Ўзбекистон халқаро ислом академияси


-Ma’ruza. Qadimgi Arabiston tarixiga oid manbalar va tarixshunoslik



Download 1,97 Mb.
bet23/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

8-Ma’ruza. Qadimgi Arabiston tarixiga oid manbalar va tarixshunoslik

Reja:

1.Epigrafik yozuvlar.Jorj Xalevi va Eduard G’lazer lar-g’arbiy evropalik qadimgi yozuvlarni o’rgangan yirik namoyandalar

2. 1983-1987 yillardagi Yamanga Sovet ilmiy ekspiditsiyasi.

3.Yamanlik olimlar-al-Aryoni va A.Sharofuddin.

4. Diniy manbalar.Quro’n va hadis-islom tarixini organishda muhim manba.

5.Antik davr mualliflarining qoldirgan ma’lumotlari.G’arb sharqshunosligi tadqiqotlari.
Tayanch so‘z va iboralar:Badr, “g‘azot”, “mag‘oziy”, “harbiy”, “Ar-Rahiq al-Maxtum”, “istikshof”, Sayf al-Bahr, Mudlij ad-Damra, “munofiqlar”, Badr, Uxud, Xandaq

Tabiiyki, shahar-davlat, ayniqsa, badaviy aholi bilan o‘ralgan shahar, o‘z atrofi bilan muayyan munosabatlarsiz yashay olmaydi. Bunday shahar odatda qo‘shni badaviy qabilalar o‘xtin-o‘xtin uyushtirib turadigan hujumlarni bartaraf qilish uchun ular bilan sulh tuzishi, ularga itova (soliq) to‘lashi, vaqti kelsa, zarba berishi kerak bo‘lardi. Payg‘ambar shu maqsadda bir necha bor qurolli guruhlarning shahardan tashqariga chiqishlarini uyushtirdi. Sariyya (ko‘pligi-saroyo) deb nom olgan, ba’zilariga payg‘ambarning o‘zi rahbarlik qilgan va boshqalari sahobalar tomonidan boshqarilgan bu chiqishlarning soni dastlabki ikki yil ichida, ya’ni Badr jangi yuz berganga qadar, 8 taga etdi.

E’tiborli o‘rta asr tarixchilari At-Tabariy, Ibn Kasir va al-Voqidiylar sariyyalarni payg‘ambar va Makka o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liq, bevosita harbiy maqsadlarni ko‘zlagan urushlar deb eslatadilar va ularga nisbatan “g‘azot” so‘zini ishlatadilar. Misrning taniqli ota-bola tarixchilari Hasan Ibrohim Hasan va Ali Ibrohim Hasanlar “sariya” so‘ziga g‘alati ta’rif berishgan: go‘yo, bevosita Payg‘ambar rahbarligida amalga oshirilgan chiqishlar “g‘azot”, sahobalar rahbarligidagisi “sariya” emish. Hatto o‘rta asr arab tarixiy adabiyotida payg‘ambarning harbiy yurishlariga bag‘ishlangan “al-Mag‘oziy” deb atalgan maxsus janr paydo bo‘ldi. Agar biz “g‘azot”, “mag‘oziy” so‘zlari “bosib olish”, “egallash” kabi ma’nolarning anglatishini e’tiborga olsak, bunday ta’rif unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘ramiz. Fikrimizcha, ilk islom tarixi bilan bog‘liq voqealar, xususan, “sariya”larni bunday talqin qilish, “qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishday” gap.

Aslida, bu chiqishlarni “harbiy” deb ataganimizda ham ulardan asosiy maqsad – ichki jabhani mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash, qolaversa, tashqaridan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumning oldini olish edi. To‘g‘ri, hijratdan olti oy o‘tgach boshlangan “sariya”larning vazifalaridan biri «Lo tujjora Quraysh va lo amvolaho» (na birorta Quraysh savdogari va na ularning mollariga homiylik qilmaslik), degan «as-Sahifa»ning shartiga ko‘ra, Quraysh savdosining yangi davlat eridan o‘tishiga to‘sqinlik qilish bo‘lgan. Bu YAsrib davlatining suvereniteti doirasiga kirardi. Quraysh va boshqa qo‘shni qabilalarni yangi davlat chegaralari mustahkam ekani, uning suvereniteti hurmat qilinishi lozimligi haqida ogohlantirib qo‘yish uchun kerak edi, bu ishlar. Qurayshga nisbatan o‘jarlik yoki u bilan urushish uchun emas, balki yangi davlatni tan oldirish va u bilan ittifoq tuzishga majbur qilish uchun sa’y-harakatlar edi, bular. Payg‘ambar Qurayshning arablar orasida tutgan alohida o‘rnini juda yaxshi bilar, u bilan ittifoq islom ishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ekanini doim yodda eslar edi. O‘zi ham asli shu qabiladan bo‘lgan Muhammad (sav)ning Qurayshga nisbatan hurmatini bir misolda yaqqol ko‘rishimiz mumkin: 624 yil Badr jangida erishilgan g‘alabadan so‘ng yosh bir ansoriy g‘ururlanib: “Nima bilan tabriklayapsizlar o‘zi? Bunday qarasak, oldimizda xuddi haj paytida qurbonlikka keltiriladigan qo‘ylarga o‘xshagan tepakal chollar turibdi, so‘ydik-qo‘ydik”, deganda, Payg‘ambar: “Yo‘q, jigarim, ular Qurayshning aslzodalari edi. Agar sen ularning Makkada qilgan ishlarini ko‘rganingda, o‘z qilgan ishingdan xijolat tortgan bo‘larding”, deb tanbih bergandi. Xullas, payg‘ambar Quraysh bilan urushishga emas, balki sulhga intilardi. Ayni vaqtda u yangi davlatning kuchini namoyish etish, o‘z eridan birorta tojir yoki bosqinchi o‘tishiga aslo ruxsat berilmasligini isbotlash tadbirlarini ko‘rdi. SHu nuqtai nazardan, shubhasiz, sariyyalar Makka savdosi uchun ochiqdan-ochiq tahdid soldi. Ammo ular oldiga karvonlarga hujum qilib, mollarni musodara qilish vazifasi qo‘yilgan emasdi. Demak, agar Makka zodagonlari o‘zlarining mollarini eson-omon SHomga yoki Eronga etishini istasalar, endi yuzaga kelgan vaziyatni, o‘rtada Madina bilan kelishish zarurligini hisobga olishlari kerak edi.

Zamonaviy muallif Safiyurrahmon Muborakfuriy o‘zining Payg‘ambarga bag‘ishlangan “Ar-Rahiq al-Maxtum” nomli biografik asarida “sariya”lar masalasiga to‘xtab, ular, hozir biz ta’kidlagan ma’noda, birinchidan, “istikshof”, ya’ni Madinaga tashqaridan keladigan hujum ehtimolidan xabardor bo‘lish, ruschasiga aytganda, “razvedka” maqsadida, ikkinchidan, Madinaga yaqin turgan badaviy qabilalar bilan sulh-shartnomalarga erishish, uchinchidan, Madina mushriklari, yahudlari va atrofdagi badaviylarga yangi davlat qanday kuchga ega ekanini ko‘rsatib qo‘yish va, nihoyat, Qurayshni yuzaga kelgan yangi holat bilan hisoblashish, Muhammad (sav)ga nisbatan jangari siyosatini o‘zgartirishi lozimligi haqida ogohlantirish maqsadlariga xizmat qilgan, deb yozadi.

Ushbu chiqishlar tafsilotiga biroz to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning 30 kishidan tashkil topgan birinchisiga Hamza pahlavon rahbarlik qilgandi. 623 yilning mart oyida SHomdan qaytayotgan karvonning yo‘lini to‘sishga chiqqan bu sariya Qizil dengiz yaqinidagi Sayf al-Bahr degan joyda Abu Jahl boshliq 300 kishilik Quraysh askariga duch keldi. Har ikki tarafga ham “halif” (ittifoqdosh) bo‘lgan Majdiy ibn Amr aralashib, tomonlar hatto bironta kamon o‘qi otmasdan, ajrim bo‘lishdi. Aprel oyida tashkil qilingan 60 kishilik Ubayda ibn Horis boshliq ikkinchi sariya Qizil dengiz yaqinidagi tog‘da 200 kishidan iborat Abu Jahlning o‘g‘li Ikrima boshqargan Quraysh askariga yo‘liqdi. Bu safar ham urush bo‘lmadi va sariya tinchgina Madinaga qaytdi. Qizig‘i shundaki, bu safar makkaliklardan ikki kishi islomni qabul qilib, Madina tomonga o‘tib ketdi. May oyida Sa’d ibn Abu Vaqqos boshchilik qilgan 20 kishilik uchinchi sariya umuman qurayshliklar bilan to‘qnashmay, Madinaga qaytib ketdi. SHu yilning avgust, sentyabr va dekabr oylaridagi chiqishlarga bevosita Muhammad (sav) rahbarlik qilgan bo‘lsada, na Qurayshning karvoni va na askarini uchratmadi, ammo muhimi, Mudlij va ad-Damra nomli badaviy qabilalar bilan o‘zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnomalar imzolandi. Sentyabr oyida Fihr qabilasi Madina yaylovlariga bostirib kirganligi uchun qattiq jazolandi. Zikr etilgan sariyalar natijasida deyarli hechqanday o‘lja qo‘lga kiritilmagan bo‘lsada, ularning o‘ziga xos ahamiyati bor edi. Birinchi navbatda Qurayshga ham, badaviylarga ham musulmonlar kurashga tayyor ekanini ko‘rsatishi kerak edi, bu sariyalar. Badaviylar endi Madinaga hujum qilish tugul, neytral mavqeni egallash ular uchun afzal ekanini tushunishdi. Ayni vaqtda Madina uchun o‘ziga xos harbiy tayyorgarlik vazifasini o‘tayotgandi, bu chiqishlar. CHamasi, Muhammad (sav) bundan ortiq narsani mo‘ljallamayotgan edi ham. Ammo ikkinchi hijriy yilning Rajab oyida, ya’ni 624 yilning boshida yuz bergan Naxla hodisasi voqealar jarayonini batamom o‘zgartirib yubordi.

Abdullo ibn Jahsh boshchilik qilgan musulmonlarning taxminan 8-10 kishidan iborat kichik guruhi Makka bilan Toyif oralig‘idagi Naxla degan joyga etib bordi. Safar oldidan Payg‘ambar ibn Jahshga Madinadagi yahudlar va “munofiqlar” sezib qolmasligi uchun yopiq xat topshirib, ikki kundan so‘ng ochishni buyurgandi. Xatda Makkadagi ahvol xususida ma’lumot olib kelish va aslo jang qilmaslik tayinlangan edi. Madinadan 500 kilometr uzoqlikda Makka yaqinida 10 kishilik guruhning jang qilishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ish edi, o‘zi! Ammo sariyya vakillari eslatilgan Naxla degan joyda Toyifdan Makkaga 5-6 qop mayiz va teri olib kelayotgan 4 kishidan iborat Qurayshning kichik bir karvoniga duch keldi. Ular Payg‘ambarning ko‘rsatmasiga zid ravishda karvonga hujum qildilar, bir kishini o‘ldirib, ikki kishini asir oldilar, to‘rtinchisi esa Makkaga qochib qutuldi. SHundan so‘ng guruh zudlik bilan o‘lja va ikki asirni olib Madinaga qaytdi.

Payg‘ambar bu ishdan xursand bo‘lmadilar, aksincha, ularni koyidilar, chunki, yuqorida aytganimizdek, voqea urushlar man’ qilingan Rajab oyida sodir bo‘lgan, bu esa musulmonlar va birinchi navbatda Payg‘ambarga dog‘ tushirardi. Xuddi kutilganidek, Makka mushriklari, Madinadagi yahudlar va munofiqlar Payg‘ambarga qarshi misli ko‘rinmagan ig‘vogarlik kampaniyasini boshlab yubordilar. Qurayshiylar shu omildan foydalanib, Muhammad va musulmonlarni butun Arabiston bo‘ylab yomon otliqqa chiqarishga harakat qildilar. Bu narsa amalda o‘z natijasini beraboshladi ham. Hatto Madinada, musulmonlar orasida bahs-munozaralar avj olib ketdi. YAhudiylar odatdagi fitna-fujuriyalarini yanada kuchaytirdilar. Ana shunday keskin vaziyatda Baqara surasining: «Sizdan «shahri harom» - urush man’ qilingan oy, undagi jang haqida so‘raydilar. Ayting: u paytda jang qilish - gunohdir. (Ammo) Allohning yo‘lidan voz kechish, unga kufr keltirish (ishonmaslik), Masjid al-Harom (ya’ni Makka ) ahlini undan zo‘ravonlik bilan chiqarish Alloh nazdida bundanda kattaroq gunohdir. Fitna - odam o‘ldirishdan kattaroq gunohdir. Ular (kofirlar), agar imkon topsalar, toki diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan urushni davom etdiraveradilar...» degan mazmundagi 217-oyati nozil bo‘ldi. Bu erda “fitna” so‘zini aynan oyatning oxirgi parchasidagi, ya’ni “ular toki diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan urushni davom ettiraveradilar”, degan ma’noda tushunmoq kerak. SHundan so‘ng vaziyat keskin o‘zgardi. Payg‘ambar asirlarni faqat katta fidya (o‘lpon) evaziga qaytarishga rozilik bildirdi. Natijada bir asir 1400 dirham evaziga ozod qilindi, ikkinchisi esa islomni qabul qilib, Madinada qolishni afzal ko‘rdi.

Umuman, bu voqea islom davlatining siyosatida o‘ziga xos burilish yasadi, deyish mumkin. Ayni shu paytlarda al-Haj surasining 39-nchi, al-Baqara surasining 190-nchi, an-Niso surasining 75-nchi oyatlari nozil bo‘ldiki, islomda birinchi bor «jihod»ga, ya’ni muayyan hollarda dushmanga qarshi kurash olib borishga izn (ruxsat) berildi. Mazkur oyatlarning mazmuni shundan dalolat beradi. «Zulmga uchraganlari uchun (unga qarshi) kurashayotganlarga ruxsat berildi. Alloh ularni g‘olib qilishga qodirdir.» (al-Haj, 39); «Sizlarga qarshi urushayotganlar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz, (ammo) o‘zingiz (hechqachon birinchi bo‘lib) tajovuz qilmangiz. Alloh tajovuzkorlarni yoqtirmaydi.» (al-Baqara, 190); «Sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida hamda «Parvardigoro, bizni ahli zolim bo‘lgan bu shahardan olib chiq, bizga o‘z dargohingdan panohkor, o‘z dargohingdan madadkor ber», deb nola qilayotgan bechora erkak, ayol va yosh norasidalar yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» (an-Niso,75). Aynan shu «sariyya»dan so‘ng Muhammad (sav) Qurayshga munosabatni keskin o‘zgartirish zarurligini angladi. «Andishaning oti qo‘rqoq», deb tushunayotgandi, qurayshiylar Payg‘ambar siyosatini. Endi yosh musulmon davlati o‘z chegaralari daxlsizligini himoya qilish uchun kuch ishlatishga majbur ekani ayon bo‘lib qolgandi. Ammo shu narsani qat’iyan ta’kidlash joyizki, nafaqat sariyyalar, balki keyinchalik yuz bergan katta to‘qnashuvlarda ham Payg‘ambar hech qachon hujumkor mavqeni egallamagan. Bu narsa Badr, Uxud, Xandaq janglari hamda Makka shahrining olinishida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ikkala shahar-davlat o‘rtasidagi kurash tafsilotlariga kirishdan avval ulardagi ichki ahvolga nazar tashlash zarur, zero ichki muammolarning qay darajada oqilona hal etilgani pirovard natijada u yoki bu tomonning ustunlikka erishishida muhim omil bo‘lib xizmat qilardi. YAsrib davlatining ichki va tashqi dushmanlari mavjud edi va ular voqealarga befarq qarab turmadilar. Ichki dushman ikki toifani tashkil qilardi: birinchisi-yahudlar, ikkinchisi-Aus va Xazraj qabilalaridan ko‘pchilik qatori islomga kirgan, ammo aslida o‘zlarining eski dinlarida qolgan, islom adabiyotida «munofiqlar» degan nomni olgan shaxslar edilar. Tashqi dushmanlarga kelsak, ular birinchi navbatda Quraysh va u bilan ittifoqda bo‘lgan arab qabilalaridan tashkil topgandi.

YAhudlar dastlab Payg‘ambardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinib ko‘rdilar. Payg‘ambar ham o‘z navbatida vaziyatni to‘g‘ri idrok etgan holda ular bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi. Buning yorqin dalili - «as-Sahifa»da yahudlarning huquq va vojibotlari aniq ko‘rsatilganidir. Ammo tez orada manfaatlar o‘zaro mushtarak emas, balki zid ekani ayon bo‘ldi. YAhudlarning payg‘ambarga adovati shunchalik kuchli ediki, qurayshiylar ularning Makkaga muzokaraga kelgan vakillaridan «Muhammad targ‘ib qilayotgan din afzalmi yoki quraysh dinimi?» deb so‘raganlarida, «quraysh dini afzal va haqiqat uning tomonida» deb javob berganlar. Bunday mavqe mantiqqa xilof edi, zero o‘zlari yakka xudolikda bo‘la turib, ular ko‘p xudolik, butparastlik tarafini olgandilar. Bu hol an-Niso surasining 51-oyatida qattiq qoralangan:” Kitob (Tavrot)dan nasibador bo‘lganlarning «Jibt» va «Tog‘ut»ga sig‘inishlarini va kofirlarga «SHular mo‘minlardan ko‘ra to‘g‘riroq yo‘ldadir» deyishlarini ko‘rmadingizmi?!”. YAhudlarga xush kelmagan yana bir narsa - Payg‘ambar tufayli YAsribda arablarning mavqei yanada kuchaygandi. Buning ustiga Quraysh va boshqa arab qabilalaridan islomni qabul qilib, so‘ng Madinaga hijrat qiluvchilar (muhojirlar) soni kun sayin ortib borar, bu esa o‘z navbatida kuchlar nisbatini uzil-kesil arablar foydasiga hal qilardi.

Madinadagi ikkinchi ichki dushman bu - Xazraj qabilasining rahbarlaridan biri Abdullo bin Ubay bin Sallul boshliq bo‘lgan munofiqlar, ya’ni zohiran islomga kirgan, ammo amalda unga qarshi toifaning mavjudligi edi. Gap shundaki, Buos jangidan so‘ng Aus va Xazraj qabilalari o‘zaro murosaga kelaboshlagan, zikr etilgan Abdullo bin Ubayni shaharga umumiy hokim etib saylash taraddudi ketayotgan paytda musulmonlarning hijrasi yuz bergandi. Tabiiyki, shundan so‘ng shahardagi vaziyat batamom o‘zgardi. Abdullo esa o‘ziga xos «munofiqlar partiyasi»ni tuzib oldi va Islomga qarshi zimdan ish olib bordi. «Munofiqlar»ni shahardan badarg‘a qilib bo‘lmasdi, chunki ularda urug‘chilik-qabilachilik kayfiyati kuchli edi. Aynan shu sababga ko‘ra ularni jismonan yo‘q qilib ham bo‘lmasdi. Umar ibn al-Xattob bani Musta’liq jangida fitna uyushtirgani uchun Abdullo bin Ubayning qatl qilinishini talab qilganda Payg‘ambar bunga unamagan va «musulmonlar musulmonlarni qatl qilyaptilar, deya jar solishadi, dushmanlar»-degandi. «Munofiqlar» orasida o‘z shahri uchun fidoiy kishilar ham kam emasdi. Payg‘ambar shunday kuchlardan oqilona foydalandi. Bu siyosat pirovardida shunchalik natija berdiki, Abdullo bin Ubayning o‘g‘li agar payg‘ambar amr qilsa, o‘z otasini qatl etishga tayyor ekanini e’lon qilgandi. YAhud qabilalari shahardan birin-ketin badarg‘a qilingach, «munofiqlar»ning ta’siri ham asta-sekin susaydi.

Makkadagi ichki holatga kelsak, u YAsribdagiga qaraganda murakkabroq edi. Birinchidan, Habashiston va YAsribga musulmonlarning hijrasi tufayli Makkada u yoki bu a’zosi ko‘chib ketmagan bironta oila qolmagan edi. Qarindosh-urug‘chilik rishtalari mahkam bo‘lgan Makka jamiyatida bu og‘ir muammo edi. Ikkinchidan, muayyan sabablarga ko‘ra barcha musulmonlar Makkadan hijra qilishga ulgurmagan, ularning ba’zilari shaharda qolib ketgan, turli tazyiqlarga uchrash bilan barobar, imkon darajasida qarshilik ham ko‘rsatib kelayotgan edilar. Uchinchidan, Abbos kabi Hoshimiylar xonadonining nufuzli vakillari islom diniga kirmagan bo‘lsalarda, qarindosh-urug‘chilik tufayli ma’naviy jihatdan Muhammad tarafida edilar va kezi kelganda uni qo‘llab-quvvatlab turardilar. Quraysh zodagonlari ularni shahardan badarg‘a qilishga qodir emasdilar va mazkur holat bilan hisoblashishdan boshqa choralari yo‘q edi. Nihoyat, Makkaning iqtisodiy hayoti asosan shimoliy yo‘nalishdagi karvon savdosi bilan bog‘liq edi. Madina bu savdoga to‘sqinlik qilgach, Makkaning qudrati kundan-kunga susaya bordi.

Payg‘ambar YAsribda o‘z davlatini barpo qilgan dastlabki davrdayoq Quraysh bunga befarq qarab turmasligini, ular o‘rtasida urush boshlanishi muqarrar ekanini juda yaxshi bilardi. SHu boisdan «as-Sahifa»da Qurayshga doir maxsus band kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra Quraysh, ta’bir joyiz bo‘lsa, Madinaning birinchi dushmani deb e’lon qilingandi («as-Sahifa» ahliga qurayshning na moli va na joniga homiylik qilish man etiladi). Makkaga qarshi kurash dastlab «sariyya»lar vositasida olib borildi. Ammo bu usul faqat Makka savdosiga shikast etkazishi mumkin edi, xolos, nihoiy g‘alaba uchun bu kamlik qilardi.

Oradan bir oy o‘tar-o‘tmas, bunga qulay fursat ham paydo bo‘ldi. Abu Sufyon boshchiligidagi makkaliklarning 1000 tuyadan tarkib topgan, 50000 dinor qiymatga teng mol ortilgan, shu jumladan makkaliklar uchun kattagina miqdorda qurol-yarog‘ olib kelayotgan, atigi 70 kishi tomonidan qo‘riqlanayotgan karvoni SHomdan qaytayotgani va YAsrib hududidan o‘tajagi haqida Muhammad (sav)ga xabar keldi. Payg‘ambar bu karvonning yo‘lini to‘sishga qaror qildi. Ammo karvon chap berishga ulgurdi, musulmon askari esa Qurayshning katta kuchi bilan Badr jangida to‘qnashishiga to‘g‘ri kelib qoldi. Ma’lumotlar dalolat berishicha, Payg‘ambar bu safar ham urush maqsadida emas, balki karvonboshi Abu Sufyon bilan muzokara qilishni mo‘ljallagandi. Ilgari “iylof” tizimi bor edi. Endi yangi, boshqa bir tizimga o‘tish kerak edi. Agar Abu Sufyon muayyan shartlarga ko‘nmasa, hozirgi zamon iborasi bilan aytganda, mol konfiskatsiya qilinishi ehtimoli ham yo‘q emas edi. Ammo voqealar boshqacha tusda ketdi. Karvon beshikast Makkaga etib kelgan, agar mushriklar katta kuch bilan Badrga kelmaganlarida umuman jang bo‘lmasdi.

SHu erda bir muhim masalaga e’tibor berish joiz. Badr jangigacha sodir bo‘lgan 8 «sariyya»ning birortasida ansorlar qatnashmagan, barchasi faqat muhojirlar ishtirokida amalga oshirilgandi. Badr jangida birinchi bor ansorlar ham qatnashdilar. Hatto ular ko‘pchilikni tashkil qildilar: muhojirlar 75-80 kishini tashkil qilgan holda ansorlar 230 dan ortiq bo‘ldilar (Xazrajdan-170 va Avsdan-60 ). Gap shundaki, birinchi va ikkinchi Aqaba ahdnomalariga ko‘ra yasribliklar Payg‘ambar va uning jamoasini o‘z himoyalariga olishga va’da bergandilar. Lekin Qurayshga qarshi urushishga kelishilmagandi. Biroz keyin «as-Sahifa»da yasribliklar uchun Qurayshga homiylik qilish man’ etildi. Ammo bu ham hali Quraysh bilan urush degani emasdi. Davlat suvereniteti va chegaralarning daxlsizligi tushunchalari yasribliklar ongiga vaqt o‘tishi bilan asta-sekin singib bordi. Nihoyat, qurayshiylarning shimolga zo‘ravonlik bilan YAsrib erlaridan o‘tishda davom etishlari ularni o‘z hududlarining himoyasi uchun qo‘lga qurol olishga majbur qildi.

624 yil 20 fevralda (ramazon oyining 17 kunida) yuz bergan Badr jangi taqdir taqozosi bilan birinchi musulmon davlati uchun hal qiluvchi voqea bo‘ldi. Kuchlar nisbati teng bo‘lmagani bois Payg‘ambar ansorlar bilan aniq maslahatga kelishib olishi zarur edi. Banu Avs qabilasining rahnamosi Sa’d bin Muozz vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda Payg‘ambarni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Abu Jahl rahbarlik qilgan Quraysh askari 1000 jangchi, shundan 100 tasi otliq va 700 tasi tuya mingan bo‘lsa, musulmonlar 300 dan ortiqroq jangchi, 70 tuya va atigi 2 otdan tarkib topgandi. Muhammad (sav) Badrga kelganida karvon qutulib ketgani,to‘qnashish kerak bo‘lgan Quraysh askari uch barobar ko‘p ekani ma’lum edi. Musulmonlar avvalo qulay mavqeni egallab oldilar, so‘ng Payg‘ambarning buyruqlarini bekami-ko‘st ado etdilar. Dastlab maydonga ikki tarafdan yakkama-yakka urushish uchun uchtadan jangchi chiqdi: Naxlada o‘ldirilgan al-Xadramiyning qasosini olish maqsadida mushriklardan – Utba ibn Rabi’a, akasi SHayba hamda o‘g‘li al-Valid, ularga qarshi musulmonlardan Ubayda ibn al-Horis, Ali, Hamzalar maydonga tushdilar. Ali va Hamza tez fursatda raqiblaridan g‘olib keldilar, qariya Ubayda esa jarohat oldi. So‘ng boshlanib ketgan jang taqdirini birinchi navbatda musulmonlarning yuksak manaviy-g‘oyaviy ruhi hal qildi, deyish mumkin. Umayra ibn Vahba boshliq makkaliklarning otliq qismi boshlagan birinchi hujum samara bermadi. Piyoda qismlarning hujumi ham zoyi ketdi. Abu Jahl va unga qarindoshlik yuzasidan yaqin bo‘lgan Abd ash-SHams va Maxzum urug‘idan eng jangovar askarlar halok bo‘lib, bayroqdorlar asir olingach, makkaliklar tartibsiz ravishda qochaboshladilar. Pirovardida peshinga yaqin jang musulmonlarning to‘la g‘alabasi bilan tugadi. Qurayshning dongdor zodagonlaridan 70 kishi halok bo‘ldi va yana 70 kishi asirga tushdi. SHuningdek, talaygina boylik va ot-ulov o‘lja bo‘ldi.

Ertasi kuni Safra darasidan o‘tib, dushman qarshi hujum qilib qolishi mumkinligidan xotirjam bo‘lgach, musulmonlar olingan o‘ljani taqsimlashga tushdilar. Muhammad (sav) Zulfaqor degan nomga ega eng yaxshi qilich va Abu Jahlga tegishli bo‘lgan tezchopar tuyani o‘ziga oldi. Qolgan o‘lja jang ishtirokchilari o‘rtasida teng taqsimlandi. Uzrli sababga ko‘ra jangda qatnasha olmaganlar ham o‘ljalik bo‘ldilar: Payg‘ambarning kuyovlari Usmon ibn al-Affon, betob ayollari Ruqayyo bilan qolganlari uchun, Badrga ketayotib oyog‘ini sindirib olgan bir askar, bevosita jangda qatnashmagan razvedkachilar. Ikki otliq ikki hissa qo‘shimcha o‘lja oldilar. O‘ljaning teng taqsimlanishi qabila oqsoqollariga xush yoqmadi. Bunga javoban al-Anfol (O‘ljalar) surasining oyatlari nozil bo‘ldi. Suraning boshlanishi: “Sizdan (ey, Muhammad!) o‘ljalar haqida so‘raydilar. Ayting: «O‘ljalar Alloh va Payg‘ambarnikidir. Bas, Allohdan qo‘rqingiz va oralaringizni tuzatingiz! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Alloh va (Uning) rasuliga itoat etingiz!”



SHu suraning 41-oyatida o‘ljaning taqsimlanish tamoyili aniq bayon qilingan: “Agar Allohga va ajrim kuni – ikki qo‘shin to‘qnashgan kuni bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan narsamiz (oyatlar, farishtalar, g‘alaba)ga imon keltirgan bo‘lsangiz, bilib qo‘yingizki, o‘lja qilib olgan narsalaringizning beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindosh(lari), etimlar, miskinlar va musofirlarga (tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir.” Mazkur oyat sharhida shunday deyiladi: “Jang g‘alaba bilan tugagan zahoti Madinaga choparlar yuborilgandi; Irk al-Zubya degan joyda Madina rahbarlaridan biri g‘oliblarni tabriklab kutib oldi. Beshinchi kuni Muhammad (sav) va uning ketidan asirlar shaharga kirib kelishdi. Payg‘ambar asirlarni qatl qilishni qat’iyan man’ qildi; ular orasida mashhur qurayshiylar, jumladan, Abu Sufyonning o‘g‘li bor edi. Hatto Payg‘ambarning amakilari Abbos, ikki jiyanlari, kuyovlari-Makkada qolgan qizlari Zaynabning eri, Abul Os asirlar qatorida edi. Badr jangidagi g‘alabadan so‘ng ba’zi musulmonlarda haddan tashqari g‘urur, g‘alaba nashidasi, go‘yo bundan keyin doimo musulmonlarning qo‘li baland kelaveradigandek kayfiyat paydo bo‘ldi. Bunday nojo‘ya holatning oldini olish uchun Anfol surasining quyidagi oyatlarida Badr jangi istioriy tarzda mo‘jiza shaklida bayon qilingan: “Allohning “ikki toifadan biri sizlarning foydangizga bo‘ladi”, deb va’da qilganini eslang*. (Sizlar esa) shavkatli bo‘lmagani sizlarga bo‘lishini istaysiz. Alloh (esa) o‘z kalima (amr)lari bilan haqni haqqa chiqarish va kofirlarni tor-mor qilishni xohlaydi. Rabbingizga (yordam so‘rab) faryod qilganingizda: «Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar farishta bilan madad beruvchidirman», – deb (duoingizni) ijobat etganini eslangiz! Alloh (bu yordamni) faqat (sizlarga) xushxabar bo‘lishi va dillaringiz taskin topishi uchun qildi. G‘alaba faqat Alloh huzuridangina (bo‘lur). Alloh, albatta, qudrat va hikmat sohibidir. Rabbingiz farishtalarga vahiy qilib: «Men sizlar bilan birgadirman. Bas, imon keltirganlarni sabotga undang! Kufrga ketganlarning dillariga qo‘rquv solib qo‘yajakman. Bo‘yinlar uzra uringiz (qatl etingiz) va ularning har bir barmog‘iga (har taraflama) zarba beringiz», – deganimni eslang! Ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki ularni Alloh o‘ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey, Muhammad!) balki Alloh otdi. Mo‘minlarni O‘zining yaxshi sinovi bilan (bir) sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.

Bunday ogohlantirish juda to‘g‘ri va o‘z vaqtida qilinganini kelasi 625 yil Uhud tog‘ida yuz bergan jang isbotladi.

O‘sha kunlarda Payg‘ambarga kelgan vahiylarda yana bir o‘gitni ko‘rishimiz mumkin. Boshqa payg‘ambarlardan farqli o‘laroq Muhammad (sav)ga harbiy yurishlarda qatnashish, o‘lja va asirlar olish huquqi berildi. Qadimgi Ahd rivoyatlariga tayanib, payg‘ambarlar bunday amallarni qilmasliklari kerak deydiganlar, uyatga qoldilar. Alloh payg‘ambarlarga o‘zi hohlagan vazifalarni beradi: avvalgilarga man’ qilgan bo‘lsa, Muhammad (sav)ga nafaqat ruxsat berdi, balki vazifa qilib yukladi.

Ko‘lami aytarlik yirik bo‘lmasada, Badr jangi tarixda chuqur iz qoldirgan ma’rakalardan hisoblanadi. U musulmonlarning Arabiston yarim orolida ta’sirini kuchaytirgan, keyinchalik misli ko‘rilmagan imperiya paydo bo‘lishiga olib kelgan birinchi jang edi. Badr jangining ta’siri Makka va Madinada ikki hil ko‘rinishda bo‘ldi. Qurayshiylar Makkaga eng nufuzli kishilaridan ayrilgan holda qaytdilar. Bu xabarni eshitgan zahoti kasal yotgan Abu Lahab jon taslim qildi. Ammo tushkunlik kayfiyati uzoq davom etmadi, zero o‘sha davr taomuliga ko‘ra mushriklar tezda qasos olish chorasini ko‘rmoqlari lozim edi. SHu boisdan Dor an-Nadvada majlis chaqirildi. 50 ming dinor mablag‘ni tashkil qilgan Abu Sufyon karvonining daromadini to‘lig‘icha vaqfga aylantirib, musulmonlardan qasos olish maqsadida tuziladigan askarga sarflash haqida qaror qabul qilindi. SHuningdek, ahobish, boshqa ittifoqchilar va Madina yahudlari bilan aloqalar bog‘lanildi. Madinada esa bu jang shahar-davlatda kim asl hokimiyat egasi ekanini ko‘rsatdi. Ikki yil avval Makkadan quvilgan Muhammad (sav) va uning safdoshlari deyarli to‘la hukmronlikni endi qo‘lga kiritdilar, deyish mumkin.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish