2-jadval.
Patogen mikroblar va viruslarning suvda yashash muddati
Mikroblar turi
|
Yashash muddati
|
|
sterillangan suvda
|
vodoprovod suvida
|
anxor suvida
|
Tif salmonellalari
|
6—365 kun
|
2—420 kun
|
4-189 kun
|
SHigellalar
|
2—72 kun
|
5—27 kun
|
12—92 kun
|
Vabo vibrionlari
|
3—392 kun
|
4--28 kun
|
1—92 kun
|
Tulyaremiya qo’zg’atuvchisi
|
3—15 kun
|
92 kungacha
|
7—31 kun
|
Brunellalar
|
6—168 kun
|
5—85 kun
|
10 kungacha
|
Leptospiralar
|
6 kungacha
|
5 kungacha
|
150 kungacha
|
Sil mikobakteriyalari
|
|
|
365 kungacha
|
Bernet rikketsiyalari
|
160 kundan ortik
|
30 kundan ortik
|
|
Polioviruslar
|
100 kungacha
|
118 kundan ortik
|
180 kundan orgik
|
Entsefalit viruslari
|
3—350 kun
|
|
|
Demak, ochiq suv havzalari yuqumli ichak kasalliklarini tarqatishda havfli vosita bo’lishi mumkin. SHuning uchun suvni biologik usul bilan tozalashga alohida ahamiyat beriladi.
Suvni tozalash. Tozalash uchun suv avval maxsus tindirgichlarda tindiriladi, bunda mikroorganizmlarning 75% cho’kadi. CHo’kish protsessi tez borishi uchun suvga koagulyant (oxak) qo’shiladi, so’ngra mayda shag’al va qum orkali filьtrlanadi. SHundan keyin esa xlorlanadi. Suvning tarkibidagi ichak tayoqchasi titr orqali aniqlanadi. Agar 300-500 ml suvda bir dona ichak tayoqchasi topilsa, suv toza hisoblanadi, shundan keyin bu suv vodoprovod orqali aholiga yuboriladi.
Ichak tayoqchasi (E.coli) uchraydigan suvning eng kam mikdori (ml da) coli-titr deyiladi.
Koli - indeks deb ataladigan suvning yana bir tozalik ko’rsatkichi bo’lib, 1l suvda uchraydigan koli tayoqchalarining mikdoriga aytiladi.
Tuproq mikroflorasi. Tuprokda juda ko’p mikroorganizmlar uchraydi, ya’ni bir 1g tuproqda millionlab yoki milliardlab bakteriya bo’ladi. Havo va suvga nisbatan tuprokda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Tuproq asosiy manba bo’lib, undan mikroblar havo va suvga o’tib turadi. Tuproqda turli-tuman bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog’orlar, achitqilar, suvo’tlar va sodda hayvonlar uchraydi.
Ba’zi olimlarning hisoblashlariga ko’ra 1ga haydaladigan yerning 25sm chuqurlikkacha bo’lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriya uchraydi. Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog’lik bo’ladi. Tuproqqa tushgan o’simlik va hayvonlar qoldigi hisobiga mikroorganizmlar juda ko’payib ketadi. Tuprokdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turiga, fizik-kimyoviy xossalariga va iqlim sharoitiga ko’ra har xil bo’ladi (3-jadval).
3- j ad v a l
Tuproq turlariga qarab mikroorganizmlar mikdorini o’zgarishi
-
Tuproq turi
|
1 g tuproq tarkibidagi bakteriyalar soni
|
|
|
Torfli-botqoq tuproqlar
|
707000000
|
Suv bosgan o’tloqlar tuprog’i
|
549000000
|
Loyli podzol tuproqlar
|
852000000
|
O’rmon-podzol tuproqlar
|
2 246000000
|
Ekin ekib kelinadigan bo’z tuproqlar
|
1622000000
|
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar
|
1830000000
|
Qora tuproqlar
|
1930000000
|
Janubiy qora tuproqlar
|
3500000000
|
Tomorqa tuproqlari
|
5286000000
|
Tuproqning yuza qismida mikroblar ko’p bo’ladi, pastga tushgan sayin ularning soni kamayib boradi (4-jadval).
4-jadval
Tuproqning genetik zonalari bo’yicha bakteriyalar soni
(1 g tuproqda million dona hisobida, S.Razumov va N.Remizov ma’lumoti)
Mikroorganizmlar ko’proq 10-15 sm qatlamda kun bo’ladi, chunki bu yerga quyosh nurlari tik tushmaydi, oziq va namlik yetarli bo’ladi. CHuqur qatlamlarda bular kam bo’ladi, chunki tuproq tabiiy fil’tr vazifasini bajaradi va bakteriyalarni yer osti suvlariga kam o’tkazadi.
Tuproqda turli-tuman fiziologik gruppalarga mansub bo’lgan aeroblar, anaeroblar, saprofitlar, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, tsellyulozani parchalovchilar, oltingugurg bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan vakillari keng tarqalgan. Yil fasllariga qarab tuprokdagi mikroorganizmlar soni ham o’zgarib turadi.
Ayniqsa, o’simliklarning ildiz sistemasi atrofida bakteriyalar ko’p to’planadi, ularning ko’pchiligi aerob, tayoqchasimon (Pseudomonas) spora hosil qilmaydigan vakillardir, Pseudomans avlodiga mansub bakteriyalar uglevodlar, organik kislotalarni o’zlashtiradi va o’zi ham bir qator vitaminlar sintezlash xususiyatiga ega. Bu vitaminlarni o’simliklar o’zlashtiradi.
G.M.SHavlovskiy o’z ishlarida Pseudomonas lar quyidagi vitaminlarni sintezlashini ko’rsatdi (5-jadval).
5-jadval
E
N.Mishustin fikriga ko’ra, tuproqdagi organik moddalar parchalanganda bakteriyalarning biotsenozlari almashinib turadi. Avvalgicha, tuprokda tez va oson parchalanadigan moddalar bo’lganda, asosan spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon bakteriyalar keng tarqaladi, keyinchalik ularning o’rnini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar egallaydi.
Tuprokdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun 1924 yili S.N.Vinogradskiy yangi metod ishlab chiqdi. Uning moxiyati quyidagidan iborat.
Ma’lum hajmdagi yoki mikdordagi tuprok suspenziyasidan olib surtma (mazok) tayyorlanadi, so’ngra u karbol kislotada eritilgan eritrozin bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’rib mikroorganizmlar soni hisoblanadi.
F.N.Germanov bakterioskopik metodni yanada mukammallashtirdi. U tuproq zarrachalariga osh tuzi bilan ta’sir etadi. Natijada tuproq kompleksidan kalьtsiy va tuproq zarrachasi ichidagi va ustidagi bakteriyalar bo’shaydi. Bu metod bilan hisoblaganda 1g tuproqdagi bakteriyalar soni 10 milliardga yetgan. Tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, yerda bakteriyalar soning ortishini tubandagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin (6-jadval).
Tuproq hosil bo’lish protsessida tirik organizmlarning: bakteriyalar, zamburug’lar, infuzoriyalar, suvo’tlar, o’simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |