Zar sochuvchi daryo



Download 6,13 Mb.
bet12/29
Sana17.07.2022
Hajmi6,13 Mb.
#811378
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Ирода МД

Dinamika (lotincha dinamis - kuch) – mexanikaning jismlarni aloqadorlikdagi o‘zaro ta’sirlarining mexanik harakatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limidir (KE, 2–nashr, 1955, 14-J., 362-b.).
Dinamik o‘zgarishlardan keyin tabiiy majmualarda uzluksiz miqdoriy-evolyutsion qayta qurish ro‘y beradi (Nikolayev, 1979, 44-b.).
Bizning fikrimizcha, dinamika tushunchasiga eng munosib ta’rifni A.G.Isachenko (1979) bergan, u dinamika deyilganda, geografik majmualardagi barcha o‘zgarishlarni emas, balki qaysiki, eski, avvalgi holatiga qaytadigan (odatda siklik) harakatdagi va uning tuzilmasida qayta qurishni keltirib chiqarmaydiganlarni tushunadi (57-b.). Dinamika A.G.Isachenko (1991) bo‘yicha, landshaft invariantiga kiradi, unda landshaftning vaqtinchalik matonatliylik holati uning tuzilmaviy elementlaridek namoyon bo‘ladi. Shuning uchun dinamikani boshqacha qilib, bir invariant doirasidagi geotizimlar holatining almashinuvi, shu vaqtning o‘zida invariantning o‘zini almashinuvini esa rivojlanish sifatida ta’riflash mumkin (217-b.).
Landshaft dinamikasi va rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyatlari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, insoniyat uning holatini yengillatishi yoki kuchaytira olsada, ritmik o‘zgarishini belgilab bera olmaydi yoki barpo qilolmaydi. Biroq, geotizimlar holatiga tashqi ta’sirning jadalligi oqibatida inson uchun o‘zgacha nomaqbul o‘zgarishlar tendensiyasi kelib chiqishi mumkin.
Cho‘l mintaqasi vohalarida landshaftlarning mavsumiy dinamikasi avvalo grunt suvlari sathining ko‘tarilishi bilan hamrohlikda ro‘y beradi. Yoz mavsumida grunt suvlari sathining yuqoriligi vegetatsiya davri davomida saqlanadi-apreldan avgustgacha, ba’zan sentyabrgacha (Amudaryoning Sariqamish deltasi - Xorazm vohasida grunt suvlari sathi 0,94 m gacha ko‘tariladi). Avval u yer, bu yerlarda (dog‘simon), keyin yoz oxirlarida yoppasiga sho‘rlanish kuzatiladi. Kuzda, qaysiki qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish to‘xtagach, grunt suvlari sathi pasaya boradi. Eng past daraja oktyabrdan dekabrgacha kuzatiladi. Buxoro – Qorako‘l vohalarida ko‘tarilish va pasayishdagi tafovut (amplituda) 1,30 va 1,80 m, ko‘tarilish va pasayishi tezligi 0,014 va 0,01 m/sutkaga mos keladi, o‘rtacha daraja 2,49 m (Mavlonov, G‘aniyev, 1983, 88-89-b.).
Bahorda atmosfera yog‘inlari hisobiga grunt suvlari sathi yana ko‘tariladi, may oyida esa yana pasayadi. Umuman yog‘inlar va sho‘r yuvish hisobiga tuz pastki qatlamga tomon ketadi. Shunday qilib teskari jarayon kuzatiladi. Quyi Amudaryoning o‘zan atrofi balandliklarida grunt suvlarining tartibi biroz boshqacha. Bu yerlarda grunt suvlari sathining tebranishlari amplitudasi unchalik katta emas-bor yo‘g‘i 27 sm, hatto yalpi sug‘orish mavsumida ham grunt suvlarining sathi 2,39-2,54 m ga yetadi, bu ushbu suvlarning zaminga shimilishi va o‘zanlararo pastqamliklarga tomon qoniqarli oqimining ta’minlanganligi bilan izohlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, quydagilarni ta’kidlashimiz mumkin: geotizimlar dinamikasi vohalar sharoitida ma’lum darajada aniq namoyon bo‘ladi va jadal (intensiv) harakterga ega. Landshaft dinamikasida tuproqning tuz tartibi, agroirrigatsion yotqiziqlar, moddalarning nurashi va boshqa omillar qatnashadi. Vohalarda gidrogeologik jarayonlarga bog‘lik tarzda tuproq - gruntning tuz tartibi ijobiy va salbiy muvozanatda bo‘ladi, ya’ni sho‘r bosish yoki tuz to‘planish ro‘y beradi, lekin bu bevosita gruntning tabiiy suv o‘tkazuvchanligi (drenirovannost)ga va inson tomonidan grunt suvlari tartibining boshqarilish darajasi bilan bog‘liq. Umuman, landshaftlarning u yoki bu yo‘nalishda o‘zgarishi ham (sho‘rlanish va tuz to‘planishi) geotizimlar dinamikasi hisoblanadi.
Bizning ishonchimizcha delta geotizimlarida ularning istiqboldagi rivojlanishida provard natijada yangi elementlar to‘planishi kuzatiladi. Bularga: a) uzluksiz gruntning pastki qatlamlarida tuz yig‘ilishi (akkumulyatsiya); b) sug‘orma suv va eski devor (paxsa)larni o‘g‘it-ozuqa sifatida tashlanishi va boshqa jarayonlar hisobiga tuproqda turli yotqiziqlarning to‘planishi. Bu tuproqlarning mexanik tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Bularning hammasi agrolandshaftlarning rivojlanishini asta-sekin murakkablashtiradi. Qaysiki, A.G.Isachenko (1991) to‘g‘ri ta’kidlaganidek, dinamik o‘zgarishlar tendensiyasi zaminida kelajakda landshaftlarning tubdan transformatsiyalanishi yotadi (223-b.).

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish