Rizosfera bakteriyalari. O’simliklar ildizi ta’siri ostidagi zona rizosfera deyiladi. Rizosfera mikroorganizmlari ildizlar yuzasida va o’simlik ildizlariga bevosiga taqalib turadigan tuprokda ko’plab rivojlanadi. N.A.Krasilьnikov ma’lumotiga ko’ra, makkajo’xori, kungaboqar, soya va boshka ekinlar rizosferasidagi mikroorganizmlar soni kontrolь yerlardagiga qaraganda 5-10 baravar ko’p bo’lar ekan.
6- j a d va l
O’zlashtirilgan va o’zlashtirilmagan yerlardagi bakteriyalar soni
(1g tuprokda million dona hisobida)
-
Tuproq turi
|
Gorizontlar
|
Kokklar
|
Tayoqchasi-monlar
|
Yirik
Kokklar (azotobakter)
|
Jami
bakteriyalar
soni
|
O’zlashtirilmagan
qora tuproq
|
A1
V1
V2
|
2050
730
790
|
410
50
20
|
260
960
1760
|
2709
1740
2570
|
O’zlashtirilgan
qora tuproq
|
A1
V1
V2
|
5540
390
550
|
240
60
0
|
590
2340
1130
|
6470
2890
1750
|
O’zlashtirilmagan
sho’r tuproq
|
A1
A2
V2
|
2620
640
580
|
280
700
40
|
290
966
480
|
3230
1670
1000
|
O’zlashtirilgan
sho’r tuproq
|
A1
A2
V2
|
4300
1800
600
|
400
160
12
|
600
1400
3200
|
5820
3400
3872
|
Rizosferada 3 ta zona farq qilinadi:
mikrofloraga nihoyatda boy bo’lgan ildizlar yuzasi;
ildizlarga taqalib turadigan tuproqning yupqa qatlami;
ildizlar yuzasidan 0,5-1mm narida bo’lgan haqiqiy rizosfera zonasi. Bu zonada mikroorganizmlar uchun oziq ko’p bo’ladi.
Rizosfera zonalarida mikroorganizmlar juda ko’p miqdorda bo’ladi, o’simliklarning rivojlanish fazalariga qarab, ularning soni ham o’zgarib turadi. Odatda, urug’lar unishidan to gullash davrigacha mikroorganizmlar soni ortib boradi, gullash davrida kamayadi. Zamburug’lar, aktinomitsetlar va tsellyulozani parchalovchi bakteriyalar soni esa gullash davrida ortadi. Rizosferada ko’pincha spora hosil qilmaydiganlardan: psevdomonaslar, mikobakteriyalar, radiobakteriyalar va boshqalar uchraydi.
Bakteriyalar o’simliklar uchun fiziologik aktiv moddalar hosil qiladi, qoldiq moddalarni parchalaydi va o’z navbatida yuksak o’simliklarga ta’sir etib turadi. O’simliklar ildizidan chiqqan moddalardan esa rizosfera bakteriyalari foydalanadi. Yuksak o’simliklarning barglari va novdalarida epifit mikroflora bakteriyalari uchraydi. Bular orasida eng ko’p uchraydigan vakil Bact.herbicola dir.
Nemis olimi Ye.Libbert (1966) epifit mikroflora bakteriyalari fiziologik aktiv modda - geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega degan fikrni aytadi. Lekin V.I.Kefeli (1969, 1971) karam o’simligi steril muhitda L-triptofandan geteroauksin sinzezlashini ko’rsatadi.
A.A.Tarasenko (1972) epifit mikroflora makkajo’xori maysalarining o’sishiga va moddalar almashinuvi protsessiga ijobiy ta’sir etganligiii kuzatgan. Ajratib olingan 12 tur bakteriyadan atigi 6 turi geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega ekanligi ma’lum bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |