Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet168/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

DTPI o‘qituvchisi

Manzura Xolmirzayeva




TerDu o‘qituvchisi
Mustaqil O‘zbekistonning mustqillik davri mobaynida juda muhim va ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarish va progresni kuzatdik. Bularni nafaqat iktisodiyot, siyosat boshqaruvi sohasida, balki madaniyat, ma’rifat, ta’lim va fan sohasida, xususan ijtimoiy sohaning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan sportda ham yaqqol kuzatdik.

“Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida, xususan, bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shahar va kishloqda zamonaviy o‘quvchilarga javob beradigan, zarur anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari, inshoot va majmualarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermokda”[3; 5-b]. Shu ma’noda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashqil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi. Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy tarakkiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan - "texnos" (techne) - san’at, maxorat, xunar va "logos" (logos)- fan so‘zlaridan tashqil topib "xunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to‘lik tavsiflab berolmaydi [1; 21-b].


Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko‘zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon - bu mehnat kurollari bilan mehnat ob’ektlari (xomashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir.


Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o‘quvchi (o‘quvchi)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shaqllantirish jarayonidir.


Ammo ushbu jarayonni jismoniy tabiya, umuman olganda barcha darslarda qo‘llashning o‘ziga xos muammolari mavjud:



  • jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologilarni joriy etishning ilmiy tahlili;




  • jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologilarni joriy etish nazariy asoslanishi bilar birga uning metodikasini qo‘llash va uning omillari kӯrsatish;

-jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologilarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni faollashtirish omillari, ӯquvchilarning ӯqish faoliyat motivlari va ularni rivojlantirish yӯllarini belgilab berish


-jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologilarni joriy etish tizimini ishlab chiqish.


272

Ta’limda texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan hisoblanadi.

Hozirgi davrda yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitish haqida matbuotda turli-tuman fikrlar bildirilmokda. Ta’limga yangicha, texnologik yondashish xaqida fikr yuritilishi tasodifiy hol emas. Yangi pedagogik texnologiya asosida O‘qitishni yo‘lga ko‘yish, ta’lim jarayonini o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o‘qituvchining muhim vazifasi bo‘lib qolmokda[1; 7-b]. Shunday qilish kerakki, o‘quvchilar pedagogik jarayonning faol sub’ektlariga aylansinlar. Barcha ta’lim turlari kabi jismoniy tarbiya darslarida ham pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Chunki jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarning nafaqat jismoniy, balki aqliy rivojlanishini ta’minlaydi,


o‘quvchilarni faollashtirish, Mustaqil ishlashga o‘rgatish, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘quvchilarning ta’lim jarayonining faol sub’ektlariga aylanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin pedagogik adabiyotlarda jismoniy tarbiya darslari ta’lim texnologiyasi masalalariga kam e’tibor berilgan. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda jismoniy tarbiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.


Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmokda. Bunday usullarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarda dars mazmunini teran anglash ko‘nikmasini shaqllantiradi.


Innovatsiya ingliz tilidan olingan bo‘lib, yangilik yaratish, yangilik kabi ma’noni anglatadi. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil qoidalar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaqlidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol uslublardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Bu texnologiyada kommuniqativ usullardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz.


Interfaol ta’lim usuli - har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi[2; 46-b].


273
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir o‘quvchi intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi [2; 61-b].


Interfaol usullarning barchasida ham o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol haraqati ko‘zda tutiladi. Masalan, biror bir mavzuni o‘rgatishda uni modellashtirish qismida o‘qituvchi o‘quvchilarga modelni namoyish qilish oldida “Aqliy hujum” usulidan foydalanishi mumkin. Ya’ni o‘quvchilar qo‘yilgan muammoni qanday tushunishlari va ko‘nikmani qanday egallashlari mumkinligi ulardan so‘ralib, ularning fikrlari umumlashtiriladi. Bunda o‘quvchilar fikri mutlaqo tanqid qilinmaydi.


Amaliy boshqaruv qismida o‘qituvchi “Bir-biriga o‘rgatish” usulidan foydalanishi mumkin. Bu usul darsni yuqori saviyada tashqil etishga imkoniyat yaratib, o‘quvchilrning o‘z faoliyatini tanqidiy nazorat qilish va xatolarni bartaraf etishga o‘rgatadi. Uni qo‘llash quyidagicha:


Sinf birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo‘linadi:


Darsni o‘tish usulidan foydalanib birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor esa birinchisiga o‘yin qoidasining qismlarini o‘rgatadi. O‘qituvchi xohlovchilarga ta’lim usullari vositasida mashq qismlarini avval tushuntiradi keyin ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan va ko‘rsatganlarini takrorlaydi va bajaradi.


O‘qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o‘ziga ixtiyoriy 2 nafar hamkorni tanlaydi. O‘qituvchi o‘z hamkorlariga o‘rganilayotgan mashqni bosqichma-bosqich bajartirib ko‘radi. Tushunmaganlarini tushunib o‘rganishlariga yordam beradi.


O‘qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qismni bir-birlariga o‘rgatishlari va bajarishlarini aytadi. Ularni haraqatlarini nazorat qilib, kamchiliklarni bartaraf etishga yordamlashadi. Shundan keyingina navbatdagi bosqichga o‘tiladi. O‘qituvchining hamkorlari esa sinfni nazorat qilishga o‘qituvchiga yordamlashadi.


Bu ish usuli darsning boshqa qism-larini ham bajarishda davom etadi. Bu o‘quvchilarni bir-biriga va o‘ziga talabchan bo‘lishga, xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga, ishni tanqidiy baholay bilishga o‘rgatadi.


Tushunchalarni tekshirishda o‘qituvchi turli interfaol usullar (“Bumerang”, “Charxpalak”, “Aql charxi” va boshqalar)dan foydalanishi mumkin. Masalan, “Charxpalak” usuli. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi.


O‘quvchilar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi boshqa o‘quvchilarga tarqatiladi. Ular tegishli o‘zgartirishlar kiritganlaridan keyin yana boshqa o‘quvchilarga beriladi va shu tarzda o‘quvchilarning har birining ishi guruhdagi barcha o‘quvchilar qo‘lidan o‘tadi va oxiri o‘ziga qayddadi. Har birlari o‘zlari nuqtai nazaridan ishga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Keyin o‘qituvchi to‘g‘ri javobni ko‘rsatadi. Bu usulda o‘quvchilar ijodiy fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin bayon etishga va o‘z kamchiliklarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


ADABIYOTLAR





  1. A. Suxomlin, “Innovatsionnыe informatsionno-pedagogicheskiye texnologii dlya razvitiya prepodavatelskix kadrov” moskva-2010

M.Kamoldinov, B.Vaxobjonov. Innovatsion pedagogik. Texnologik asoslari Toshkent. "TALQIN"-


2010.

K.D.Yarashev «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» Abu Ali ibn Sino nashriyoti 2002 y. Google.com, facebook.com; Minsport.uz, hozir.uz; Library.ziyonet.uz, arxiv.uz; Refereat.uz, www.uzdenemetr.com; www.aim.uz, ziyonet.com; lex.uz, strategiya.uz; fayllar.org,,izvestiya.nikolaev.ya, bookash.pro

274
MAKTAB O’QUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING MAQSADI VA SPORT FAOLIYATIGA QIZIQISHNING MAZMUN-MOHIYATI

Toshpo’latov Juma Toshpo’latovich





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish