrning ahamiyati shunda bo‘ldiki, u qaysidir ma’noda, jamoatchilik fikrini tayyorladi. Endi Payg‘ambar Allohning amri bilan oshkora targ‘ibot yo‘liga o‘tdi. SHuaro surasining 214 oyatiga ko‘ra (“vanzir ashiratakal aqrabiyn”, ya’ni eng yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring”), manbalarda yozilishicha, Payg‘ambar birinchi bor o‘z qarindosh-urug‘larini Safo tepaligiga to‘plab, taxminan quyidagicha murojaat qilganlar: “Meni yaxshi taniysizlar. Sizlarga biron marta yolg‘on so‘zlaganmiman”. “Yo‘q, aslo, Sizni Muhammad Amin-to‘g‘riso‘z, va’daga vafodor, deb bilamiz”,-deyishibdi ular. “Agar men hozir sizlarga anavu tepalikning ortidan qo‘qqisdan bir otliq guruh bizga hujum qiladi, desam, ishonasizlarmi?”, debdi payg‘ambar. “Ha, ishonamiz, chunki Siz yolg‘on so‘zlamaysiz”, -debdi ular. “Bo‘lmasa, eshitinglar, men sizlarga ogohlantiruvchi, ya’ni payg‘ambar sifatida yuborildim (inniy munzirun ilaykum)”. Bu qarindoshlar uchun kutilmagan hol edi. Boz ustiga, avval aytilganidek, Payg‘ambarning ikki qizini kelin qilgan, keyin xotini Umm Jamil (Abu Sufyonning singlisi) chiqishtirmagach, ularni taloq qildirgan, xullas, ular orasidagi munosabat juda yomon bo‘lgan amakilaridan biri-Abdul Uzza (Uzza, bilamizki, ayol xudosi), namoyishkorona jiyanini haqorat qilib (“tabbat yadoka”-ikkala qo‘ling qurisin, deb) majlisni tark etadi. Qur’onning 111-surasida Abu Lahab (do‘zahiy) ismi bilan kelgan shaxs – shunga ishora:”Abu Lahabning qo‘llari qurisin (halok bo‘lsin)! Halok bo‘ldi ham. Mol-mulki va topgan-tutgani (boyliklari) unga asqotmadi. YAqinda (u) alangali olovda kuyajak. SHuningdek, o‘tin tashuvchi xotini ham. Bo‘ynida puxta eshilgan arqoni ham bo‘lur.”

Boshqa ma’lumotga ko‘ra, Muhammad (sav) avval yaqin qarindoshlarni uyiga mehmonga chaqirgan va ularga birinchi da’vatini qilgan. Mehmonlar da’vatga befarq bo‘lib, tarqala boshlaganda hali 10 yoshga to‘lmagan Ali jahd bilan: “Men, ey, Rasululloh, Sizga yordamchi bo‘laman. Kerak bo‘lsa, yoningizda turib, urushaman”,- degan. Hoshimiylar istehzo bilan kulishib, bir Abu Tolibga, bir yosh Aliga nazar tashlab, chiqib ketishgan. SHundan so‘ng Rasululloh Safo tepaligida Qurayshning boshqa urug‘laridan ham vakillarni chaqirib, yuqorida keltirilgan gaplarni aytgan.

Birinchi ommaviy chiqish shunday yakun topgan bo‘lsada, bu ham natija edi. Payg‘ambar da’vatlarini davom ettiraverdi. SHundan so‘ng unga butun Makka va uning atrofidagilarga murojaat etish buyurildi (“litunzira Umm al-quro va man havlaho” - ash-SHo‘ro, 7). Makka deganda asosan Quraysh qabilasi ko‘zda tutilsa, atrofi esa Quraysh bilan ittifoqdosh qabilalarni o‘z ichiga olardi. Demak, mantiqan dastlab urug‘ bilan yakdillik, so‘ng qabila sadoqati (asabiya) Muhammad (sav)ga muvaffaqiyat keltirishi lozim edi. Ammo unday bo‘lmadi, chunki boshqa turdagi “asabiya” g‘olib keldi. U ham bo‘lsa, qadimgi odatlarga sodiqlik hissi. Qur’onda aytilishicha, «agar ular bir nojo‘ya ish qilib qo‘ysalar, otalarimiz shunday qilgan va Allohning bizga amri bu, derdilar» (al-A’rof, 28). Aynan mana shu hissiyot dastlabki davrlarda ko‘pchilikning Payg‘ambarga ergashishiga yo‘l bermadi. Hatto hoshimiylar xonadoni ham urug‘chilik odatiga ko‘ra Payg‘ambar tarafida bo‘lgani, uni himoya qilganiga qaramay, yoppasiga islomga kirmadi.

SHu o‘rinda yana bir muhim narsani e’tiborga olmoq darkor. Makka zodagonlarining butun fikri – zikri halqaro savdodan katta daromad olish bilan band edi. Bu boylikning zaminida esa, butparastlikka asoslangan diniy marosimlar yotardi. Islom ta’limoti butparastlikni tag – tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgandi. Ta’kidlash joizki, dastlab Makka zodagonlari Muhammad (sav) ta’limotiga tegishli e’tibor bermadilar: unga odatda haj mavsumi paytlarida avj oladigan shovqin-suronli, adabiy, she’riy va shunga o‘xshagan boshqa turli harakatlarga qaraganday munosabatda bo‘ldilar. Ammo tez orada sezildiki, ish ular o‘ylagandan xatarliroq tus ola boshladi. Muhammad (sav)ga ergashayotgan, uni Payg‘ambar – rasul deb e’tirof etayotganlar va shu yo‘lda da’vat qilayotganlar soni kundan – kunga ortib bordi. Payg‘ambar turli urug‘ vakillaridan bir qanchasini o‘z atrofida to‘plashga erishdi.

Qurayshiylar Muhammad (sav) va uning tarafdorlariga o‘z ota-bobolarining dini, qabilaning qadimdan kelayotgan e’tiqodiga xiyonat qilayotganlarini ta’na qila boshladilar. Bunga javoban Muhammad (sav) Tavrot va arab rivoyatlarida zikr etiladigan payg‘ambarlar qatorida Ibrohim (as)ni ko‘p eslata boshladi. Ibrohim (as) nafaqat Allohga e’tiqod qiluvchi Zot, balki Muhammad (sav) kabi payg‘ambardir. O‘g‘li Ismoil (as) bilan u Ka’baga, yagona Allohning haramiga asos solgan. Qurayshiylar esa g‘ayrishar’iy ravishda u erga o‘z sanamlarini joylashtirganlar. Demak, arablar ajdodlarining eng qadimgi dini aynan Muhammad (sav) targ‘ib qilayotgan Islom bo‘lgan. Muhammad (sav) va uning izdoshlari emas, balki qurayshiylar ota-bobolarning asl diniga xiyonat qilmoqdalar va bu yo‘lda o‘jarlik bilan davom etmoqdalar.

Oshkora targ‘ibotlar natijasida musulmonlar soni ikki marotaba ortib, taxminan 100 taga etdi. Ammo buni ham hali yutuq deb bo‘lmasdi. Harqanday monoteistik din aslida ko‘pxudolilik zaminida vujudga keladi va unga qarshi murosasiz kurashadi. SHunday ekan, ular o‘rtasida “tinchlik” bo‘lishi mumkin emas. Tabiiyki, Muhammad (sav)ning keyingi faoliyati qurayshiylarning keskin qarshiligiga uchradi. Endi, Payg‘ambar faqat Allohni ulug‘lash bilan cheklanmay, Ka’bada joylashtirilgan xudolarga qarshi hujum boshlagan, ularga e’tiqod qiluvchi qurayshiylarni esa “do‘zahiy” deb e’lon qilgandi. Hechqanday betaraflik bo‘lishi mumkin emas: Alloh bilan bo‘lmagan – Unga qarshidir!

Arabiston uzra obro‘ni saqlab qolish maqsadida, o‘zlarini nechog‘liq tinchlikparvar qilib ko‘rsatishga uringan Quraysh zodagonlari, dastlab hoshimiylar xonadonining boshlig‘i Abu Tolibdan Muhammad (sav) ota – bobolar e’tiqod qilib kelgan xudolarni haqorat qilish, qabilani ichdan qo‘porishni zudlik bilan to‘xtatsin, deb talab qildilar. Abu Tolib bu haqda Muhamad (sav)ga aytganda, u: «Agar bir tarafimga Quyoshni, ikkinchi tarafimga Oyni qo‘yib, bu ishni tashlashni so‘rasalar, o‘lsam ham ko‘nmayman», - deb javob qildi.

Utba ibn Rabi’a degan bir shaxs Quraysh zodagonlari nomidan bevosita Muhammad (sav) ga murojaat qilib: «Boylik istasang, to‘plab beraylik, toki eng boy kishi bo‘lgin. SHon – shuhrat istasang, o‘zimizga boshliq yoki podshoh qilaylik va so‘zingdan chiqmaylik. Agar senga kelayotgan «narsa» sen daf’ qilish ilojini topa olmayotgan qandaydir arvohlar bo‘lsa, tabib axtaraylik, toki qancha mablag‘ sarf qilib bo‘lsada, seni ulardan xalos qilaylik», - debdi. Unga javoban Muhammad (sav) Qur’on oyatlaridan tilovat qilish bilan cheklanibdi. Utba tushunibdiki, bu masalada Muhammad (sav) bilan hech qachon kelishib bo‘lmaydi. Aslida, bu quruq safsata ekani shundan ham ma’lum ediki, o‘sha paytda Makkada podshoh tugul shahar hokimi ham yo‘q edi.

Muhammad (sav) bilan “six ham kuymasin, kabob ham” qabilida kelishib bo‘lmagach, Quraysh zodagonlari Muhammad (sav)ga qarshi turli usullar bilan kurashni avj oldirdi. Uni sehrgar, majnun, yolg‘onchi deb e’lon qildilar. Unga ergashganlarga azob berdilar, ularga qarshi misli ko‘rilmagan zulmlarni o‘tkazdilar. Qurbonlar ham bo‘ldi. Qanday bo‘lmasin bu sinovlardan o‘tish kerak edi. Mushriklar asli habashistonlik Bilol ismli qulni jazirama oftobda qumga chalqancha yotqizib, ustiga katta xarsang toshni qo‘yib, “Xubal” deyishni talab qilganlarida u “Ahad, Ahad”deb takrorlayverdi, Bu manzarani ko‘rgan Abu Bakr uni sotib olib, ozodlikka chiqardi. Umuman, Abu Bakr shu zaylda islomni qabul qilgan va azobga uchrayotgan ko‘p qullarni sotib olib, ularga yuridik ozodlik bergani ma’lum. Abu Lahabning xotini Umm Jamil Rasululloh uyi oldiga axlat to‘kib ketardi, u esa uni yig‘ishtirib qo‘yardi. Abu Jahl Rasululloh namoz o‘qiyotgan paytda uning ustiga qurbonlikka so‘yilgan qo‘yning ichak-chavog‘ini sochib yuborgan, Muhammad (sav) esa shu ahvolda uyiga kelgan va qizlari Fotima yig‘lab-yig‘lab, yuvib-tozalab qo‘ygan.

Qur’on oyatlarida butparastlar umumiy tarzda qoralanishi bilan bir qatorda Payg‘ambarning ashaddiy dushmanlari nomma-nom tilga olinadi: Abu Lahab, Abu Sufyon, Abu Jahl, al-Valid ibn Mug‘ira va boshqalar. “Bardam bo‘linglar! Sabr qilinglar!-deb da’vat qiladi Alloh Muhammad va safdoshlariga , - sizlarning barcha dushmanlaringizni yakson qilajakman”. Al-Valid, Abu Sufyon va Abu Jahl musulmonlarga qarshi “dahanaki” jang bilan cheklanmay, ularni batamom xarob qilish rejasini tuzdilar – Makkaga savdo-sotiq ishlari bilan keladigan barcha arab qabilalariga Muhammad va uning safdoshlarini Quraysh va ittifoqdoshlarning dushmani deb e’lon qilib, ulardan hech narsa olmaslik va bermaslikka da’vat qildilar. Asosan kichik savdo bilan shug‘ullangan Muhammad (sav) tarafdorlarini bu tadbir og‘ir ahvolga solib qo‘ydiki, zudlik bilan biror chora ko‘rish kerak edi.

Vahiyning beshinchi yili Muhammad (sav) sahobalardan bir guruhini Habashistonga jo‘natishga majbur bo‘ldi, zero xalqaro savdo yo‘llari ustidan hukmronlik uchun kurashda Makkaning raqibi bo‘lgan Habashiston muhojirlarni yaxshi qabul qilishiga ishonch bor edi. 615 yilning boshida 83 (yosh go‘daklarni hisobga olmaganda) kishi Habashistonga ko‘chib o‘tdi. Kutilganidek, ular nafaqat boshpana, balki savdo bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Makka boylari bu borada ham tinch o‘tirishmadi. Ular “qochoqlar”ni topshirishni so‘rab, Habashiston najoshiysiga Amr ibn al-Os boshliq maxsus elchilarni yubordilar. Ammo najoshiy musulmonlar bilan suhbatlashgach, elchilarning na taklifi va na qimmatbaho sovg‘alarini qabul qilmadi va ular qup-quruq Makkaga qaytdilar. Ayni shu paytda Makkada ko‘zga ko‘ringan ikki shaxs islomga kirdi: payg‘ambarning suyukli amakisi pahlavon Hamza ibn Abdulmuttalib va Umar ibn al-Xattob. Nuaym ibn Abdulla aytishicha, Umarning singlisi Fotima va kuyovi Said ibn Zaydlar undan oldin islomga kirgandilar. Umar islomni qabul qilgach, avval unga qanchalik qarshilik qilgan bo‘lsa, endi shunchalik uni qo‘llab-quvvaladi. Umar musulmonlarning ibodatini Makkaning chekkasida, yashirin tarzda emas, namoyishkorona Ka’ba oldida o‘tkazishga erishdi. Endi Muhammad (sav)ning bir tarafida baquvvat Hamza va ikkinchi tarafida “Islom qilichi” laqabini olgan Umar yurganda hamma ham uni haqoratlashga jur’at qilolmasdi. Quraysh bir muncha musulmonlarga tazyiqini susaytirishga majbur bo‘ldi.

616 yilning boshida keksayib qolgan al-Valid o‘rniga Qurayshning eng boy va nufuzli Maxzum urug‘i rahbarligiga musulmonlarning ashaddiy dushmani va o‘ta faol Abu Jahl keldi. Abu Jahl hoshimiylar etakchilik qilgan “hilf al-Fuzul” ittifoqini zaiflashtirish va sindirish chorasini ko‘rdi. Qisqa muddat ichida u Zuhra, Taym, Adi urug‘larini o‘ziga og‘dirib, Hoshimiylarga qarshi barcha Quraysh urug‘larining uyushmasini tuzishga erishdi. SHundan so‘ng Quraysh nomidan Hoshimiylar xonadoni rahbari Abu Tolibga murojaat qilinib, yo Muhammad (sav)ning faoliyatini to‘xtatish yoxud uni jazolash uchun topshirish talab qilindi. Talab juda og‘ir edi, ammo Abu Tolib bu safar ham rad javobini berdi, chunki u bir paytda ikki o‘g‘li-Ja’far va Ali, jiyani va tug‘ishgan ukasidan ayrilayotgan edi.

SHahar boshliqlari eng qattiq chora ko‘rishga ahd qildilar: “Dor an-Nadva”da qabul qilingan qarorga ko‘ra, Hoshimiylar xonadoni to‘lig‘icha shahardan tashqaridagi “SHi’b Abu Tolib” mahallasiga badarg‘a qilinadigan bo‘ldi. Ular bilan harqanday oldi-sotti va qiz olish-qiz berish man’ qilinadi. Bu haqdagi hujjat teriga yozilib, Ka’bada osib qo‘yildiki, nafaqat Makka ahli, balki barcha shaharga kelib-ketuvchilar Hoshimiylar xonadoni Quraysh qabilasidan chiqarib yuborilganini bilishi kerak edi. Tadbir ijodkorlarining mo‘ljaliga ko‘ra bu chora hoshimiylar urug‘ini noiloj holatga solishi kerak va ular Muhammad (sav) va uning tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechadilar.

Surgun 3 yil davom etdi. Muhammad (sav) va hoshimiylar uchun bu juda og‘ir damlar bo‘ldi. Ahyon-ahyon ular umuman egulik-ichkiliksiz qoldilar va och yosh bolalarning yig‘i-sig‘isidan quloq batang bo‘lardi. Ammo vaziyat qanchalik qiyin bo‘lmasin, shu paytlarda Allohdan kelgan vahiylarda butparastlar tomoniga zarracha chekinish bo‘lmadi. Ular o‘z but-sanamlaridan bekorga umidvor bo‘lmoqdalar. Faqat ikki yo‘l bor: Allohga va uning rasuliga itoat – qayta tirilish – qiyomat – jannatdagi abadiy rohat-farog‘at; bu – mo‘minlar yo‘li. Butparastlik, Muhammad (sav)ga ishonmaslik, Qur’onga ishonmaslik, tirilish va qiyomatdan keyingi do‘zoh azoblari; bu-adashganlar yo‘li. Uchinchi yo‘l yo‘q, hech qanday kelishuv mumkin emas! Qurayshni keskin qoralovchi Qur’on oyatlari aynan shu yillari nozil bo‘lgan (al-Anbiyo, 98-100; al-Humaza, 1-9; al-Qalam, 10-15; al-Furqon, 27-29; ad-Duxxon, 43-48). Aytish mumkinki, mana shu qiyin damlarda islom ta’limotining nazariy asoslari ketma-ket kelgan vahylar orqali qaror topdi.

Pirovardida tadbir mushriklar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. Ular kutgan natija emas, balki uning aksi yuz berdi, Quraysh qabilasining bironta urug‘i yo‘q ediki, uning bir necha a’zosi musulmonlar safida bo‘lmasin. SHu boisdan qanchalik qat’iy choralar ko‘rilmasin, qandaydir shaklda qarindoshlar yordam berib turdilar. Uch yil davomida haj va umra marosimlari bo‘lib turganini inobatga olsak, qurayshiylarning o‘z qarindosh-urug‘lariga qilgan g‘ayriinsoniy munosabatlarini ko‘rgan arab badaviylari ularni ilgaridek hurmat qilmay qo‘ydilar. Urushlar man qilingan haj bilan bog‘liq oylarda nafaqat urushlar, balki harqanday azob berish, qasos olish, jangarilik qilish, nihoyat, odam o‘ldirish mumkin emasdi. Aytish mumkinki, Muhammad (sav) uch yil davomida bu fursatdan unumli foydalandi. Xullas, surgun ortiq davom etolmas, tomonlar o‘rtasida yo harbiy to‘qnashuv yohud muayyan shartlarda kelishuv yuz berishi kerak edi. Muhammad (sav)ning qat’iy mavqei uni bu yo‘l bilan engib bo‘lmasligini ko‘rsatgan bo‘lsa, hoshimiylarning qarindoshlari va do‘stlari surgunni bekor qilish uchun faol harakat boshladilar.

Harakatni Abdul Muttalib qizi Otikaning o‘g‘li Zubayr boshqardi. Uni Omir, Asad, Navfal urug‘laridan birnecha kishi qo‘llab-quvvatladi. Hoshimiylar xonadoni dushmanlarining boykotni bekor qilishdan boshqa choralari qolmagandi. Aytishlaricha, birnecha qiziqqon yoshlar – Zubayr, al-Mut’im, Abul Baxtariy, Zam’a va Hishom - Ka’bada osib qo‘yilgan, teriga yozilgan hujjatni yirtib tashlash uchun shiddat bilan kirishsa, bunga hojat ham qolmagan ekan: terini allaqachon qurt eb bo‘lgan, faqat uning tepa qismidagi odatda qurayshiylar savdo va sulh shartnomalarida yozadigan so‘zlari - “Biismika Allohumma”, ya’ni “Sening isming bilan e, Alloh” degan ibora qolgan ekan, xolos.

Albatta, 619 yil boshida boykotning bekor qilinishini musulmonlar xursandchilik bilan kutib oldilar. Ammo taqdir taqozosi bilan shu yil Muhammad (sav) uchun og‘ir qayg‘u yili bo‘ldi: bir oy ichida uch-to‘rt kun farqi bilan u ikki eng aziz kishisi - amakisi Abu Tolib va rafiqasi Xadichadan judo bo‘ldi. To‘qsonlarga borib qolgan Abu Tolib to oxirgi nafasigacha Payg‘ambarga hoshimiylarning homiyligini ta’minlab turgan bo‘lsa, Xadicha ona – sodiq rafiqa, turmush yo‘ldoshining payg‘ambarligiga zarracha shubha qilmagan, ba’zi onlarda birdan-bir do‘st-xamroh bo‘lgan Zot edi. Xadicha onaning vafoti Payg‘ambarning Makkani tark etishini engillashtirgan bo‘lsa, Abu Tolibning vafoti unga boshqa chora qoldirmagandi. CHunki endi Hoshimiylarga Abu Lahab bosh bo‘lib qolgan va u Muhammad (sav)ni urug‘ni tark etishga majbur qilishi aniq edi. SHu sababdan Muhammad (sav) zudlik bilan Makkadan chiqib, xufyona Toif vohasiga yo‘l oldi. Toifda saqif qabilasi istiqomat qilar, uning ba’zi urug‘lari Qurayshni xush ko‘rmas edi. Muhammad (sav) o‘ziga to‘q va nufuzli Abd Jalayl uyida bir necha kun turdi. Ammo Abd Jalayl va uning ikki ukasi bilan olib borilgan muzokaralar samara bermadi: chamasi, ular Qurayshga qarshi chiqishga botinmadilar. Ustiga-ustak qurayshiylarning ittifoqchisi bo‘lgan saqafiylarning bir guruhi Muhammad (sav)ga hujum qilib, hatto uni tosh-bo‘ron qildilar. Muhammad (sav) makkalik aka-uka Utba va SHaybalarning bog‘iga qochib kirib, arang jon saqlab qoldi. Endi Makkaga qaytib kirishning birdan-bir yo‘li – musulmon bo‘lmagan, ammo nufuzli makkalik uni o‘z homiyligiga olishi kerak edi. Nihoyat, Navfal urug‘ining boshlig‘i al-Mut’im (esingizdami, Abu Bakrning qizi Asmoga o‘g‘li uchun sovchi yuboraman deganda, xotini bunga qarshilik qilgandi) bu ishga rozi bo‘ldi.

619 yilning butun ikkinchi yarmida Muhammad (sav) badaviy arab qabilalari bilan musulmonlar jamoasini o‘ziga qabul qilish haqida muzokaralar olib bordi. Endi Muhammad (sav) o‘zini faqat qurayshiy deb bilmas, balki arab sifatida uning diplomatik va targ‘ibotchilik faoliyati butun Arabistonni qamrab olgandi. Rasululloh, jumladan, Kinda, banu Omir va banu Hanifa qabilalarining vakillari bilan muzokaralar olib borgan, ammo ularning barchasi Quraysh bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgani bois rad javobini berganlar. Islom dinini qabul qilgan ba’zi badaviylar arab Payg‘ambari haqidagi xabarni Arabiston bo‘ylab yoydilar; ammo biron badaviy arab qabilasi bilan mustahkam ittifoqqa kelishib bo‘lmadi.

Ko‘p o‘tmay haj marosimi boshlandi va payg‘ambar hojilar orasida o‘z ta’limotini targ‘ib qilib, turli-tuman odamlar bilan muloqotga kiraboshladi. Muhammad (sav) bilan uchrashishga qiziquvchilar ham oz emasdi: qudratli Quraysh qabilasining ulug‘lari bilan deyarli 10 yildan beri kurashib kelayotgan kishi ko‘pchilikda hayrat uyg‘otgandi. 620 yilgi hajdan so‘ng odatda avj oladigan savdo yarmarkasida Muhammad (sav)ning YAsribdagi yirik Xazraj qabilasi urug‘i nomidan kelgan 6 kishi bilan uchrashuvi yuz berdi. Odatdagidek, Muhammad (sav) yangi ta’limot asoslarini Qur’on oyatlari orqali bayon qilib berdi. Bu ta’limotda yasribliklar uchun juda muhim bo‘lgan jihat – qabilalararo va ichki ziddiyatlarga barham berish g‘oyasi – bor edi, zero ular bu tarafkashlikdan charchagan va undan chiqishning hech bir yo‘lini topaolmayotgan edilar. Ibn Hishom yozishicha, uchrashuvda qatnashgan bir xazrajiy bunday holatni izohlab, shunday degan ekan: “Agar Alloh ularni islom atrofida birlashtirsa, Sendan aziz va mo‘‘tabar inson bo‘lmas edi”.

Ko‘rinib turibdiki, uchrashuv yasribliklarga qattiq ta’sir qildi. O‘sha 6 xazrajiy islomni qabul qilibgina qolmay, YAsribda yangi ta’limotning targ‘ibotchilariga aylandilar. 621 yilgi haj mavsumida YAsrib musulmonlaridan 12 kishi (9 xazrajiy va 3 ausiy) Muhammad payg‘ambar bilan uchrashuvga keldi. Uchrashuv maxfiy holda Makka va Mino orasidagi Aqaba degan joyda yuz berdi va uning natijasida birinchi bor erishilgan kelishuv «birinchi Aqaba qasamyodi» (bay’at al-Aqaba al-uvla) degan nomni oldi. Qasamyodning matni Qur’onning Mumtahana surasi 12 oyatidagi Makka fathidan so‘ng ayollarning Payg‘ambarga qilgan qasamyodiga o‘xshash bo‘lgani sababli “ayollar qasamyodi” deb ham ataladi. Birinchi Aqaba qasamyodidan so‘ng Muhammad (sav) yasribliklarga islom asoslarini o‘rgatish uchun Mus’ab ibn Umayrni qo‘shib yubordi.



Keyingi bir yil davomida YAsribda Makka musulmonlarining ko‘chib o‘tishi uchun zamin yaratildi. 622 yil haj oyida avvalgi joyda 75 kishidan iborat (73 erkak va 2 ayol) YAsrib musulmonlari va Muhammad (sav) uchrashdilar. Ikkinchi Aqaba qasamyodi nomini olgan bu muzokaradan so‘ng hijrat haqida nihoiy qarorga kelindi va Muhammad (sav)ning vakillari sifatida yasribliklardan 12 naqib tayinlandi. Bu tadbirdan so‘ng Payg‘ambar YAsrib ahlining a’zosi sifatini oldi. Hozirgi zamon ta’biri bilan aytganda bu – Makka shahar-davlati fuqaroligidan chiqib, YAsrib shahar-davlati fuqaroligiga o‘tish degani edi. Habashistonga qilingan hijratdan farqli o‘laroq bu safar Payg‘ambarning o‘zi ham hijrat qilishi shart qilindi. Mantiqan buni tushinsa bo‘ladi, chunki aks holda yasribliklar Muhammad (sav)ning xavfsizligini kafolatlay olmasdilar. SHu yilgi haj marosimi tugagach, 3 oy davomida Muhammad (sav) Makka musulmonlarini kichik-kichik guruh qilib, YAsribga jo‘nata boshladi. Payg‘ambarning o‘zi ham hijrat qilishi aniq bo‘lib qolgach, mushriklar uning har qadamini ta’qib qila boshladilar.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish