Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH



Download 7,41 Mb.
bet20/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI

Yusupova Xabiba Iriskulovna,




Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zDJTU o‘qituvchisi

Hamkorlikni insonning muayyan jamiyatdagi xatti-harakatlarining o‘zi taqozo qiladi. Chunki, har qanday ijobiy aloqalar va munosabatlar hamkorlik negizida namoyon bo‘ladi. Hamkorlik va o‘zaro munosabatlar millatlararo muloqot tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Hamkorlik o‘zaro g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, muloqotga moyillik va do‘stona munosabatlarning yuqori cho‘qqisidir. O‘quvchilarning millatlararo muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallashlarida turli millat vakillarining o‘zaro hamkorlikka kirishishlarini taqozo qiladigan o‘quv vaziyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.


Turli millat vakillari bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari bevosita o‘quv-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi natijasida ularning jamiyatda turli millat vakillari bilan o‘zaro tenglik va hamjihatlik asosida hamkorlik qilishlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, o‘quvchilar bilish, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, aqliy mehnat qilish jarayonida millatlararo muloqot ko‘nikmalarini egallashlari lozim.


O‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metodlardan biri


– tarixiy obidalar, milliy-madaniy markazlar, tarix muzeylariga uyushtiriladigan ekskursiyalardir. Mazkur metod yordamida o‘quvchilarda O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining madaniyatlari, urf-odatlariga nisbatan alohida qiziqish shakllantiriladi va ta’lim jarayonining jozibadorligi ta’minlanadi. Bunday ekskursiyalar jarayonida o‘quvchilarning individual topshiriqlarni bajarishlari uchun ham qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Masalan, o‘quvchilar “Meni qiziqtirgan eksponat”, “Jozibali san’at namunasi”, “Bizning do‘stlarimiz” kabi mavzularda referatlar, insholar, yozma ishlar yozishlari haqida topshiriqlar berish mumkin. Shu bilan bir qatorda, mehnat darslarida o‘quvchi-qizlar turli millatlarga xos bo‘lgan kiyimlarni tikishlari, tasviriy san’at darslarida ayni shu millat vakillariga mansub bo‘lgan liboslar dizayinini yaratishlari mumkin. Ekskursiyalar jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan bir qatorda, muzeylar va madaniy markazlarning xodimlari bilan ham muloqotga kirishadilar hamda millatlararo muloqot usullarini o‘zlashtiradilar.


O‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda mashq usulining boshqa variantlarini ham qo‘llash mumkin. Masalan, 6-sinf Vatan tuyg‘usi darslarida “O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat” [4; 150-b.] mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga O‘zbekistonda yashovchi turli xalqlarning kiyimlari, taomlarining nomlari ifodalangan slaydlar ko‘rsatilib, ularning qaysi millatga tegishliligini sharhlab berishga oid vazifalar yuklatildi. Buning uchun har bir slaydda O‘zbekistonda yashaydigan muayyan millat vakilining milliy xususiyatlari o‘z ifodasini topishiga o‘qituvchilar alohida e’tibor qaratishlari lozim.


O‘quvchilar oldiga mazkur yo‘nalishlarda referatlar yozib kelib, krossvordlar yechish, she’rlar yodlab kelish, manzarali rasmlar chizish kabi vazifalar qo‘yildi. Ushbu jarayonda milliy naqshlar,


35
kashtachilik uslublari, milliy taomlar, milliy matolar bilan o‘quvchilar yaqindan tanishishga harakat qildilar.


Shuningdek, texnologiyani amalga tatbiq etish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga ham keng e’tibor qaratish zarur. Jumladan, O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor (6-sinf Vatan tuyg‘usi, amaliy mashg‘ulot).


Maqsad: o‘quvchilarni O‘zbekistonning ko‘p millatli tarkibi bilan tanishtirish.


Vazifalar: o‘quvchilarda turli millatlarning e’tiqodiga hurmat hissini qaror toptirish; ularning boshqa millatlarning urf-odatlari, rasm-rusmlariga tolerant munosabatda bo‘lishlariga o‘rgatish: ijodkorlik sifatlarini shakllantirish.


Mashg‘ulotning borishi:


O‘qituvchi: O‘quvchilar, qani aytingchi, O‘zbekistonda qanday millat vakillari istiqomat qilishadi? (O‘quvchilarning bir nechta javobi tinglanadi).


To‘g‘ri, respublikamizda turli xil millat vakillari istiqomat qilishadi. Hozirda O‘zbekistonda 136 millat va elat vakillari yashashadi.


Siz qanday o‘ylaysiz, O‘zbekistonda eng ko‘p sonli millat vakillarini kimlar tashkil etadi? (O‘quvchilarning javoblari).


O‘zbekiston aholisining 80%dan ortig‘ini o‘zbek millatiga mansub kishilar tashkil etadi. O‘quvchilar, o‘zbeklardan tashqari respublikamizda yana qanday millat vakillari istiqomat


qilishadi? (O‘quvchilarning javoblari).


O‘qituvchi: O‘zbekiston o‘z tarkibiga ko‘ra ko‘pmillatli davlat hisoblanadi. Aholining ko‘pchilik qismini (80%dan ortig‘i)ni o‘zbeklar, qolgan qismini esa, ruslar (5,5%), tojiklar (5%), qozoqlar (3%), qoraqalpoqlar (2,5%), tatarlar (1,5%) tashkil etadi. Aholisining 88% musulmon diniga e’tiqod qiladi, qolganlari xristianlik, buddiylik, iudaizm kabi dinlarga e’tiqod qilishadi. O‘zbekistonda ta’lim yetti til (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman)da olib boriladi.


Keling bolalar endi, sizning tengdoshlaringizning O‘zbekistonda yashovchi uch millat vakillarining madaniyati haqidagi ma’lumotlarini tinglaymiz.


Birinchi o‘quvchi (rus millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – rus tili. Dini xristian. Uylari to‘rtburchak shaklda quriladi. Xonalari ixcham, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Asosan, cho‘chqa, baliq go‘shtidan qilingan taomlarni sevib iste’mol qilishadi. Ruslar, ayniqsa, borщni juda mazali tayyorlashadi. Qishda sho‘ba va paltolarda, yozda esa, yengil kiyimlarda yurishadi.


Ikkinchi o‘quvchi. (tatar millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – tatar. Dini – islom. Tatarlarning uyi labirint ko‘rinishida quriladi, ko‘k va yashil ranglar bilan bo‘yaladi. Ayol va erkaklarning ustki kiyimi beshmet deb nomlanadi. Erkaklari boshlariga do‘ppi, ayollari esa do‘xoba ro‘mol o‘rashadi. Tatarlarning milliy oyoq kiyimi “ichigi” deb ataladi.


Uchinchi o‘quvchi (qozoq millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – qozoq tili. Dini – islom. Qozoqlar o‘ziga xos o‘tovlar qurishadi. Qimiz va qazini sevib iste’mol qilishadi. Milliy taomi – “Beshbarmoq” deb ataladi.


O‘qituvchi. Bolalar bugun biz siz bilan O‘zbekiston xalqining ko‘pmillatli ekanligi haqida gaplashdik. Hozir aytib o‘tilganlar asosida o‘z daftarlaringizga “O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor” mavzusida bayon yozing.


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz, 5-9-sinf o‘quv rejasidan o‘rin olgan o‘quv fanlari, sinf soatlari hamda darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda bir qator mavzularni o‘tishda treninglar, rolli o‘yinlar, ijtimoiy-psixologik muloqot loyihalari, ekskursiyalar uyushtirish usullaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b.


Safarova R.G‘., Sh.Ne’matov va boshq. O‘quv predmetlari mazmunini aniqlovchi asosiy parametrlar. – T.: Fan va texnologiya, 2011. –160 b.


Yusupova X.I. Ta’lim oluvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning nazariy asoslari. // Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. -152 b.


Vatan tuyg‘usi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun o‘quv qo‘llanmasi/ Mas’ul


muharrir A.Erkayev. – 4-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat, 2011. -112b.

36
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЗОВАНИЯ БЛОГ ТЕХНОЛОГИИ В ОБУЧЕНИИ


Бобомухамедова Шоира Агзамовна





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish