O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
|
Ish bosqichlar va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
o’quvchi
|
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish
(5 daq.)
|
Tashkiliy qism:
1.Talabalar bilan salomlashadi 2.O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. 3.Jahonda, yurtimizda yuz berayotga voqea hodisalar aytib o’tiladi.
|
SalomlashadilarMashg’ulotga tayyorlanadilar. Tinglaydilar
|
|
2-bosqich. Asosiy qism.
(70 daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, “Tushirib qoldirilgan so’zlarni topish” ga oid topshiriq beriladi, ularni baholaydi. (1-Ilova), (2-Ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulot nomi,tuzilishi, maqsad va kutilayotgan natijalar, baholash mezoni bilan tanishtiradi, yozib olishlarini aytadi.
O’quvchilar bilimini faollashtirish:
3. Yangi mavzu bo’yicha talabalar fikrini so’rash orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv materiali bayoni:
4. Mavzuga oid asosiy tushunchalarni yetkazadi va tushuncha beradi. (3-Ilova)
5. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur qobiliyatlar va ular mohiyati tushuntiriladi. (4-Ilova)
6. Hozirgi zamon tadbirkorlari xususiyatlari yoritiladi. (5-Ilova)
7. Mavzuga oid vaziyatli topshiriqlar taqdim etiladi. (7 -Ilova )
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
1.Mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga oid savollarni beradi (9-Ilova)
2. Ushbu bobda o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Zaif bo’g’in” o’yini o’ynaladi. O’yinni amalga oshirish bo’yicha yo’riqnoma beriladi.(6-ilova) 3. Nazorat testlarini bajarish topshiriladi (8-ilova)
|
Uy vazifasini taqdim etadi Savollarga javob beradilar. Bajaradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar, baholash mezoni bilan tanishadilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Yozadilar hamda tinglaydilar.
Tinglaydilar, qayd etadilar Tinglaydilar.
Muhokama qiladilar, fikr bildiradilar
Savollarga javob beradilar.
Bajaradilar
|
3- bosqich.
Yakuniy bosqich.
(5 min)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
2. Uyga vazifa sifatida “Muvaffaqiyatli tadbirkor qanday xususiyatlarga ega bo’lishi lozim?” mavzusida ESSE yozib kelishni vazifa qilib beradi.
|
Baholari bilan tanishadilar.
Uyga vazifani yozib oladi.
|
TAYANCH ATAMALAR:
Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar, bilim, ko’nikma
BAHOLASH MEZONI:
Uy vazifaning bajarilganligini baholash
|
Muhim ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun
|
1-5 ball
|
“Tezkor savollar” da ishtirokini baholash
|
Har bir to’g’ri berilgan javob uchun
|
1-5 ball
|
Vaziyatli topshiriqni bajarganligini baholash
|
Vaziyatga to’g’ri baho berganligi va to’g’ri yechim topganligi uchun
|
1-5 ball
|
“Zaif bo’g’in” o’yinida ishtiroki uchun
|
Savollarga to’g’ri javobi uchun
|
1-5 ball
|
1-ilova
Tezkor savollar
1. Har bir ishning asosida nima yotadi ?
2. Tadbirkorlik g’oyasining qanday potensial manbalari mavjud?
3. Mos biznes g’oyalarini izlash va tanlash jarayonida eng avvalo, qanday 4 ta savolga javob berish kerak ?
4. Biznes kosepsiyasining realligi qanday tekshiriladi?
5. Vaziyat tahlili nima ?
6. Vaziyat tahlili nima maqsadda o’tkaziladi va u nimani ko’rsatadi ?
7. SWOT qisqartma so’zi qanday ma’noni anglatadi?
2-ilova
Tushirib qoldirilgan so’zlarni toping ?
1. ......... –yangilik yaratuvchi va shu orqali iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaxs.
2. ...... ............ ...... –bu muvaffaqiyatli korxonani tashkil etishning muhim tarkibiy qismi, aniqrog’i dastlabki bosqichi.
3. ............ ...... – bu odamning yoki tashkilotning o’z atrofida aniqlangan muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirishga bo’lgan javob reaksiyasidir.
4. ....... – Bu bo’sh vaqtda xohish bo’yicha bajariladigan mashg’ulot, faoliyat.
5. ....... ....... .......... juda katta axborot, g’oyalar va ko’pgina hollarda, korxonani barpo etish uchun bevosita qulay imkoniyatlar manbaidir.
6. .......... – konstruksiyani ishlash, yangi shakl berish, yasash yoki boshqa biror ishni noan’anaviy, ma’lum bo’lgan usullardan farq qiladigan usulda amalga oshirish qobiliyati.
7. .... ....... korxonaning, biznes konsepsiyasining kuchli, kuchsiz tomonlarini, potensial imkoniyatlari va faoliyatiga solinishi mumkin bo’lgan xavflar tahlilini amalga oshirishga imkon beradi
3-ilova
Tadbirkor, bu — o‘z faoliyatini qonun doirasida amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor kishidir. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo'lgan kishilar, avvo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko'rishlari va imkoniyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Ushbu savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo'naltirilgan. Bu turdagi savollar tadbirkorlikning qaysi bir turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rish tavsiya etiladi.
Tadbirkorlik salohiyatini baholashda quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:
|
1
|
Ommaviy axborot vositalari va kitob o'qishga munosabatingiz qanday?
|
2
|
Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z zimmangizga olasizmi?
|
3
|
Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi?
|
4
|
Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi?
|
5
|
Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz?
|
6
|
Doimo yangi g‘oyalami o‘ylab yurishingizni sezganmisiz?
|
7
|
Maktabni yaxshi ko'rar edingizmi?
|
8
|
Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?
|
9
|
O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlami bajarganmisiz?
|
10
|
Tez zerikib qolasizmi?
|
11
|
Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi?
|
12
|
Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rganganmisiz?
|
13
|
Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg'armangiz bormi?
|
14
|
Tadbirkorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi?
|
15
|
Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo'lishi lozim deb hisoblaysizmi?
|
4-ilova
Bilimlar — kerakli paytda chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan, to'plangan axborot yig‘imlari yoki hajmidan iborat. Biznes kontekstida, bilimlar quyidagi kabi jihatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish (yoki tanishish)da namoyon bo‘lishi mumkin:
• biznesda ochilayotgan imkoniyatlar; • bozor; • iste’molchilar; • raqobatchilar • ishlab chiqarish jarayonlari • texnik detallar; • biznesni boshqarish; • yordam ko‘rsatish manbalari.
Ko‘nikmalar — bilimlarni ishlata bilish qobiliyati. Ular amaliy faoliyat orqali egallanishi yoki rivojlanishi mumkin, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzishni amalda bajarish yo‘li bilan. Biznes kontekstida texnik va boshqaruv mazmunidagi ko'nikmalar o'rtasida farqni ko'rish mumkin.
Shaxsiy sifatlar (xususiyatlar) — ruhshunoslar tomonidan shaxsning o'ziga xosligini tashkil etuvchi shaxsiy xususiyatlar jamlanmasi, Muvaffaqiyatli tadbirkor:
• tashabbuskor; tirishqoq; • imkoniyatlarni ko‘radi va ulami ro'yobga chiqaradi; • ma’lumotlarni shaxsan o‘zi qidiradi; • sifatni oshirish tashvishida bo'ladi; • shartnomalaming to‘liq bajarilishiga erishadi; • yuqori samaradorlikka yo‘naltirilgan; • o‘z faoliyatini muntazam rejalashtiradi; • muammolami original yo‘llar bilan hal qiladi; • o‘ziga ishonch hissini namoyish etadi; • hisob-kitob bilan tavakkal qiladi; • shiddatli; ishonch uyg'otadi; • boshqalarni o‘z ta’siriga bo'ysundirish strategiyalaridan foydalanadi.
5-ilova
6-ilova
“ZAIF BO’G’IN” O’YINI
Buning uchun o’qituvchi darsning maqsadiga ko’ra, mavzu yoki bob, ma’lum bo’lim bo’yicha kategoriyalar va tushunchalar ma’nosini yozib keladi. O’qituvchi tushuncha, kategoriyaning mazmunini aytadi, talabalar uning nomini aytishi kerak. Oxirida 2 ta talaba qolguncha o’yin bosqichma-bosqich, aylanib davom etadi. Kim noto’g’ri aytsa, o’yindan chiqadi. Yoki o’yinni aksincha tarzda ham tashkil etish mumkin. Ya’ni o’qituvchi kategoriya, tushunchani aytadi. Talabalar esa uning mazmunini aytib berishlari lozim bo’ladi. O’yinda avval osonroq tushunchalar, borgan sari murakkab tushunchalar aytilishi mumkin. Bu o’yinni qo’llash uchun o’qituvchi ham, o’quvchilar ham darsga puxta tayyorlanib kelishlari lozim.
14.Soliq va bojlar –tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan davlat budjetiga to’lovlar.
15.YAIM – Mamlakat hududida bir yil davomida tugal ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymati.
16. Infratuzilma- faoliyatning rivojlanishi uchun tashqi shart –sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar majmuasi.
17.Bandlik –mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo’lishi.
18. Import- mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini , kapitalini va texnologiyasini olib kirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |