Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 219,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.01.2022
Hajmi219,28 Kb.
#420655
1   2   3   4
Bog'liq
Manbalarda nomlari keltirilgan mashhur payg‘ambarlar va ularning faoliyatlariga oid ma’lumotlar

d) Arablarning Xaldeylar (Kaldoniylar) va Forslar bilan munosabatlari
Ossuriya imperiyasi qulagach, YAqin SHarqda salkam ikki asr davomida xaldeylar 
(kaldoniylar) sulolasi tashkil qilgan YAngi Bobil davlati gegemon bo‘lib qoldi. YAngi Bobil 
davlatining asoschisi Nabopolasar (mil.avv. 626-605) vafot qilgach, taxtga o‘tirgan uning o‘g‘li 
Navuxodonosor II (mil.avv. 605-562) birinchi kundanoq Ossuriya podsholariga taqlid qilgan 
holda agressiv siyosat olib bordi. U jazo ekspeditsiyalari uyushtirib, tobe qilingan xalqlardan 
soliq va ko‘plab asirlar oldi. Mil.avv. 599 yili Navuxodonosor sahro arablariga qarshi 
ekspeditsiya yuborganligi haqida Bobil yozuvlarida xabar bor. Bu yurishda arablarning talaygina 


mol-mulki, chorvasi, sanamlari olib ketilgani, so‘ng qaytarilgani aytilgan. Ammo bu yozuvda 
konkret rayon yoki hujumga uchragan muayyan arab qabilasi ko‘rsatilmagan.
Navuxodonosor II taxtda o‘tirgan yillar YAngi Bobil davlatining eng gullab-yashnagan 
payti bo‘ldi. Ammo shu yillar kuchayib ketgan armiya Navuxodonosor II vafotidan so‘ng saroy 
to‘ntarishlari uyushtirdi. Amel-Marduk (561-560), Nergalь-shar-utsura (559-556) shu taqlidda 
taxtdan ag‘darildilar. Nabonid (556-539) podsho hokimiyatini biroz mustahkamlashga erishdi. 
Nabonid podsholigi davrida arablar bilan munosabatda antiqa voqealar yuz berdi. 1956 yili 
Xarran shahri xarobalaridan topilgan Nabonid xronikasiga ko‘ra, o‘z hukmining uchinchi yili u 
SHimoliy Arabistondagi Adomu (ya’ni Dumat al-Jandal) va Teyma shaharlariga hamla 
uyushtirdi. Ikkala shahar hokimlarini qatl qilgach, u Teymani o‘ziga qarorgoh qilib tanladi. Bu 
erda Nabonid o‘zi bilan armiyaning bir qismini olib qolib, boshqa qismini o‘g‘li Bel-shar-utsur 
bilan Bobilga jo‘natdi. Teyma shahri 10 yil mobaynida YAngi Bobil podsholigining poytaxtiga 
aylanib qoldi. Nabonid Arabiston shahri Teymani tanlaganining sabablari ko‘p edi. Birinchidan, 
asli Xarran shahridan bo‘lgan Nabonid uzurpator hisoblanar va Bobil ruhoniylari unga qarshi 
kuchli oppozitsiyada edilar. Ikkinchidan, shimol va sharqdan forslarning tazyiqi borgan sari 
kuchayib borardi. Forslarga qarshi Bobil va SHimoliy Arabistonda ikki himoya eshelonini 
tashkil qilib, Nabonid muvaffaqqiyatli ravishda o‘zini mudofaa qilishni mo‘ljallagan bo‘lishi 
mumkin. 
Nihoyat, Teyma o‘sha davr xalqaro savdosida muhim punktlardan biri hisoblanardi. 
Xullas, Nabonidning Teymada bo‘lishi ham siyosiy, ham iqtisodiy nuqtai nazardan asosli edi.
Nabonid xronikasida SHimoliy Arabistonga oid anchagina tafsilotlar bor. Unda Nabonid 
o‘z askari bilan Teymada o‘rnashib olgach, Dedan, Xaybar, YAdia, YAsrib shaharlariga 
yurishlar qilganligi aytilgan. So‘ng Misr, Midiya va arablar (mat arabiyo) bilan sulh tuzgani qayd 
qilinadi. Teyma shahri taxminan miloddan avv. 552-551 yillarda egallangan bo‘lsa, eslatilgan 
shaharlarga yurishlar albatta shundan keyin qilingan. Mazkur shaharlar Arabistonni janubdan 
shimolga, to O‘rta dengiz qirg‘og‘igacha kesib o‘tgan mashhur xalqaro karvon yo‘lining yirik 
punktlari hisoblanardi. Nabonid bu yo‘l ustidan va ayni vaqtda shu yo‘lda joylashgan davlat yoki 
shaharlar ustidan hukmronligini o‘rnatishni o‘ylamadimikin? Agar u Makka va YAmanni olsa
butun Arabiston unga tobe bo‘lardi. Har qalay, matnga ko‘ra bu chora amalga oshmadi: Nabonid 
askari etib borgan oxirgi maskan - YAsrib shahri bo‘ldi. 
Ko‘rinib turibdiki, SHimoliy Arabiston va Hijozda mil.avval VI asrning o‘rtalarida bir 
qancha shahar-davlatlar va mustaqil arab qabilalari mavjud bo‘lgan. Nabonid tomonidan qatl 
qildirilgan Teyma shahrining hokimi matnda «maliku» deyilishi bunga dalil bo‘la oladi. Teyma, 
Dedan, Xaybar kabi shahar nomlari ko‘p qadimiy matnlarda, jumladan, Tavrotning qadimiy 
qismlarida eslatilgan. Ammo YAsrib (Madina) birinchi bor Nabonid matnida uchraydi. 
Mutaxassislar fikricha, Nabonid mazkur shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan 
talaygina aholini ko‘chirgan va ularni himoya qilish uchun gornizonlar ajratgan. Ko‘chirilganlar 
ichida ko‘pchilikni yahudlar tashkil qilgan. YAhudlar bu rayonlarda ilgari ham bo‘lganlar, balki 
ular Falastin bilan bir paytda bu erlarda tarqalganlar. Ammo bu shaharlarda yirik yahudiy 
koloniyalarining paydo bo‘lishi Nabonidning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, islom vujudga 
kelishi arafasida eslatilgan shaharlar aholisining ko‘pchiligini yahudlar tashkil qilgandi. 
Nabonid SHimoliy Arabistonni YAngi Bobilning tarkibiy qismiga aylantirishga erisha 
olmadi. Ko‘p o‘tmay Bobildagi beqaror ahvol va fors qo‘shinlari bilan bevosita to‘qnashish 
masalasi uni Bobilga qaytishga majbur qildi.
YAngi Bobil davlatining taqdiri xal bo‘lgandi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida Axamoniylar 
sulolasining asoschisi Kay Xusrav-Kir II (mil.avv. 559-529) Eronning katta qismini birlashtirib, 
Midiya, Lidiya, Armeniya, Anatoliyadagi kichik yunon shaharlarini tobe qilib, Egey dengiziga 
chiqqach, YAqin SHarqning eng kuchli hokimiga aylangandi. Bobil hukmron doiralaridagi 
kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalangan Kir II mil.avv. 539 yili deyarli qarshiliksiz 
Bobilga «xalaskor» sifatida kirib keldi. SHundan so‘ng Suriya, Finiqiya va Falastin Axamoniylar 
hokimiyatini tan oldi.


Kay Xusravning Bobilga bostirib kirishi haqidagi xabarda tuya mingan arablar kuchli 
bo‘lmagan qarshilik ko‘rsatgani zikr qilinadi. Kay Xusravning merosxo‘ri Qambiz II (mil.avv. 
529-522) Misrga ekspeditsiya uyushtirarkan (mil.avv. 525) arablardan madad so‘radi. Ular 
Qambizga tuyalar, suv va yo‘lboshlovchilar bilan yordam berdilarki, Gerodotning fikricha, bu 
yordamsiz Misr ustidan g‘alabani tasavvur qilish qiyin bo‘lardi. Ammo, afsuski, Gerodot na 
Qambizga yordam bergan arab qabilasining joyi va na qabila boshlig‘ining ismini bermagan. Bu 
yo hozirgi Iordaniyaning janubida istiqomat qilgan nabotiylarning podshosi yoxud Sino yarim 
oroliga yaqin erda ko‘chmanchilik qilib yurgan arab qabilasi bo‘lishi mumkin. Arablarning fors 
qo‘shinini suv bilan ta’minlaganini hikoya qila turib, Gerodot SHimoliy Arabistonda katta daryo 
bor edi, deydi. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida bu erlarda yomg‘ir mavsumida soylar 
to‘lib, qisqa muddat daryo kabi oqadi. Mavsum o‘tgach, u soylar yana qurib qoladi. YAna 
Gerodotning ta’kidlashicha, Kay Husrav va Qambiz tomonidan bo‘ysundirilgan xalqlar ichida 
faqat arablar forslarning syuzerenitetini (hukmronligini) tan olmagan, o‘zlarini ularga ittifoqchi 
sifatida his qilganlar.
Shu narsa xarakterliki, Axamoniylar davrida ko‘chmanchi arablar shimoli-g‘arbiy 
yo‘nalishda Ierusalim (Quddus) va G‘azza atrofida, g‘arbda esa, Sinoy yarim oroli orqali 
Misrning sharqiy qismlariga ko‘chib o‘rnashib qoldilar. Hozirgi paytda ham SHarqiy Misr 
Arabiston sahrosi deb atalishi bejiz bo‘lmasa kerak. Misrga hujum qilgan fors qo‘shini 
arablardan iborat maxsus qismni o‘z ichiga olgandi.
Doro I (mil.avv. 522-486) davrida ham muntazam Eron armiyasi tarkibida arablardan 
iborat piyoda va tez chopar tuyalarga mingan qismlar bo‘lgan. Podsho Xshatra - Kserks (mil.avv. 
485-465) arablardan maxsus kamonchilar (yoychilar) qismini tuzganligi haqida xabar bor. Bu 
arablar Iroqqa yaqin o‘rnashib qolganlardan bo‘lsa kerak.
Kserks davriga tegishli bir matnda «Arabiyo» uning davlati tarkibiga kirgan satrapliklar 
qatorida zikr qilingan. YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ossuriylar, kaldoniylar va 
forslar o‘zlariga qo‘shni shimoliy arab qabilalari bilan muayyan munosabatlarda bo‘lib keldilar. 
Kuchli davlat birliklarini tashkil qilmagan bo‘lsalar-da, shimoliy arab qabilalari aksariyat 
hollarda o‘z mustaqilliklarini saqlab qoldilar.

Download 219,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish