Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


-§. So’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish



Download 467,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana24.07.2021
Hajmi467,26 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lisoniy qolip hosilalarida leksikalizatsiya

1-§. So’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish 

 

Yasama  so„zlar    lisoniy  ham,  sof  nutqiy  ham  bo„lishi  mumkin.  Misol  sifatida  quyidagi 



so„zlarga  murojaat  qilamiz.  Paxtakor,  ishchi,  kitobchi,  domladosh,  aqlli,  daftarchi,    sharsimon, 

uysimon. Bu so„zlarni ikki guruhga bo„lamiz: 

1. 

paxtakor, ishchi, aqlli, sharsimon



2. 

kitobchi, domladosh, daftarchi, uysimon. 

Har  ikkala  guruh  so„zlari  ham    yasama  so„zlar  hisoblanadi.  Biroq  ulardan  birinchisi 

qulayligi,   odatlanilganligi,  keng iste‟molligi  bilan xarakterlansa, ikkinchi guruh so„zlari  unchalik 

qulay emasligi, kam iste‟molliligi, favquloddaligi bilan birinchi guruh so„zlaridan ajralib turadi.  

Demak, birinchi guruh yasama so„zlari  ijtimoiy shartlanganlik xossasiga ega va shu boisdan 

yuqoridagi zikr etilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiydir. 

Ikkinchi  guruh  so„zlari  esa  nutqiy  hodisa  ekanligi,  endigina  so„z  yasash  qolipidan 

chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan. 

Ko„rinadiki,  nutqiy  yasama  so„zlarning  ayrimlari  nutq  bosqichidagina  mavjud  bo„lsa, 

ba‟zilari o„zlarini chiqargan qoliplardan uzoqlashib, bir butun holda lisoniy sathga ko„tarilib ketadi. 

Hosilalarining  lison  va  nutqqa  munosabati    jihatidan  so„z  yasash  qoliplari  ham  farqlanadi. 

Biz ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so„z yasash qoliplari sifatida farqlaymiz. 

Unumli  so„z  yasash  qoliplari  deganda  tilimiz  tarixida  ham,  bugungi  kunda  ham  cheksiz 

yangidan-yangi  so„zlar  yasaydigan  qoliplar  tushuniladi.  Masalan,  [[aniq  ot]+[chi]=ot  anglatgan 

narsa  predmet  bilan  shug„ullanuvchi  kishi]  qolipi  hosilalarini  kuzataylik.  Bu  qolipdan  ishchi, 

bo„zchi,  futbolchi,  dasturxonchi,  ovchi  kabi  bugungi  kunda  lisoniylashgan,  leksemalashgan 

hosilalar  bo„lgan  so„zlar  ham,  noschi,  daftarchi,  telefonchi,  pomidorchi  kabi  lisoniylashmagan, 

ma‟lum bir nutq jarayonidagina yasalayotgan o„tkinchi nutqiy hosilalar ham vujudga kelgan. 



Unumli  so„z  yasash  qoliplari  yasalish  xususiyatiga  ega  bo„lgan  barcha  so„z  turkumlarida 

mavjud.  (Bu  haqda  «Hozirgi  o„zbek  adabiy  tili»  kursining  «So„z    yasalish»  bo„limida    batafsil 

ma‟lumot olasiz.) 

Unumsiz  (tarixiy)  so„z  yasash  qoliplari    bugungi    kunda  hosila  bermaydigan,  so„z  yasash 

uchun  xizmat  qilmaydigan  qolip-lardir.  Masalan,  keskin,  to„lqin,  bosqin,  uchqun,  tuyg„un  so„zlari 

[[fe‟l ]+[gin]=ot] qolipi asosida hosil qilingan. Biroq ushbu qolipdan chiqqan hosilalar rang-barang 

bo„lib,  ulardan  anglashilgan  ma‟nolarni  qolipning  tenglik  belgisidan  o„ng  tomondagi  mazmuniy 

tomonidan  keltirib  chiqarib  bo„lmaydi.  Chunki  bu  hosilalar  tarixiy  yasama  so„zlar  bo„lib,  davrlar 

o„tishi  bilan  ularning  ma‟noviy  tabiatida  ham,  grammatik  jihat-larida  ham  evolyutsiya  jarayoni 

kechgan.  Chunki  qolip  bugungi  kunda  ishlamaydigan,  foydalanilmaydigan  holga  kelgan,  ularning 

hosilalari  esa  qolipdan  behad  uzoqlashib,  ma‟nolarning  ixtisoslashishi  va  bir-biridan  uzoqlashishi 

yuz bergan. Natijada aslida bir qolipdan chiqqan hosilalar (yasama so„zlar) mustaqil leksemalarga 

aylanib, bir-birinikiga yaqin va bog„liq bo„lmagan turli-tuman ma‟nolarni anglatadi. Tadqiqotchilar 

o„zbek tilidagi unumsiz (tarixiy) so„z yasash qoliplarining yuzga yaqin ko„rinishini ajratishadi. 




Download 467,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish