Zar sochuvchi daryo


-BOB. KATTAQURG‘ON VOHASI JOYLASHGAN HUDUDNING



Download 6,13 Mb.
bet13/29
Sana17.07.2022
Hajmi6,13 Mb.
#811378
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Ирода МД

2-BOB. KATTAQURG‘ON VOHASI JOYLASHGAN HUDUDNING
TABIIY GEOGRAFIK TAVSIFI VA UNING
MORFOLOGIK STRUKTURASI
2.1. Tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari.


Geografik o‘rni chegaralari. Kattaqo‘rg‘on vohasi O‘rta Osiyoning markaziy yer po‘sti tektonik jarayonlari natijasida cho‘kkan qismida joylashgan. Kattaqo‘rg‘on vohasi Zarafshon vodiysining g‘arbiy o‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Zarafshon vodiysi deyarli kenglik bo‘yicha sharqdan g‘arbga 766 km cho‘zilgan bo‘lib, g‘arb tomoni ochiq va nishabdir. Lekin, biz O‘rta Zarafshon hududi deganda, faqat O‘zbekiston hududidagi Samarqand botig‘i deb ataluvchi qisminigina tushunamiz. Bu qismda hudud tabiiy chegaralar bilan o‘ralgan bo‘lib, g‘arbda Qo‘yi Zarafshon hududidan Xazar yo‘lagi orqali ajralib turadi. O‘rta Zarafshon hududi shimol tomonidan Chumqortog‘, G‘o‘bdintog‘, Qaraqchi tog‘, Oqtog‘ va Qoratog‘, janubdan Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog‘lari bilan o‘ralgan, sharqiy chegarasi esa shartli ravishda Tojikiston bilan bo‘lgan chegara orqali o‘tadi.
Kattaqo‘rg‘on vohasi Zarafshon daryosi havzasining o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, u kelib chiqish tarixiga ko‘ra tektonik sinklinal cho‘kma hisoblanadi. Kattaqo‘rg‘on vohasining eng keng joyi Kattaqo‘rg‘on shahar-seliteb landshafti meridianaga to‘g‘ri keladi. G‘arbga borgan sari torayib boradi.
Geologiyasi va relef sharoiti. Hududning yer yuzasi asosan paleogen va neogen va antropogen davrlarining cho‘kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu yerda neogen davrigacha mavjud bo‘lgan dengiz havzasi Alp orogenezi natijasida quruqlikka aylangan. To‘rtlamchi davrga kelib, paleogen va neogen davrlarida hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustini kontinental sharoitda vujudga kelgan allyuvial va prolyuvial jinslari qoplab olgan. Alp burmalanishi natijasida suvlik rejimi quruqlikka aylangan Kattaqo‘rg‘on vohasini kesib o‘tgan Zarafshon daryosi o‘z o‘zanini chuqurlashtirib, keng qayir usti terrasalarini hosil qilgan.
Hududning markaziy qismidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi neogen davrida shakllangan bo‘lib, uzoq geologik tarixga ega. U vujudga kelgan so‘ng antoropogen davriga qadar Turon tekisligining o‘rta qismida oqqan. Antropogen davrining boshlarida Zarafshon daryosi hozirgi Qizilqumning janubiy qismini kesib o‘tib, janubi-g‘arbga qarab ancha masofada oqib, Qoraqumning markazi orqali uning janubiy qismidan o‘tuvchi Ko‘hna Amudaryoga quyilgan.
Kattaqo‘rg‘on vohasining yer yuzasi g‘arbdan sharqqa tomon va markazdan shimolga hamda janubga tomon asta-sekin ko‘tarilib boradi. Botiqning mutlaq balandligi g‘arbda Paxtakor qo‘rg‘oni atrofida 350 m, Kattaqo‘rg‘on shahrida 470 m dan ko‘proq. Kattaqo‘rg‘on vohasida neogen va to‘rtlamchi davrlarida to‘plangan allyuvial va prolyuvial yotqiziqlardan tashqari katta qalinlikka ega bo‘lgan lyoss jinslari ham keng tarqalgan. Bu region uchun O‘rta Osiyoning boshqa tog‘ oralig‘i botiqlari singari yangi tektonik harakatlarning faolligi harakterli. G.P.Gorshkovning O‘rta Osiyoni seysmik rayonlashtirish sxemasi bo‘yicha Zarafshon botig‘i 7-8 balli seysmik zonaga kiradi.
Relefi. Kattaqo‘rg‘on vohasining rivojlanish tarixi va relef shakllarining vujudga kelishi antropogen davri bilan bevosita bog‘liq. M.A.Shmidt bu hududning geomorfogenezi tarixini besh fazaga bo‘ladi. Har bir faza uchun muayyan yo‘nalgan tabiiy geografik va geologik jarayonlarga hosil bo‘lib, bu jarayonlar natijasida botiqning tagi va yonbag‘rlardagi relefning morfologik elementlarida u yoki bu turdagi yotqiziq jinslari akkumulyatsiya bo‘lib borgan. Shuning uchun botiqning turli qismlaridagi antropogen yotqiziqlarining litologik tarkibi turlicha. Hatto botiqning muayyan relef elementlarini tashkil etuvchi yotqiziqlarning vertikal kesmasi shuni ko‘rsatadiki, ularning litologik tarkibi qatlama-qatlama bo‘lib, almashinib boradi.
Bu esa antropogen davrda iqlim sharoitini va yotqiziqlarni olib keluvchi oqimlarning suv rejimini bir necha bor o‘zgarib turganligidan dalolat beradi. Kattaqo‘rg‘on vohasining geologik-geomorfologik tuzilishi gidrogeologik rejimining o‘ziga xos xususiyatlari va relefi batafsil izohlangan.
Shunday qilib, Kattaqo‘rg‘on vohasining hozirgi relef shakllari antropogen davrida iqlim sharoitining o‘zgarib turishi, yangi tektonik harakatlar tufayli tog‘ massivlari va botiqning ayrim uchastkalarini davriy ko‘tarib turish, ayrim uchastkalarining cho‘kishi natijasida shakllangan.
Hududning relefi asosan yassi tekislik bo‘lib, sharqdan g‘arbga tomon nishabdir. Kattaqo‘rg‘onda 450 m, Karmana vohasi chegarasida 370 m. Ikkinchi tomondan, hududning markaziy qismidan shimolga va janubga vodiyni o‘rab turgan tog‘larga tomon balandlashga boradi. Bu qism relefi o‘nqir-cho‘nqir yerlardan iborat tog‘ oldi tekisliklaridir. Hudud relefining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, u goh kengayadi, goh torayadi.
Hududning ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig‘i joylashgan. Samarqand botig‘i ancha keng relefiga ko‘ra o‘r-qir qirlaridan iborat. Uning kengligi 50-60 km ga yetadi. Hozirgi relefning vujudga kelishiga Zarafshon daryosi va uning shimoliy hamda janubiy qismidagi tog‘lardan boshlanadigan soylar katta rol o‘ynagan.

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish