Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


YENGIL ATLETIKA SPORT TURI XUSUSIDAGI QIZIQARLI TARIXIY MA’LUMOTLAR



Download 7,41 Mb.
bet177/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

YENGIL ATLETIKA SPORT TURI XUSUSIDAGI QIZIQARLI TARIXIY MA’LUMOTLAR


Usmonov Alisher Sharifovich
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi

Yengil atletika «Sport qirolichasi» deb nomlanadi va u eng ajoyib va ommabop sport turlaridan biri. Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga yugurish, sportcha yurish,


sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irg‘itish, ko‘pkurash (o‘nkurash, yettikurash) mashqlarini o‘z ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, ta’lim muassasalarining o‘quv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, o‘quvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi.


Qadimgi Olimpiada o‘yinlarida (miloddan avvalgi 776 yildan milodiy 394 yilgacha) asosan Yengil atletika bo‘yicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek o‘yinlari o‘tkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta bo‘ldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor Yengil atletikachilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001 yil; O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 1977 yildan jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini o‘tkazib keladi.


O‘zbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Marg‘ilonda shu turga moslashtirilgan o‘yingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o‘tkazila boshlagan. O‘zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qo‘l ostida Yengil atletika bilan shug‘ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 10 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O‘zbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi.


Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarcho‘p bilan sakrash, 1988) kumush medalni qo‘lga kiritgan, Ramil G‘aniyev (o‘nkurash, 1996) 8-o‘rinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga to‘siqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni bo‘lgan (1967— 69). Osiyo o‘yinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova


285
(balandlikka sakrash), Ramil G‘aniyev (o‘nkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelnikov (o‘nkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.


Bugun uning tarixi bilan bog‘liq ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladik.





  1. Yengil atletikaning paydo bo‘lish sanasi miloddan avvalgi 776 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda qadimgi Yunonistonda Olimpiya o‘yinlarida birinchi yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.




  1. Yengil atletikada pastdan start olish har doim ham bo‘lmagan. 1887 yilgacha start oldidan yuguruvchilar shunchaki buyruqni kutishgan. Sprinter Sherill kenguruning harakatini kuzatib, yangi holatni taklif qilganda, hammasi o‘zgarib ketdi.




  1. 1936 yilda Berlindagi Olimpiya o‘yinlarida yaponiyalik sportchilar Syuxey Nisida va Sueo Oe bir xil natijani namoyish etishdi va ikkalasi ham ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo Yaponiya sport federatsiyasi Oeni bronza medali bilan taqdirladi. Uyga qaytgach, sportchilar medallarini eritishdi va yangi kumush-bronza medallarini yasashdi.




  1. Dastlabki Olimpiya o‘yinlarida marafon uzunligi doimiy ravishda 40 km dan 42,75 km gacha o‘zgarib turdi. 42 kilometr 195 metrlik zamonaviy standart 1908 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlar masofasi sifatida o‘rnatildi.




  1. 10 000 metrga yugurish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, efiopiyalik Xayle Gebreselassi yugurish paytida o‘ziga xos ko‘rinish kasb etardi: chap qo‘li tanasiga bosilgan va gavdasi biroz egilgan edi. Sportchining o‘zi buni har kuni ertalab chap qo‘lida kitoblarni bag‘riga bosgancha, maktabga 10 kilometr yugurib, uyiga kechqurun qaytib kelishi bilan izohlaydi.




  1. Yangi zelandiyalik yuguruvchi Myurrey Xalberg yoshligida regbi o‘ynagan, ammo o‘yinlarning birida u jiddiy jarohat olgan va chap qo‘li falajiga olib kelgan. Ammo Myurrey sportni tashlamaslikka qaror qildi va yugurishni boshladi. Iroda kuchi unga 1960 yilda Rimda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 5000 metr masofaga yugurishda oltin medalga olib keldi.




  1. «Stadion» so‘zi miloddan avvalgi 776 yilda birinchi Olimpiya o‘yinlarida 192 metr masofaga yugurilgan joyga tatbiq etilib, qadimgi yunoncha «stadiy» («bosqichlar») so‘zidan kelib chiqqan.




  1. Yuqorida aytib o‘tilgan yugurish masofasida birinchi g‘olib oshpaz edi. Uning ismi elidalik Koreb edi.




Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish