Fayllarning kengaytmalari
Kengaytma
|
Fayl turi
|
Kengaytma
|
Fayl turi
|
.mp3, .wav
|
audio fayl
|
.sys
|
sistema fayli
|
.avi, .mpg
|
video fayl
|
.zip, .rar, .arj
|
arxivlangan fayl
|
.bmp, .gif, .jpg
|
tasvirli fayl
|
.html
|
web sahifa fayli
|
.txt
|
matnli fayl
|
.bat
|
buyruqlar fayli
|
.com
|
dastur fayli (kichik dastur)
|
.bas
|
Beysik tilidagi dastur fayli
|
.exe
|
dastur fayli (dastur, ilova)
|
.pas
|
paskal tilidagi dastur fayli
|
.bak
|
faylning zaxira nusxasi
|
.xls
|
elektron jadvalli fayl
|
.dll
|
dinamik kutubxona fayli
|
.doc
|
hujjatli fayl
|
Katalog – Fayllarni nomlangan guruhi.
Katalog – bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari, so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Kataloglar direktoriyalar (ing: ma’lumotnoma, manzilh kitob) yoki papka (ing. folder so'zidan olingan) deb ham yuritiladi.
Kataloglar ham o’z nomiga ega bo’ladi va 1-255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin.
Fayl va kataloglarning nomlarida quyidagi 9 ta belgidan foydalanib bo’lmaydi:
Windowsda quyidagi nomlar zaxiraga olingan bo’lib, bu nomlar bilan fayl yoki katalog yaratib bo’lmaydi:
LPT1, LPT2, …, LPT9,
COM1, COM2, …, COM9,
AUX, NUL, CON, PRN.
Ayni vaqtda ish olib borilayotgan katalog joriy katalog deyiladi.
Faylning to’liq nomi(manzili, faylgacha bo’lgan yo’l) quyidagicha bo’lshi mumkin:
C:\HUJJAT\NAFOSAT\ BAYRAM.DOC
Bunda:
С: – C diskning bosh katalogi;
HUJJAT – bosh katalogning katalog osti, yoki NAFOSAT katalogining katalog usti;
NAFOSAT – HUJJAT katalogining katalog osti, yoki BAYRAM.DOC fayli joylashgan katalog.
BAYRAM.DOC – fayl nomi.
Faylning xususiyatlari (rus. свойства) – nomi, turi, joylashgan o’rni, hajmi (baytlarda), hosil qilingan hamda yangilangan sanasi va vaqti, atributlari.
Katalogning xususiyatlari (rus. свойства) – nomi, joylashgan o’rni, umumiy hajmi (baytlarda), hosil qilingan sanasi va vaqti, nechta va qanday elementlar mavjudligi, atributlari.
Windows menyulari
Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to’rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:
Operatsion sistemaning bosh menyusi – masalalar panelining chap burchagida joylashadi. ПУСК tugmachasi orqali yoki klaviaturaning WinKey tugmachasi orqali ochiladi. Unda Windowsda ish boshlash uchun kerak boladigan bo’limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni izlab topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Barcha obyektlaming kontekst-menyulari – odatda obyekt ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bir marta bosish orqali ochiladi. Har bir obyektning kontekst-menyusi o’ziga xos buyruq va amallardan iborat bo’ladi;
Dastur menyulari – dasturlardagi menyu qatorlari;
Dastur va hujjat oynalarining, muloqot oynalarining boshqaruv menyulari.
Windowsda izlash
Windowsda fayl yoki papkalarni izlash imkoniyati mavjud, buning uchun–
ПУСК=>НАЙТИ
ketma-ketligi bajariladi. Xosil bo’lgan oynaga izlash parametrlari beriladi. Bunda:
* – ixtiyoriy sondagi ixtiyoriy belgilar ketma-ketligini bildaradi.
? – bitta ixtiyoriy belgini bildiradi.
Masalan,
*.doc – ixtiyoyoriy nomdagi .doc kengaytmali fayllarni topadi;
a*.mp3 – xususiy nomining birinchi xarfi a bo’lgan, .mp3 kengaytmali faylllarni topadi;
b???.xls – xususiy nomi b xarfidan boshlanib 4 ta belgidan iborat bo’lgan .xls kengaytmali faylarni topadi;
?????.*t – xususiy nomi 5 ta belgidan iborat, kengaytmasi t harfi bilan tugagan fayllarni topadi;
*.?? – xususiy nomi ixtiyoriy, lekin kengaytmasi 2 ta belgidan iborat fayllarni topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |