Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II SEMESTR 1-MAVZU: BIOSFERA VA MIKROORGANIZMLAR EKOLOGIYaSI



Download 19,33 Mb.
bet38/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

II SEMESTR


1-MAVZU: BIOSFERA VA MIKROORGANIZMLAR EKOLOGIYaSI

Reja:



  1. Suv mikroflorasi

  2. Tuproq mikroflorasi

  3. Havo mikroflorasi

Boshqa tirik organizmlarga qaraganda bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan, chunki ular nixoyatda mayda bo’lganligi, tashqi muhit faktorlariga tez moslasha olganligi; turli-tuman oziq moddalarni iste’mol eta olganligi uchun boshqa organizmlar yashay olmaydigan joylarda ham uchraydi. Bakteriyalar tuproqda, suvda, havoda Va boshqa organizmlar tanasida uchraydi.


Suv mikroflorasi. Suvda juda ko’p mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy muhit xisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuprokdan o’tadi. Agar suvda oziq moddalar yetarli bo’lsa, mikroorganizmlar soni juda ko’payib ketadi. Ayniksa, chiqindi oqava suvda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza xisoblanadi, ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va xovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10 sm gacha bo’lgan chuqur qismida, qirg’oqqa yaqin joylarda mikroblar soni ko’p bo’ladi. Qirg’okdan uzoqlashgan sari va chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1ml toza suvda 100-200 dona mikrob uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va undan ko’p bo’ladi. Ayniqsa, aholi yashaydigan joylardan joylardan oqib o’tgan suvda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Masalan, A.S.Razumov ma’lumotiga ko’ra, Ural daryosining suvida aholi yashaydigan punktdan yuqorida 1 ml da 19700 bakteriya bo’lsa, aholi yashaydigan punktdan pastda 400000 dona bakteriya topilgan.
Suvning eng yuqori qatlamida bakteriyalar kamroq, O’rta qatlamida ko’proq va pastki qatlamida yanada kamroq bo’ladi. Masalan, qirg’oqdan 300m narida 1 ml suvda 38 dona bakteriya, 5m chukurlikda 79 dona bakteriya, 20m chuqurlikda esa 7 dona bakteriya topilgan. Yomg’irdan keyin bakteriyalar soni ko’payadi, yomg’irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya topilgan bo’lsa, yomg’irdan keyin ularnint soni 1223 taga yetgan.
Ariq suviga nisbatan ariqning cho’kindi moddalarida mikroblar soni ko’p bo’ladi, ayniqsa oltingugurt va temir bakteriyalari ko’p uchraydi. Bulardan tashqari, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi. Suvda (97%) spora hosil qilmaydiganlar, cho’kindilarda esa (75%) spora hosil qiluvchilar uchraydi.
Suvda doim uchraydigan vakillaridan: Bact. fluorescens, Bact. aquatilis, Micrococcus candicans va boshqalar, hovuz suvlarida esa vibrionlar, spirillalar, temir va oltingugurt bakteriyalari uchraydi. Oqova suv tarkibida milliardlab bakteriyalar uchraydi va ular orasida yuqumli ichak kasalliklarini qo’zgatuvchi vakillar ham bo’ladi.
Suvning eng iflos qismi polisaprob zona deyiladi, bu zonadagi suvning 1ml da 1000000ga yaqin bakteriya bo’ladi. O’rtacha ifloslangan zona mezasaprob zona bo’lib, bu zonadagi suvning 1 ml da 100000 bakteriya bo’ladi. Ancha toza qismi oligosaprob zona deyiladi. Bu zonadagi suvning 1 ml da 1000ga yaqin bakteriya uchraydi. Polisaprob zonada o’simlik va hayvon qoldiqlari anaerob yo’l bilan parchalanadi, natijada metan, vodorod sulьfid, merkaptan, ammiak, organik kislotalar va aminokislotalar hosil bo’ladi. Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi:
H2S-+H2SO4 gacha, NH3 —>HN03 gacha oksidlanadi.
Oligosaprob zonada ko’proq ikki valentli temir tuzlari uch valentli tuzlarga aylanadi. Ayniqsa, ariq va hovuz suvlarida juda ko’p patogen mikroblar uchraydi, ular orasida brutsellyoz, qorin tifi, dizenteriya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar bo’lishi mumkin.
Bitta odam 10 minut cho’milganda tanasidan suvga 3 milliiard saprofit bakteriya, 100 mingdan 20 milliongacha ichak tayoqchasi tushadi. Bakteriyalarning ko’l suvida tarqalishi yil fasllariga qarab o’zgaradi. May va iyunь oylarida bakteriyalar soni ko’proq bo’ladi. Dengiz va okean suvlarida mikroblar soni ariq suvlaridagidan kam, qirg’oqqa yaqin joylarda esa ko’proq bo’ladi.
A.E.Kriss va B.L.Isachenko dengiz va okean suvlarida denitrifikatorlar borligini aniqlaganlar. Krise va uning shogirdlari okean suvlarida spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan vakillar, aktinomitsetlar ham uchrashi mumkinligini ko’rsatadilar.
Tinch okeandagi bakteriyalar soni va biomassa mikdori tekshirilganda quyidagi natijalar olingan. 50 m chuqurlikkacha bo’lgan qismida 1sm3 suvda 100 minglab bakteriya topilgan, biomassaning mikdori 1sm3 suvga nisbatan olinganda atigi bir necha o’n milligrammni tashkil etgan. 50m dan 200m gacha chuqurlikda 1sm3 suvda 10000 bakteriya bo’lib, biomassa 10 mg/m3 ga, 750-3000m chuqurlikdagi suvning ] sm3 da bakteriyalar soni 100000 gacha, biomassa esa 0,1 mg/m3 ga teng bo’lgan. B.S.Butkevich dengiz suvida 3% ga yaqin NaCl bo’lganda ham bakteriyalar yaxshi o’sganligini aniqlagan.
Bakteriyalarning 60%ga yaqin shtammlari chuchuk suvlarda o’smaganligi aniqlangan. Bu bakteriyalarni Krise galofillar deb atagan. Galofillar Tinch okeanda 56,5% dan 88% gacha, Xind okeanida va Antarktida atrofidagi dengizlarda 53-91% gacha uchrashi aniqlangan.
Ma’lumki, oqova suvda uchraydigan bakteriyalarga dengiz suvi salbiy ta’sir etadi. Masalan, Karpenter va shogirdlari (1938) aniqlash bo’yicha, dengiz suvi 30 minut ichida oqova suvdagi bakteriyalarning 80% ni nobud qilgan. Rozenfelьd va TSobbelь (1947) dengiz suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9 ta forma topganlar, bu antibiotiklar boshqa formalarga salbiy ta’sir etgan.
Aholi zich joylashgan yerlardagi suvda mikroblar juda ko’p bo’ladi, shahardan suv 3-4km o’tgach, mikroblar soni yana kamayadi. Buning bir qancha sabablari bor: mexanik yo’l bilan mikroblar suv tagiga cho’kadi, suvda oziq moddalar kamayadi, bevosita tushgan quyosh nuri ularga salbiy ta’sir etadi, mikroorganizmlarning bir qismini sodda hayvonlar iste’mol etadi va boshqa faktorlar sabab bo’ladi.
Patogen mikroblardan brutsellyoz, tulyaremiya, paratif, dizenteriya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar oqava suvda uzoq muddat yashaydi. qorin tifi tayoqchasi 21 kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6-30 kungacha yashaydi (10-jadval).



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish