O‘QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Diyor Sunnatovich Tursunov
Jizzax davlat pedagogika instituti,
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
diyor-tursunov@mail.ru
Bugungi yoshlarning tafakkur salohiyati yaqin o‘tmish avlodning fikrlash tarzidan serqatlamliligi, dunyoviylashgani bilan ajralib turadi. O‘zbekiston mamlakati rivojlanib, jahon xalqlari bilan turli sohalarda aloqalar kuchayib borishi natijasida tashqi tomondan kirib kelayotgan ma’naviy-mafkuraviy xurujlar soni ham tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi minbarida turib: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarimiz o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virus”i tarqalishining oldini olishdir”,[1]- deya aytgan ezgu gaplari
30
mazmunidan yosh avlodning mustaqil tafakkurini, analitik fikr yuritish layoqatini rivojlantirish biror mamlakatning xususiy tashvishi bo‘lmay, dunyo xalqlari oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri ekani anglashiladi.
Zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ta’lim tizimi oldiga qo‘yayotgan talablar bilan bog‘liqlikda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda kompetent yondashuv ta’lim mazmuni va metodlarini o‘zgartirishning yangi bosqichi sifatida ko‘rib chiqilgan. Ana shu nuqtai nazardan ko‘plab tadqiqotlarda kompetensiya produktiv va ijodiy faoliyat uchun zarur o‘zaro aloqador shaxsiy sifatlar majmui, kompetentlik esa, ma’lum sohaga doir biron-bir muammoni hal etishga imkon beruvchi shaxsning zaruriy kompetensiyalarni egallaganligi sifatida talqin etilgan.
Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) – sub’ektning maqsadni qo‘yish va unga erishish uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali birga tashkil qila olishlikka tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu sub’ektning muayyan kasbiy masalalarni yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir[2].
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi [3].
N.V.Tarasova “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim va harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat» sifatida talqin etadi [4]. Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetensiya – insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishidir. Shu bilan bir qatorda kompetensiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada)
– “Bilim – Ko‘nikma – Malaka”ni olti birlik (sikstet) “Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Komptensiya – Kompetetnlik” tarzida tahlil etish talab etiladi [5].
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish muammosini tadqiq etgan pedagog olim B.X.Xodjayev tadqiqot ob’ekti bilan bog‘liqlikda motivatsion-kognitiv, informatsion; kommunikativ, g‘oyaviy-mafkuraviy,
fuqarolikka doir, ma’naviy-axloqiy, akmeologik, aksiologik, estetik kompetensiyalar tizimini aniqlashtirgan [6].
Guruhiy munozara orqali o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Guruhiy munozara.
Maqsad: Internet tarmog‘idagi suhbat jarayonida hamsuhbatining qadriyatga yo‘naltirilgan fikrlarini aniqlashtirish.
Guruhiy munozarani tashkil etish uchun savol va topshiriqlar -jadvalda keltirilgan:
1-jadval
“Internet tarmog‘ida notanish suhbatdosh shaxsini baholash” mavzusi bo‘yicha guruhiy munozarani tashkil etish
O‘quvchilarga topshiriq
|
Munozara uchun savollar
|
Sizning vazifangiz Internet
|
1.
|
Sizning suhbatdoshingizga bahoingiz uning savodxonlik
|
tarmog‘idagi suhbatdoshga tavsif
|
darajasiga bog‘liqmi?
|
berish. Baholash mezonlari va
|
2. Suhbatdosh shaxsini baholash uchun umumiy mezonlarni
|
ko‘rsatkichlarini taklif eting.
|
taklif etish mumkinmi?
|
|
3.
|
Internet tarmog‘idagi faoliyati bilan bog‘liqlikda istisno
|
|
tariqasida shaxsga ishonchli baho berish mumkinmi?
|
|
4.
|
Suhbatdosh shaxsini baholashning qaysi mezonlari Siz
|
|
uchun ko‘proq muhim?
|
|
5.
|
Suhbatdosh bilan dialog orqali uning tarixiy-madaniy
|
|
merosga munosabati va fuqarolik pozitsiyasini aniqlash mumkinmi?
|
Amaliy tavsifdagi savollarni mustaqil o‘rganib bo‘lishganidan so‘ng, o‘quvchilar guruhiy munozara jarayonida o‘zlarining taassurotlari va o‘z nuqtai nazarini isbotlashga doir dalillar va misollarni boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga munozara qoidalarini eslatib turadi, fikrlarni bayon etish jarayoniga bosqichma-bosqichma tuzatishlar kiritib boradi, bir savoldan ikkinchi savolga o‘tishni amalga oshiradi, oraliq xulosalarga kelinishini ta’minlaydi.
31
Munozara jarayonida guruh refleksiv savollarga javob beradi va umumiy yakuniy xulosaga kelishadi.
Munozara yakuni sifatida o‘quvchilarga Internet tarmog‘idagi axborotlar bilan ishlash, shuningdek, mazkur ishni bajarish jarayonida faol refleksiv nuqtai nazarni aniqlashga yo‘naltirilgan “Afsona emas muammolar” topshirig‘ini bajarishni taklif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |