8-Ilova
Masala: Erkinjon korxonada sex boshlig’i lavozimida ishlab, yiliga 6000000 so’m maosh olardi. Bankda 12000000 so’m mablag’I bo’lib, yiliga 14 % daromad keltiradi.U xususiy biznes bilan shug’ullanishga qaror qildi va barcha jamg’argan pulini sarflab, kichik korxona ochdi. Birinchi yilning so’ngida buxgalteriya hisobi ko’rsatdiki, hamma qilingan xarajatlarni olingan daromaddan ayirib tashlagach, 7200000 so’m foyda qolibdi.
Bir hisobchi, buxgalteriya hisob kitobiga ko’ra foydangiz sarflagan 12 mln investitsiyangizga nisbatan 60 % ni tashkil etadi. Bu yaxshi dedi.
Ikkinchi buxgalter esa siz foyda olmay zarar ham ko’rishingiz mumkin edi. Ammo sizning real iqtisodiy foydangiz -480000 so’m. Buxgalterlardan qaysi biri haq?
9-ilova
“ZANJIR” O’YINI
Mavzuni takrorlashga , xotirani mustahkamlashga yordam beradigan savol javobga asoslangan yana bir o’yin usuli “Zanjir” deb nomlanadi.Bu o’yin amaliy darslarda qo’llaniladi. Mazkur o’yinda savol yashirin, ya’ni ochiq savol berilmaydi, o’quvchi talaba o’ziga - o’zi xayolan savol beradi. Bu usulni biron bob, bo’lim yoki bir necha mavzuni o’tib bo’lgach qo’llagan ma’qul .Sababi, talabalar zarur iqtisodiy kategoriya, tushuncha va terminlar bilan tanish bo’lishadi.Lekin so’zlar mazmuni o’rganilayotgan ikki-uch mavzu miqyosida chegaralash birmuncha murakkablik tug’diradi. Buning uchun tegishli mavzuni, bo’limni puxta, chuqur o’rganish talab etiladi.
O’yinni o’ynash tartibi shu bob bo’limga oid iqtisodiy tushunchaning oxirgi harfi bilan boshlanuvchi yangi iqtisodiy tushuncha aytiladi va o’yin shu tarzda davom ettiriladi. Kimning navbati kelganda so’z topa olmasa o’yindan chiqishi kerak. Oxirida qolgan talaba yoki kichik guruh eng yuqori ballni oladi.
O’yin individual yoki kichik guruhlarda ham olib borilishi mumkin.
Masalan, o’yin quyidagi tarzda aks etishi mumkin:
Tadbirkorlik – ko’p vaqt sarflanishi – ishsizlik - korxona –ayirboshlash-shaxsiy qoniqish-shaxsiy xususiyatlar-resurs-sarmoya- …
10-ilova
NAZORAT TESTLARI
1. Ish haqi evaziga ishlamasdan, daromadini mustaqil shakllantirish uchun korxona tashkil etishni afzal ko’rganlar, ular …
a. Tadbirkorlar
b. Yollanma xodimlar
d.O’z-o’zini band qilgan odamlar
e. To’g’ri javob a va d
2. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo’ljallaydigan taqdirlanishlardan biri bu ____
a.Mavqe
b.Foyda
d.Shaxsiy qoniqish
3……-- bu boshqalar tomonidan nazoratning yo’qligidir.
a. Shaxsiy qoniqish
b. Mavqe
d. Mustaqillik
4. O’z-o’ziga ishlash bilan bog’liq cheklovlar to’g’ri keltirilgan qatorni belgilang?
a. Investitsiya qilingan sarmoyani yo’qotish ehtimoli, ko’p vaqt sarflanishi
b. ishonchsiz va past daromad, tavakkalchiliklar
d. Odamlar bilan muloqot
e. Barcha javoblar to’g’ri
5.Investitsiya lotincha so’z bo’lib, o’zbek tiliga qanday tarjima qilinadi?
a.Pul, sarmoya
b. Pul mablag’larini safarbar etish
d.yangilik kiritish
e. foyda olish
6. Insonning o’z-o’zini band qilish qarorini qabul qilishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
a. Mavjud vaziyatdan qutulish harakati
b. Ishonchli namuna ta’siri
d.Yaratilgan qulay shart-sharoitlar
e.Barcha javoblar to’g’ri
7. O’z o’zini band qilish kishilarga:
a. Ular yollanma xodim yoki bo’ysunuvchi emas, balki ish beruvchi va yetakchi ekanliklaridan qoniqish hissini beradi;
b.O’z kuchiga ishonchni va shu kuchlarga tayangan holda o’zini saqlashga intilish hissiyotini tarbiyalashni rag’batlantiradi;
d.Odamlarga kichik oilaviy do’kondan boshlab, yirik ishlab chiqarish korxonasigacha egalik qilishga imkoniyat beradi;
e. Barcha javoblar to’g’ri
8. ……….- o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi.
a. Mavqe
b. Shaxsiy qoniqish
d. Mustaqillik
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Z.Y.Xudoyberdiyev, K.Homitov, A.Murodov, F.Muhamedov va boshqalar “Tadbirkorlik va biznes asoslari” Kasb hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma –Toshkent: “ILM ZIYO”, 2014 yil-352 bet.
2. Z.Y.Xudoyberdiyev, K.Homitov, A.Murodov, F.Muhamedov va boshqalar “Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari” Kasb hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma –Toshkent: “ILM ZIYO”, 2017 yil-352 bet.
3.N.Dj.Namazova, D.Matniyozova “Tadbirkorlik asoslari” darslik-Toshkent : “YANGI ASR AVLODI”, 2006 yil -196 bet
4.A.Abdullayev, H.Aybeshov, A.Ergashev “Tadbirkorlik moliyasi” Kasb hunar kollejlari uchun darslik –Toshkent: “IJOD DUNYOSI”, 2003 yil-127 bet.
5. “Biznes va tadbirkorlik asoslari” Kasb-hunar kollejlarining o’quvchilari va o’z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlar uchun “Biznes va tadbirkorlik asoslari” kursi bo’yicha amaliy qo’llanma, Toshkent 2009 yil.
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
5-Mavzu:
|
Biznes g’oya- biznes asosi. G’oyalar generatsiyasi
|
Vaqti – 80 daqiqa
|
Talabalar soni: 30 nafar
|
O`quv mashg’ulotining shakli va turi
|
Nazariy . To’liq o’quv mashg’ulot.
|
O’quv mashg’ulotining rejasi
|
1. G’оyalаr gеnеrаtsiyasi. 2.Tаdbirkоrlik g’оyasi, uning tаvsifi, mаzmuni.
3.Tаdbirkоrlik g’оyasi mаnbаlаri
|
O`quv mashg’ulotining maqsadi:
Talabalarning iqtisodiy dunyoqarashini rivojlantirgan holda, biznes g’oya, g’oyalar generatsiyasi, biznes g’oyalarni izlash va tanlash manbalari haqida bilimlarni shakllantirish
|
Pedagogik vazifalar:
O’qituvchi:
- G’oyalar generatsiyasi haqida ma’lumot berish ; - Tаdbirkоrlik g’оyasi, uning tаvsifi, mаzmunini yoritish;
- Tаdbirkоrlik g’оyasi mаnbаlаri bilan tanishtirish;
|
O`quv faoliyatining natijalari:
O’quvchi:
- G’oyalar generatsiyasi haqida ma’lumotga ega bo’ladi ; - Tаdbirkоrlik g’оyasi, uning tаvsifi, mаzmunini yorita oladi;
- Tаdbirkоrlik g’оyasi mаnbаlаri va ularning mazmunini tushunadi;
|
O’qitish usullari
|
Ma’ruza, Tezkor savol, test, “To’g’ri”/ “Noto’g’ri” mashqi
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Ommaviy. Individual.
|
O’qitish vositalari:
|
Matnli va sxemali tarqatmalar .
|
O`qitish shart-sharoiti
|
Mashg’ulotni o’tkazish uchun yetarlicha jihozlangan auditoriya.
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
O’g’zaki nazorat, Savol-javob.
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi.
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O`qituvchi
|
O’quvchi
|
1-bosqich. O’quv mashg’uloti
ga kirish
(5 min.)
|
Tashkiliy qism:
O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatni tekshiradi. Dunyoda, yurtimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar aytib o’tiladi.
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar.
|
2-bosqich. Asosiy qism.
( 70 min )
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uy vazifasi tekshiriladi. “To’g’ri”/ “Noto’g’ri” mashqi og’zaki bajariladi.(1-ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natija bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
Yangi o’quv materiali bayoni:
4. Mavzuga oid tarqatmalarni o’quvchilarga tarqatadi va ma’ruzani suqrot texnologiyasidan foydalanib talabalarga yetkazadi.
a) G’oyalar generatori tushunchasi mazmun-mohiyati yoritiladi. (2-ilova )
b) Tadbirkorlik g’oyasining ta’riflari, ularning mohiyati, yaxshi tadbirkorlik g’oyalari haqida tushuncha beriladi (2-ilova)
d) Tadbirkorlik g’oyalari manbalarini sanab o’tadi va hayotiy misollar bilan izohlab beradi (3-ilova)
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
5.Yangi mavzuga oid nazorat testlarini tarqatadi (4-ilova) Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar beradi (5-ilova). Talabalarning javobi asosida mavzuga yakun yasaydi va kasbiy faoliyatiga bog’lab xulosa qiladi.
|
Savollarga javob beradilar. Mashqni o’qib, fikr bildiradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar Tarqatmadagi asosiy joylarni yozib oladi.
Tinglaydilar
Tinglaydilar, qayd etadilar
Bajaradilar
Savollarga javob beradilar, tinglaydilar.
|
3- bosqich.
Yakuniy bosqich.
(5 min)
|
Mashg’ulot yakuni:
1 Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi bahosini e’lon qiladi. Uyga vazifani berilishi:
2 Uyga vazifa sifatida mavzuga oid test tuzishni topshiradi.
|
Uyga vazifani yozib oladi.
|
TAYANCH ATAMALAR:
G'oya; g'oyalar generatsiyasi; tadbirkorlik g'oyasi; yaxshi tadbirkorlik g'oyasi; tadbirkorlik g‘oyalarining manbalari: qiziqishlar va shaxsiy manfaatlar; bilim; ko'nikma; shaxsiy sifat; shaxsiy ko'nikmalar va tajriba; franshiza; franchayzing; franchayzer; ommaviy axborot vositalari; ko'rgazmalar; tadqiqot imkoniyatlari; aqliy hujum; ijodkorlik;
BAHOLASH MEZONI
“To’g’ri”/ “Noto’g’ri” mashqida ishtirokini baholash
|
Har bir to’g’ri javobi uchun
|
1-5 ball
|
Yangi mavzuga oid bilimlarni o’zlashtirilganligini baholash
|
Har bir savolga to’g’ri javobi uchun
|
1-5 ball
|
Nazorat testlarini bajarganligi uchun
|
Har bir test savoliga belgilagan to’g’ri javobi uchun
|
1-5 ball
|
1-ilova
“TO’G’RI” / “NOTO’G’RI” MASHQI
1. Biznes inglizcha so’z bo’lib, ish, ish bilan band bo’lish degan ma’noni bildiradi
2. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin.
3. Ishlab chiqarish hajmining kengayishi mamlakatdagi inflatsiya darajasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
4.Investitsiya bu qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatga pul mablag’larini safarbar etishdir. 5.Pishiriq sexi, tikuvchilik sexi, mebel sexlarini tadbirkorlik faoliyatining xizmat ko’rsatish sohasiga to’g’ri keladi.
6.Tadbirkorlik sub’yektlariga berilayotgan soliq imtiyozlaridan davlat budjetiga soliqlar tushumi kamayadi.
7. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari yangi ish o’rinlarining yaratuvchisidirlar.
8. Xususiy stomatologiyalar, kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonalari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadilar.
9. XVIII asrning boshida iqtisodiy nazariyaga birinchi bo’lib tadbirkorlik tushunchasini Kantilon kiritgan.
10. O’z o’zini band qilgan odamlar: ish haqi evaziga ishlamasdan, daromadini mustaqil shakllantirish uchun korxona tashkil etishni afzal ko’rganlar
11. O‘z-o‘zini band qilish sizga har bir ish kunini o‘zingizga rohat bag‘ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi.
12.O’z –o’zini band qilish bu insonning faqatgina o’zi uchun ish o’rnini yaratishidir.
13. Tadbirkorni “Foyda olishi cheklanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladiyu, lekin sotish bahosi noaniq bo’ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi” deb ta’riflagan iqtisodchi bu Adam Smitdir.
14. O’z o’zini band qilishda agarda, korxona yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Zero, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qotilishi mumkin, tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg‘armasini bekorga yo'qotish uchun barcha imkonga ega.
15. Foyda — bu barcha xarajatlami to‘lagandan keyin qoladigan daromad.
2-ilova
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida bu qadar ahamiyatli bo‘lsa, demak, tadbirkorlikni boshlashdan oldin qilinadigan ishlarni aniq tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lish lozimdir. Buning uchun tadbirkor bo‘laman degan shaxsda o‘z g‘oyasi bo‘lishi talab etiladi. Xizmat ko‘rsatishga, ishlab chiqarishga yoki savdoga yo‘naltirilgan g'oyasi orqali tadbirkor shaxs har qanday tavakkalchiliklarni yengib o'tib, maqsadi sari harakat qilishi lozimdir.
G ‘oyalar generatori (lotincha — ishlab chiqaruvchi) — inson aqli va qobiliyatini tavsiflovchi shaxsning sifati bo‘lib, begona g‘oyalarni umumlashtirib va uyg‘unlashtirib, o‘zining original g'oyasini ishlab chiquvchi. G'oyalar generator! original g‘oyani hisobga olgan holda, axborotlarni qayta ishlab yangisini, yanada unumlisini taklif etadi.
Yaxshi tadbirkorlik g ‘oyasi — bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim tarkibiy qismi, aniqrog'i, dastlabki bosqichi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyalari, odatda, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, tinimsiz harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g‘oyalarni yaratishda, ochilayotgan imkoniyatlarni aniqlash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.
3-ilova
Ko‘rgazmalar. Bunday ko'rgazmalarda muntazam qatnashib, nafaqat, yangi tovarlar va xizmatlardan xabardor bo‘lasiz, balki savdo vakillari, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distributorlar va franshiza egalari bilan ham uchrashasiz. Bu — tadbirkorlik g‘oyalari, axborot va xususiy korxonani tashkil etishda ko'makning ajoyib manbalari. Balki ulardan ayrimlari sizga o‘xshagan tashabbuskor tadbirkorni izlayotgandir.
Tadqiqotlar. Kichik korxonani barpo etganda, manfaatlarning markaziy nuqtasida iste’molchi bo'lishi kerak. Mahsulot yoki xizmatni yaratishga asos bo'ladigan iste’molchining ehtiyoj- xohishlari kuzatuv va tadqiqotlar orqali aniqlanishi mumkin. Bunday tadqiqotlar norasmiy yoki rasmiy, odamlar bilan suhbat o'tkazish (anketa to‘ldirish yoki intervyu usullari qo'llanadi) va/yoki kuzatuvlar orqali bajarilishi mumkin.
Franshiza. Tanilgan savdo markasiga ega bo‘lgan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi yoki yagona distributerining (litsenziya egasi) mustaqil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki xizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to'lanishi, ishlash standartlari esa bu korxonaning standartlariga mos bo'lishi evaziga, mahalliy tarqatishga alohida huquqni berish to‘g‘risidagi litsenziya bitimi franshiza deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |