Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida modellashtirilgan uslubiy ishlanma


-Mavzu: O’z-o’zini band qilish



Download 1,64 Mb.
bet9/22
Sana06.01.2020
Hajmi1,64 Mb.
#32175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
tayyor


4-Mavzu:

O’z-o’zini band qilish

Amaliy dars mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

Vaqti – 80 daqiqa

Talabalar soni: 30 nafar

O`quv mashg’ulotining shakli va turi

Kombinatsiyalashgan amaliy o’quv mashg’uloti.

Ma’ruza mashg’ulotining tuzilishi

1. O’z o’zini band qilish mohiyati

2.O’z o’zini band qilishning afzalliklari

3.O’z o’zini band qilishga qo’yilgan cheklovlar


O`quv mashg’ulotining maqsadi:

Talabalarning o’z o’zini band qilish, uning xususiyatlari, unga qo’yilgan cheklovlar va afzalliklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, topshiriqlar bajarish orqali mavzuga oid amaliy ko’nikmalarini shakllantirish.



Pedagogik vazifalar:

  • O’z o’zini band qilish mohiyati va xususiyatlarini o’rgatish;

  • Tadbirkor bo’lish qarorini qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillarni tushuntirish;.

  • O’z o’zini band qilishning afzalliklari sanab o’tiladi va mohiyati yoritiladi;

- O’z o’zini band qilishga qo’yilgan cheklovlarni bayon etadi

O`quv faoliyatining natijalari: Talaba:

  • O’z o’zini band qilish mohiyati va xususiyatlarini izohlab bera oladi;

  • Tadbirkor bo’lish qarorini qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillarni sanab bera oladi;




  • O’z o’zini band qilishning afzalliklari va ular mohiyatini tushunadi;

- O’z o’zini band qilishga qo’yilgan cheklovlarni sanab bera oladi



O’qitish metodlari

Ma’ruza, “Mualliflik texnologiyasi”, masala, test, T-sxema, “Zanjir” o’yini

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Jamoaviy , individual.

O’qitish vositalari:

Tarqatmalar, topshiriqlar va yo’riqnomalar, ko’rgazmali organayzerlar.

O`qitish shart-sharoiti

Darsni o’tkazish uchun moslashtirib jihozlangan auditoriya

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki nazorat:savol-javob.


O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlar va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

o’quvchi

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq.)

Tashkiliy qism:

1. O’quvchilar bilan salomlashadilar

2.O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. 3.Jahonda, yurtimizda yuz berayotgan voqea hodisalar aytib o’tiladi



Salomlashadilar

Mashg’ulotga tayyorlanadilar.

Tinglaydilar, fikr biladiradilar


2-bosqich. Asosiy qism.

(70 daq)


Tayanch bilimlarni faollashtirish:

1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. (Ilova №1)



Maqsad va vazifani belgilanishi:

2.Mashg’ulot nomi, tuzilishi, maqsad va kutilayotgan natijalar, baholash mezoni bilan tanishtiradi, yozib olishlarini aytad.



O’quvchilar bilimini faollashtirish:

3. Yangi mavzu bo’yicha savol-javob qilish orqali bilimlarni faollashtiradi. (1-Ilova )



Yangi o’quv materiali bayoni:

4.O’z o’zini band qilish mohiyati, xususiyatlari, tadbirkor bo’lishga qaror qabul qilishda ta’sir etuvchi omillar tushuntiriladi (2-Ilova, 3-ilova )

5.O’z o’zini band qilishning afzalliklari va unga qo’yilgan cheklovlar, ularning mohiyati yoritiladi.(4-ilova, 5-ilova)

6. O’z o’zini band qilish mohiyatini “Mualliflik texnologiyasi” orqali yoritishga oid topshiriq va yo’riqnomasi beriladi (6-ilova)

7. O’z o’zini band qilish va yollanib ishlashning afzallik va kamchilik tomonlarini “T-sxema” da ifodalashga oid topshiriq beriladi (7-Ilova)

8.Mavzuga oid masala beriladi (8-Ilova )



Yangi o’quv materialini mustahkamlash:

1.Bo’limni mustahkamlash uchun “Zanjir” o’yini o’ynaladi. (9-Ilova)

2. Mavzu bo’yicha nazorat testlari musta’qil ish sifatida topshiriladi. (10-ilova)


Uy vazifasini taqdim etadi Savollarga javob beradilar.

Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar, baholash mezoni bilan tanishadilar.

Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.

Yozadilar hamda tinglaydilar.

Yozadilar hamda tinglaydilar

Topshiriqni daftarda bajaradi va taqdimot qiladi

Topshiriqni daftarda bajaradi va taqdim qiladi

Bajaradilar, muhokama qiladilar

Bajaradilar

Test savollarini bajaradilar.



3- bosqich.

Yakuniy bosqich.

(5 min)

Mashg’ulot yakuni:

1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.

2. Uyga vazifa sifatida Xudoyberdiyev Z.Y. “Tadbirkorlik va biznes asoslari” Toshkent –“Ilm-ziyo”-2009, 19-27 betlarni o’qib kelish vazifa qilib beriladi.


Baholari bilan tanishadilar.

Uyga vazifani yozib oladi.





TAYANCH SO’Z VA IBORALAR:

O‘z-o‘zini band qilish; bandlik kafolati; shaxsiy qoniqish; foyda; investitsiya qilingan sarmoyani yo’qotish ehtimoli; tavakkalchilik; moslashuvchanlik; ish vaqti, mavqe



BAHOLASH MEZONI

Tezkor savollarda ishtirokini baholash

Har bir bergan to’g’ri javobi uchun

1-5 ball

1-topshiriqni bajarganligini baholash

“Mualliflik texnologiyasi” metodida topshiriqning to’g’ri va mazmunli bajarilganligi uchun

1-5 ball

2-topshiriqni bajarganligini baholash

“T-sxema” metodida o’z o’zini band qilish va yollanib ishlashning afzallik va kamchilik tomonlarini to’g’ri qayd etganligi uchun

1-5 ball

3-masalaning bajarganligini baholash

Masalaning to’g’ri va tartibli bajarilganligi uchun

1-5 ball

1-ilova
TEZKOR SAVOLLAR:

1.Muvaffaqiyatli tadbirkor qanday shaxsiy sifatlarga ega bo'lishi lozim? 2.Qaysi klassik iqtisodchilar tadbirkorni ta’riflaganlar ? 3.Tadbirkorning «Shaxsiy mezonlarni o’rnatish» xususiyatini tushuntiring ? 4.Tadbirkorning «Eshitish istagi» xususiyatini tushuntiring ? 5.Tadbirkorning « Noaniqlik sharoitida ishlay bilish» xususiyatini tushuntiring ? 6.Tadbirkorning « Qaytma aloqalardan foydalanish» xususiyatini tushuntiring ?




2-ilova





3-ilova

4-Ilova
Tadbirkor bo’lishga qaror qilishda quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi

1. Mаvjud vаziyatdаn qutulish hаrаkаti

2.Etibоrdа ishоnchli nаmunаlаrning mаvjudligi

3. Qulаy shаrt-shаrоit

-shtаtlаr qisqаrishi;

-korxonaning tugаtilishi;

-ish hаqining pаstligi;

-hоzirgi ishdаn ko’ngilning sоvushi;

-оilаdаgi inqirоz vа bоshqа sаbаblаr.

-mаdаniy sаviyadаn kelib chiqqаn

-оilаdаn оlingаn;

-tengdоsh vа do’stlаrdаn (tаqlid qilishgа nаmunа bo’lаdigаn)

-hukumаtning rаg’bаtlаntiruvchi siyosаti mаqbul infrаtuzilmа mаsаlаn,

-rivоjlаngаn mоliyalаshtirish tizimi;

-kоmmunаl хizmаtlаr mаvjudligi (elektr quvvаti, suv, аlоqа vа bоshqаlаr);

-tаdbirkоrlikni qo’llаb-quvvаtlаsh;




O’Z O’ZINI BAND QILISHNING AFZALLIKLARI

Shaxsiy qoniqish

Shaxsiy qoniqish o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. 0 ‘z-o‘zini band qilish sizga har bir ish kunini o‘zingizga rohat bag‘ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. Masalan, rasm olishni yaxshi ko‘rsangiz, siz xususiy studiya ochishingiz mumkin. Har safar mijoz o‘z suratidan qoniqqanida, siz ham o‘z ishingizdan rohatlanasiz.


Mustaqillikka intilish

Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko'nikmangiz va qobiliyatingizni o'zingiz xohlagan tarzda qo‘llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko'proq erkinlikka ega. Ular o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlaming roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.


Foyda olish

Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir.

Foyda — bu barcha xarajatlami to‘lagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. O‘z-o‘zingizni band qilib, o‘z daromadingizni boshqara olasiz. Juda ko‘p hollarda korxonaga ko'proq vaqt va ko'proq harakat bag'ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.




Bandlik kafolati

Ko‘pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo'lishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatda bunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.


Shaxsiy mavqe


Mavqe — u alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan o'rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko‘pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog'liq: ko'pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z ismlarini ko'rib g‘ururlanishadi.

5-ilova

Siz nafaqat o‘zini-o‘zi band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz, balki u bilan bog'liq yoqimsiz holatlardan ham xabardor bo‘lishingiz kerak:

Investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli

«Investitsiya qilingan sarmoya» atamasi tadbirkor xususiy korxonani tashkil etganda sarflagan xarajatlami bildiradi. Odatda, biznesda tavakkalchilik qancha yuqori bo‘lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko'proqdir. Agarda, korxona yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Zero, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qotilishi mumkin, tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg‘armasini bekorga yo'qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul beigan bank, ta’minotchilar va shaxslarga to‘lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.

Ishonchsiz yoki past daromad

Yollangan xodimlaming ish haqidan farqli o'laroq, foyda miqdori oydan oyga o'zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o‘rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Bunday holat ko‘pincha birinchi olti — o‘n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.

Ko‘p vaqt

Sarflanishi

Ko'pgina o‘z-o‘zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o‘n to‘rt soat va undan ko‘proq, haftasiga olti yoki yetti kun ishlashadi. Ko‘p hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo‘lib ishga keladi va kechqurun oxirgi bo‘lib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Ayrim tadbirkorlar o‘z bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi

Zerikarli ishlarni bajarish zarurati

Biznes bilan shug‘ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo‘lgan ishlar zarurati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tavakkalchiliklar

Agar siz mulohazali tavakkalchiliklami o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilik juda past bo'lgan biznes kam daromad keltiradi va o‘z g'oyalaringizni hamda ularni amalga oshirishni cheklab qo'yadi.

6-ilova

1-topshiriq: ”TADBIRKORLIK” tushunchasini ”Mualliflik texnologiyasi” metodi orqali izohlang:
Mualliflik texnologiyasi” iqtisodiy kategoriyaning, tayanch atamaning mazmunini to’laroq anglashga, mantiqiy fikrlashga yordam beradigan metodlardan biridir. O’rganilayotgan tushuncha, kategoriya vertikaliga yoziladi. Tushunchaning har bir harfi bilan boshlanuvchi shu tushuncha mazmun mohiyatini yoritib beruvchi tayanch atamalar, shu tushuncha bilan bog’liq xususiyatlar aks ettiriladi. Har bir talaba tayanch atamani o’zi mustaqil talqin etadi.


Masalan:

T

Talab , taklif

A

Asosiy vositalar, amortizatsiya

D

Daromad, debitorlik qarzi

B

Bozor, birlik (maqsadlar, nuqtai nazarlar)

I

Investitsiya, investor

R

Resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy)

K

Kredit

O

Omad

R

Rejalashtirish, rivojlanish

L

Lizing

I

Iqtisodiy bilimlar, infratulma

K

Korxonani tuzish, boshqarish

7-ilova


T-SXEMA metodi

Bu metod ikki xil ma’lumot: axborot va turli qarashlarni taqqoslashning universal grafik tarzda ifodalash bo’lib, o’quvchilarni o’rganilayotgan mavzu bo’yicha mavjud qarashlarni taqqoslash, ular asosida qaror qabul qilishga o’rgatadi.






O’z o’zini band qilishning afzalliklari

O’z o’zini band qilishning kamchiliklari







































Yollanib ishlashning afzalliklari

Yollanib ishlashning kamchiliklari
































Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish