2-§. Qo’shma, juft, takroriy so’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish
Semamalarning nutqda «kichraygan» holda namoyon bo„lishi yoxud (lisoniy sathda)
sememalarning semalarga aylanishi qo„shma, juft leksemalarda yoki so„zlarda yanada yorqinroq
ko„rinishga ega bo„ladi.
Qo„shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o„zak (lug„aviy morfema) ning shakliy va
mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, belbog‘, tezoqar, belkurak
leksemalari. Bundagi, deylik, belbog„ leksemasi sememasini quyidagicha tavsiflash mumkin:
«belni bog„lash uchun ishlatiladigan mato». Demak, semema «bel», «bog„lash», «mato»
semalaridan tashkil topgan. Sememadagi «bel» semasi bel leksemasi sememasining toraygan
«semalashgan» ko„rinishidir.
Juft leksemalarda ham bu holatni kuzatish mumkin. Masalan, ota-ona leksemasi sememasi
tarkibida ota va ona leksemalari sememalari semalar sifatida ishtirok etgan.
Nutqiy qo„shma va juft so„zlarda ushbu butunlikka asos bo„lgan leksemalarning sememalari
nutqiy ma‟no bo„lakchalari sifatida namoyon bo„ladi. Masalan, kitob-daftar juft so„zining «kitob-
daftar va unga yaqin o„quv qurollari» deb tavsiflanuvchi ma‟noviy tabiati tarkibida kitob va daftar
leksemalari sememalari nutqiy ma‟no bo„lakchasi sifatida yuzaga chiqqan.
Demak, barcha yasama leksemalarda yasalishga asos leksema sememasi sema darajasiga
tushgan holda, nutqiy yasama so„zlarda esa nutqiy ma‟no bo„lakchasi sifatida yuzaga chiqadi.
Qo‟shma fe‟l tarkibiga ko‟ra ikkiga bo‟linadi: a) ism+fe‟l; b) fe‟l+fe‟l.
Ism+fe‟l tipidagi fe‟lni hosil qilishda yordamchi fe‟l vazifasida qilmoq, etmoq, aylamoq,
bo‟lmoq, bermoq, olmoq, topmoq, yemoq, urmoq, ko‟rmoq, kelmoq, keltirmoq kabi birlik keladi:
abgor qilmoq, ado bo‟lmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, javob olmoq, xalal bermoq, xabar
olmoq, qiron solmoq, tartibga keltirmoq, oh urmoq, tush ko‟rmoq, qo‟nim topmoq kabi.
O‟zbek tilida fe‟l+fe‟l tipidagi fe‟l barmoq bilan sanarli: sotib olmoq, olib bormoq, olib
kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq kabi.
Juft fe‟l grammatik shakliga ko‟ra ikki ko‟rinishda bo‟ladi:
Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o‟rgilmoq, yelib-yugurmoq,
yayrab-yashnamoq, o‟ynab-kulmoq, qo‟llab-quvvatlamoq.
Har ikki qismi bir xil shaklda: aylanib-o‟rgilib, o‟ylamay-netmay, aralashib-quralashib, achib-
bijib, tejab-tergab, qisinib-qimtinib, yuvib-tarab, yayrab-yashnab.
O‟zbek tilshunosligida fe‟l ibora bilan qo‟shma fe‟l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan.
Juft fe‟l tarkibiy qismining qo‟llanishiga ko‟ra quyidagi shaklda bo‟ladi:
Kompozitsiya usuli bilan qo‟shma va juft ot hosil qilinadi: toshko‟mir, tuyaqush, karnaygul,
oybolta, ko‟kkarg‟a, qoraqurt, mingoyoq, qo‟ziqorin, ota-ona, qozon-tovoq, qizilishton.
Qo‟shma ot:
Ot+ot: ajdargul, ayiqtovon, atirgul, kinolenta, xontaxta, xo‟rozqand, toshbo‟ron, sochpopuk,
shakarqamish, qo‟ypechak, qo‟larra, temir yo‟l, piyozdog‟, O‟rta Chirchiq.
Sifat+ot: kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‟rko‟l, ko‟ksulton, ko‟rsichqon, sassiqpopishak,
qoradori.
Ot+fe‟l: echkiemar, ko‟zboylog‟ich, kallakesar, husnbuzar, beshiktervatar, socho‟sar,
dunyoqarash.
Son+ot: beshbarmoq, beshqarsak, YEttisuv, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog‟ayni.
Son+fe‟l: beshotar, birqoqar.
Ot+sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko‟k.
Fe‟l+fe‟l: iskabtopar, ishlab chiqarish.
Fe‟l+ot: savacho‟p.
Juft ot. Juft ot [ot+ot], [sifat+ot] kabi qolip, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so‟zning otga
ko‟chishidan vujudga keladi. Juft ot tarkibiga ko‟ra quyidagi ko‟rinishga ega.
Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft ot:
Qismi o‟zaro sinonim: azob-uqubat, aysh-ishrat, dori-darmon, baxt-saodat, zeb-ziynat, izzat-
ikrom, izzat-hurmat, kayf-safo, makr-hiyla, nasl-nasab, pand-o‟git.
Qismi o‟zaro antonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-chuchuk, bordi-keldi, bosh-oyoq, er-
xotin, o‟g‟il-qiz, savol-javob, salom-alik, qulf-kalit.
Qismining ma‟nosi yaqin: ariq-zovur, baxt-taxt, baqir-chaqir, boj-xiroj, bosh-ko‟z, dev-pari,
sovg‟a-salom, o‟q-dori, qovoq-tumshuq, hisob-kitob, hol-jon, qo‟y-qo‟zi.
Qismidan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft ot: aldam-quldam, bozor-o‟char, bola-baqra,
qo‟ni-qo‟shni, latta-putta, yig‟i-sig‟i,maza-matra, mehmon-izlom, irim-sirim.
Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft ot: adi-badi, ashqol-dashqol, zer-zabar,
shikast-rext, ikir-chikir, lash-lush, qalang‟i-qasang‟i, mirqinboy-shirqinboy, ya‟juj-ma‟juj.
Kompozitsiya usuli bilan qo‟shma va juft sifat hosil bo‟ladi.
Qo‟shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo‟ladi:
1. Ot+ot: devsifat, devqomat, dilorom, dilozor, kafangado, otashnafas, sohibjamol.
2. Sifat+ot: xomkalla, sho‟rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho‟rtumshuq, balandparvoz.
3. Ot+sifat: yoqavayron, jig‟ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobezor, otabezori.
4. Ravish+ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj.
5. Ravish+fe‟l: tezpishar, ertapishar, cho‟rtkesar.
6. Fe‟l+ fe‟l : yebto‟ymas.
7. Olmosh+ot: o‟zboshimcha.
8. Ot+fe‟l: tilyog‟lama, gadoytopmas, tinchliksevar.
9. Olmosh+sifat: o‟zbilarmon.
10. Son+ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq.
Juft sifat ikki sifatning juftlashishidan tashkil topadi: oq-qora, yaxshi-yomon, katta-kichik.
Takroriy sifatda bir o‟zak takrorlanadi: katta-katta, baland-baland, og‟ir-og‟ir.
Qo‟shma sifat birdan ortiq mustaqil so‟zning qo‟shilishidan hosil bo‟ladi: havo rang,
ishyoqmas, ertapishar, yoqavayron, o‟zbilarmon.
Juft va qo‟shma sifat yasama bo‟lib, takroriy sifatda shakl yasalishi mavjud. Biroq takroriy
sifat taraqqiyot natijasida yangi ma‟no kasb etishi ham mumkin: yo‟l-yo‟l. Bunda yangi so‟z
yasalishi emas, balki so‟zshaklning leksemalashuvi hodisasi mavjud.
Juft ravish ikki so‟zning juftlashishidan tashkil topadi: yana-tag‟in, eson-omon; ochin-to‟qin,
oldinma-keyin, qishin-yozin; uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda; ora-sira, ora-chora, ro‟y-rost, sal-pal,
chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda; azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, o‟lda-jo‟lda.
Takroriy ravishda bir o‟zak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, to‟g‟ridan-to‟g‟ri, es-es,
o‟qtin-o‟qtin, ahyon-ahyonda.
Qo‟shma ravish birdan ortiq mustaqil so‟zning qo‟shilishidan hosil bo‟ladi: bir yo‟la, bir
muncha, bir talay; bajonudil, baholiqudrat, baqadrihol; har yili, har yoq, har dam; shu zahoti, shu
asnoda.
Juft taqlid: g‟arch-g‟urch, taq-tuq, vag‟ir-vug‟ur, g‟ing-ping, alang-jalang, apir-shapir.
Takroriy taqlid: guv-guv, duv-duv, shartta-shartta, cho‟lp-cho‟lp, shaqa-shaq, guppa-guppa.
Eslatma. Taqlid etmoq, demoq, qilmoq fe‟li bilan kelganda qo‟shma fe‟l vujudga keladi: guv-
guv etmoq, duv-duv qilmoq,cho‟lp-cho‟lp qilmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |