Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA MOTIVATSIYANING ROLI



Download 7,41 Mb.
bet119/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA MOTIVATSIYANING ROLI

Suyarova Shaxnoza Toyloqovna


Tillar kafedrasi o'qituvchisi

Bo‘lajak chet til o‘qituvchisining motivatsion jihati hamda o‘zligini anglashi ta’limning mufaffaqiyatli olib borilishi bilan uzviy bog‘langandir.


Shuning uchun chet til ta’limida motivatsion jihatni hisobga olish kasbiy yo‘naltirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Psixolog olimlarning ta’kidlashicha, motivatsiya so‘zi “energizator” (kuch bag‘ishlovchi) ma’nosini anglatsa, ta’limda esa “gid” (yo‘l boshlovchi) degan tushunchalarni ifodalaydi. Ushbu ikki psixologik hodisa o‘quv faoliyatining asosini tashkil etadi va ular harakatga keltiruvchi omil hisoblanib, o‘z navbatida, faoliyat paytida ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi.


Psixolog olim Zimnyayaning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyati – bu sub’yekt (talaba)ning o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga baho berish shaklidagi tashqi nazorat va baholashga asoslangan, muallim tomonidan maxsus beriladigan vazifalarni o‘quv harakatlari orqali hal etish jarayonida kamol topishga qaratilgan faoliyatdir.


O‘quv faoliyatida o‘zlikni anglash asta-sekin yuz beradigan jarayon bo‘lganligi bois, talabalar ko‘proq tashqi ta’sirga muhtojlik sezadilar. Bunday holat chet til o‘qitish ta’limida motivatsiya (motivation) deb yuritiladi. Ma’lumki, “motiv” atamasinig lug‘aviy ma’nosi “harakatlantirmoq” fe’lidan kelib chiqib “harakatlantiraman” degan ma’noni bersa, “motivatsiya” so‘zi esa “harakatlantiruvchi kuch, sabab, omil, vaj, undovchi” degan ma’nolarni beradi. Har qanday motivatsiya ehtiyojdan kelib chiqadi.


Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Motivatsiya so‘zining ma’nosini ba’zan “emotsiya, maqsad” tushunchalari bilan, ba’zida esa “qo‘zg‘ovchi, undovchi, turtki” tushunchalari bilan almashtirish holatlari uchrab turadi. Chet til ta’limi jarayonida o‘qituvchi asosiy undovchi, talabalar qiziqishini rivojlantiruvchi shaxs hisoblanadi. Shunday ekan, dars jarayonida o‘qituvchining asosiy vazifasi talabalarni bilim olishga, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini ta’lim berishning turli yordamchi vositalari (o‘qish, tinglash matnlari, video, televideniye, kompyuter, internet) orqali oshirishga harakat qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.


Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim rol o‘ynaydigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri – darslarni kompyuter texnologiyalari yordamida tashkil qilishdir. Hozirgi kunda kompyuter texnikasi ta’lim samaradorligini oshirishda keng imkoniyatlar ochmoqda.


Bunday imkoniyatlaridan biri – internetdir. Ingliz tili darslarida internet texnologiyalari axborot olish va muloqot qilishning eng zamonaviy shaklidir. Talabalar internet texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, amaliy yoki nazariy fanlardan ma’ruza, referat hamda taqdimnomalar tayyorlashlari mumkin.


Multimediadan foydalanish ham darsning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Multimedia o‘quv materialini ovozli tarzda taqdim etish qobiliyatiga ega bo‘lib, virtual o‘qituvchi vazifasini o‘taydi. Talaba so‘z va gaplarning sof inglizcha talaffuzini tinglaydi, o‘zining nutqini eshitgan talaffuzga moslashtirishga harakat qiladi.


Ma’lumki, talabalar oldida turgan muhim muammolardan biri – so‘z boyligini oshirishdir. Bu muammoni ijobiy hal etishda elektron lug‘atlarning o‘rni beqiyosdir.


Bu lug‘atlar bosma lug‘atlarga qaraganda ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lib, ularning qidirish tezligi juda katta. Bunday lug‘atlar fanning turli sohalariga mos bo‘lgan lug’at turlarini ajratish va ma’lumot olish uchun qulaydir. Chet til o‘qituvchisi hal etadigan murakkab vazifalardan yana biri talabalar o‘rtasida muloqot uyushtirish hisoblanadi.


Muloqotni tashkil etishda – muloqot mavzusi, qatnashuvchilarning rollari va muloqot joyi muhim ahamiyat kasb etadigan omillardir. Do‘stlar o‘rtasidagi muloqot turi va tarzi, rasmiy muloqotlar holatida umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin.


Shuning uchun, bo‘lajak chet til o‘qituvchilari kommunikativ savodxonlikka ega bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Kommunikativ jihatdan savodli bo‘lgan kishi har doim qaysi holatda qanday muloqot usulini qo‘llashni va qayerda qanday so‘zni ishlatish zarurligini biladi. Muloqot yuritishda tanlab olingan so‘z, hosil qilingan so‘z birikmasi va ular yordamida tuzilgan gap – barchasi mustaqil va ijobiy fikr mahsuli – talaba egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar tiziminig amaliy tatbiqi hisoblanadi.


180
Zero, Amerikalik olimlardan biri Savignonning fikricha: “Savodxonlik – bu kimdir biladigan narsa bo‘lsa, uning namoyon qilinishi esa birovning amaliy harakatini anglatadi”.


Adabiyotlar



  1. Zimnyaya I.A. Psixologiya obucheniya inostrannыm yazыkam v shkole. – M.:

  2. Prosveщeniye, 1991.




  1. Littlewood W. Communicative Language Teaching. – Cambridge, 1981.




  1. Brandl, K. Communicative language teaching in action: putting principles to work. – Prentice Hall, 2001.


Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish