Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING IJTIMOIY-RUHIY ASOSLARI



Download 7,41 Mb.
bet170/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING IJTIMOIY-RUHIY ASOSLARI


Do‘stov Baxtiyor Akmalovich
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi

O‘zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ijod boyliklarini to‘plash, o‘rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o‘zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda ham. «Jismoniy tarbiya, - deyiladi O‘zbekiston Respublikasinig «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonuni»da, - O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunida, - O‘zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi» ekanligi ta’kidlanadi.


Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning turli avlodlari o‘rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o‘z maqsadi va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo‘yicha davrlarosha o‘zgarib borgan. Bu o‘zgarishlar kishilar o‘rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq. Shundan kelib chiqib, tarbiyada Vatan himoyasiga tayyor, mehnatga ijtimoiy faoliyatga, hayotga har tomonlama rivojlangan komil insonni tarkib toptirishga e’tibor berish kerak. Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan har birining mazmuni, vositalari, shakl va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo‘ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo‘lgan xarakatli va milliy o‘yinlarida umum ta’lim muassasasi tayyorlov guruxi bolalarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana shu o‘ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi. Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi 7-9 yoshidagi bolalar. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi.


7-9 yoshidagi bolalarning xususiyatlari. Kichik maktab yoshida o‘qish bolaning butun hayot tarzini o‘zgartiradi va unga yangi talablar qo‘yadi. Chunki bog‘cha yoshida bolalarda, asosan nutqining rivojlanishiga, ahloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’tibor beriladi. Ularni tarbiyalashda maxsus tashkil etiladigan o‘yin faoliyati katta o‘rin tutadi. Bolaning rivojlanishi uchun didaktik ta’lim beruvchi va jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilishga o‘rgatuvchi o‘yinlardan foydalaniladi.


7 – 9 yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol shug‘ullanish uchun juda qulaydir.


Mana shu jihatdan bolaning aynan shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi xarakatli va milliy o‘yinlaridan foydalanish tarbiyada ko‘zlangan maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.





  1. Olimov M.S. “O’rta masofaga yuguruvchi sportchi talabalarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyati” 34-49 bet, Toshkent 2011yil

276
Jismoniy rivojlanishning jadalligi skeletning tez o‘sishi, umurtqa pog‘onasini bukikligining shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish xususiyatlari va boshqalar bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini talab etadi.

Turli yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, o‘zgarishlari, ularning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar, shart-sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda o‘qituvchilar, jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo‘lib qoldi.


Har bir yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy madaniyat darslarini olib borish orqali bolalar ongiga, ruhiga ta’sir o‘tkazish o‘z vaqtida o‘z-o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o‘z huquqini his etish, o‘zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi.


Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq - atvorni shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilishni jismoniy madaniyatda milliy xalq o‘yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda ularga yosh psixalogiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.


Harakatli va milliy o‘yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o‘yinlarning ahamiyati haqida ko‘pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o‘tishgani ma’lum. Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda tur-licha yo‘llar bilan isbotlab berishgan .


O‘yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O‘yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar xayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bolalar hayotida ham o‘yin xuddi shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin.


O‘yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea-hodisalarga mknosabatining o‘zgarishida, shuningdek, o‘yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora to‘g‘ri aks ettirishida ko‘rinadi. Shuning uchun bolalarda o‘yin qobiliyatining o‘sishi o‘z-o‘zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tushuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.


Katta kishilar hayoti va faoliyatining o‘rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan xolda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o‘yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o‘yin mazmuniga ko‘proq bog‘liqdir. Chunki bolaning hatti-harakati qanchalik ihcham va umumlashgan bo‘lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o‘tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to‘g‘ri ifodalashga intiladi.


Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o‘rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.


Bolaning ruhiy o‘sishida o‘yinning ahamiyati. Bolalarda harakatning o‘sishida o‘yinning ta’siri xaqida gap borganida avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yin tashkil qilishning o‘ziyoq bolaning harakterini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratadi. ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xusisiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulotlar orqali o‘zlashtirishadi. O‘yinning keyinchalik takommillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyati hatti-harakatini amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqqil maqsadga aylanadi. Negaki, o‘yin sub’ekt (bola) ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Bola muayyan xususiyatga ega bo‘lgan o‘yinni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu o‘yin orqali kattalarga xos qat’iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi, shunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylanib boradi va yangi shakldagi harakatlarni takomillashtirish, ularni anglagan esda tutish ehtimoli yaqqol voqe’likka aylana boshlydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni, xalq o‘yinlarini ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi.


Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongli maqsadi harakatlarini bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esda tutish jarayonlariga aylanadi.


Bolalar darsining boshqa shakllariga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi.


277
O‘yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo‘lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.


Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.


O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ham, yuqori sinf o‘quvchilarida ham o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini o‘yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. Chunki biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan milliy xalq o‘yinlarida xulq ko‘nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil 7-9 yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshdagi bolalarda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga erishishlari ham mumkin.


O‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Bolaning aqliy o‘sishi bilan bog‘liq holda narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki, shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinlarda bevosita ob’ekt sifatida foydalanish mumkin.


Xalq o‘yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.


JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHISIGA QO‘YILADIGAN KASBIY TALABLAR



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish