topilgan 278 qatordan iborat «Enki va Ninxursag» nomini olgan dostonda suv xudosi Enkining
Dilmunga atalgan duosi masalani birmuncha oydinlashtiradi:
«...Tukrish mamlakati senga (ya’ni Dilmunga) oltin keltirsin:
- Meluxxa mamlakati (Hindistonda) senga serdolik toshi va kemachilik uchun yog‘och
keltirsin;
- Marxashi mamlakati senga qimmatbaho toshlar, billur keltirsin;
- Magan (O‘man) mamlakati senga ko‘p mis, diorit va boshqa toshlar keltirsin;
- Dengiz ortidagi o‘lka (sharqiy Afrika bo‘lsa kerak) senga fil suyagi keltirsin;
- Zalamgir mamlakati (?) senga jun keltirsin;
- Elam mamlakati senga jun va soliqlar keltirsin;
- Muqaddas Ur ... senga don, kunjut moyi, muhtasham va nozik matolar keltirsin;
- Dengiz poyonlari senga farovonlik keltirsin;
SHahar - manzillari ajoyib!
Dilmun - manzillari ajoyib!»
Mesopotamiyada Aqqod davlatining yuksalishi va Ur nufuzining
pasayishi Dilmunga
salbiy ta’sir qildi. Xammurapi (mil.avv. XVIII asr) paytida umuman Dilmun tilga olinmaydi.
Ossuriya hokimlari Mesopotamiyani birlashtirgach, ular yana Fors ko‘rfaziga o‘z nigohlarini
qaratdilar. Ossuriya podshosi Tukulьti-Ninurta (mil.avv. 1224-1208) o‘z davlati tarkibiga
«kunchiqardagi Quyi dengizni» qo‘shganini faxr bilan yozib qoldirgan.
Mil.avv. VIII-VII asrlarda Dilmun yana tiklangan, ravnaq topgan ko‘rinadi.
Har qalay,
Sargonidlar davriga tegishli yozuvlarda Dilmun nomi ko‘p marta tilga olingan. Sinnaxoreb
ta’kidlashicha, u Bobilni tobe qilgach, Dilmunni qo‘shib olishga azm qilib, u erga o‘z elchisini
yuborgan. Orol podshosi Sinnaxoreb hukmronligini tan olishga rozi bo‘lgan va jiz’ya yuborgan.
Ashshurbanipal paytida ham Dilmun unga tobe erlar jumlasiga kirgan.
SHu zaylda Dilmun
Axamoniylar va Selevkiylar hukmi ostida ham bo‘lib keldi. Selevkiylar hukmi tugagach,
Dilmunda qandaydir fojia yuz bergan va aholi uni tashlab ketgan ko‘rinadi.
Antik avtorlarda Dilmun Tilos nomi bilan berilgan. Pliniy Tilosni la’l o‘lkasi deb atagan va
uni qirg‘oqdagi mashhur Gerra shahri qarshisidagi orol deb vasf qilgan.
Hozirgi paytda ko‘pchilik mutaxassislar Dilmunni Bahrayn oroli va unga yaqin bo‘lgan
Arabistonning sharqiy sohili bilan aynan bir deb qaramoqdalar.
Dilmun tarixini batafsil yoritish uchun albatta, ma’lumotlar etarli emas. Lekin SHumer,
Aqqod va Ossuriya manbalaridan shu narsa aniq ko‘rinib turibdiki, mil.avv. III ming yillikda
Arabiston yarim orolining sharqiy qismida o‘ziga xosssivilizatsiya o‘chog‘i vujudga kelgan.
Tuzumiga ko‘ra, bu jamiyatlar shahar-davlatlardan iborat bo‘lgan (qadimgi SHumerdagi Ur,
Nippur, Uruk, Lagash va boshqa shahar-davlatlari singari). Bu davlatlar
aholisining asosiy
mashg‘uloti savdo, kemachilik, baliqchilik, dengiz tubidan la’l qidirish, buloq suvlaridan
foydalanib, tomorqa dehqonchiligini olib borish bo‘lgan. Bunday idora usuli va hayot tarzini
tabiatning o‘zi taqozo qilgan. Bu erda deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, birorta oqar daryo yo‘q.
Aholi, asosan xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan ba’zi joylardagina kichik-kichik jamoa bo‘lib
yashagan. Mesopotamiya yoki Misrdagi singari markazlashgan davlat tuzish uchun bu erda
imkoniyat yo‘q. Hokim odatda kichik bir shahar yoki bir jamoani boshqargan.
SHuning uchun
ham bu jamiyatlar ketma-ket shumerlar, aqqodlar va ossuriylarga osongina «em» bo‘lgan.
Ko‘pchilik yozuvlarda Dilmun qandaydir muqaddas joy sifatida tasvirlangan. SHumer va
Aqqod jamiyatlarida Dilmun haqida diniy rivoyatlar keng tarqalgandi. Mashhur «Enki va
Ninxursag», «Gilgamesh» afsonalaridagi voqealar Dilmun bilan bog‘liq. Bir Bobil matnida
Pardesu degan joy nomi zikr qilingan. Ivrit (qadimgi yahudiy) tilida Pardez, arabchada Firdavsga
to‘g‘ri keladigan bu joy Dilmunning boshqacha nomidir. SHu asosda ba’zi olimlar Tavrotda zikr
qilingan «Jannat Adan»ni Dilmun bilan taqqoslaydilar. Ayniqsa shumer epik poemalari va
afsonalari Dilmunga ta’rif berishda ajralib turadi: ularda Dilmun «gullab-yashnagan», «yorug‘»,
«xudolar uchun jannat», «har qanday kasal va hatto o‘limdan forig‘», «muqaddas o‘lka» sifatida
tasvirlangan.
Bu faktni faqat Dilmunning SHumer uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lganligi
bilan tushuntirish kamlik qiladi. Arxeologlar tomonidan tasdiqlangan Dilmun-SHumer iqtisodiy
aloqalari yozuv paydo bo‘lgan payt (Jemdet Nasr madaniyati), ya’ni mil.avval III ming
yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. YUqorida zikr qilingan mifologiyaning kelib chiqishi esa
undan ancha ilgari. Bu chigalni echishga Bahrayn orolining o‘zi qisman ko‘maklashdi. Gap
shundaki, bugungi kunda ham bu orolda nodir, kamdan-kam uchraydigan manzarani ko‘rish
mumkin: atrof-muhit asosan sahrodan iborat bo‘lganiga qaramay ora-sira chaman bog‘lar, hurmo
daraxtlari bilan to‘la o‘rmon, jo‘shqin chuchuk suvli buloqlar uchraydi. Odamlar mahalliy
vohalarni sug‘orib turgan suv qaerdan
kelayotganini bilmasdilar va, tabiiyki, uni xudoning
marhamati, deb tushunardilar.
Bahrayn vohalarining jumbog‘i yaqindagina ochildi. Geologlar aniqlashicha, er osti
suvlarining sarchashmalari Bahrayndan 500-700 km g‘arbda joylashgan ekan. Bu - Arabiston
yarim orolining tog‘li rayonlari Hijoz, Asir, Najd, SHimoliy YAmanga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki,
bu rayonlar musson mavsumlarida yomg‘irga to‘yadi. U erdan yomg‘ir suvlari tog‘ jinslarining
qiyaligiga muvofiq ravishda erning nam saqlaydigan qatlamlari uzra janubi-sharqiy va sharqiy
yo‘nalishlarda Fors va O‘mon ko‘rfazlarining qirg‘oqlariga qarab intiladi.
Er osti suvlarining
sathi yuqori bosimli bo‘lganligi uchun Kuvayt va O‘mondagi uncha chuqur bo‘lmagan quduqlar
bu sathga etish imkoniyatini beradi. SHuningdek, bosim kuchliligi natijasida er osti suvlari o‘z-
o‘zidan Arabistonning sharqiy qirg‘oqlaridan, Bahrayn oroli qirg‘oqlaridan va hatto dengiz
tubidan buloq bo‘lib chiqadi. Bundan salkam besh ming yil avval yozilgan «Gilgamesh haqidagi
afsona»da «xudolar yorlaqagan Utnapishtim» degan kishi Gilgameshga «abadiylik», ya’ni
o‘lmaslik ato qiluvchi bir giyo - o‘t faqat Dilmun degan joyda, dengiz tubida o‘sajagini
aytganida «jon» bor ekan!.
Bu ham hali jumboqning tugal echimi emas, shekilli. Oxirgi arxeologik tadqiqotlarga
qaraganda mil.avv. V ming yillikning oxiri - IV ming yillikning boshida Arabistonning sharqiy
sohilida (Bahrayn-Dilmunni o‘z ichiga olgan xolda) va Mesopotamiyaning janubida Ubayd
madaniyatiga mansub ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan. Har qalay, ular
foydalangan kulol idishlarning qoldiqlari aynan bir xil. Arxeologlar Ubayd madaniyatini
SHumer madaniyatidan bevosita oldin o‘tgan, ya’ni uning o‘tmishdoshi deb hisoblaydilar. Agar
Ubayd madaniyatining asli vatani janubroqda, ya’ni sharqiy Arabistonda ekanligi e’tiborga
olinsa, SHumer mifologiyasida Dilmun (Bahrayn) jannat makon joy sifatida e’zozlanganini
insonda ilk vatanga nisbatan abadiy saqlanadigan ezgu hissiyot deb tushunish oson bo‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: