IQTISODIY DRAYVER — bu iqtisodiy oʻsish ustuni, iqtisodiy rivojlanish negizi, iqtisodiy oʻsishning yetakchiligi, iqtisodiy rivojlanishning ahamiyatliligi, iqtisodiy oʻsish barqarorligi, iqtisodiy oʻsish ustuni va hokazolar tushuniladi.
Masalan, iqtisodiyotning muhim “drayver”laridan biri bu — makroiqtisodiyot sohasi hisoblanadi.
INKLYUZIV OʻSISH — nochor guruhlardagi tengsizlikni kamaytirishni oʻz ichiga oluvchi oʻsish imkoniyatini diskriminatsiyasiz taʼminlaydigan diskriminatsiyasiz oʻsish tushuniladi. Inklyuziv oʻsish foydada ishtirok etish va undan teng foydalanishni nazarda tutadi.
MOTIVATSIYA — harakatni uygʻotmoq; ruhiy-fiziologik rejaning dinamik jarayoni, inson harakatini boshqarish, maqsad sari yetaklovchi vosita, tashkillashtirish, faollik va bardoshlilik kabi maʻnolarni anglatadi. Motivatsiya har bir sohada kerak: xoh u taʻlim, xoh u iqtisodiy boʻlsin, rivojlanishga turtki beradigan omil.
TOVAR — bu “mahsulot”ning oʻzbekchasi – tovarda, deyishingiz mumkin. Yoki tovarning oʻzbekchasi mahsulot deb atashimiz ham xato emas. Bu soʻz goʻyo rus yoki boshqa Yevropa tilidan kirib kelganday tuyuladi. Aslida bunday emas. Tovar azaldan oʻzbekcha soʻz.
Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asarida “tavar” soʻziga “jonli, jonsiz mol, mato” deb taʻrif berilgan:
Oʻl aning birla tavar yarishdi – U sherigi bilan tovarni teng boʻlishdi.
TOVAR rus tiliga turkiy tillardan oʻtgan. U bolgar, sloven, chex, polyak kabi tillarda ham ishlatiladi.
KOFE-BREK — bu soʻz koʻproq ziyoli yoshlar qatlam orasida urfga aylanib ketdi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Konferensiyalar va tadbirlarning tanaffus chogʻida bir piyola choyga taklif qilinadi. Yaʻni, “kofe-brek” tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, bu kabi misollar juda koʻp. Ammo ular haqida tasavvurga ega boʻlish va mazmun-mohiyatiga yetish, har bir soʻzning oʻrnini bilib foydalanishimiz qay darajada iqtisodchi va savodxon ekanligimizni belgilaydi. Zero, mamlakat taraqqiy etgan sayin iqtisodiyotda ham yangidan yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi. Iqtisodiyotni chuqurroq oʻrganishimizga imkoniyat yaratildi. Umuman olganda, iqtisodiyotga tegishli soʻz va terminlar aniq va mantiqan asoslangan boʻlmogʻi lozim. Sababi, muloqot madaniyatimizda yangi soʻz, iboralarni oʻrinli-oʻrinsiz tarzda isteʻmolga kirishi, gap tarkibida sunʻiy ifodalarning paydo boʻlishi, chet tillar taʻsiri va kommunikatsiya oqibati oʻlaroq, tilimizni buzilishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak.
Til – millat koʻzgusi. Bu haqda Erkin Vohidov shunday degan edi: “Ona tili umummillat mulki. Demak, til oldidagi masʻuliyat umummilliy. Men oʻzbekman, degan har bir inson oʻzbek tili uchun qaygʻurmoq kerak”.
Oygul Kajanova,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi xodimi
20.09.2021357
Do'stlaringiz bilan baham: |