Zar sochuvchi daryo


-chizma. O‘zbekistondagi vohalar landshaftlarining geomorfologik tuzilishi bo‘yicha tasnifi



Download 6,13 Mb.
bet11/29
Sana17.07.2022
Hajmi6,13 Mb.
#811378
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Ирода МД

1-chizma. O‘zbekistondagi vohalar landshaftlarining geomorfologik tuzilishi bo‘yicha tasnifi.

    1. Voha lanshaftlarining barqarorligi va dinamikasi

Hozirda tabiiy majmualarning barqarorligi tadqiqotlari muammolariga bag‘ishlangan ishlarning ko‘plari asosan nazariy - uslubiy harakterda.


Hozirgi vaqtda tabiiy geografiyada ,,landshaft barqarorligi” tushunchasining yagona talqini yo‘q. Bu boradagi nisbatan qisqacha fikrlar A.A.Krauklis (1979), A.I.Isachenko (1979,1980), V.S.Preobrajenskiy (1983), Z.V.Dashkevich (1984), T.V.Zvonkova (1987), D.L.Armand (1989), T.D.Aleksandrova (1989) kabilarning ishlarida ko‘rsatilgan. Bu holat, ya’ni ,,landshaft barqarorligi” tushunchasi ko‘p omilli va ko‘plab jihatlarni hisobga olishni talab qiladi, xususan: 1) landshaft komponentlarining sifati va ularning o‘rtasidagi o‘zaro alaqadorlik; 2) antropogen ta’sir turlari va sifati; 3) landshaftning rivojlanish davri omili. Hozirgacha landshaft barqarorligi nuqtai nazaridan uning faqat alohida komponentlarigina tadqiq qilingan bo‘lib, barqarorlikning umumiy ko‘rsatgichlari ishlab chiqilmagan (Tinnison, 1986, 58-b.).
A.A. Krauklis (1979), barqarorlikni uch tarkibiy munosabatlari orqali aniqlagan – meyoriy faoliyat, buzilishdan keyingi tiklanish va qaytarilmas o‘zgarish (85-b.).
I.G.Isachenko (1980) buzilishdan so‘ng zudlikda avvalgi holatini tiklashga qodir geotizimlarni ko‘proq barqaror, deb hisoblaydi (50-b.).
V.S.Preobrajenskiy (1983) geotizimlar barqarorligini quyidagicha tushunadi. Geotizimlarning barqarorligi bu: ,,tashqi ta’sirdan buzilishlarsiz foydalanish, ya’ni oddiy boshqa holatga o‘tish emas, balki shunday holatki, unda tizim o‘zga bir holatdagi tizimga aylanadi” (5-b.).
Z.V.Dashkevich (1984) barqarorlikni geotizimlarning har qanday holatda ham turli ta’sirlar natijasida tuzilmasini saqlash qobiliyati bilan bog‘lab izohlaydi. ,,Tuzilma buzilgandan so‘ng avvalgi yoki unga yaqin holatga qaytishi, ya’ni geotizimlarning o‘z - o‘zini tiklashi” (212-b.)dir.
T.V.Zvonkova (1987) tabiiy majmualarning barqarorlik salohiyatini ularning ichki tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liqligini (morfogenetik har-xilligi, o‘zini-o‘zi tozalash imkoniyati va b.) va tashqi omillar (stixiyali va favqulotdagi tabiiy jarayonlar) aniqlaydi (123-b.), deb biladi.
D.L.Armand (1989) barqarorlikning barcha mexanizimlarini to‘rtta guruhga ajratadi: 1) tizim holatini saqlovchi (stabillashtiruvchi); 2) faoliyat (funksiya) turlarini saqlovchi; 3) tuzilma (struktura) ni saqlovchi; 4) tizim harakati yo‘nalishini (trayektoriya) saqlovchi (82-b.).
S.G.Pokrovskiy (2001) geotizimlar barqarorligini anqlashda uning uch turi borligini qayt etadi: 1) fizik; 2) kimyoviy; 3) biologik (61-b.).
Biz ham T.D.Aleksandrova va b. (1989) ta’kidlaganlaridek, hattoki tashqi (tabiiy va antropogen) o‘zaro ta’sirda ham tuzilmasining saqlanishiga qodir bo‘lganlarini tabiiy landshaftlarning barqarorligi (47-b.), deb tushunamiz.
Qurg‘oqchilik va joyning nisbiy balandligining orta borishi, shuningdek mos ravishda haroratning pasayishi bilan landshaflarning barqarorligini pasayishi isbotlangan.
O‘zbekistonning cho‘l mintaqasidagi geotizimlar antropogen ta’sirga munosabatiga ko‘ra asosan kam va beqarorligi bilan tavsiflanadi, bu o‘z o‘rnida inson xo‘jalik faoliyatlari ta’siri oqibatida cho‘l landshaftlarining tez o‘zgaruvchanligi bilan izohlanadi. Biroq, tabiiy majmualarning tuzilmaviy - tadrijiy (dinamik) holati, ularning o‘zgarish tendensiyasi va tadrijiy o‘zgarishi, landshaftlarning morfologik tuzilmasi, o‘zlashtirish darajasi va boshqa omillar e’tiborda bo‘lmog‘i lozim.
Landshaftlarning barqarorligi komponentlar tuzilmasining o‘zaro aloqalari, o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’siri harakteriga bog‘liq.
Tabiiy hududiy majmualarda ushbu aloqalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, u shunchalik xo‘jalik faoliyatiga kam barqaror bo‘ladi. Komponentlar o‘rtasidagi aloqalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, har qanaqa tashqi ta’sirlar butun landshaftni tezda o‘zgarishiga olib kelishi isbotlangan. Vohalarda yerlarni sug‘orishda ishlatiladigan suvlarning me’yoridan ko‘p ishlatilishi natijasida sizot suvlarining yer yuzasiga muttasil yaqinligidan deyarli ko‘p joylarda tuproqning sho‘rlanishi kuzatiladi. Ko‘rinib turibdiki, vohalarda grunt (zamin) - grunt suvi - tuproq tizimidagi o‘zaro aloqadorlik o‘ta mustahkam, bu esa butun agromajmuaning transformatsiyalanishiga qodir holatdir.
Landshaftlarning barqarorligi ko‘pincha uning tuzilmasini murakkabligi bilan bog‘liq: tuzilma qancha murakkab bo‘lsa, landshaftlar barqarorligi shuncha yuqori va aksincha. Shuningdek, agrolandshaftlar tuzilmasi juda oddiy bo‘lganligidan, ular beqarorligi bilan tavsiflanadi, bu holat komponentlar o‘rtasidagi tabiiy o‘zaro ta’sirning buzilganligi bilan tushuntiriladi.
Qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi natijasida birinchi navbatda tabiiy o‘simliklar bartaraf etiladi, so‘ng ular deflyatsiya va cho‘llanish ob’ektiga aylanadilar, yangi tabiiy majmualar shakllanadi, komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning yangi o‘zgarishlari paydo bo‘lganligi va o‘simliklarning boshqalari bilan almashinuvi tufayli voha landshaftlarining barqarorligi kam bo‘ladi.
Landshaftlar barqarorligi ko‘p hollarda tuproq va gruntning fizik-kimyoviy hossalariga bog‘liq bo‘ladi, bu jihat joylarda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning cho‘l mintaqasining delta geotizimlari (quyi Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Sherobodaryo, Sox va b.) va Markaziy Farg‘onaning allyuvial – prolyuvial tekisliklari gruntining aeratsiya mintaqalari o‘zida katta miqdorda turli suvda tez eruvchi tuzlarni saqlaydi (100-600 t/ga), ba’zi joylarda gipslashgan bo‘ladi. Shu tufayli vohalardagi agrolandshaftlar inson tomonidan mos keladigan meliorativ tadbirlarni qo‘llash yo‘li bilan to‘liq boshqariladi. Agrolandshaftlar juda o‘zgaruvchan, agar rivojlanish tartibida yetarli darajada boshqarilmasa, ularda tezda tuproqda tuz to‘planish, botqoqlashish va deflyatsiya tendensiyasida butunlay boshqa xossalar ustun keladi, rivojlanishning boshlang‘ich holatini tiklash esa murakkab tabiiy – meliorativ tadbirlar majmuasini qo‘llashni taqozo etadi.
Voha landshaftlari yuqorida ta’kidlanganidek, inson mehnati faoliyati natijasi, biroq inson yangi landshaft komponentlarini yaratmagan, u faqat landshaftga yangi elementlar (ekin maydonlari, bog‘lar, kanallar, zovurlar, suv omborlari va b.)ni kiritgan. Bu yangi elementlar tabiiy jarayonlar (nurash, eroziya va b.) ta’siriga uchraydi: ular beqaror (bardoshsiz) va insonning muntazam ko‘magisiz mustaqil mavjud bo‘lishga qodir emas (Isachenko,1979,165-b.). Biroq, turli murakkab tabiiy sharoitlar, inson xo‘jalik faoliyatining jadalligi va mavjudligi (vujudga kelganligi)ning davri tufayli O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi vohalari barqarorlik harakteri bo‘yicha farqlanadi.
Qashqadaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning quyi terrasalari va daryo deltalarining yuqori qismlaridagi voha landshaftlari tuproqlarida tuz to‘planishga qarshi, landshaft sharoitlari harakteri bo‘yicha ma’lum darajada barqarorlikka ega.
Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa daryolarning delta tekisliklari chekka qismlaridagi geotizimlar o‘zlarining o‘ziga xos geomorfologik xususiyatlari, qaysiki delta gruntining tabiiy suv o‘tkazuvchanligining yomonligiga bog‘liq tarzda namlikning ko‘p qismini chekka tomonga oqimidan beqaror hisoblanadi. Bu sug‘orishda ishlatiladigan suvdan nooqilona foydalanish oqibatida tuproqda tezda tuz to‘planishiga va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Voha landshaftlarining barqarorligi ularning faoliyat tartibini boshqarishda tuproqlarning suv-tuz tarkibi, gidrologik jarayonlarni optimallashtirishga yo‘naltirilgan va tuproq – grunt yuvilishi hamda deflyatsiyaning oldini olishga qaratilgan murakkab muhandislik tadbirlari majmuasini muntazam qo‘llashni taqozo etadi.
Landshaft dinamikasini o‘rganish tabiiy geografiyaning murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Landshaftlar ham boshqa mavjud moddiy tizimlar harakatisiz mavjud bo‘la olmaydilar. Rivojlanish jarayoni dinamikasi ularning muttasil harakatli xususiyatlaridir. Dinamika, bu moddiy jismlarning unga ta’sir etiladigan kuch natijasidagi harakatidir. Landshaftlarni tashkil etuvchi geotizimlarda doimo uzluksiz harakat ro‘y beradi: geotizimlarning faoliyati jarayonida (mavsumlar va yildan-yilga bo‘ladigan o‘zgaruvchi) yoki qandaydir boshqa ta’sir etuvchi omillar (suv toshqinlari va boshqalar).
Favqulotdagi o‘zgarishlar, komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasida ro‘y beradi. Dinamika tushunchasiga (va bu juda muhim) landshaftlarda insonning ta’sirida kelib chiqadigan o‘zgarishlar ham kiradi (Sochava va b., 1974, 7-8-b.).
Landshaftlar dinamikasi to‘g‘risidagi mutaxassislarning asosiy tushunchalari ,,Voprosi geografii” (121-son, 1982) va I.I. Mamay (1992) ishlarida mujassamlashgan, ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Dinamika, T.D.Aleksandrova va b. (1989) ta’kidlaganidek - bu geotizimlarning rivojlanishga qadami. Bunda tuzilmalarda dinamik o‘zgarishlar almashinuvi ro‘y bermasada, shunga tomon asta-sekin tayyorgarlik boradi (46-b.).

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish