(ishla) so‟zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug‟ullanmoq] so‟z yasash qolipi
mahsuli bo‟lsa, kitobni o‟qimoq so‟z birikmasi [ot +fe„l] LSQsi, O‟qidim gapi esa [WPm] qolipi
hosilasidir. Bular sirasida so‟z yasash va so‟z birikmasi qoliplari tushuncha ifodalovchi -
atash(nominativ) vazifa bajaruvchi hosilalarni beradigan qoliplar bo‟lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi
(kommunikativ) hosilalarni tug‟diruvchi qoliplar hisoblanadi. So‟z yasash qolipi lisoniy bo‟lsa-da,
lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida so‟z
yasalishi bo‟limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosilalar beruvchi, ya„ni so‟z birikmasi va
gap qoliplari tekshiriladi.
Qolipdan chiqqan g„isht o„lchami va shakli jihatdan o„xshash bo„ladi. Lekin tuproqqa bog„liq
ravishda u turli rang va vaznda bo„lishi mumkin. Bu har xillik qolipga aloqador bo„lmagan
jihatlardir. LSQlarni aniqlashda ham LSQlarga daxldor bo„lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy
hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog„liq bo„lmagan
nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e‟tibordan soqit qilinadi. Masalan,
Salimaning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya‟ni LSQsini aniqlamoqchi bo„lsak, biz shu
ko„rinishdagi va turdagi so„z birikmalarini tasavvurimizda to„plab, saralaymiz.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz
birikmalarning eng umumiy moddiyligining sintezidir. U umumiy shakl ekan, uning xususiy shakli
sifatida nutqiy so„z birikmalari namoyon bo„ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda -
so„zlar va qo„shimchalar vositasida ifodalangan, o„qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilish mumkin
bo„lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni. LSQning chap tomoni uning mazmuniy jihatidir. Yuqorida
keltirilgan [ismq.k.+isme.q.=qaratuvchi-qaralmish] qolipining o„ng, ya‟ni mazmuniy qismini
«lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi.
«Rang-barang munosabatlar» deganda har bir nutqiy so„z birikmasidan anglashiladigan turli
ma‟no va munosabatlar tushuniladi. Masalan:
mening kitobim
qarashlilik
stolning oyog„i
butun-qism
e‟tiborsizlik oqibati
sabab oqibat
yashashning zavqi
holat va uning natijasi
Birikmalarning o„ng tomonida ularning xususiy ma‟noviy belgilari ko„rsatilgan. Belgilar
qolipning o„ng tomonida «rang-barang ma‟noviy munosabatlar» deya birlashtirilgan. Ma‟lumki,
ko„pincha, ma‟no deganda so„z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar tushuniladi.
Masalan, [kitob] leksemasi aytilganda, uning ma‟nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma
yoki qo„lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin biz hozirgina keltirgan LSQ ma‟nosi esa
bunga o„xshamaydi. Nega? Chunki [kitob] leksema bo„lib, uning ma‟nosi leksikdir. Lekin LSQ
sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma‟nosi ham sintaktik bo„lmog„i darkor. Sintaksisda esa «tobe-
hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to„ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar katta
ahamiyatga ega bo„lib, sintaktik munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabatlar esa sintaktik ma‟no
sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o„ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun -
qism», «sabab - oqibat», «holat - uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo„la olmaydi? degan
savol tug„ilishi tabiiy. To„g„ri, ular alohida birikmalarning ma‟nolarini alohida-alohida aks ettiradi.
Lekin LSQlari bitta. [ismq.k.+isme.q.= qaratuvchi-qaralmish] qolipining mazmuni esa cheksiz
nutqiy hosilalarning ma‟nolarini umumlashtiradi.
LSQning
[ismq.k.+isme.q.]
shakliy
tomoni
birikuvchi
so„zlar
munosabatlaridan
umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmalarning alohida-alohida ma‟nolarini
umumlashtirish natijasi bo„lmog„i lozim.
Ta‟kidlash lozimki, o„zbek tilshunosligida har bir gap bo„lagi, har bir so„z birikmasining har bir
gapdagi, matndagi, qurshovdagi ma‟nolarini tavsiflashga ko„p e‟tibor qaratiladi. Masalan, uyni
qurmoq birikmasida uyni so„z shaklining, yoki to„ldiruvchining ma‟nosi «yaratiladigan, bunyod
etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so„zshaklining ma‟nosi «yo„qotiladigan manba»
tarzida ta‟riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma‟nolar sintaktik emas, balki lug„aviy bo„lib,
aslida buzmoq va qurmoq so„zlariga xos ma‟nolardir. LSQlar esa cheksiz so„z birikmalarining
umumlashmasidir. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so„z birikmalarining alohida-
alohida ma‟nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o„xshash tomonlarni ajratish
asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma‟no xususiy jihatlarni idrok etish asosida
birlashtirishdir. Xususiy ma‟nolar, ya‟ni har bir so„z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg„anishi
oson bo„lgan ma‟nolar ular zamiridagi mohiyatni to„sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan
tadqiqotchi ko„rinib turgan ma‟nolarning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil
qiladi.
LSQlarni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Ќar bir modda turli-tuman
narsalarning qorishmasidir. Biroq sof moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida
tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo„ldi. Bu
D.Mendeleev davriy jadvalida o„z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o„rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo„lgan
turli-tuman sun‟iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan»
fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya‟ni
kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim
qimmat kasb etadi
Do'stlaringiz bilan baham: