Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


-§. Lisoniy qolipning asosiy turlari



Download 467,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana24.07.2021
Hajmi467,26 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lisoniy qolip hosilalarida leksikalizatsiya

2-§. Lisoniy qolipning asosiy turlari 

 

 



Lisoniy  birikmalarning  qoliplar  asosida  birikuvidan  vujudga  kelgan  nutqiy  hosilalarni  3 

guruhga birlashtirish mumkin: 

yasama so‟zlar; 

so‟z birikmasi; 

gap. 

 

(ishla)  yasama  so‟zi  [ish]  leksemasi  va  [lar]  morfemasining,  kitobni    o‟qimoq  nutqiy  so‟z 



birikmasi [kitob] va [o‟qi] leksemalarining, O‟qidim gapi esa [o‟qi] leksemasi va [-dim] kesimlik 

kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‟lgan. 

(ishla)  so‟zi    [ot+la  =  asosdan  anglashilgan  narsa  bilan  shug‟ullanmoq]  so‟z  yasash  qolipi 

mahsuli  bo‟lsa,  kitobni o‟qimoq  so‟z  birikmasi [ot  +fe„l]  LSQsi,  O‟qidim  gapi  esa  [WPm]  qolipi 

hosilasidir.  Bular  sirasida  so‟z  yasash  va  so‟z  birikmasi  qoliplari  tushuncha  ifodalovchi  - 

atash(nominativ) vazifa bajaruvchi hosilalarni beradigan qoliplar bo‟lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi 




(kommunikativ) hosilalarni tug‟diruvchi qoliplar hisoblanadi. So‟z yasash qolipi lisoniy bo‟lsa-da, 

lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida so‟z 

yasalishi bo‟limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosilalar beruvchi, ya„ni so‟z birikmasi va 

gap qoliplari tekshiriladi. 

Qolipdan chiqqan g„isht o„lchami va shakli jihatdan o„xshash bo„ladi. Lekin tuproqqa bog„liq 

ravishda  u  turli  rang  va  vaznda  bo„lishi  mumkin.  Bu  har  xillik  qolipga  aloqador  bo„lmagan 

jihatlardir.  LSQlarni  aniqlashda  ham  LSQlarga  daxldor  bo„lmagan,  bir  qolipdan  chiqqan  nutqiy 

hosilalarning  turli-tumanligini  keltirib  chiqarayotgan  hodisalar  LSQga  bog„liq  bo„lmagan 

nosintaktik  hodisalar  sifatida  ahamiyatsiz  deb  qaraladi  va  e‟tibordan  soqit  qilinadi.  Masalan, 

Salimaning  kitobi  nutqiy  hosilasining  mohiyati,  ya‟ni  LSQsini  aniqlamoqchi  bo„lsak,  biz  shu 

ko„rinishdagi va turdagi so„z birikmalarini tasavvurimizda to„plab, saralaymiz.  

LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz 

birikmalarning eng umumiy moddiyligining sintezidir. U umumiy shakl ekan, uning xususiy shakli 

sifatida nutqiy so„z birikmalari namoyon bo„ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda - 

so„zlar  va  qo„shimchalar  vositasida  ifodalangan,  o„qilishi,  yozilishi,  aytilishi,  eshitilish  mumkin 

bo„lgan shakl tushuniladi. 

LSQning  mazmuniy  tomoni.  LSQning  chap  tomoni  uning  mazmuniy  jihatidir.  Yuqorida 

keltirilgan  [ismq.k.+isme.q.=qaratuvchi-qaralmish]  qolipining  o„ng,  ya‟ni  mazmuniy  qismini 

«lisoniy  tobe  qaratuvchi  va  hokim  qaralmish  orasidagi  rang-barang  munosabatlar»  tashkil  etadi.

 

«Rang-barang munosabatlar» deganda har bir nutqiy so„z birikmasidan anglashiladigan turli 



ma‟no va munosabatlar tushuniladi. Masalan: 

 mening kitobim 

qarashlilik 

stolning oyog„i 

butun-qism 

e‟tiborsizlik oqibati 

sabab oqibat 

yashashning zavqi 

holat va uning natijasi 

 

Birikmalarning  o„ng  tomonida  ularning  xususiy  ma‟noviy  belgilari  ko„rsatilgan.  Belgilar 



qolipning  o„ng  tomonida  «rang-barang  ma‟noviy  munosabatlar»  deya  birlashtirilgan.  Ma‟lumki, 

ko„pincha,  ma‟no  deganda  so„z  atayotgan  narsa,  predmet,  miqdor,  belgi  kabilar  tushuniladi. 

Masalan,  [kitob]  leksemasi  aytilganda,  uning  ma‟nosi  sifatida  «varaqlardan  tashkil  topgan,  bosma 

yoki qo„lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin biz hozirgina keltirgan LSQ ma‟nosi esa 

bunga  o„xshamaydi.  Nega?  Chunki  [kitob]  leksema  bo„lib,  uning  ma‟nosi  leksikdir.  Lekin  LSQ 

sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma‟nosi ham sintaktik bo„lmog„i darkor. Sintaksisda esa «tobe-

hokim»,  «qaratuvchi-qaralmish»,  «to„ldiruvchi»,  «hol»,  «ega»,  «kesim»  kabi  tushunchalar  katta 

ahamiyatga  ega  bo„lib,  sintaktik  munosabatlarni  ifodalaydi.  Bu  munosabatlar  esa  sintaktik  ma‟no 

sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o„ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun - 



qism», «sabab - oqibat», «holat - uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo„la olmaydi? degan 

savol tug„ilishi tabiiy. To„g„ri, ular alohida birikmalarning ma‟nolarini alohida-alohida aks ettiradi. 

Lekin  LSQlari  bitta.  [ismq.k.+isme.q.=  qaratuvchi-qaralmish]  qolipining  mazmuni  esa  cheksiz 

nutqiy hosilalarning ma‟nolarini umumlashtiradi. 

LSQning 

[ismq.k.+isme.q.] 

shakliy 

tomoni 


birikuvchi 

so„zlar 


munosabatlaridan 

umumlashtirganligi  kabi  mazmun  tomoni  ham  nutqiy  birikmalarning  alohida-alohida  ma‟nolarini 

umumlashtirish natijasi bo„lmog„i lozim. 

Ta‟kidlash lozimki, o„zbek tilshunosligida har bir gap bo„lagi, har bir so„z birikmasining har bir 

gapdagi,  matndagi,  qurshovdagi  ma‟nolarini  tavsiflashga  ko„p  e‟tibor  qaratiladi.  Masalan,  uyni 

qurmoq  birikmasida  uyni  so„z  shaklining,  yoki  to„ldiruvchining  ma‟nosi  «yaratiladigan,  bunyod 

etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so„zshaklining ma‟nosi «yo„qotiladigan manba» 

tarzida  ta‟riflanadi.  Lekin  mulohaza  yuritilsa,  bu  ma‟nolar  sintaktik  emas,  balki  lug„aviy  bo„lib, 

aslida  buzmoq  va  qurmoq  so„zlariga  xos  ma‟nolardir.  LSQlar  esa  cheksiz  so„z  birikmalarining 

umumlashmasidir. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so„z birikmalarining alohida-

alohida ma‟nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o„xshash tomonlarni ajratish 

asosida  tiklanadi.  Demak,  umumiy,  lisoniy  ma‟no  xususiy  jihatlarni  idrok  etish  asosida 

birlashtirishdir.  Xususiy  ma‟nolar,  ya‟ni  har  bir  so„z  birikmasidagi  tezda  anglanadigan,  ilg„anishi 

oson  bo„lgan  ma‟nolar  ular  zamiridagi  mohiyatni  to„sib  turadi.  Ana  shu mohiyat  anglanishi  bilan 

tadqiqotchi  ko„rinib  turgan  ma‟nolarning  rang-barangligi  «aldamchi»  ekanligiga  ishonch  hosil 

qiladi. 


LSQlarni  ajratishning  ahamiyati.  Tabiatda  sof  narsa  uchramaydi.  Ќar  bir  modda  turli-tuman 

narsalarning  qorishmasidir.  Biroq  sof  moddani  ajratib  olish  maqsadida  uzoq  vaqtlar  davomida 

tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan  atom ximiya fanidagi  buyuk  «topilma»  bo„ldi.  Bu 

D.Mendeleev davriy jadvalida o„z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o„rganish 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Tozalangan  atomlardan  tabiatda  uchramaydigan,  lekin  zarur  bo„lgan 

turli-tuman  sun‟iy  moddalar  hosil  qilinganidek,  «tozalangan»  LSQ  ham  boshqa  «tozalangan» 

fonetik,  leksik,  morfologik  hodisalar  kabi,  bugungi  kunda  tilni  «mashinalashtirish»,  ya‟ni 

kompyuter  orqali  matn  tarjima  qilish,  tuzatish,  tekshirish  kabi  zamonaviy  «yumush»larda  muhim 

qimmat kasb etadi 


Download 467,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish