Kattaqo‘rg‘on vohasining landshaft kartasi
Kattaqo‘rg‘on vohasining landshaft kartasi legendasi
Tog‘oldi tekisligi voha joy tipi: 1.Tog‘oldi tekisligidagi tipik bo‘z tuproqlarda shakllangan bahorikor agrolandshaftlar; Kayir usti terrasali voha joy tipi: 2.Baland terrasadagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqli vohalar; 3.Baland terrasaning pastqam joylaridagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqli vohalar; 4.Allyuvial-prolyuvial yotqiziqdardagi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloq tuproqli vohalar; 5.Uchinchi terrasadagi sug‘oriladigan o‘tloq tuproqli vohalar; 6.Uchinchi terrasadagi sug‘oriladigan o‘tloq-botqoq tuproqli vohalar; 7.Allyuvial-prolyuvial yotqiziklardagi sug‘oriladigan botqoq-o‘tloq tuproqli vohalar; 8.Birinchi terrasadagi sug‘oriladigan o‘tlok-bo‘z tuproqli voxalar; 9.Kayir usti terrasadagi sug‘oriladigan kam sho‘rlangan o‘tloq tuproqli vohalar; 10.Allyuvial yotqiziqlardagi sug‘oriladigan o‘tloq tuprokli voxalar; 11.Terrasaning pastqam joylaridagi sug‘oriladigan o‘tloq tuproqli vohalar; 12.Vodiysimon cho‘zilgan pastqam joylardagi sug‘oriladigan o‘tloq tuproqli vohalar; 13.Birinchi terrasadagi qadim sug‘orilgan joylarda shakllangan ikkilamchi antropogen o‘tloqzorlar; 14.Allyuvial yotqiziqlardagi sug‘oriladigan botqoq-o‘tloq tuproqli vohalar. Qayir voha joy tipi: 15.Baland qayirdagi sug‘oriladigan allyuvial, botqoq-o‘tloq tuproqli vohalar; 16.O‘rta qayirdagi yangi o‘zlashtirilgan allyuvial-o‘tloq tuproqli vohalar; 17.Qayirdagi turang‘il-jiyda-chakanda formatsiyali to‘qay landshaftlar; 18.Qayirdagi kuchli degradatsiyalashgan to‘qay landshaftlar; 19.Past qayirdagi shag‘al-toshloq massivlar; 20.Daryo o‘zani; Qoldiqli past tog‘ chala cho‘l joy tipi: 21.Cho‘ponota balandligidagi tipik bo‘z tuproqlarda rivojlangan turli xil o‘t-efemer formatsiyali chala cho‘l; 22.Texnogen landshaft.
O‘rta Osiyo sharoitida voha landshaft joy tiplarini ajratishda va kartalashtirishda relefning genetik tipi va substrat yetakchi rolni o‘ynaydi. Yuqorida nomlari zikr etilgan voha landshaft joy tiplari ana shu mezonga asoslangan holda ajratilgan. Har bir joy tipi murakkab morfologik tuzilishga ega. Ularning ichki morfologik strukturasiga esa mikrorelefdagi farqiga, tuproq xiliga, uning mexanik tarkibi va agrokimyosiga, grunt suvlarining yer yuziga yaqin yoki uzoq yotishiga, agroirrigatsion yotqiziqlarning qalinligiga va ona jinslarning harakteriga ko‘ra ajratiladi va kartalashtiriladi. Antropogen landshaftlar ham tadqiq etish maqsadiga ko‘ra mayda, o‘rta va yirik masshtablarda kartalashtiriladi.
Antropogen landshaftlarning morfologik strukturasini murakkabligini, turli xil geokoplekslardan tashkil topganligini va ularning konfiguratsiyalarini bir-biriga o‘xshash emasligini Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Xorazm, Kattaqo‘rg‘on, Denov va Samarqand vohalarini o‘rta va yirik masshtabli kartalashtirish natijasida tuzilgan landshaft tipologik kartalarida ko‘rish mumkin (1-rasm).
Xulosada o‘rnida shuni qayd etib o‘tish lozimki voha landshaftlarining morfologik strukturasi murakkab tuzilgan. Ular urochisha tipi, joy tipi va landshaft sinfi miqyosida o‘rganilgan. O‘zbekistonning antropogen voha landshaftlari agrolandshaft, seliteb landshaft, sanoatlashgan landshaft, madfun qadimiy seliteb landshaft kabi sinflarga tasniflashtirildi. Voha landshaftlarining morfologik birliklarini ajratish negizida Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Farg‘ona, Denov, Xorazm vohalarining yirik masshtabli landshaft-tipologik kartalari tuzildi. Tuzilgan voha landshaftlarining kartalari yaratilayotgan O‘zbekistonning geografik atlasiga kiritilsa, atlasning mazmunini boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |