Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


G‘afurova Mohira Yunusovna



Download 7,41 Mb.
bet171/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

G‘afurova Mohira Yunusovna
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi

Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bog‘chada boshlanib, maktabda sekin-asta jiddiylashib boradi. Aynan shu davrda jismoniy tarbiya faniga qiziqtirish orqali bolada jismoniy madaniyat shakllantiriladi. Tabiiyki, bu jarayonni qanchalik to‘g‘ri tashkil etish jismoniy tarbiya o‘qituvchisining bilim va mahoratiga bog‘liq. Xo‘sh, bugungi kun talabiga javob beradigan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?


Jahon tajribasida mazkur fanga shunchaki mashg‘ulot o‘tkazish emas, balki butun boshli tizim sifatida qaralgani bois mutaxassisga ham qator talablar qo‘yiladi. Yevropada jismoniy tarbiyadan dars beradigan o‘qituvchi nafaqat sportchi va pedagog, balki tibbiy malakaga ega, bolalarni yaxshi tushunadigan psixolog ham bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. U o‘quvchilarni darsga qiziqtirishi, ular bilan muloqotda sabrli, ba’zan talabchan va qattiqqo‘l bo‘lishi talab etiladi. Pedagog ham sport ustasi, ham sog‘lom inson sifatida bolalarga namuna bo‘lishi kerak.


Respublikamizdagi maktablar misolida jismoniy tarbiya darslari sifati va fan o‘qituvchilarining malakasini tahlil qilsak, afsuski, ularning aksariyati talabga javob bermasligini ko‘ramiz. Darslarning ko‘pi shunchaki, xo‘jako‘rsinga o‘tilayotgandek.


O‘quvchilarning barchasidan formada bo‘lishni qat’iy talab qilgan o‘qituvchi bolalarning oldiga bitta to‘p tashlaydi-yu, 45 daqiqa o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yoki o‘quvchilar bilan «kelishgan» holda, darsni «offsayd»ga chiqaradi. Achinarlisi, bundan o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham mamnun. Qolaversa, ko‘pchilik o‘ylaganidek - jismoniy tarbiya fani shataloq otib yugurish, to‘p o‘ynatish degani emas, ushbu fanni o‘tishdan maqsad — tizimli mashg‘ulotlar yordamida har bir bolada jismoniy madaniyat tushunchasini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.


Shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda har bir kishi, ayniqsa, pedagog hayot talablariga javob berishi, zamon bilan hamqadam bo‘lishi lozim. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi ham kasbiga professional yondashib, o‘z oldiga bo‘lajak jahon chempionlari, hech bo‘lmaganda, jismonan sog‘lom insonlarni voyaga yetkazishni maqsad qilib qo‘yishi zarur.


Darsni reja asosida olib boish o‘quvchining har safar bir xil mashqlarni bajarib zerikishining oldini olish uchun eng to‘g‘ri yo‘l.


278
Harakatli o‘yinlar, estafetali musobaqalar bolalarning zavqini, darsga qiziqishini oshiradi. Natijada ularda jismoniy tarbiya dars¬lari bahonasida epchillik, tetiklik, o‘ziga ishonch shakllanadi. Biroq ayrim muammolar ham borki, ular darsning ko‘ngildagidek o‘tishi, o‘qituvchining o‘z mahoratini to‘la namoyon etishiga xalal beradi.


Masalan, sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi. Har bir sinfda 35—45 nafargacha o‘quvchi bor. Tasavvur qiling, 45 daqiqalik darsda har bir o‘quvchiga 1-2 daqiqadan vaqt ajratish lozim. Bu esa ko‘p sonli o‘quvchiga ega sinflarda individual shug‘ullanishga vaqt yetmaydi, degani. Tabiiyki, umumiy mashg‘ulotlar bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi.


Qolaversa, bolalarni tinchlantirish, ularning diqqatini jamlashga ham ko‘p vaqt ketadi. Axir, o‘rtacha 35 nafar ayni o‘yinqaroqlik qilib, yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan yoshdagi bolalarni tartibga keltirish osonmas. Jismoniy tarbiya fani — harakatlar majmuasi. Demak, dars jarayonida kichik jarohat olish, kimgadir turtilib ketish kabi holatlar yuz berib turadi.


Jismoniy tarbiya fanida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylandi. Jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladigan Yevropa davlatlarida buning ilg‘or usullari allaqachon ishlab chiqilgan. Masalan, o‘quvchi darsda o‘zi yoqtirgan sport turiga oid texnikani elektron vositalar yordamida o‘rganishi mumkin. Yaponiyada esa bolalar 1-sinfdayoq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, imkoniyatiga mos sport turi bilan shug‘ullanishi tavsiya etiladi. Deyarli barcha maktablarda basketbol, futbol va voleybol o‘ynash uchun maydonlar, hatto suv havzalari ham mavjud. Salomatligi yomonlashgan o‘quvchi bilan o‘qituvchi alohida shug‘ullanadi. Ya’ni, salomatlik uchun foydali bo‘lgan sog‘lomlashtirish mashq¬lari bajariladi. Buyuk Britaniyada jismoniy tarbiya darsi eng muhim fanlar — matematika va ingliz tili qatorida turadi. Maktablarda basseyn, kriket yoki futbol bilan shug‘ullanish uchun maydonlar qurilgan. Bolalar o‘ziga yoqqan sport turini tanlaydi, biroq ayrim maktablarda qizlar balet bilan shug‘ullanishi majburiy.


Ha, individuallik muhim. Ammo jismoniy tarbiya darslarini universal tarzda o‘tishning ham ijobiy tomonlari ko‘p. Masalan, o‘quvchi bir sport turi bilan kifoyalanmay, barcha ommaviy sport turlari texnikasidan xabardor bo‘ladi, o‘g‘il-qizlar orasida uyushqoqlik, jamoaviylik yaxshi shakllanadi.


Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, darslarni interaktiv usullarda o‘tish barcha fanlar singari jismoniy tarbiya fani uchun ham muhim. O‘quvchilarga savollar yozilgan kartochkalar tarqatib, bilimini, estafetali musobaqalarda jismoniy imkoniyatlarini sinash mumkin. Har safar amaliy mashg‘ulotlarga kirishish arafasida o‘quvchilarga 5—10 daqiqa nazariy bilim beriladi. Shunda o‘quvchilar faqat kuch emas, tafakkur ham jismoniy tarbiya fanining muhim bo‘lagi ekanini anglaydi.


Ta’kidlash joizki, o‘quv rejasiga 2 soatlik shaxmat o‘yinining ham kiritilgani ayni muddaodir.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish