Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BADIIY ADABIYOTDA ZAMONAVIY QAHRAMON MASALALARI



Download 7,41 Mb.
bet117/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BADIIY ADABIYOTDA ZAMONAVIY QAHRAMON MASALALARI

Mamasoliyeva Nilufar Suyundikovna




Tosh DAU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Badiiy adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida qadimgi ajdodlarimiz bo‘lgan buyuk allomalar ko‘p hikmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. Mustaqillik o‘zbek adabiyoti shakllanishida davom etmoqda. Lekin adiblarimiz hali ko‘proq izlanish yo‘lida ijod qilmoqda, hali badiiy adabiyotda zamon qahramoni kim va qanday bo‘lishi haqidagi fikr to‘la pishib yetilmadi. Lekin bu sohada mustaqillik davrida bo‘lganidek aniq bir tavsiya, ko‘rsatma, qolip berib bo‘lmaydi, ijodkorga unday yozasan, bunday yozasan degan fikrni bildirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Negaki ijodkor o‘z qalbiga quloq solib asar yaratadi. Shunday bo‘lsada, ushbu maqolada o‘zimizning zamonaviy qahramonimizni yaratish sohasidagi ba’zi fikrlarimizni bildirishni lozim deb topdik. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti bolalar va kattalar adabiyoti singari turlarga shartli ravishda taqsimlanadi. Hozirga paytda, ayniqsa, bolalar adabiyotida zamonaviy qahramon qiyofasini yaratish dolzarb bo‘lib turibdi. Albatta, yaqin o‘tmishda maktabda yaxshi o‘qiydigan, o‘qituvchilar topshirig‘ini so‘zsiz bajaradigan, kattalar o‘gitiga amal qiladigan “yaxshi bola” zamon qahramoni bo‘lib keldi.


Bularning barchasini inkor etmagan holda zamonaviy bola obraziga ma’lum darajada mustaqil fikrlay oladigan, san’at va adabiyotga ixlos qiladigan, o‘zining fikr doirasida mustaqillik mafkurasini tushuna oladigan, boy ma’naviyat sari intilayotgan, xorijparastlikni inkor eta oladigan, zamon talabi asosida bir necha tillarni bilishga va eng yangi texnikalarni egallashga qiziqayotgan bolalar obrazini yaratish hozirgi bolalar adabiyotining asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Yangi adabiyotimizdagi zamonaviy qahramon bolalar obrazi har qanday tazyik, qoliplardan holi ravishda erkin talqin etilishi lozim. Buning uchun maktab va kollejlarda tahsil olayotgan va zamonaviy adabiyot qahramoni bo‘la olish darajasidagi o‘quvchi yoshlarning hayoti, psixologiyasi, tumush tarzi, intilishlari, qiziqish va o‘ylari, iqtidori kabilarni chuqur o‘rganish, “yaxshilar” va “tarbiyasizlar” o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni haqqoniy yoritish talab qilinadi. Ayniqsa, shahar va qishloqlarda yashayotgan iqtidorli o‘smir va qizlarning intilishlari, ularning qiziqishlari badiiy aks ettirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yangi qahramonni yaratishda milliy mentalitetimiz, an’analarimizga, odob-axloqqa e’tibor qaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim olayotgan


177
yoki xalq xo‘jaligining turli sohalarida xizmat qilayotgan yoshlar ham yangi adabiyotimizning zamonaviy qahramoni bo‘la oladi. Negaki yoshlarning, o‘smirlarga qaraganda, hayot tarzi, intilishlari, dunyoqarashi anchagina o‘sgan, hayolot olami ancha kengaygan bo‘ladi.


Yoshlar hayoti bu davrda murakkab pallaga kiradi. Ular yaxshilikni ham, yomonlikni ham birday qabul qilishga tayyor turadi. Yozuvchilar yoshlar haqidagi o‘z asarlarida ularning yuqoridagi xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur bo‘ladi, aks holda qahramon sxematik, qolipli va zerikarli bo‘lib qoladi. Namunali qahramon sifatida yozuvchilar har sohada iqtidorli, turli mukofotlar sovrindorlari, xalq xo‘jaligi sohalarida ilg‘or, tadbirkor, ma’naviyatli yoshlarni olishi mumkin. Buning uchun ularning hayoti, faoliyati, oilaviy sharoiti, qahramonni o‘rab turgan muhit, uni muvaffaqiyatlarga olib borgan yo‘l – barchasi chuqur o‘rganiladi. Qishloq yoshlari hayotini badiiy tasvirlashda yosh fermerlar, tadbirkorlar, xunarmandlar obrazlarini yaratish maqsadga muvofiq. Milliy armiyamiz saflarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan yosh zobitlar va askarlar obrazlarini yaratish o‘quvchilarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi tabiiy. Yoshlarning hozirgi kunlardagi hayotini chuqur o‘rganish orqali barkamollikka intilayotgan yoshlar obrazi vujudga kelishiga shubha yo‘q va bu, o‘z navbatida, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini boyitadi hamda yoshlarni ma’naviy tarbiyalashga xizmat qiladi. Katta yoshdagi kishilar qiyofasida ham zamonaviy qahramon obrazini yaratish mumkin. Buning uchun chuqur hayot tajribasiga ega bo‘lgan o‘rta yosh va keksa olimlar, ijodkorlar, xalq xo‘jaligi xodimlardan iborat namunaviy hayot kechirayotgan, piri badavlat, har tomonlama yetuk kishilar hayoti batafsil o‘rganiladi va badiiy ifoda etiladi. Yangi zamon qahramoni yosh avlod qurshovida, boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda gavdalantiradi, bu bilan uning o‘z hayoti davomida amalga oshirgan ishlari, jamiyatga keltirgan foydasi, o‘z shogirdlarini yetuk mutaxassis bo‘lishiga qo‘shgan xissasini, mustaqillik davridagi millat ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan xizmatlari badiiy ifodasini topadi. Zamon qahramoni qiyofasini yaratishda xalqimiz tarixi, an’analari va folklorga e’tibor berish orqali asarning badiiyligi hamda ta’sirchanligini oshirish mumkin. Asardagi badiiy obraz pishiq, puxta chiqishi uchun badiiy qahramon yaratishning barcha adabiy unsurlaridan foydalaniladi. Ko‘rinadiki, qadimgi davrlarda Tohir va Zuhralar, Farhod va Shirin, Layli va Majnunlar, Yusuf va Zulayholar, Otabek va Kumushbibilar, Anvar va Ra’nolar zamon qahramonlari sifatida o‘zbek adabiyotidan joy olgan edi. Ularning hayoti, ma’naviy qiyofasi hamon yoshlarimiz uchun taqlid maktabi bo‘lib qolmoqda. Yangi davr – mustaqillik davri ham yozuvchi, shoir va dramaturglar oldiga yangi zamon qahramonini yaratishdek ezgu vazifani



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish