Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 1,97 Mb.
bet26/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Tayanch so‘z va iboralar: Abd SHams, Maxzum, «al-Arid», “Saviq”, Buos voqeasida, «al-Qarada», “Ahobiysh”, Abu Jujjona, “Muxolifat”, Uxud jangi, Xamra al-Asad, “As-Sahifa”, Banu Asad, Banu Sulaym, G‘atafon, Banu Ashja’, Banu Murra, Banu Fazara

Payg‘ambarning kuyovi Usmon ibn al-Affon Badrdagi g‘alaba haqida o‘z ayoli Ruqayyoni dafn qilayotgan paytda eshitdi. Muhammad (sav) hatto qizlarining dafn marosimiga etib kelolmadilar. Ruqayyoni yo‘qotganlaridan qattiq qayg‘urgan Payg‘ambar Usmonga keyingi qizlari Umm Kulsumni nikohlab berdilar.

O‘zlariga tegishli o‘ljaning beshdan bir qismini Rasulullo deyarli barchasini kam ta’minlangan va taraddudlanayotganlarga sarflab, qurayshiylar bilan kurashishga tayyor bo‘lganlar safini kengaytirdilar. Asirlarni ozod qilishga to‘langan badal qiymati tushgan o‘ljalardan ham ortib ketdi. Payg‘ambarning amakilari Abbos 12 ming dirham, Abd SHams va Maxzum urug‘laridan bo‘lgan asirlar 4-5 ming dirham evaziga qo‘yib yuborildi. Payg‘ambarning kuyovi Abul Osni qutqarish uchun Makkadan qizlari Zaynab unga to‘y kuni Xadicha ona hadya qilgan bilakuzukni yuboribdi. Bu Muhammad (sav)ning ko‘nglini bo‘shatib yubordi va u Abul Osni Zaynabni Madinaga qo‘yib yuborish evaziga bo‘shatishga musulmonlarni ko‘ndirdi. Zaynabni hamroh bo‘lib Madinaga keltirish uchun Makkaga Zayd jo‘natildi. Taxminan 6 yildan so‘ng Abul Os yana asirga tushib qoladi. Bu safar ham Zaynab yordamida ozod qilinib, shundan so‘ng u islomni qabul qiladi. Birqancha kambag‘allar badalsiz ozod qilindilar va ular musulmonlarga qarshi qurol ko‘tarmaslikka va’da berdilar.

Munofiqlar Muhammad (sav)ning g‘alaba qozonishidan manfaatdor emasdilar. Badrdagi g‘alabani ular vaqtincha va tasodifiy deb hisoblar, yaqin fursatda Quraysh musulmonlarga qaqshatgich zarba berajagiga ishonardilar. Badrdagi g‘alaba Madina yahudlarining yuragiga g‘ulg‘ula solib qo‘ydi. Makkada jangda halok bo‘lgan Abu Jahlning o‘rniga Abu Sufyon qurayshiylar rahnamosiga aylandi. U Badrdagi mag‘lubiyat musulmonlar kuchiga engiltaklik bilan to‘g‘ri baho berilmaganida deb bilar, shu sababdan keyingi jangga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak, deb hisoblardi.

Badr g‘alabasidan so‘ng Madinada vujudga kelgan nisbiy sokinlik uzoq davom etmadi. Tabiiyki, Arabiston bo‘ylab etakchi kuch hisoblanib kelgan Quraysh tinch tura olmasdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Sufyon 200 kishilik jangovor guruh tuzib, ular tunda yashirincha yahudiy banu Nadir qabilasining boshlig‘i Sallom bin Mushkam qo‘rg‘oniga kelib tushdilar, «mehmon bo‘lib, eb-ichib, sir-asrordan voqif bo‘lib ketdilar». Ertasi kuni ortga qaytib, mushriklar «al-Arid» degan joyda 2 uyga o‘t qo‘ydilar, ansorlardan bir kishi va uning halifini qatl qildilar, bir necha qop sulini yig‘ib, o‘zlari bilan olib ketdilar. Bu xabar etib kelgach, Payg‘ambar zudlik bilan tuzgan tezkor guruh Abu Sufyon ortidan 40 kilometr naridagi Qurqur al-Qadrgacha ta’qib qilib bordi. Abu Sufyonning kishilari ortiqcha yukdan xalos bo‘lish uchun qoplardagi suli va odatda uzoq safarga chiqilganda olinadigan talqon (arabcha “saviq”)ni tashlab qochgan ekanlarki, tarixda «saviq jangi» nomini olgan bu voqeadan so‘ng Abu Sufyonning obro‘si yanada pasayib ketdi. Bu choralar yaxshi natija bermasligi va o‘zlarining kuchi ozligini anglagan qurayshiylar endi ittifoqdosh va karvon yo‘llarida joylashgan qabilalarning kuchini to‘plab, 625 yilning bahoriga katta va ularning nazdida hal qiluvchi yurishni tayyorlay boshladilar.

Muhammad (sav) ham vaqtni zoe ketkazmadi va birinchi navbatda Madinada o‘z mavqeini mustahkamlashga kirishdi: uning hokimiyatini zaiflashtirishga qaratilgan harqanday harakat bartaraf qilindi, birqancha dushmanlar jazolandi. Bir voqea shaharning qoq o‘rtasini egallab turgan yahudiy Qaynqo’ qabilasiga qimmatga tushdi. SHu qabilaning yosh bir vakili bozorda savdo qilayotgan musulmon ayolga behayolarcha hazil qildi. Buni haqorat deb hisoblagan bir musulmon erkak unga hamla qilib, o‘ldirdi. YAhudiyning qarindoshlari esa musulmonni urib o‘ldirdilar. SHundan so‘ng butun musulmonlar jamoasi qo‘lga qurol olib, Qaynqo’ga qarshi chiqdi. Bu voqea Badr jangidan 1,5 oy o‘tgach, 624 yilning 10 aprelida sodir bo‘ldi. Biroz kechgan ko‘cha jangidan so‘ng, Qaynqo’ qabilasining a’zolari o‘z qo‘rg‘onlariga berkinib oldilar. 617 yil Buos voqeasida Qaynqo’ bilan ittifoqda bo‘lganlarning birortasi yordamga kelmadi. CHamasi, qamalda qolgan Qaynqo’ning oziq-ovqati etarli emasdi va 2 haftadan so‘ng ular taslim bo‘ldilar. “Munofiqlar”ning rahbari Ibn Ubay katta va’dalar bergan bo‘lsada, undan hechqanday madad bo‘lmadi. Muhammad (sav) qat’iy talab qo‘ydi: Qaynqo’ qabilasi yo islomni qabul qiladi yohud Madinani tark etadi. Qaynqo’ shaharni tark qilishni afzal ko‘rdi. Ularning bo‘sh qolgan uylari muhojirlarga berildi.

Badrdan so‘ng davom etgan sariyalarda nisbatan ko‘proq, deyarli 450 gacha jangchilar qatnashdi. 624 yilning iyunь oyida Muhammad (sav) Qurayshning ittifoqchisi, Najd yassitog‘ligida istiqomat qiluvchi G‘atafan qabilasiga yurish qildi. Sentyabrь-oktyabr oylarida ham shu singari yurishlar qilindi. Bu yurishlarda biror marta jang yuz bermagan bo‘lsada, ular natijasida Madina atrofidagi keng erlarga musulmonlarning nufuzi yoyildi. SHom savdosidan mahrum bo‘lgan makkaliklar Najd orqali Iroqqa 100000 dirham qiymatga teng karvonni jo‘natdilar. Ammo bundan xabar topgan Payg‘ambar sariyya yubordi va u «al-Qarada» degan joyda karvonga hujum qildi, qo‘riqchilar bu safar ham mol-mulkni tashlab qochib qoldilar. Asirga tushgan yo‘lboshlovchi esa Madinaga keltirilgach, islom diniga kirdi.

Nihoyat, “urush harom qilingan oylar” tugagach, Abu Sufyon Toyifdagi saqif qabilasi, savdo yo‘lida joylashgan va Madinaga nisbatan adovatda bo‘lgan badaviy qabilalar hamda “ahobiysh”ni jalb qilgan holda 625 yil 11 mart kuni Madina tomon yurishni boshladi. Bu safar Badr jangida bir yo‘la otasi, akasi va amakisidan ayrilgan Abu Sufyonning xotini Hind va boshqa Makka ayollari qasos talabida yurishni tayyorlashda alohida jonbozlik ko‘rsatdilar. Askarning umumiy soni bu safar 3000 kishi, 3000 tuya va 200 otni tashkil qildi. Jangchilar bilan birga ayollar ham yo‘lga tushdilar. 21 mart kuni askar Madinadan 10 km janubi-g‘arbda zu Xulayfaga etib keldi. Bundan xabar topgan Muhammad (sav) kengash chaqirdi. Qizig‘i shundaki, Ibn Ubayy ajdodlar tajribasidan kelib chiqib, barchani markaziy qo‘rg‘onda to‘plash, ayol va yosh bolalarni shahar devori ustidagi istehkomlarda joylashtirish va dushman bilan tor ko‘chalarda to‘qnashishni taklif etdi. Payg‘ambarga bu taklif ma’qul tushgandi. Ammo Badr g‘alabasidan so‘ng xovliqib qolgan qiziqqon yoshlar shahar tashqarisida, ochiq joyda jang qilishni talab qildilar. SHundan so‘ng 1000 kishilik musulmon askari kechqurun Qanot vodiysi, ertasi ertalab esa Aynayn tog‘ining shimoli-g‘arbida, makkaliklarga yuzma-yuz joylashdi. Ko‘p o‘tmay, Ibn Ubay taklifi qabul qilinmaganiga o‘zini go‘yo xafa bo‘lgan ko‘rsatib hamda shahar behimoya qoldi, degan iddao bilan 300 kishisini olib, qarorgohni tark etdi. Atigi 700 kishi qolganiga qaramay, Muhammad (sav) askarni taktik jihatdan oqilona joylashtirdi. Musulmonlar 3 bayroq ostida - muhojirlar o‘rtada, avs va xazraj ikki qanotda saf tortdilar. CHap jabhada Aynayn tog‘i panaligida Abdulla ibn Jubayr boshliq Qurayshning otliq qismiga qarshi 50 kamonchi qo‘yildi va ularga harqanday holatda ham joylaridan siljimaslik buyurildi. O‘ng tomon soy bilan himoyalangandi.

Odatdagidek, yakka kurash bilan boshlangan jangda Ali Talhani engdi. SHundan so‘ng ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. Hamza, Ali va Payg‘ambarning qilichi bilan jang qilayotgan Abu Jujjona zarbalari ostida Qurayshning 9 bayroqdori ketma-ket quladi va ularning safi buzilib, chekina boshladilar. Musulmonlar markazni yorib kirdilarda, shu chog‘da dushmanni ta’qib qilish o‘rniga atayin yasatib qo‘yilgan chodirni talashga tushib ketdilar. Quraysh bu safar ham mag‘lub bo‘lishi tayin edi, ammo kamonchilarning intizomsizligi jarayonni batamom o‘zgartirib yubordi. Ularning ko‘pchiligi Muhammad (sav)ning o‘gitini unitib, egallab turgan mavqelarini tashlab, o‘lja yig‘ishga tushib ketdilar. SHu on Qurayshning otliq qismini boshqargan va pistirmada turgan Xolid ibn Valid oz sonli kamonchilarni engib, maydonga yorib kirdi. Musulmonlar mudofaalanishga majbur bo‘ldilar. Muhammad (sav) 15tacha eng yaqin sahobalar bilan muhojirlar va xazrajiylar bayroqlari ostida turgandi. Ular sekin-asta chekina boshladilar. Ayni vaqtda Utba ibn Abu Vaqqos tomonidan palaxmonda otilgan tosh Muhammad (sav)ning yuziga kelib tegdi. SHu zahotiyoq Utbani Xatib ibn Abu Balta’a qatl qildi. Payg‘ambarning yuzi qonagan, old tishi singan, oyog‘i shikast egan, ammo katta jarohat olmagan edi. SHu paytda mushriklardan Ibn Qumaysa baland ovoz bilan, Muhammad o‘ldirildi, deb xitob qildi. Musulmonlar bir lahza sarosimaga tushib qoldilar; kimdir otliqlar ta’qibida Qanot soyiga qochdi, Muhammad (sav) va bir necha sahoba Uxud tog‘ining yurish qiyin bo‘lgan daralarida berkindilar. YOyilib ketgan musulmonlar tepalikda yig‘ila boshladilar. Og‘izdan-og‘izga “Rasululloh omon”, degan xush xabar tarqaldi. Jazavaga tushgan Abu Sufyon otida tepalikka chiqib, bir chaqirim narida to‘xtadi, Umar ibn al-Xattob esa, baland ovozda unga: “Payg‘ambar hayot va keyinchalik qasos oladi”, deb xitob qildi. “Juda yaxshi, kelasi yili yana Badrda uchrashamiz”, deya javob qildi u. Nisbatan intizomli bo‘lgan muhojirlar bor-yo‘g‘i 4 kishini yo‘qotgan holda jang maydonidan chiqib ketdilar. Qurayshiylar, kurashni davom ettirmaslik ma’nosida, tuyalariga minib, otlarini etaklagach, musulmonlar halok va yarador bo‘lganlarni yig‘a boshladilar: 74 kishi, shu jumladan, Abu Sufyonning xotini Hind yollagan Vahsh tomonidan Payg‘ambarning amakisi Hamza-pahlavon ham halok bo‘lgandi. Qurayshiylar uch barobar kam, ya’ni 24 kishini yo‘qotdilar. SHu erda savol tug‘iladi, nechun 4-5 barobar ortiq kuch va aslahaga ega bo‘lgan Abu Sufyon o‘z yutug‘ini oxiriga etkazmadi? Savolga javobni qisman o‘rta asr arab manbalaridan olamiz. CHamasi, qurayshiylar katta kuch bilan Madina yaqinida paydo bo‘lishi bilanoq Muhammad (sav)ga qarshi kuchlar yoppasiga bosh ko‘taradi, deb o‘ylagandilar. Aslida unday bo‘lmadi: musulmonlarning front orqasi etarli darajada mustahkam bo‘lib chiqdi, Qurayshga yordam berishni va’da qilgan “muxolifat” esa katta ta’sirga ega emasdi. Xullas, musulmonlar bu safar jangni yutqazdilar, urushni emas.

Payg‘ambar, jarohatiga qaramay, musulmonlar ruhiyatini ko‘tarish tadorikini ko‘rdi. Uxudda sodir bo‘lgan voqealar Muhammad (sav) tomonidan tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqildi. Ular bilan bog‘liq 60dan ortiq oyatlarda Payg‘ambar mag‘lubiyat uchun mas’ul emas, degan fikr uqtiriladi. Alloh bu safar ham Badrdagi kabi musulmonlarga g‘alaba ato etishi mumkin edi, ammo g‘alaba yaqin bo‘lib turgan bir vaqtda ularning ko‘ngillarida “bu yaqin dunyoga ishtiyoq uyg‘ondi” va Alloh jazo tariqasida ustunlikni qurayshiylarga berdi. Demak, Uxuddagi mag‘lubiyat Allohning musulmonlarga yuborgan o‘ziga xos sinovi bo‘ldi, ya’ni shu tariqada ularning e’tiqodi sinovdan o‘tdi. Qur’onda jarohat olgan Muhammad (sav)ni o‘z holiga tashlagan, Iblis kimnidir, Muhammad o‘ldi, deya baqirtirganda, sarosimaga tushib qochganlarni qattiq qoralaydi. “Muhammad – rasul, ungacha ham rasullar bo‘lgan”, - deyiladi Qur’onda , - Agar u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, orqaga qaytasizlarmi?” “Madinada qolganimizda, - degandi, munofiqlar, - hayotimizni saqlab qolardik ”. “Yo‘q! Saqlab qolmas edingiz, ajal sizlarni har erda topardi, uyinglarning devorlari ichida ham. Qo‘rqoqlik hech kimni qutqarmaydi. Sizlar qo‘rqoq va murtadlar sifatida halok bo‘lardinglar, erdagi hayotingiz muddati uzaymas edi, ajriga do‘zax azoblarini olardingiz.” (Oli Imron, 162-163). Bu vahiylarning xulosasi o‘laroq Alloh musulmonlarni ishontiradiki, butparastlar ustidan nihoiy g‘alaba faqat haqiqiy e’tiqodga xiyonat qilmaganlari va Allohning payg‘ambari va rasuli Muhammad (sav)ga itoat qilganlaridagina ta’minlanadi.

Musulmonlar uchun bu birinchi mag‘lubiyat va achchiq saboq bo‘ldi. Bezovtalik bilan o‘tgan tun bo‘yi ansorlar masjidlarda navbatchilik qilib chiqdilar. Ertasi kuni saharlab Payg‘ambar faqat Uxud jangida qatnashgan 250 (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 500) musulmonni Abu Sufyonni ta’qib qilish uchun safarbar etdi. Ular Xamra al-Asad degan joyga etganlarida orqada qolib ketgan ikki makkalikni asir oldilar va shu erga vaqtinchalik chodir tikdilar. Ta’qibchilar sonini ko‘paytirib ko‘rsatish va qurayshiylarni cho‘chitish maqsadida zimiston tunda 500 gulxan yoqildi. SHu zaylda 4 kun o‘tgandan keyin Madinaga qaytib ketildi. Bu tadbir, biroz bo‘lsada, musulmonlar ruhiyatini ko‘tarishga xizmat qildi. Madina atrofidagi qabilalar orasida nufuz biroz susaygani uchun 626 yil davomida ularning boshliqlari bilan nozik diplomatiya ishlari olib borildi. Xuzayma, Amir b.sa’sa’a, Bani musta’liq va G‘atafon qabilalariga yurishlar qilindi va ularning ba’zi qismi islomni qabul qildi.

Amir qabilasidan xato tarzda o‘ldirilgan ikki kishi uchun musulmonlar katta o‘lpon to‘lashlari kerak bo‘ldi. “As-Sahifa”ga ko‘ra uning bir qismi yahudiy banu Nadir qabilasi gardaniga tushardi. Ammo banu Nadir birnecha bor o‘rtadagi ahdni buzgan, Quraysh bilan maxfiy aloqalar olib borgani ma’lum edi. Muhammad (sav) 10 kishi hamrohligida Nadiriylar eriga vira (o‘lpon)ning bir qismini to‘lash haqida shartlashgani keldi. Qabila boshliqlari masalani muhokama qilishga rozilik berdilaru, kutib turishni so‘radilar. Musulmonlar bir uy soyasida uzoq kutdilar. Bir vaqt Muhammad (sav) o‘rnidan dast turib, hechkimga hechnima demay, shaharga qarab ketdi. Keyinchalik, o‘z uyida Muhammad (sav) unga qarshi nadiriylar suiqasd tayyorlagani, ular tomdan uning ustiga tegirmon toshi tashlamoqchi bo‘lganlari, shu maqsadda muzokara boshlashni atayin cho‘zganlari haqida samodan xabar kelganini aytdi. Hatto qotilning ismini keltirdi – Amr bin Jihash. YAna boshqa talqin ham bor: ular Muhammad (sav)ga uch ravvin va Muhammad hamda uning ikki hamrohi o‘rtasida imon-e’tiqod xususida bahs-munozara o‘tkazishni taklif qilganlar. Ravvinlar o‘zlari bilan yashirin holda xanjarlar olib kirishlari va uch musulmonni qatl qilishlari kerak bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham Muhammad (sav) bularni o‘rtadagi ahdnomani qo‘pol suratda buzish, deb baholab, nadiriylardan 10 kun muhlatda Madinani tark etishni talab qildi. Nadir qabilasi Avs bilan ittifoqda edi va munofiqlar rahbari Abdulloh ibn Ubay urush chiqqan taqdirda yordamga kelajagi hamda qo‘shni badaviy qabilalar madad berajagini va’da qildi. Bundan ruhlangan nadiriylar talabni rad qildilar. Ammo Ibn Ubay o‘z va’dasining ustidan chiqmadi va 15 yoki 21 kun qamaldan so‘ng banu Nadir qarshilik ko‘rsatish befoyda ekanini anglagach, muzokaraga kirdi. Ularga shaxsiy xavfsizlik va mol-mulklarini olib ketish kafolatlandi. Nadiriylar o‘zlaridan keyin deyarli xarobalarni qoldirib, Xaybar tomonga ko‘chib ketdilar. SHunday bo‘lsada, banu Nadir qabilasidan katta o‘lja qolgandi: 50 qalqon, 50 dubulg‘a, 340 qilichdan tashqari serunum, sug‘oriladigan erlar. Payg‘ambar bu erlarni birinchi navbatda muhojirlarga bo‘lib berdi, ansorlardan faqat eng faqir 2 kishiga er tegdi. Norozi bo‘lgan ansorlarga bu xususdagi oyati karima (al-Hashr, 7-8) javob bo‘ldi: “Alloh shaharlarning (kofir) aholisidan o‘z payg‘ambariga o‘lja qilib bergan narsalar, sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina qo‘lma-qo‘l bo‘lib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasligi uchun Allohga, Payg‘ambarga va (u zotning) qarindoshlari, etimlar, miskinlar va musofirlarga tegishlidir. Payg‘ambar sizlarga keltirgan narsani olingiz, u sizlarni qaytargan narsadan qaytingiz va Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh jazosi qattiq zotdir. (U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan kambag‘al muhojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaydilar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam beradilar. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar”.

Aytish joizki, birinchi bor qo‘llanilgan bu tajriba-keyinchalik musulmon davlat huquqining asosini tashkil qildi, ya’ni er yuzidagi ja’miki narsa-xoliq Allohniki va U uni hohlagan insonga ato etishi mumkin. Payg‘ambar hayoti davrida bunday «fay» Allohning elchisi tasarrufida bo‘ldi.

626 yilning aprelida Abu Sufyon va’dasiga ko‘ra 2000 kishilik askar bilan Badrga keldi. Muhammad (sav) ham 1,5 ming musulmonga rahbarlik qilib keldi. Ammo ular orasida jang bo‘lmadi: har yil o‘tkaziladigan yarmarkada savdo-sotiq ishlarini bajarib, ko‘psonli badaviylar, qurayshiylar va musulmonlar o‘z erlariga qaytib ketdilar.

Qurayshiylar o‘z kuchlari bilan endi g‘alaba qozona olmasliklariga ko‘zlari etgan va shu boisdan Madinaga qarshi juda katta ittifoq tuzish payiga tushdilar. 626 yil oxirida Muhammad (sav) bu ittifoqqa kirishi mumkin bo‘lgan, Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan banu Musta’liq qabilasiga yurish qildi. Hujum qo‘qqisdan bo‘lgani sababli badaviylar g‘oliblarga katta o‘lja – ayollar, bolalar, 2000 tuya, 5000 qo‘y-echkini qoldirib, qochib qoldilar. Payg‘ambar jangda halok bo‘lgan qabila boshlig‘ining qizini o‘z nikohiga oldi va to‘y sovg‘asi sifatida barcha asirlarni ozod qildi. 626 yil yurishlari natijasida ko‘pchilik ko‘chmanchi qabilalar Quraysh bilan ittifoqdan voz kechishga majbur bo‘ldilar. Quraysh tomonda asosan Madinadan sharqroqdagi kuchli G‘atafon qabila uyushmasi, Sulaym va Makka atrofidagi qabilalar qoldi.

Bu safar Madinaga qarshi ittifoq banu Nadir qabilasining tashabbusi bilan tuzildi. Birinchi navbatda Quraysh bor kuchini yig‘ib, ahobiyshlar bilan birga 4000 kishidan ortiq qo‘shinni oyoqqa turg‘izdi. Ularga banu Asad, banu Sulaym, G‘atafon, banu Ashja’, banu Murra, banu Fazara kabi boshqa qabilalar qo‘shildiki, askarning umumiy soni 10000 kishini tashkil qildi. Dushmanning harakatidan o‘z vaqtida xabar topgan Payg‘ambar bunga javoban 3000 kishini to‘play oldi, xolos. Uch barobar ortiq kuch bilan ochiq maydonda jang olib borish to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emasdi. YAqinda islom dinini qabul qilgan asli fors - Salmonning eronliklar tajribasidan kelib chiqib shaharning ochiq tomonida xandaq (zovur) qazish lozimligi haqidagi taklifi qo‘l keldi. 6 kun ichida qattiq toshloq erda, misli ko‘rilmagan safarbarlik natijasida eni 4 m, chuqurligi 2 m.ga teng, shaharning g‘arbiy, shimoliy va shimoliy-sharqiy qismini o‘ragan, uzunligi 6-7 km. ni tashkil qilgan zovur qazib bitkazildi. Bundan tashqari Madina atrofidagi erlarda muddatidan ilgari mart oyining o‘rtalarigacha don-dun va meva hosillari yig‘ishtirib olindi. 627 yil 31 mart kuni makkaliklar Madinaga etib kelganlarida bu manzarani ko‘rib hayron qoldilar. Birinchi navbatda ularning asosiy kuchi - otliq askarlar ish bermay qolgandi: janglar kamon otish bilan cheklandi, bu ikkala tomonga ham deyarli talafot etkazmadi. Muhammad (sav) mudofaani shunday qattiq intizom bilan uyushtirdiki, dushman biron marta hamla qilib shaharga kira olmadi. Oldinlab shuni aytish mumkinki, ushbu to‘qnashuvda 3 qurayshiy va 6 musulmon halok bo‘ldi, xolos.

SHu o‘rinda Banu Qurayza, ya’ni Madinada qolgan yagona yahudiy qabilasining mavqei muhim rolь o‘ynadi. Banu Nadir uni bir amallab ittifoqchilar tomoniga o‘tishga ko‘ndirdi. Buni eshitgan Muhammad (sav) ularga G‘atafon qabilasidan Nuayma ibn Mas’udni yuborib, Quraysh va G‘atafon bandilar yuborsagina bunga ko‘nish kerakligini uqtirdi. SHundan so‘ng Nuayma qurayshiylar va g‘atafonliklarga o‘tib, Qurayzaga ishonch yo‘qligi, mazkur bandilarni ular Muhammadga topshirajagini aytdi. G‘atafon qamalni ko‘tarsa, Payg‘ambar unga Madina xurmo hosilining uchdan bir qismini va’da qildi. Ayni vaqtda G‘atafon payg‘ambar bilan muzokara olib borayotgani haqida Qurayshga bildirildi. Xullas, bu diplomatik choralar natijasida Madina dushmanlari orasida birlik yo‘qoldi, ular bir-birlarini xoinlikda gumon qila boshladilar. Zikr etilganidek, Madina atrofida hosil yig‘ib bo‘lingani tufayli ittifoqchilar qattiq oziq-ovqat va em-hashak tanqisligiga uchradi. Ustiga-ustak Aprel oyida hech yuz bermaydigan hodisa-qattiq sovuq tushib, kuchli shamol va dovul ko‘tarildida, chodirlarni uchirib ketdi. Xullas, 10 ming kishilik katta armiya nochor ahvolga tushib qoldi va qamalni tugatishga majbur bo‘ldi. SHunday qilib, Xandaq yonidagi jangda Muhammad (sav) deyarli yo‘qotishsiz g‘olib chiqdi. Endi Abu Sufyon va boshqa qurayshiylar anglab ettilarki, Arabiston bo‘ylab ularning etakchiligi barham topdi. SHu jihati bilan Xandaq jangi islom tarixida katta ahamiyatga ega.

Xandaq voqeasi Qurayza qabilasi uchun qimmatga tushdi. Xandaq yonidan qaytgach, Muhammad (sav) Qurayzani qamalga oldi. Payg‘ambar uni jangsiz tobe qilishni mo‘ljallagan, shuning uchun Ali va boshqalarga hujum qilishni man’ qildi. Qurayzaning iltimosiga ko‘ra, Avs qabilasining nufuzli shayxlaridan biri Abu Lubob ibn Abdul Munzir elchi sifatida tanlandi. Ammo qurayziylar nimadan umidvor bo‘lishlarini so‘raganlarida elchi xoinona kaftini tomog‘i uzra o‘tkazdi, ya’ni asirlar tamomila qirib tashlanadi, degan ishorani qildi. Avs qabilasi o‘zining eski ittifoqdoshi taqdirini qabila boshlig‘i Sa’d ibn Muod hal qilishini talab qildi. Bu taklif Qurazaga ma’qul tushgandi va qamalning 25 kuni Qurayza taslim bo‘ldi. Sa’d ibn Muod esa Xandaq jangida yaralanib, o‘lim to‘shagida yotgandi va bunga Qurayzani aybdor deb hisoblardi. SHu sababdan bo‘lsa kerak, uning qarori qaqshatkich bo‘ldi: barcha erkaklarni jazolash, ayollar va bolalarni qullikka topshirish. Qurayzaning bor mol-mulki kim oshdi savdosida pullandi, bir qism tushgan mablag‘ taqsimlandi, qolgan qismiga qurol-aslaha, ot va tuyalar sotib olindi.

Xandaqdan so‘ng o‘tgan 8 oy mobaynida 12 sariyya amalga oshirildi. Ulardan ikkitasiga Muhammad (sav) raxbarlik qildi, 7 tasiga –Zayd ibn Horisa va 1 tasiga –Ali. Abu Bakr, Umar, Usmonlar Payg‘ambarning eng yaqin maslahatchilari va yirik ulamolar sifatida bu yurishlarda qatnashmadilar. G‘arbga – Qizil dengiz sohillarigacha, shimolga – Najd yassitog‘ligi va sharqqa – G‘atafon erlarigacha musulmonlarning nufuzi yoyildi. Ko‘pgina qabilalarning boshliqlari Madinaga shoshildilar. Agar ular islomga kirishga rag‘bat bildirmasalar, Muhammad (sav) ularni zo‘rlamas, tinchlik va do‘stlik haqida muzokaralar yuritish bilan cheklanardi.

«Xandaq yonidagi jang» Makka - Madina raqobati taqdirini deyarli hal qilgandi. Badaviylik psixologiyasiga asoslangan aqida bilan yuksak g‘oya asosida qurilgan puxta davlat tarkiboti o‘rtasidagi kurash tez orada keyingisining ustunligini ayon qildi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish