Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI



Download 7,41 Mb.
bet115/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Raximova Nigora Nimadjonovna




TDAU. Tillar kafedrasi o`qituvchisi

Bugungi kunda jamiyatimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish muammosi mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanib, har tomonlama etuk mutaxassis va xorijiy tillarni mukammal biladigan kadrlarni tayyorlashni davr taqoza etmoqda. Ilgari xorijiy tilni o‘qitish shu til tizimini o‘rganish deb qaralgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘qitishdagi ko‘zlangan muhim narsa bu talabalarni xorijiy nutqini o‘stirishdan iborat. Tabiiyki, xorijiy tillarni o‘rganishdagi maqsadlar, o‘z-o‘zidan yoki biror kimsalar tomonidan qo‘yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanidagi o‘zgarishlar va jamiyatning rivojlanib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, audiolingvual metodni olib ko‘raylik.


Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika fanidagi o‘zgarishlar ta’siri bo‘ldi, ya’ni:


Xorijiy tilni o‘rgatish avval og‘zaki nutqni o‘rgatishdan boshlanadi.


Til o‘rganish turli strukturalar, nutq na’munalari asosida amalga oshiriladi.

Mashqlar ham shunga asoslangan holda til materialini ko‘p marta takrorlashni talab qiluvchi mashqlar bo‘lishi kerakligi taqozo etiladi.


Mashqlar va leksikani tanlash xorij tili bilan ona tilini qiyoslashning natijalariga bog‘liq bo‘lishi


kerak.
Talaffuzga katta e’tibor berilishi lozim.

Ammo bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko‘pligi va haqiqiy nutq mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari amerikalik metodist olimlar C.H.Friz va R.Ladodir. Ularning fikricha, talabalar avval og‘zaki nutqda ishlatiluvchi strukturalarning yig‘indisini o‘rganishi va eslab qolishlari kerak.


Keyinchalik shu strukturalar asosida yangi-yangi gaplar tuzishi zarur. Bular rejalashtirilgan mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan mashqlar yordamida amalga oshiriladi.


So‘ngi yillarda xorijiy tillarni o‘qitishni intensivlashtirish masalasi bo‘yicha bizning mamlakatimizda va chet ellarda ancha ishlar qilindi va qilinmokda.


Bular yangi intensiv metodlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, intensiv metodni kanday tushunish mumkin? Intensiv o‘qitishning ma’nosi bu qisqa vaqt ichida yoshlarimizni o‘rganayotgan xorij tilida nutq faoliyatini amalga oshirishga, ya’ni gapirishga o‘rgatish. Bu o‘quvchilarning ichki psixologik imkoniyatlariga, rezerviga tayangan holda amalga oshiriladi. Taniqli metodist E.I.Passovning aytishicha, hozirgi vaqtdagi xorijiy tilni o‘qitishda amalda qo‘llanilayotgan kommunikativ yondashish shu intensiv o‘qitishning bir ko‘rinishidir.


Intensiv metod bilan o‘qitishning quyidagi ikki harakterli xususiyatini ko‘rsatish mumkin:


Juda bir qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv materiali asosida xorijiy nutq faoliyatini amalga oshirish. Shaxsning barcha psixologik rezervlaridan maksimal darajada foydalanish, ya’ni talabalarning


faolligini oshirish.


Intensiv o‘qitish metodi dastlab XX asrning boshlarida “to‘g‘ri” metod asosida shakllandi. Tilshunos N.I.Gez aytishicha, “ushbu metod xorijiy intensiv o‘qitishga o‘tishga qulay imkoniyat, asos yaratib berdi”. Chunki bu metodning ba’zi bir prinsipial tomonlari mavjud, chunonchi, og‘zaki nutqqa bo‘lgan qiziqish, ayniqsa, dialog ko‘rinishdagi nutqqa; situatsiyalar tanlash; talabalarning darsdagi faolligini oshirish.


Hozirgi zamonaviy intensiv metodlarning u yoki bunisiga asos qilib olingan yangi metod o‘zidan oldin o‘tgan metodning yaxshi tomonlarini saqlab qoladi. So‘ngi yillarda audiolingvual, audiovizual, gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi yangi bir yo‘nalishni bildiruvchi so‘zlar tez-tez metodik adabiyotlarda uchrab turadigan bo‘lib qoldi. Aytish joizki, olingan metodlardan audiolingual va audiovizual metodlar intensiv o‘qitish amaliyotida qo‘llana olmaydi. Bunga ularning prinsipial tomoni, ya’ni ona tilini ishlatishga suyanmaslik, til imitasiyasi, ya’ni taqlid qilish orqali o‘rganish, yod olish va ijodiy mashqlarning yo‘qligi halaqit beradi.


Keyingi yillarda shaxsni ob’ekt sifatida o‘rganish va uni barcha ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda pedagogika, psixologiya, sotsial psixologiya, tibbiyot fanlaridagi izlanishlarni birlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.


Hozirgi vaqtdagi muhim masala – yoshlarimizni yangicha fikrlashga, ijodiy fikrlashga va ularni hayotga tayyorlashga jiddiy e’tibor berishga qaratilgan. Bu esa shaxsni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan


175
talabni kuchaytiradi. Shunday qilib, bugungi yoshlarimiz o‘quv jarayonining markaziy, asosiy figurasiga aylanib qoldi.


Shu bois, bolg‘ar olimi psixoterapevt, tibbiyot fanlari doktori G.Lozanov insonni ichki rezerv imkoniyatlarini o‘rganishni kun tartibiga olib chiqib, 3 muhim faktorni o‘rganishga kirishdi:


Xotiraning rezervlarini ochish.

O‘quvchi shaxsini intellektual faolligini o‘rganish.


Ijobiy emotsiya (charchash hissini yo‘qotish), bunda pedagogning roli, avtoriteti, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘zaro ishonch, yuqori darajadagi motivatsiya, shaxsning ichki rezerv imkoniyatlarini ochish.


Shunisi qiziqarliki, ushbu metodni taklif qilgan bolgar olimi G.Lozanov o‘z oldiga xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini ishlab chiqishni vazifa qilib qo‘ygani yo‘q.


Ammo oxirgi yillarda bir qator pedagoglar G.Lozanov metodikasini xorijiy tillarni o‘rganishda qo‘llashga harakat qilib ko‘rishdi va qoniqarli natijalar olishga muyassar bo‘lishdi.


Tabiiyki, o‘zlashtirishning bunday samaradorligini tashkil etishda, ya’ni bilim berish jarayonida pedagog ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, uning bilim darajasi va usullari ham baland bo‘ladi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiya asosida ta’lim berishda har bir pedagogning o‘z o‘qitish va o‘rgatish falsafasi bo‘ladi.


Adabiyotlar


Mamatov A.E. Nutq madaniyati va til normasiga oid terminlar va tushunchalar izohi. – T.: Bayoz,
2014.
Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T., 2006.

Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish