Ўзбек тили давлат тили (эмас)



Download 2,63 Mb.
bet22/28
Sana23.07.2022
Hajmi2,63 Mb.
#845120
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Ўзбек тили давлат тили

Ahmad A’zam
Ushbu maqola adibning “Til nomusi” kitobidan olindi. Toshkent. “Akademnashr” nashriyoti, 2013-yil



daryo.uz

31.10.2021404


Oʻzbek tilining global lisoniy manzaralari



Har yilning oktabr oyida O‘zbekistonda davlat tilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan tadbirlar o‘tkaziladi, aksiyalar, konferensiyalar uyushtiriladi, muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Bu ishlarga odatda davlat tashkilotlari bosh-qosh bo‘ladi. Ziyolilar, jurnalist-blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari esa til muammolari haqida yoza boshlaydi: ko‘chalardagi peshlavhalar davlat tilida emasligi, savodsizlik avj olayotgani, davlat tashkilotlarida rus tili ustunlik qilayotgani qizg‘in bahslarni keltirib chiqaradi.
Skeptiklardan farqli ravishda, bu «tadbirbozlik», bu muhokamalar mutlaqo befoyda deb hisoblamayman. Har qanday sa’y-harakat izsiz ketmaydi, albatta.
Ammo men hozir boshqa masalaga to‘xtalmoqchiman. Bu o‘zbek tili muammolarini o‘rganish va muhokama qilish yuksakroq, akademik bosqichga ko‘tarilmayotganidir.
Ilm-fanning ahamiyati shundaki, u bizga har qanday masalada aniq, xolis tasavvur hosil qilishga ko‘mak beradi. Yuqorida ta’riflangan muhokamalar ishtirokchilari odatda o‘z tajribalaridan, taassurotlaridan kelib chiqqan holda u yoki bu jihatga urg‘u beradi: kimgadir o‘zbek tili salkam yo‘qolib ketayotganday tuyuladi, kimgadir esa o‘zbek tilini rivojlantirish millatchilikni avj oldirish bo‘lib tuyuladi. Tajribalar, taassurotlar har xil, xulosalar ham shunga yarasha tavsiflanadi.
Ilmiy yondashuv esa oltin o‘rtaliqni topishga yordam beradi: til o‘lib boryaptimi, rivojlanib boryaptimi, aniq ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Qo‘limizda raqamlar, faktlar bo‘lsa, ehtirosimizni biroz jilovlab, «mana bu masalada adashgan ekanman, aslida ahvol fojiali emas ekan», yoki aksincha, «mana bu muammo o‘ylaganimdan jiddiyroq ekan», deb ayta olamiz.
Xullas, O‘zbekistonda oxirgi yillarda tez-tez ko‘tarilib turgan til muhokamalariga biroz ilmiy tahlil, tanqidiy mushohada qo‘shilsa, bahslar jurnalist va ziyolilar orasidagina bo‘lib o‘tmay, tadqiqotchilar diqqatini ham tortsa, ulardan ko‘proq naf keladi, konstruktiv xulosalar chiqariladi va akademik trendlarda aks etadi.
Quyida o‘zbek tiliga daxldor bir-ikkita masalani olib, ularga ilmiy yondashish qanday xulosa va manfaatlar keltirishi mumkinligi haqida mulohazalarimni keltiraman.
O‘zbek tili xavf ostidami?
Muhokamalar asnosida ba’zi jonkuyarlardan «o‘zbek tili xavf ostida»«til halokati – millat halokati» singari vahimali gaplarni eshitib qolamiz. Bu ta’kidlar haqiqatga qay darajada yaqin?
2021-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 35 million 79 ming nafar kishidan oshdi. Rasmiy statistikaga binoan, bu nufusning 82,9 foizi yoki 29 million 80 ming nafari o‘zbeklardir. Norasmiy baholashlarni inobatga olsak hamo‘zbeklar adadi 22-24 milliondan pastga tushmaydi.
Qo‘shni davlatlarda va boshqa mamlakatlarda yashovchi o‘zbeklar soni 7-8 million orasida baholanadi. Ya’ni, jahonda 29-37 million nafar o‘zbek bor. Bu – juda katta raqam!
Afsuski, ilmiy tadqiqotlar, statistik izlanishlar yo‘qligi tufayli o‘zbek tilini qancha odam ona tili deb hisoblashini bilmaymiz. Zamonaviy ijtimoiy antropologiyada til va millat bir-biriga bog‘liq tushunchalar emas, shu bois o‘zbekning ona tili ruscha yoki tojikcha bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa etnos vakillarining ona tili o‘zbekcha bo‘lishi mumkin. Bizda hali bu borada izlanishlar, statistik ma’lumotlar yo‘q, lekin umumiy tendensiyalar ma’lum: o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni o‘zbeklar soniga yaqin, rus tilli aholining ko‘chib ketishi, ba’zi milliy ozchiliklar assimilyatsiyasi tufayli o‘zbek tilining iste’mol doirasi yil sayin kengayib bormoqda.
Qolaversa, o‘zbekchani ikkinchi til o‘laroq ishlatuvchi aholi – O‘zbekiston fuqarolarining ko‘pchiligi, chet davlatlardagi ba’zi o‘zbekchani biluvchi odamlar hisobidan bu tilda so‘zlashuvchilar soni 40-43 million kishini tashkil etadi. Tan olaylik, bu qadar ko‘p tashuvchiga ega tilni xavf ostida deb hisoblash adolatsizlikdan boshqa narsa emas. O‘zbek tiliga hech narsa xavf solmayapti, hozircha tilning yo‘qolib ketishi haqida o‘ylamasak ham bo‘ladi.
So‘zlashuv darajasida o‘zbek tilida qiyinchilik yo‘q ekan, muammo nimada?
Ta’limda desak, o‘zbek tilida maktablar, universitetlar, o‘quv markazlari ishlayapti, darsliklar chop etilyapti; mediada desak, o‘zbek tilli saytlar, kanallar, videokontent, gazeta-jurnal, telekanallar juda ko‘p. Ko‘rib turganingizdek, tilning muammolarini aniqlash ham u qadar oson ish emas: «mana bu muammo» deb aniq aytib berish qiyin, shaxsiy tajribamizdan kelib chiqqan xulosalar esa yanglish bo‘lishi mumkin.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish