O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O„ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
OLIMOVA KAMOLAT ning
“Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan
LISONIY QOLIP HOSILALARIDA LEKSIKALIZATSIYA
mavzusida yozgan
K U R S I SH I
Ilmiy rahbar dots. B.Bahriddinova
Qarshi – 2012
Reja
Kirish.
1-боб. Tilshunoslikda lisoniy qolip tushunchasi
1-§. Lisoniy sintaktik qolip haqida
2-§. Lisoniy qolipning asosiy turlari
2-bob. Lisoniy qolip hosilalarida leksemalashish
1-§. So‟z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish
2-§. Qo‟shma, juft, takroriy so‟z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish
3-§. So‟z birikmasi qolipi hosilalarida leksemalashish
4-§. Hosila lug„aviy ma‟nolarning lisoniy sathga ko„tarilish bosqichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati
KIRISH
Respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qo‟shilganligi boshqa
fanlar qatori milliy tilshunoslikning ham imkoniyatlarini kengaytirdi. Natijada o‟zbek tili
hodisalarini sistema sifatida o‟rganish, milliy tilimizni boshqa tillar andozalariga solmasdan, o‟z
ichki tabiatiga muvofiq tarzda tadqiq etish, tadqiqotlar metodologiyasini zamonaviylashtirishga
erishildi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o‟zbek tilining fonetik,
leksik va grammatik sathlari sistemali ravishda tadqiq etilib, milliy tilimizning yaxlit sistemaviy
ta‟limoti ishlab chiqildi. O‟n yilcha oldin tilshunosligimizda tor yo‟nalish sifatida ish boshlagan bu
yangilik jahon tilshunosligi tomonidan e‟tirof etildi va hatto unga ta‟sir ko‟rsata boshladi. Tabiiyki,
yangilikning tan olinishi qanchalik qiyin kechmasin, uning amaliyotga tadbiqi muvaffaqiyatli
bo‟lsa, u shunchalik katta yutuqlarga ega bo‟ladi.
O‟zbek tiliga lisoniy qolip, hosila, leksemalashish kabi tushunchalar kirib keldi. Sistem-
struktur tilshunoslikning yetuk vakillaridan X.Ne‟matov, R.Rasulov, R.Sayfullayeva va ularning
izdoshlari ishlarida lisoniy sintaktik qolip tushunchasiga oydinlik kiritildi. Biroq har qanday lisoniy
qolip hosilasining davrlar o‟tishi bilan ma‟no taraqqiyotiga uchrashi natijasida lisoniylashuvi –
leksemaga aylanishi masalalari atroflicha tadqiq qilinmagan. Ishda lisoniylashayotgan –
leksemalashish jarayonlarini boshidan kechirayotgan so‟z yasash qolipi, qo‟shma, juft, takroriy
so‟zlar, so‟z birikmasi va gap qolipi hosilalarini o‟rganish, ularni lisoniy va nutqiy yasalma
ekanligini aniqlash bosh maqsad qilib olindi.
Ma‟lumki, til jonli mavjudot bo‟lib, davrlar o‟tishi bilan u turli o‟zgarishlarga uchraydi –
tublashish, soddalashish, yaxlitlanish, ixtisoslashish jarayonlarini boshidan kechiradi.