Nitrozomonas
506,1
17,2
33,3
|
928,3
26,4
35,2
|
Nitrobakter
|
46
3,55
131
|
385
2,63
146
|
Albatta, fotosintezga nisbatan xemosintez protsessida oz miqdorda organik modda sintezlanadi, lekin xemosintez protsessining o’ziga xos xususiyati bor, chunki shu yo’l bilan ham organik moddalar sintezlanishining o’zi muhim ahamiyatga ega va boshqa organizmlarning yashashi uchun zamin tayyorlaydi.
Turli tuproqlarda boradigan nitrifikatsiya protsessi. Tuproqda boradigan nitrifikatsiya protsessi laboratoriya sharoitida olib boriladigan nitrifikapiyadan boshkacha bo’ladi. Laboratoriya sharoitida organik moddalarning ko’payishi, ya’ni ortishi bakteriyalarga salbiy ta’sir etsa, tuproqda bunday bo’lmaydi, chunki tuproqda organik moddalarning eruvchan formasi kam uchraydi. Ikkinchidan, tuproqda nitrifikatorlar bilan birga boshqa bakteriyalar ham uchraydiki, bu bakteriyalar organik moddalarni o’zlashtiradi va nitrifikatorlar uchun mikrozonalar vujudga keltiradi.
Nitrifikatorlar muhitnint kislotali reaktsiyasiga sezgir va rN 6,0 dan past bo’lsa, protsess to’xtaydi. 6,2 dan to 9,2 gacha bo’lsa, bakteriyalar yaxshi rivojlanadi. Nitrifikatsiya protsessi natijasida 1ga yerda 1 yilda 300kg nitrat kislota to’planadi. Butun yer yuziga hisoblaganda bu nihoyatda katta son. SHuning uchun agronomiyada bu protsessga katta ahamiyat beriladi. Nitrifikatsiya protsessi ammonifikatsiya protsessi bilan chambarchas boglikdir, ammonifikatsiya kancha tez borsa, nitrifikatsiya ham shuncha intensivlashadi.
Nitrifikatorlar botqoq tuproqlardan tashqari, hamma tuproqlarda uchraydi. Agar botqoq tuproqlar quritilsa va ularga oxak solinsa, u yerlarda ham nitrifikatorlar rivojlana boshlaydi. Podzol tuproqlarda nitrifikatsiya protsessi asosan tuproqning haydalma qatlamida boradi. Qora tuproqlarning haydalma qatlamida ham bu protsess intensiv boradi, 50sm chuqurlikda ham uchraydi.
O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida nitrifikatsiya protsessi juda ham tez boradi va tuproqda ko’p mikdorda nitratlar to’planadi. Lekin sho’r tuproqlarda bu protsess kuchsiz boradi va nitrit kislota to’planishi bilan tugaydi, chunki sho’r tuproqlarda nitrobakter uchramaydi. V.L.Isachenko bu bakteriyalarni sho’r suvlarda ham uchratmagan. Endigina o’zlashtirilayotgan sho’r tuproqlarda nitrifikatsiya protsessi asosan haydalma qatlamda boshlanadi, ayniqsa, sulьfatli sho’rlanish bakteriyalarga salbiy ta’sir etadi. SHuningdek, nitrifikatorlar tuproqning namligiga ham sezgir, quruq tuproqda yoki namlik haddan tashqari ortib ketgan vaqtda ular yaxshi rivojlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |