Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA XALQ VA MILLIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI



Download 7,41 Mb.
bet172/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASHDA XALQ VA MILLIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


Nurullayev Abduxamid Ro‘zimboyevich
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi
Respublikada amalga oshiralayotgan ishlar sirasiga insonlarning jismoniy madaniyatini yuksaltirish vazifasi ham o‘rin egallagan. Bu esa Respublikada jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifalarni belgilab beradi.

Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz.


Har kim o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg‘ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.


Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog‘lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.


Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog‘liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo‘ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik) ni o‘stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.


Shu bilan birga xarakatli va milliy o‘yinlarini to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat


279
oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni maktabgacha va umumta’lim maktab o‘quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog‘lab kelgan uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda xarakatli va milliy o‘yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan xarakatli va milliy o‘yinlarini avaylab-asrab keyingshi avlodga yetkazish yo‘llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.


Milliy o‘yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo‘llarini boyitishga yordam beradi.


Harakatli va milliy o‘yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo‘lib, bolalarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o‘yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 7-9 yoshidagi bolalar va kichik sinf o‘quvchilari jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o‘tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi xarakatli va milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.


Bolalarda qadriyatlarga muhabbat uyg‘otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan o‘zbek xalq milliy o‘yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog‘liq. Chunki harakatli va milliy o‘yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish