Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-MAVZU: MIKROORGANIZMLARNING XALQ XO’JALIGI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI



Download 19,33 Mb.
bet42/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

2-MAVZU: MIKROORGANIZMLARNING XALQ XO’JALIGI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Reja:



  1. Mikroorganizmlardan kimyoviy moddalarni olinishi

  2. Tuproq unumdorligini oshirish

  3. Oltingugurt mikroorganizmlari

Barcha tirik organizmlar yig’indisi planetamizning biomassasini tashkil etadi. Biosfera - yer qobig’ining tiriklik bo’lgan ustki qavatidir. Biosferada o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va odamlarning geologik faoliyati namoyon bo’ladi.


Biosferaning yuqori chegarasi 10km bo’lsa, u bugun quruqlikni, pastliklarni o’z ichiga oladi, okeanlardagi chegarasi 4-10 km chuqurlikkacha tushadi. Biosfera biomassasini ko’paytirishda o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning ahamiyati katta. V.I.Vernadskiy fikricha, tog’ jinslarining o’zgarishida mikroorganizmlar kuchli agentlardan biri bo’ladi, chunki juda tez ko’payishi, ko’p miqdordagi moddalarni o’zgartirib, hayoti uchun zarur bo’lgan energiyadan foydalanishi bilan xarakterli. Masalan, temir bakteriyalari 1g tanasini qurish uchun 464 g FeCO3 ni, ammonifikatorlar 20g NH3, nitrifikatorlar 72g HN02 ni oksidlashi kerak bo’ladi. Turushlar bir necha yuz tonnalab mahsulotlarni o’zgartirib, spirtga aylantiradi.
CHo’kindi moddalar hosil bo’lishi organik olamning hosil bo’lish protsessi bilan chambarchas bog’liqdir. Yerda hayot paylo bo’lmasdan oldin barcha moddalar erigan holda ma’lum bir kontsentratsiyaga yetguncha dengiz suvlaridan to’planib borgan. Keyinchalik tirik organizmlar o’z tanasini qurish uchun suvdagi Sa, R, S, S, Si va boshka elementlardan foydalangan. Bular nobud bo’lganidan so’ng oxaktosh, fosforit, oltingugurt, toshko’mir, neftь va gaz qatlamlarini hosil qilgan. Bir guruh mikroorganizmlar bir tomondan tog’ jinslarini hosil qilsa, ikkinchi tomondan ularni parchalab turgan. Masalan, granit mexanik nurash (ya’ni temperaturaning keskin o’zgarishi) yo’li bilan kichikroq bo’laklarga ajraladi. Kimyoviy faktorlar - SO2 va N2O bu bo’laklarni yanada yemiradi va kaliy hamda natriyning suvda eriydigan karbonat tuzlarini hosil qiladi. Erimaydigan kaolinni (tuproqni) suv boshqa joylarga oqizib ketadi. Granit ustiga oz mikdorda bo’lsa ham tushib qolgan organik modda shu yerda saprofit bakteriyalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O’z navbatida saprofit bakteriyalar organik moddalarni parchalab, SO2 ajratadi. Bu SO2 tog’ jinslarini yanada yemiradi. Bulardai tashqari, tog’ jinslari ustida mikroorganizmlar ham paydo bo’lib, ular NH3 hosil qiladi, bular uchun kerakli bo’lgan SO ni saprofit bakteriyalar hosil qiladi. So’ngra ba’zi bir yashil suvo’tlar paydo bo’ladi, ba’zilari atmosfera azotini o’zlashtira olsa, ikkinchilari azotfiksator bakteriyalar bilan birga yashab, lishayniklarni vujudga keltiradi, bulardan keyin moxlar va asta-sekin yuksak o’simliklar paydo bo’la boshlaydi.
SHunday qilib, tog’ jinslari yemiriladi va tuproqning chirindili qatlami vujudga keladi, chunki saprofit mikroorganizmlar o’simliklar qoldig’ini parchalab, gumus hosil qiladi.
Tauson ko’rsatganidek, mikroorganizmlarning ba’zi gruppalari neftь, fenollar, parafin, naftalin va boshqa mahsulotlarni o’zlashtira olishi bilan saprofitlardan farq qiladi. Uning aniqlashicha, mikroorganizmlar faoliyati natijasida SO2 hosil bo’lar ekan. U dengiz sathidan 3-4 km yuqorida Pomir va Kavkaz tog’laridagi toshlar ustida qora dog’larni ko’radi. Bu qora dog’larni tekshirganda ko’k-yashil suvo’tlar bilan bakteriyalar qoldig’i ekanligini aniqlaydi. U ko’k-yashil suvo’tlar orasidan azotobakter hujayralarini topadi. Demak. ko’k-yashil suvo’tlar atmosferadan SO2 ni o’zlashtirgan va o’z tanasini ko’rgan hamda azotobakterga ozuqa yetkazib bergan. O’z navbatida azotobakter atmosferadagi azotni o’zlashtirib, suvo’tlarni azot bilan ta’minlagan, bu o’ziga xos simbiozdir.
Keyinchalik esa ko’k-yashil suvo’tlar va bakteriyalar nobud bo’lib, organik modda hosil qilgan. Saprofitlar esa organik moddalarni parchalab, S02 ajratgan. SO, boshqa faktorlar bilan birgalikda tog’ jinslarini yemirgan. Ayniqsa, oxaktoshli jinslarning tez yemirilishida saprofit bakteriyalarning roli nihoyatda katta bo’lgan. Bu bakteriyalar S02 dan tashqari, oksalat, sirka, sut, limon va boshqa organik kislotalar hosil qiladi, bu kislotalar o’z navbatida SaSOz ni tez yemiradi.
Tog’ jinslarining yemirilishida saprofitlardan tashqari, avtotroflardan: nitrifikatorlar, oltingugurt bakteriyalari va boshqalar ham qatnashadi. Avtotroflar saprofitlarga qaraganda oxaktoshlarni 8 marta tez yemiradi. Oltingugurt bakteriyalari hosil qilgan H2S04 ham tog’ jinslarini yemiradi. Sulьfid rudalaridan: pirit (FeS2), alkopirit (CuFeS2), molibdenit (MoS2) va boshqalar hosil bo’lishida Thilobacillus ferroxydans, Th.thiooxydans ishtirok etadi. Barcha ohaktoshlarning 90% mikroorganizmlar tomonidan hosil bo’lgan. Bunda bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’larning ahamiyati katta.
Mikroorganizmlar ohaktoshlar hosil qilishi uchun muhitda ularning tuzlari bo’lishi kerak, dengiz suvida esa kalьtsiy tuzlari doim yetarli bo’ladi. O’z navbatida saprofitlar ohaktoshlarni parchalab turadi. Demak, mikroorganizmlar ohaktoshlarni ham hosil qilishi, ham parchalashi mumkin ekan. Bunday nitrifikatorlar selitra konlarini ham hosil qilishi mumkin.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish