Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


-§. Hosila lug‘aviy ma’nolarning  lisoniy sathga ko‘tarilish bosqichlari



Download 467,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana24.07.2021
Hajmi467,26 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lisoniy qolip hosilalarida leksikalizatsiya

4-§. Hosila lug‘aviy ma’nolarning  lisoniy sathga ko‘tarilish bosqichlari 

 

Nutqiy  yasama  so„zlarning  lisoniy  sathga  ko„tarilishi  bir  necha  bosqichda  kechadi.  Ularni 



nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko„ra quyidagicha  tartiblash mumkin: 


1) ixtisoslashgan leksemalar

2) soddalashgan leksemalar; 

3) tublashgan leksemalar. 

Ixtisoslashgan  leksemalar  nutqiy  yasama  so„zlar  lisoniylashuvining  eng  quyi  darajasidir. 

Ixtisoslashgan leksemalar yasamaligini yo„qotmagan, ya‟ni o„zida qolipning shakliy tomoni izlarini 

saqlagan, biroq ma‟noviy tomondan qolipdan uzilgan, ya‟ni ma‟nosini qolipning o„ng (mazmuniy) 

tomonidan  keltirib  chiqarish  imkoni  bo„lmagan,  toraygan  ma‟noli  leksemalardir.  Masalan  ishchi 

(worker,  rabochiy)  leksemasi  «zavod  yoki  fabrikalarda  ishlovchi,  o„rta  ma‟lumotli  mutaxassis» 

ma‟nosiga  ega  bo„lib,  u  [ot]+[chi]=otdan  anglashilgan  narsa  ustida  ishlovchi  kishi]  qolipi 

hosilasidir.  Qolip  hosilasi  sifatida  u  qolipning  chap  tomoni  xususiyatlarini  o„zida 

mujassamlashtirgan.  Chunki  ishchi  leksemasining  shakliy  tomoni,  ya‟ni    nomemasida  qolipning 

[ot+chi]  umumiyligi  zarrasi,  ko„rinishi  tajallilangan.  Leksema  sememasi  esa  «shu  otdan 

anglashilgan narsa bilan shug„ullanuvchi shaxs» mohiyati ko„rinishiga emas, balki uning toraygan, 

ma‟lum bir ixtisosni anglatuvchi ko„rinishi holatiga ega bo„lib qolgan. ishchi leksemasiga qiyosan 

olinadigan,  deylik,  kitobchi  so„zida  so„z  yasash  qolipining  shakliy  tomonidan  ham,  ma‟noviy 

tomonidan ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi so„zini qiyoslaylik. Har 

ikkala  hosila  ham  [[fe‟l]+[uvchi]=shu  fe‟ldan  anglashuvchi  harakat  bilan  shug„ullanuvchi  shaxs] 

qolipi  mahsulidir.  Ularni  gap  tarkibida  kuzatamiz:  1.Yozuvchi  hayotni  teranroq  kuzatadi.  2.Insho 



yozuvchi ijodkorligini namoyon qilishi kerak. 

Birinchi  gapda  yozuvchi  leksemasi  kasbni  anglatib,  ixtisoslashgan  ma‟noga  ega.  Ikkinchi 

gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan. «Adib» ma‟nosidagi 

yozuvchi leksemasi shaklan emas, balki ma‟noviy jihatdan qolipdan uzilgan, ixtisoslashgan ma‟noli 

lekse-madir.  Ikkinchi  hosila  esa  ham  shaklan,  ham  mazmunan  qolipga  muvofiq  kelganligi  bois, 

nutqiy yasamadir. Leksemalar hosil bo„lishining bu usuldagi boshqa ko„rinishi sifatida so„zlarning 

atamaviy ma‟no kasb etishi (qo‘shish, ayirish, bo‘lish so„zlarini)ni ko„rsatish mumkin. 

Soddalashgan  leksemalar  yasama  so„zlar  lisoniylashuvining  yanada  yuqoriroq  bosqichidir. 

Soddalashish  deganda  ma‟lum  bir  so„z  yasash  qolipining  hosilasida  o„zak  va  qo„shimchaning 

o„zaro birikib ajralmas holga kelishi, so„zshakldagi grammatik shakllarning qotib qolishi natijasida 

yangi ma‟no ifodalashidir. O„zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari, yuqori kabi yuzlab so„zlar 

soddalashgan  yasama  so„zlar  -  leksemalardir.  So„z  birikmalarining  sintaktik  qoliplardan    uzilish 

holatlari (boshning og„rigi - boshog„riq, belning bog„i - belbog„) ni ham soddalashishga misol qilib 

ko„rsatish mumkin. 

Tublashgan  leksemalar  shunday  leksemalashgan  yasama  so„zlarki,  ularning  yasalishini, 

tarkibini  etimologik  ma‟lumotga  ega  bo„lmasdan  aniqlab  bo„lmaydi.  Masalan,  sin  fe‟lining  o„zagi 

si,  tingla  fe‟lining  o„zagi  ding,  to„q  so„zi  o„zagining  to„  ekanligini  til  tarixi  bo„yicha  chuqur 

ma‟lumotga ega bo„lmasdan bilish qiyin. 




Demak,  ma‟lum  bo„ladiki,  tilda  leksema  yasash  hodisasi  yo„q.  Balki  yasama  so„zlarning, 

nutqiy hosilalarning lisoniylashuvi, leksema-lashuvi hodisasi mavjud. 

Yasama so„zlarda uch tur lisoniy birlikning  voqelanishi kuzatiladi: 

a) asos leksema; 

b) yasovchi morfema (yoki leksema); 

v) so„z yasash qolipi. 

Nutqiy yasama so„zlar deyilganda, so„z yasash qoliplari asosida ma‟lum bir nutq jarayonida 

vujudga  keltirilgan  va  ushbu  nutq  jarayonidagina  mavjud  bo„lgan  hosilalar  anglashiladi.  Nutqiy 

yasama so„zlar ijtimoiy shartlanmaganligi bilan xarakterlanadi. 

Masalan,  [aniq  ot+chi  =ot  anglatmishi  bilan  shug„ullanadigan,  aloqador  shaxs]  qolipi 

asosida vujudga kelgan uchta bo„zchi hosilasi mavjud: 

a) bo„z to„quvchi shaxs; 

b) bo„z sotuvchi shaxs; 

v) bo„z xarid qiluvchi shaxs. 

Bu  ma‟nolardan    birinchisiga  ega  bo„lgan  birlik  lisoniy  tabiatli  bo„lib,  ijtimoiy 

shartlanganlik  xossasiga  ega.  Qolgan  ikki  ma‟no  sof  nutqiy  hosilalar  hisoblanadi.  Biroq  lisoniy 

birlik  sanalmish  bo„zchi  leksemasining  va  zikr  etilgan  qolipning    nutqiy  hosilalari  asosida  semik 

bog„lanish  mavjud  bo„lib,  biroq  ular  leksemaning  turli  ko„rinishlari  sanalmaydi.  Ulardagi 

umumiylik, bog„lovchi semalardan tashqari, so„z yasash qolipi hamdir. 

«Bo„z  sotuvchi  shaxs»  ma‟nosidagi  bo„zchi  so„zida  bo„z  leksemasi  sememasi  boshqa  

umumiylik  (-chi  morfemasi  va qolip)lar zarralari bilan birgalikda mazkur  nutqiy ma‟no (butunlik) 

uchun bo„lak sifatida namoyon bo„lgan. bo„zchi so„zining  ma‟nosi «bo„z sotuvchi», «shaxs» ma‟no 

bo„lakchalaridan  iborat  bo„lib,  bunda  «shaxs»  ma‟no  bo„lakchasi  qolip  va  undagi  -chi  morfemasi 

umumiyligi zarrasidir. 

Xo„sh,  mazkur  «nutqiy»  hosilada  «bo„z  sotuvchi»,  «shaxs»  ma‟no  bo„lakchalari  mavjud 

ekan, bunda ushbu hosilaning asl zoti nima hisoblanadi? Boshqacha aytganda, ushbu holatda zotiy 

va  o„zga  hodisalar  tajallilari  qanday  farqlanadi?  To„g„ri,  bo„zchi  hosilasida  bo„z  leksemasining 

«kichraygan» voqelanishi mavjud, biroq bu hosilaning asl zoti so„z yasash qolipidir. Chunki suvchi, 

ishchi kabi hosilalar bo„zchi hosilasi bilan birgalikda shaxs otlari qatorini hosil qiladi va «shaxs oti» 

vazifa  ma‟no  bo„lakchasi  mazkur  hosilalarni  birlashtiruvchi  vosita  bo„lib,  bu  ularning  zamiridagi 

so„z yasash qolipining mohiyatiga tegishlidir. 

Boshqa  turkumga  xos  so‟z  konversiya  yo‟li  bilan  sifatga  o‟tishi  mumkin.  Bu  sifatlashuv 

deyiladi.  Sifatlashuv  tarixiy  jarayon  bo‟lib,  boshqa  so‟z  turkumi  uzoq  davr  o‟tishi  bilan  sifatga 

aylanib boradi. Sifatlashuv hodisasi lisoniy tabiatga ega. 

Juft va takroriy otning sifatlashuvi: mosh-guruch, yo‟l-yo‟l, rang-barang, xilma-xil. 

O‟zak holidagi fe‟lning sifatlashuvi: daydi, qari, chalkash, yanglish, tutash, aralash. 




Harakat nomi shaklidagi juft fe‟l: olmoq-solmoq. 

 Kesimlik  shaklidagi  fe‟l:  oldi-qochdi,  kuydi-pishdi,  tug‟di-bitdi,  iliguzildi,  ichakuzdi, 

supraqoqdi. 

 

 Juft  va  qo‟shma  sifat  yasama  bo‟lib,  takroriy  sifatda  shakl  yasalishi  mavjud.  Biroq  takroriy 



sifat  taraqqiyot  natijasida  yangi  ma‟no  kasb  etishi  ham  mumkin:  yo‟l-yo‟l.    Bunda  yangi  so‟z 

yasalishi emas, balki so‟zshaklning leksemalashuvi hodisasi mavjud.  

Juft  ravish  ikki so‟zning juftlashishidan tashkil topadi:  yana-tag‟in, eson-omon;  ochin-to‟qin, 

oldinma-keyin, qishin-yozin; uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda; ora-sira, ora-chora, ro‟y-rost, sal-pal, 

chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda; azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, o‟lda-jo‟lda. 

Takroriy ravishda bir o‟zak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, to‟g‟ridan-to‟g‟ri, es-es, 

o‟qtin-o‟qtin, ahyon-ahyonda. 

Qo‟shma  ravish  birdan  ortiq  mustaqil  so‟zning  qo‟shilishidan  hosil  bo‟ladi:  bir  yo‟la,  bir 

muncha,  bir  talay;  bajonudil,  baholiqudrat,  baqadrihol;  har  yili,  har  yoq,  har  dam;  shu  zahoti,  shu 

asnoda.   

Shunday  ot  yasash  qolipi  borki,  undan  bugungi  kunda  yangi  so‟z  yasalmaydi.  Hosilaning 

barchasi  lisoniy  xarakterga  ega.  [ot  +  -goh  =  asosdan  anglashilgan  ish-harakat  bajarilgan  joy  oti] 

(sayilgoh,  ayshgoh,  manzilgoh),  [ot  +  -don  =  asosdan  anglashilgan  narsa/predmet  saqlanadigan 

predmetni  ifodalovchi  ot]  (qalamdon,  tuzdon,  kuldon),  [ot  +  -xona  =  asosdan  anglashilgan  ish-

harakatga  mo‟ljallangan  joy  oti]  (ishxona, qabulxona, choyxona,  oshxona), [ot +  -obod = asosdan 

anglashilgan narsa/predmet obod qilgan joy oti] (Dehqonobod, Mehnatobod),  [ot + -noma= asosdan 

anglashilgan narsa/predmetni ifodalovchi ot] (arznoma, taklifnoma, sayohatnoma).  

-k(-ik/-ak), -q(-iq, -uq, -oq) (kekirik, ko‟rik, og‟riq, qaviq, buyruq, qiynoq,o‟roq),-k/q(-iq, -ik) 

(to‟shak, qayroq,, elak), -gi (ki/g‟i/qi/g‟u) (sevgi, kulgi, supurgi, chopqi, achitqi, yonilg‟i, tomizg‟i), -

m( -im/-um) (chidam, to‟plam, unum, tuzum, chiqim, qo‟nim, kechirim), -ma (uyushma, birlashma, 

dimlama), -qin/g‟in (toshqin, to‟lqin, bosqin, tutqun, qochqin, yong‟in), -in/-un (ekin, yog‟in, yig‟in, 

bo‟g‟in,  tugun),  -(i)ndi    (cho‟kindi,  yuvindi,  chirindi,  supurindi,  sirqindi,  yig‟indi),    -gich 

(g‟ich/kich/qich)  (o‟lchagich,  purkagich,  o‟chirgich,  qashlagich,  eritkich,  savag‟ich),  -ch,  -inch 

(quvonch, o‟kinch, qo‟rqinch, sevinch), -machoq (bekinmachoq, tortishmachoq, quvlashmachoq ), -

ak/oq  (sharsharak,  bizbizak,  pirpirak,  g‟urrak,  tartarak),  -ildoq  (shaqildoq,  hiqildoq,  chirildoq, 

pirildoq),  -a  (sharshara,  g‟arg‟ara),  -os  (chuvvos,  sharros,  gulduros)  qo‟shimchasi  ishtirok  etuvchi 

derivatsion  qolipi  kam  unum  bo‟lib,  u  bugungi  kunda  hosila  bermaydi.  Shu  boisdan  qolipning  

mazmuniy tomonini uning hosilasidan umumlashtirib bo‟lmaydi.  

 -ish,  -uv/ov,    -uvchi/ovchi  affiksli  qurilish,  kirish,  chiqish,  uchrashuv,  kechuv,  maqtov, 

chanqov,  uchuvchi,  haydovchi,  tinglovchi,  sotuvchi  so‟zini  ham  yasama  so‟z  sifatida  qarash  holi 

uchrab turadi. Bunda u aslida so‟zshaklning leksemalashuvi hodisasi ekanligini esda tutish lozim.          



  Sof nutqiy hosila ma‟nolarning lisonga intilishini ochish ham qator ijtimoiy-lisoniy omillarga 

tayanadi.  Aytilganlardan  kelib  chiqqn  holda,  hosila  ma‟nolarning  lison  va  nutqqa  munosabati 

jihatidan quyidagi tasnifini berish mumkin: 

  1)lisoniylashgan va hosilaviyligini yo„qotgan ma‟no; 

  2)lisoniylashgan hosila ma‟no; 

  3)lisoniylashayotgan hosila ma‟no; 

 

4)nutqiy hosila ma‟no. 



 

So„zlarning  umumiy  lisoniy  qiymatini  tiklash  bilan  birgalikda  ularning  leksikografik 

tavsifini  berish  va  zamonaviy  izohli  lug„atlar  yaratishda  ham  ko„p  ma‟nolilikning  lison  va  nutqqa 

munosabatini aniq va qat‟iy belgilab olish muhim ilmiy- metodologik ahamiyatga ega. 

 



XULOSA 

 

 



Respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qo‟shilganligi boshqa fanlar 

qatori  milliy  tilshunoslikning  ham  imkoniyatlarini  kengaytirdi.  Natijada  o‟zbek  tili  hodisalarini 

sistema sifatida o‟rganish, milliy tilimizni boshqa tillar andozalariga solmasdan, o‟z ichki tabiatiga 

muvofiq  tarzda  tadqiq  etish,  tadqiqotlar  metodologiyasini  zamonaviylashtirishga  erishildi.  O‟zbek 

tiliga  lisoniy  qolip,  hosila,  leksemalashish  kabi  tushunchalar  kirib  keldi.  Sistem-struktur 

tilshunoslikning yetuk vakillaridan X.Ne‟matov, R.Rasulov, R.Sayfullayeva va ularning izdoshlari 

ishlarida  lisoniy  sintaktik  qolip  tushunchasiga  oydinlik  kiritildi.  Biroq  har  qanday  lisoniy  qolip 

hosilasining davrlar o‟tishi bilan ma‟no taraqqiyotiga uchrashi natijasida lisoniylashuvi – leksemaga 

aylanishi  masalalari  atroflicha  tadqiq  qilinmagan.  Bitiruv  malakaviy  ishda  nutqiy  hosilalarning 

lisoniylashuvi tadqiq etildi va ishdan quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: 

1.  Til  jonli  mavjudot  bo‟lib,  undagi  har  qanday  nutqiy  yasalma  davrlar  o‟tishi  bilan  ma‟no 

taraqqiyotiga uchrab, lisoniy bosqichga ko‟tarilishi – leksemalashishi mumkin; 

2.  Nutqiy yasama so„zlarning lisoniy sathga ko„tarilishining uch bosqichi ajratiladi: ixtisoslashish, 

tublashish, soddalashish; 

3.  Ixtisoslashgan  leksemalar  nutqiy  yasama  so„zlar  lisoniylashuvining  eng  quyi  darajasi  bo‟lib, 

ular  yasamaligini  yo„qotmagan,  ya‟ni  o„zida  qolipning  shakliy  tomoni  izlarini  saqlagan,  biroq 

ma‟noviy tomondan qolipdan uzilgan,  ya‟ni ma‟nosini  qolipning o„ng  (mazmuniy) tomonidan 

keltirib  chiqarish  imkoni  bo„lmagan,  toraygan  ma‟noli  leksemalardir.  Masalan  yozuvchi 

leksemasi  va  yozuvchi  so„zini  qiyoslaylik.  Har  ikkala  hosila  ham  [[fe‟l]+[uvchi]=shu  fe‟ldan 

anglashuvchi  harakat  bilan  shug„ullanuvchi  shaxs]  qolipi  mahsulidir.  Ularni  gap  tarkibida 

kuzatamiz:  1.Yozuvchi  hayotni  teranroq  kuzatadi.  2.Insho  yozuvchi  ijodkorligini  namoyon 

qilishi  kerak.  Birinchi  gapda  yozuvchi  leksemasi  kasbni  anglatib,  ixtisoslashgan  ma‟noga  ega. 

Ikkinchi gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan.  

4.  Soddalashgan  leksemalar  yasama  so„zlar  lisoniylashuvining  yanada  yuqoriroq  bosqichidir. 

Soddalashish  deganda  ma‟lum  bir  so„z  yasash  qolipining  hosilasida  o„zak  va  qo„shimchaning 

o„zaro  birikib  ajralmas  holga  kelishi,  so„zshakldagi  grammatik  shakllarning  qotib  qolishi 

natijasida yangi ma‟no ifodalashidir. O„zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari, yuqori kabi 

yuzlab  so„zlar  soddalashgan  yasama  so„zlar  -  leksemalardir.  So„z  birikmalarining  sintaktik 

qoliplardan    uzilish  holatlari  (boshning  og„rigi  -  boshog„riq,  belning  bog„i  -  belbog„)  ni  ham 

soddalashishga misol qilib ko„rsatish mumkin. 

5.  Tublashgan  leksemalar  shunday  leksemalashgan  yasama  so„zlarki,  ularning  yasalishini, 

tarkibini  etimologik  ma‟lumotga  ega  bo„lmasdan  aniqlab  bo„lmaydi.  Masalan,  sin  fe‟lining 

o„zagi  si,  tingla  fe‟lining  o„zagi  ding,  to„q  so„zi  o„zagining  to„  ekanligini  til  tarixi  bo„yicha 

chuqur ma‟lumotga ega bo„lmasdan bilish qiyin. 




6.  Tilda  leksema  yasash  hodisasi  yo„q.  Balki  yasama  so„zlarning,  nutqiy  hosilalarning 

lisoniylashuvi, leksemalashuvi hodisasi mavjud. 

7.  Lisoniylashish  nafaqat  sodda  yasama  so‟zlarda,  balki  so‟z  birikmasi,  gap  qolipi  hosilalarida, 

juft,  takroriy  so‟zshakllarda  ham  kuzatilishi  aniqlandi.  Masalan:  yo‟l-yo‟l,  kuydi-pishdi,  oldi-

qochdi,  mosh-guruch(sifat),  achchiq-chuchuk,  issiq-sovuq  (issiq-sovug‟idan  xabar  olmoq), 

bordi-keldi,  keldi-ketdi,  oldi-berdi,  ur-yiqit  (ot)    bilinar-bilinmas,  qo‟yarda-qo‟ymay,  ura-sura, 

savat-savat,qop-qop, es-es(ravish); 

8.  Sof  nutqiy  hosila  ma‟nolarning  lisonga  intilishini  ochish  ham  qator  ijtimoiy-lisoniy  omillarga 

tayanadi. Hosila ma‟nolar lison va nutqqa munosabati jihatidan quyidagicha tasniflandi: 

lisoniylashgan va hosilaviyligini yo„qotgan ma‟no; 

lisoniylashgan hosila ma‟no; 

lisoniylashayotgan hosila ma‟no; 

nutqiy hosila ma‟no. 

9.  Leksemalashgan lisoniy birliklarning qanday qolip hosilasi ekanligi aniqlandi:  

  1. [W

qk

-W



ek

]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari - qo‟lqop, xonqizi, kirsovun,  tomorqa, 

tokqaychi, qo‟ziqorin,belbog‟. 

2.  [I


k.q

  -F]  qolipi  hosilalari  –  kungaboqar,  o‟rinbosar,  beshiktervatar,  echkiemar, 

ko‟zboylog‟ich, kallakesar, husnbuzar, dunyoqarash,tinchliksevar 

   3  [W-F]  qolipi  hosilalari  -beshotar,  birqoqa,  iskabtopar,  ishlab  chiqarish,  tezpishar, 

ertapishar, cho‟rtkesar, yebto‟ymas 

  4.  [I-О]  qolipi    hosilalari  -toshko‟mir,  tuyaqush,  karnaygul,  oybolta,  ko‟kkarg‟a,  qoraqurt, 

mingoyoq,    qizilishton,  ajdargul,  xo‟rozqand,  beshbarmoq,  beshqarsak,  YEttisuv,  Oltiariq, 

uchburchak,  mingoyoq,  qirqog‟ayn,  hozirjavob,  kamgap,  kamsuxan,  kamsuqum,  kamqon, 

kamxarj, xomkalla, sho‟rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho‟rtumshuq, balandparvoz 

5.  Sodda  gap  qolipi  hosilalari  -  ustabuzarmon,  gulbeor,  oshko‟k,  yoqavayron,  xonavayron, 

xudobezor, otabezori, gadoytopmas; 

Shuningdek,  iboralar  ham  shu  jarayonni  boshidan  kechirgan:  Aravani  quruq  olib  qochadi  – 

aldaydi., Yulduzni benarvon uradi –epchil.  




Download 467,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish