Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 219,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.01.2022
Hajmi219,28 Kb.
#420655
1   2   3   4
Bog'liq
Manbalarda nomlari keltirilgan mashhur payg‘ambarlar va ularning faoliyatlariga oid ma’lumotlar

b) Dilmun 
Daniyalik arxeologlar Bahraynda Barbar ibodatxonasi (mil.avv. 3000 yilga taalluqli) 
o‘rganganlarida u erda muqaddas quduq mavjud bo‘lganiga e’tibor berdilar. Aholi bu quduq 
suvidan diniy marosimlar uchun foydalangan. Xuddi shu ekspeditsiya Bahraynda mil.avval 2500 
yilga tegishli shahar qoldiqlarini qazish ishlarini olib bordi. SHahar salkam 5 metr balandlikdagi 
devor bilan o‘ralgan, toshdan qurilgan. SHahar ichida alohida qal’a va uning darvozasi topildi. 
Uruk podsholarining uchinchi sulolasidan bo‘lgan Lugal-Zaggesi (mil.avv. 2400-2371 y.) 
yurishlari haqida hikoya qiluvchi bir matnda uni Quyi dengiz (Fors ko‘rfazi) va YUqori dengiz
(O‘rta dengiz, boshqa taxminga ko‘ra Van ko‘li) gacha erlarni bosib olgani aytiladi. SHarrukin, 
ya’ni Odil laqabi bilan ma’lum bo‘lgan Aqqod podshosi Sargon (mil.avv. 2371-2316 y.) ham 
Janubiy yoki Quyi dengiz qirg‘og‘ini bosib olgani haqida yozuv qoldirgan. Bu ma’lumotlar 
Dilmun haqida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ur matnlarida aytilishicha, u erdan Dilmunga bir necha kemalarda ko‘plab mollar olib 
borilgan va katta foyda bilan qaytilgan. Dilmun savdogarlari ham o‘z navbatida Ur mollarini 
Hindiston va SHarqiy Afrikaga, u erdan olingan metall, yog‘och, atir singari serdaromad 
mollarni Urga eltib sotganlar. Dilmun savdogarlari Urda ushr (o‘ndan bir) soliq to‘laganlari 
ma’lum.
Mil.avv. III-II ming yilliklarda Dilmun xalqaro bozor va yirik tranzit savdo punkti rolini 
o‘ynaganligiga dalillar ko‘p. Ur shahridagi Ningal ibodatxonasidan 8 lavha topilgan. Ularning 
ko‘pchiligida yozilgan sanasi ko‘rsatilgan: mil.avv. 1907-1871 yillar orasi. Ana shu lavhalarda 
Dilmundan Urga keltirib Ningal ibodatxonasiga hadya qilingan quyidagi qimmatbaho mollarning 
nomlari bor: mis, baliq ko‘zi (marvarid, dur), oq marjon, fil suyagi, toshbaqa kosasi, surma va 
hokazo. Mil.avv. 2027, 2026, 2024 - yillarga tegishli boshqa lavhalarda Dilmundan keltirilgan 
bir necha marta, ja’mi deyarli 20 tonna vaznli mis qiymatiga yarasha Urdan jun olib ketilgani 
qayd qilingan. Lavhalarda keltirilgan ismlarga qaraganda Dilmunli savdogarlar Urda uzoq vaqt 
istiqomat qilib, katta savdo ishlarini bajarganlar.
Daniyalik arxeologlar kashf qilgan Baxrayndagi birgina Barbar ibodatxonasining maydoni 
butun Ur shahri maydonining yarmicha keladi. Agar Ur shahri Mesopotamiyaning eng yirik 
shaharlaridan biri bo‘lgani inobatga olinsa, Dilmunning ko‘lamini tasavvur qilish qiyin emas. 
Albatta, Dilmunning boyligi, uning ravnaqini kichkinagina orol ta’minlay olmasdi. Nippurdan 


topilgan 278 qatordan iborat «Enki va Ninxursag» nomini olgan dostonda suv xudosi Enkining 
Dilmunga atalgan duosi masalani birmuncha oydinlashtiradi:
«...Tukrish mamlakati senga (ya’ni Dilmunga) oltin keltirsin:
- Meluxxa mamlakati (Hindistonda) senga serdolik toshi va kemachilik uchun yog‘och 
keltirsin; 
- Marxashi mamlakati senga qimmatbaho toshlar, billur keltirsin; 
- Magan (O‘man) mamlakati senga ko‘p mis, diorit va boshqa toshlar keltirsin; 
- Dengiz ortidagi o‘lka (sharqiy Afrika bo‘lsa kerak) senga fil suyagi keltirsin; 
- Zalamgir mamlakati (?) senga jun keltirsin; 
- Elam mamlakati senga jun va soliqlar keltirsin; 
- Muqaddas Ur ... senga don, kunjut moyi, muhtasham va nozik matolar keltirsin; 
- Dengiz poyonlari senga farovonlik keltirsin; 
SHahar - manzillari ajoyib!
Dilmun - manzillari ajoyib!» 
Mesopotamiyada Aqqod davlatining yuksalishi va Ur nufuzining pasayishi Dilmunga 
salbiy ta’sir qildi. Xammurapi (mil.avv. XVIII asr) paytida umuman Dilmun tilga olinmaydi. 
Ossuriya hokimlari Mesopotamiyani birlashtirgach, ular yana Fors ko‘rfaziga o‘z nigohlarini 
qaratdilar. Ossuriya podshosi Tukulьti-Ninurta (mil.avv. 1224-1208) o‘z davlati tarkibiga 
«kunchiqardagi Quyi dengizni» qo‘shganini faxr bilan yozib qoldirgan. 
Mil.avv. VIII-VII asrlarda Dilmun yana tiklangan, ravnaq topgan ko‘rinadi. Har qalay
Sargonidlar davriga tegishli yozuvlarda Dilmun nomi ko‘p marta tilga olingan. Sinnaxoreb 
ta’kidlashicha, u Bobilni tobe qilgach, Dilmunni qo‘shib olishga azm qilib, u erga o‘z elchisini 
yuborgan. Orol podshosi Sinnaxoreb hukmronligini tan olishga rozi bo‘lgan va jiz’ya yuborgan. 
Ashshurbanipal paytida ham Dilmun unga tobe erlar jumlasiga kirgan. SHu zaylda Dilmun 
Axamoniylar va Selevkiylar hukmi ostida ham bo‘lib keldi. Selevkiylar hukmi tugagach, 
Dilmunda qandaydir fojia yuz bergan va aholi uni tashlab ketgan ko‘rinadi. 
Antik avtorlarda Dilmun Tilos nomi bilan berilgan. Pliniy Tilosni la’l o‘lkasi deb atagan va 
uni qirg‘oqdagi mashhur Gerra shahri qarshisidagi orol deb vasf qilgan.
Hozirgi paytda ko‘pchilik mutaxassislar Dilmunni Bahrayn oroli va unga yaqin bo‘lgan 
Arabistonning sharqiy sohili bilan aynan bir deb qaramoqdalar.
Dilmun tarixini batafsil yoritish uchun albatta, ma’lumotlar etarli emas. Lekin SHumer, 
Aqqod va Ossuriya manbalaridan shu narsa aniq ko‘rinib turibdiki, mil.avv. III ming yillikda 
Arabiston yarim orolining sharqiy qismida o‘ziga xosssivilizatsiya o‘chog‘i vujudga kelgan. 
Tuzumiga ko‘ra, bu jamiyatlar shahar-davlatlardan iborat bo‘lgan (qadimgi SHumerdagi Ur, 
Nippur, Uruk, Lagash va boshqa shahar-davlatlari singari). Bu davlatlar aholisining asosiy 
mashg‘uloti savdo, kemachilik, baliqchilik, dengiz tubidan la’l qidirish, buloq suvlaridan 
foydalanib, tomorqa dehqonchiligini olib borish bo‘lgan. Bunday idora usuli va hayot tarzini 
tabiatning o‘zi taqozo qilgan. Bu erda deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, birorta oqar daryo yo‘q. 
Aholi, asosan xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan ba’zi joylardagina kichik-kichik jamoa bo‘lib 
yashagan. Mesopotamiya yoki Misrdagi singari markazlashgan davlat tuzish uchun bu erda 
imkoniyat yo‘q. Hokim odatda kichik bir shahar yoki bir jamoani boshqargan. SHuning uchun 
ham bu jamiyatlar ketma-ket shumerlar, aqqodlar va ossuriylarga osongina «em» bo‘lgan.
Ko‘pchilik yozuvlarda Dilmun qandaydir muqaddas joy sifatida tasvirlangan. SHumer va 
Aqqod jamiyatlarida Dilmun haqida diniy rivoyatlar keng tarqalgandi. Mashhur «Enki va 
Ninxursag», «Gilgamesh» afsonalaridagi voqealar Dilmun bilan bog‘liq. Bir Bobil matnida 
Pardesu degan joy nomi zikr qilingan. Ivrit (qadimgi yahudiy) tilida Pardez, arabchada Firdavsga 
to‘g‘ri keladigan bu joy Dilmunning boshqacha nomidir. SHu asosda ba’zi olimlar Tavrotda zikr 
qilingan «Jannat Adan»ni Dilmun bilan taqqoslaydilar. Ayniqsa shumer epik poemalari va 
afsonalari Dilmunga ta’rif berishda ajralib turadi: ularda Dilmun «gullab-yashnagan», «yorug‘», 
«xudolar uchun jannat», «har qanday kasal va hatto o‘limdan forig‘», «muqaddas o‘lka» sifatida 
tasvirlangan.


Bu faktni faqat Dilmunning SHumer uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lganligi 
bilan tushuntirish kamlik qiladi. Arxeologlar tomonidan tasdiqlangan Dilmun-SHumer iqtisodiy 
aloqalari yozuv paydo bo‘lgan payt (Jemdet Nasr madaniyati), ya’ni mil.avval III ming 
yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. YUqorida zikr qilingan mifologiyaning kelib chiqishi esa 
undan ancha ilgari. Bu chigalni echishga Bahrayn orolining o‘zi qisman ko‘maklashdi. Gap 
shundaki, bugungi kunda ham bu orolda nodir, kamdan-kam uchraydigan manzarani ko‘rish 
mumkin: atrof-muhit asosan sahrodan iborat bo‘lganiga qaramay ora-sira chaman bog‘lar, hurmo 
daraxtlari bilan to‘la o‘rmon, jo‘shqin chuchuk suvli buloqlar uchraydi. Odamlar mahalliy 
vohalarni sug‘orib turgan suv qaerdan kelayotganini bilmasdilar va, tabiiyki, uni xudoning 
marhamati, deb tushunardilar.
Bahrayn vohalarining jumbog‘i yaqindagina ochildi. Geologlar aniqlashicha, er osti 
suvlarining sarchashmalari Bahrayndan 500-700 km g‘arbda joylashgan ekan. Bu - Arabiston 
yarim orolining tog‘li rayonlari Hijoz, Asir, Najd, SHimoliy YAmanga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, 
bu rayonlar musson mavsumlarida yomg‘irga to‘yadi. U erdan yomg‘ir suvlari tog‘ jinslarining 
qiyaligiga muvofiq ravishda erning nam saqlaydigan qatlamlari uzra janubi-sharqiy va sharqiy 
yo‘nalishlarda Fors va O‘mon ko‘rfazlarining qirg‘oqlariga qarab intiladi. Er osti suvlarining 
sathi yuqori bosimli bo‘lganligi uchun Kuvayt va O‘mondagi uncha chuqur bo‘lmagan quduqlar 
bu sathga etish imkoniyatini beradi. SHuningdek, bosim kuchliligi natijasida er osti suvlari o‘z-
o‘zidan Arabistonning sharqiy qirg‘oqlaridan, Bahrayn oroli qirg‘oqlaridan va hatto dengiz 
tubidan buloq bo‘lib chiqadi. Bundan salkam besh ming yil avval yozilgan «Gilgamesh haqidagi 
afsona»da «xudolar yorlaqagan Utnapishtim» degan kishi Gilgameshga «abadiylik», ya’ni 
o‘lmaslik ato qiluvchi bir giyo - o‘t faqat Dilmun degan joyda, dengiz tubida o‘sajagini 
aytganida «jon» bor ekan!.
Bu ham hali jumboqning tugal echimi emas, shekilli. Oxirgi arxeologik tadqiqotlarga 
qaraganda mil.avv. V ming yillikning oxiri - IV ming yillikning boshida Arabistonning sharqiy 
sohilida (Bahrayn-Dilmunni o‘z ichiga olgan xolda) va Mesopotamiyaning janubida Ubayd 
madaniyatiga mansub ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan. Har qalay, ular 
foydalangan kulol idishlarning qoldiqlari aynan bir xil. Arxeologlar Ubayd madaniyatini 
SHumer madaniyatidan bevosita oldin o‘tgan, ya’ni uning o‘tmishdoshi deb hisoblaydilar. Agar 
Ubayd madaniyatining asli vatani janubroqda, ya’ni sharqiy Arabistonda ekanligi e’tiborga 
olinsa, SHumer mifologiyasida Dilmun (Bahrayn) jannat makon joy sifatida e’zozlanganini 
insonda ilk vatanga nisbatan abadiy saqlanadigan ezgu hissiyot deb tushunish oson bo‘lardi.

Download 219,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish