Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


AJDODLARIMIZ BOLALARDA IJTIMOIY SOG‘LOM MUHITNI ShAKLLANTIRISh XUSUSIDA



Download 7,41 Mb.
bet180/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

AJDODLARIMIZ BOLALARDA IJTIMOIY SOG‘LOM MUHITNI ShAKLLANTIRISh XUSUSIDA

Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich




TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchi

O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlashda shubhasiz, davlatimizning ko‘p asrlik tarixi, xalqimizning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, pedagogik merosi muhim ahamiyatga ega.


Respublikamizning taraqqiyot yo‘li milliy xususiyatlarni tiklash va rivojlantirish yo‘lidir. Bu esa ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya oldida turgan muhim vazifalardan biri ham yoshlarda milliy odob, axloq, saxiylik va sahovatpeshalik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehr-shafqatlilikni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilarda ustoz va ota-onalarni ulug‘lash, kattalar va qavmu-qarindoshlarni hurmat qilish, ilmu-ma’rifatni egallash kabi milliy xususiyatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan fazilatlar shakllantirilishi kerak.


O‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida, shubhasiz, umumiy o‘rta maktab va undagi ijtimoiy muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning sog‘lom, baquvvat bo‘lishlari jamiyat ravnaqi kafolati hisoblanadi.


Ajdodlarimiz o‘z vaqtida yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida quyidagilar zarurligini ta’kidlaganlar:


o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishlari;


ularni darsdan keyin yoki tanaffuslarda turli ijtimoiy mehnat turlariga jalb etish, jumladan, duradgorchilik, dehqonchilik va h.k.;


kitobxonlik, she’rxonlik, ashulaxonlik kabi tadbirlar uyushtirish;


oilada hadislar o‘qib berish, ularning mazmunini aytib berish, shuningdek, ertaklar, maqollar, masallar hikoya qilib berish.


288
Yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishlarida jismoniy jihatdan rivojlanishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa jismoniy tarbiya darslarida amalga oshiriladi. Jismoniy jihatdan baquvvat o‘quvchilarda vatanni sevish, mehnatsevarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, mehr-shafqatlik, ustoz va ota-onalarni hurmat qilish kabi shaxsiy sifatilar rivojlanadi.


O‘quvchilarda shakllangan har bir shaxsiy sifatlarini asoslashga harakat qildik. Vatanni sevish – bu o‘zining tug‘ilib o‘sgan yurtini sevish, unga sodiq farzand bo‘lish;


vatanimizning tarixi va hozirgi kuni haqida bilimga ega bo‘lish; O‘zbekiston davlat ramzlarini bilish va Prezidentiga sadoqatli bo‘lish.


Mehnatsevarlik – har bir o‘quvchida mehnatsevarlik hissi shakllangan bo‘lishi, mehnat orqasidan jamiyat va davlat ravnaq topishi, bu sohada do‘stlariga o‘rnak bo‘lishga harakat qilishi, mehnat qilgan shaxs yaxshi yashashi haqida ko‘nikmalar singdirilishi.


Do‘stlik, o‘rtoqlik – o‘quvchilar do‘stlik, o‘rtoqlik sifatlarini tushunishi, uni qadrlashi, bir-biriga har doim yordam ko‘rsatishi, do‘stining manfaatini o‘zining manfaatidan ham yuqori qo‘ya olishi.


Mehr-shafqatlik – jamiyat a’zolariga nisbatan shafqatli va marhamatli, oilasi va sinfdoshlariga nisbatan mehrli bo‘lishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosini yaxshi ko‘rishi, ularni asrab-avaylashi.


Ustoz va ota-onalarni hurmat qilish – ustoz va ota-onalarga nisbatan ehtiromlib bo‘lish, ularning qadriga yetish, ustozi va oilasi sha’ni, obro‘sini saqlashga bor kuchi va bilimini ayamasligi, ustoz va ota-onasiga nisbatan mehrsizlik va ularni obro‘sizlantiradigan ishlarga qarshi kurasha olishi kerak.


Biz yuqoridagi shaxsiy sifatlarning shakllanganligini aniqlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida anketa savollari o‘tkazdik va olingan javoblarga qarab o‘quvchilarda axloqiy fazilat va xislatlarni tushuna bilishi, ularni mazmun va mohiyatini anglash darajasida o‘zgarishlarni belgilash uchun, ularni quyidagi uch daraja(yuqori, o‘rta, quyi)ga ajratishga harakat qildik:


vatanparvarlik, mehnatsevarik, do‘stining yaxshi va yomon kunlarida u bilan birga bo‘la oladigan, mehr-shafqatli, ustozi va ota-onasini hurmat qila oladigan o‘quvchilarni yuqori daraja; vatanparvarlik va mehnatsevarlikning ma’no va mazmunini yuzaki tushunadigan, shaxsiy manfaat yuzasidan do‘st va o‘rtoq bo‘ladigan, ustozi va ota-onasini nomigagina, majburiy ravishda hurmat qiladigan o‘quvchilarni o‘rta daraja; vatanparvarlik va mehnatsevarlik tushunchalarini farqlay olmaydigan, do‘stlik, o‘rtoqlik fazilatlari va mehr- shafqatlilikning mazmuni va mohiyatini tushunib yetmaydigan, ularga amal qilmaydigan, yolg‘on gapiradigan, ustozi va ota-onasini hurmatlash lozimligini tushunmaydigan o‘quvchilarni esa quyi darajaga kiritdik.


O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari, savol-javoblarning tahliliga asoslanib quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin:


o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga vatan, vatanparvarlik, mustaqil O‘zbekistonning hududi, davlat ramzlari, aholisi, tili, dini, jamiyat a’zolarining turmush tarzi, qadriyatlari haqidagi tushunchalarni singdirib borish, vatanparvarlik tarbiyasining ma’no-mazmuni va mohiyati haqida bilim berishni kuchaytirish;


o‘quvchilarda mehnatsevarlik, do‘stlik, sadoqatlilik, ustoz va ota-onalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, do‘stlik, sadoqatlilik kabi tushunchalarning ma’no-mazmuni va tavsiflarini bilishlariga yetarli darajada e’tibor qaratish lozim.


Umuman olganda, o‘quvchilarning barkamol bo‘lib shakllanishlarida Qur’on, Hadis hamda xalqimizning milliy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi hamda buyuk allomalar, fozilu- fuzalolar tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid yozilgan asarlarni o‘rganish





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish